Mavzu: intellektual o’lchash asboblari va tizimlarining kelajakdagi rivojlanish yo’nalishlari va istiqbollari reja


Download 70.01 Kb.
bet5/11
Sana30.01.2024
Hajmi70.01 Kb.
#1816950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
intellekt 7

Avtomatlashtirish – boshqarish va nazorat qilishning funksiyalari avtomatika usullari va vositalari bilan amalga oshiriladigan jarayon. Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra ishlab chiqarish qisman, majmuaviy va to‘la avtomatlashtirilgan turlarga farqlanadi.
Avtomatik nazorat – boshqarish ta’sirlarining zarurligini aniqlash maqsadida ob’ektning nazorat qilinadigan parametrlarining ma’lumotlarini avtomatik tarzda olish va ularga ishlov berish.
Avtomatik himoya – nazorat qilinadigan parametrlarning qiymatlari ruxsat etilgan chegaradan og‘ishi yuzaga kelganda, jarayonni to‘xtatuvchi usullar va vositalar to‘plami.
Avtomatik rostlash – o‘rnatilgan dasturga mos ravishda boshqariladigan jarayonning talab etilgan darajada boirishini belgilab beruvchi parmetrlarning berilgan qiymatlarini avtomatik ta’minlash. Avtomatik rostlashni avtomatik boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida qarash mumkin. Rostlash ob’ekti va avtomatik rostlagich birgalikda avtomatik rostlash tizimi (ART) deb ataladi. Avtomatik rostlash tizimlarida to‘g‘ri va teskari aloqalar farqlanadi.
Faoliyat ko‘rsatish algoritmi deb biror qurilma yoki qurilmalar majmuasi (tizimi) dagi texnologik jarayonning to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlab beruvchi buyruqlar to‘plamiga aytiladi.
Boshqarish algoritmi – boshqarish ob’ektiga berilgan faoliyat ko‘rsatish algoritmini amalga oshirish maqsadida tashqaridan beriladigan ta’sirlar harakterini belgilab beruvchi buyruqlar to‘plami.
Adaptiv tizimlar deb boshqarish ob’ektining tashqi ta’sirlari yoki parametrlari noaniq yoki o‘zgaruvchan bo‘lgan sharoitlarda avtomatik o‘z-o‘zini sozlash yo‘lini bilan boshqarish vazifalarini hal qiladigan tizimlarga aytiladi.
Avtomatik boshqaruv qurilmasi – bu boshqarish ob’ektiga boshqarish algooritmiga mos keluvchi ta’sirlarni beruvchi qurilma.
Avtomatik qator (chiziq) – detallar yoki bir turdagi detallar guruhiga ishlov berishning to‘la davrini ta’minlab beruvchi markaziy EHM lardan tashkil topgan birlashgan ABT hamda yordamchi jihozlar va vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik amallarni bajarish ketma-ketligi bo‘yicha joylashtirilgan avtomatlashtirilgan ishchi mashinalar majmuasi.
Avtomatik hudud – bu bir nechta avtomatlashtirilgan dastgohlar, transport tizimlari bilan birlashtirilgan modullar yoki yacheykalar, shuningdek manipulyatorlar, yordamchi qurilmalar va bir turdagi detallarga turli ketma-ketlik bilan majmuaviy ishlov berishni ta’minlovchi markaziy EHM dan guruhli boshqariladigan tizimlar birligidan tashkil topgan majmuadir.
Avtomatik boshqaruv tizimi – barcha elementlarining funksiyalari bevosita inson ishtirokisiz turli qurilmalar orqali amalga oshiriladigan tizim.
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi – axborotlarni to‘plash, ularga ishlov berish va boshqarish uchun turli qurilmalar ishlatiladigan, biroq ma’lum funksiyalar inson yoki insonlar guruhi tomonidan amalga oshiriladigan tizim.
Datchik – tahlil qilinayotgan muhit ta’sirlarini qabul qilib, uni o‘lchovchi va aloqa kanali bo‘yicha axborotlarni uzatish uchun qulay parametrga o‘zgartirib beruvchi qurilma. Qator hollarda datchiklarning funksiyalari ikkita alohida qurilmalar orqali amalga oshirish mumkin. Bularning birinchisi – nazorat-o‘lchov asboblari yoki birlamchi o‘zgartirgichlar deb ataluvchi, faqatgina o‘lchashlarni amalga oshiruvchi qurilmalar hamda ikkinchisi – o‘lchanayotgan kattalikni faqatgina o‘zgartiruvchi, o‘zgartkich deb nomlanadigan qurilmalardir. Masalan, pnevmoelektrik o‘zgartkich, faqatgina havo bosimini elektr toki kuchlanishiga o‘zgartirib beradi.

Download 70.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling