Mavzu: intellektual o’lchash asboblari va tizimlarining kelajakdagi rivojlanish yo’nalishlari va istiqbollari reja


Download 70.01 Kb.
bet7/11
Sana30.01.2024
Hajmi70.01 Kb.
#1816950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
intellekt 7

Yuqori sifatli tavsiflar: sezgirlik, aniqlik, chiziqlilik, tiklanuvchanlik, ko‘rsatishlarni takroriyligi, javobning tezligi, o‘zaro almashuvchanlik, gisterezisning yo‘qligi va h.k.;
Yuqori ishonchlilik: xizmat ko‘rsatish muddatining uzoqligi, tashqi muhitlarga turg‘unlik, ish vaqtida buzilib qolmaslik;
Texnologik parametrlarining afzalligi: massa va gabarit o‘lchamlarining kichikligi, konstruksiyasining soddaligi, tannarxining pastligi.
Sanab o‘tilgan barcha talablarni qanoatlantiruvchi IO‘ ni tayyorlash katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Biroq, IO‘ informatsion o‘zgartkich EHM bilan birgalikda qo‘llanilganda ularning kamchiliklarini ma’lum qismini mashinaning hisoblash va mantiqiy imkoniyatlari orqali kompensatsiyalash mumkin. Xususan EHM yordamida IO‘ ning nochiziqli tavsiflari chiziqlantiriladi, datchikning shovqinlari pasaytiriladi, odatda qo‘shimcha ishlatish vaqtida o‘zgaradigan nol nuqtasi va sezgirlik to‘g‘rilanadi, atrof-muhit haroratining ta’siri kompensatsiyalanadi, IO‘ ni avtomatik diagnostikasi amalga oshiriladi.
Majmuaviy avtomatlashtirish – hudud, six, zavod, elektr stansiyasi va shu kabilarni, xuddi yagona o‘zaro bog‘liq majmua sifatida qarab, barcha asosiy ishlab chiqarish amallarini avtomatik tarzda amalga oshirish.
Aloqa kanali – informatsiya (axborot) beruvchi qurilma. Bu axborot (energiya) larni qabul qiluvchi qurilma va ushbu axborotlarning uzatilishi amalga oshiriladigan fizik muhit orqali shakllantiriladi.
Kibernetikaboshqarish jarayonlari, axborotlarni mashinalarga, tirik organizmlarga va ularning birikmalariga uzatilish qonuniyatlari haqidagi fan. Zamonaviy kibernetika qator mustaqil ilmiy yo‘nalishlarni birlashtiradi. Kibernetikaning asosiy bo‘limlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: axborotlar nazariyasi, avtomatik boshqaruv nazariyasi va boshqarish tizimlari nazariyasi.
Kodlash – bu shovqinlar bo‘lganida yoki uzatish tizimi raqamli hisoblash qurilmalaridan tashkil topganda kanal bo‘yicha turli tarkibdagi axborotlarni uzatishning asosiy usuli.

Download 70.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling