Mavzu: intellektual o’lchash asboblari va tizimlarining kelajakdagi rivojlanish yo’nalishlari va istiqbollari reja


Intellektual o’lchashlarning fan va texnikadagi ahamiyati


Download 70.01 Kb.
bet6/11
Sana30.01.2024
Hajmi70.01 Kb.
#1816950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
intellekt 7

3. Intellektual o’lchashlarning fan va texnikadagi ahamiyati.
Xorijiy adabiyotlarda «datchik» atamasi o‘rnida ko‘proq «sensor» atamasi ishlatiladi (ingliz tilida «Sense» so‘zi sezgi, his-tuyg‘u, sezmoq, his qilmoq ma’nolarini bildiradi). Bizning adabiyotlarda «datchik» atamasining ekvivalenti bo‘lgan sezgir element, o‘lchash o‘zgartkichi, o‘lchagich va shu kabi atamalar ishlatiladi.
O‘lchash o‘zgartirishlari o‘zida bir fizik kattalikning o‘lchamini u bilan funksional bog‘liq bo‘lgan boshqa fizik kattalikning o‘lchami bilan aks ettirishni namoyon etadi. O‘lchash o‘zgartirishlarining ishlatilishi ixtiyoriy o‘lchash qurilmalarini amaliy qo‘llashning yagona usuli hisoblanadi.
O‘lchash o‘zgartkichi – ma’lum fizik qonuniyat asosida qurilgan va bitta xususiy o‘lchash o‘zgartirishlarini bajaruvchi texnik qurilma. Murakkab sharoitlardagi o‘lchash o‘zgartkichlarining ishi o‘lchash asbobiga har biri boshqalari bilan birgalikda ta’sir etuvchi parametrlar to‘plami bilan tavsiflanadi. Bizni faqat bitta kattalik, ya’ni o‘lchanayotgan kattalik deb nomlanuvchi kattalik qiziqtiradi, jarayonning qolgan barcha parametrlari halaqitlar deb ataladi. Shuning uchun har bir o‘lchash o‘zgartirgich uchun halaqitlar fonida unga eng yaxshi qabul qilinadigan uning haqiqiy kirish parametrini o‘rnatish maqsadga muvofiq. Shunday yo‘l bilan o‘lchash o‘zgartkichining tabiiy kirish parametrini ajratib olish mumkin. Turiga ko‘ra so‘nggi o‘zgartkichlarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin: birinchisi – generatorli ( chiqish kattalikli) yoki va ikkinchisi – ichki qarshilikli, bu yerda ye va – mos ravishda EYuK va tok, x – chiziqli ko‘chish.
Elektron-hisoblash texnikasi va avtomatikaning jadal rivojlanishi hisobga olgan holda informatsion ta’minotda umumlashtirilgan atama, ya’ni «informatsion o‘zgartkichlar» atamasidan foydalanish lozim (informatsion o‘zgartkich «IO‘»). Umuman olganda ixtiyoriy turdagi datchiklar va o‘lchagichlar o‘lchash, ishlov berish, rostlash va boshqarish maqsadida qidirilayotgan kattalik haqidagi informatsiya (axborot, ma’lumot) larni ta’minlab beradi. Informatsion o‘zgartkichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

Download 70.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling