Mavzu: intellektual o’lchash asboblari va tizimlarining kelajakdagi rivojlanish yo’nalishlari va istiqbollari reja
Download 70.01 Kb.
|
intellekt 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1-rasm. Avtomatlashtirish tizimining strukturaviy sxemasi.
- Boshqarish ob’ekti
- Qisman avtomatlashtirish
Texnologik modul – bu umumiy ABT bilan birlashtirilgan, avtomatik manipulyatorli avtomatlashtirilgan ko‘p amalli dastgoh.
Boshqaruv – bu ob’ekt faoliyatini, boshqarilayotgan jarayon parametrlari qiymatlari haqidagi ma’lum axborotlar asosida amalga oshiriladigan dasturga mos ravishda ushlab turishga yo‘naltirilgan harakatlar to‘plami. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish nuqtai nazaridan boshqaruv avtomatik va yarimavtomatik turlarga bo‘linadi. Avtomatik boshqaruvda boshqariluvchi ob’ektga buyruqlarni berish maxsus qurilmalar yoki berilgan dastur bo‘yicha yoki nazorat qilinayotgan parametrlar haqidagi axborot asosida amalga oshiriladi. Yarimavtomatik boshqaruvda boshqarilayotgan ob’ekt ishini nazorat qilish va buyruqlar berish qisman operator tomonidan amalga oshiriladi. 1.1-rasm. Avtomatlashtirish tizimining strukturaviy sxemasi. a – avtomatik nazorat tizimi; b – avtomatik boshqarish tizimi (ochiq); v - avtomatik boshqarish tizimi (berk). Texnologik yacheyka – bu markaziy EHM ga umumiy ABT bilan birlashtirilgan RDB (raqamli dasturiy boshqarish) li dastgohlar guruhi, avtomatik manipulyatsiyalash, transport va to‘plash qurilmalaridan iborat avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish majmuasi bo‘lib, ma’lum turdagi detallarga to‘liq yoki qisman ishlov berishni ta’minlaydi. Boshqarish ob’ekti – bu faoliyat ko‘rsatish algoritmi bajarilishi uchun tashqi tomondan maxsus tashkil etilgan ta’sir ko‘rsatilishi kerak bo‘ladigan texnik jarayonni amalga oshiruvchi qurilma. Ishlab chiqarishni boshqarish – bu biror-bir fizik yoki informatsion jarayonning yuz berishi va ularning ma’lum maqsadga erishishini ta’minlovchi informatsion jarayon. Qisman avtomatlashtirish – bu ma’lum texnologik jarayonlar o‘zining murakkabligi yoki tezkorligiga ko‘ra inson uchun amalga oshirib bo‘lmaydigan hollarda amalga oshiriladigan alohida ishlab chiqarish amallarini avtomatik bajarish. XULOSA “Intellektual o‘lchash asboblari” fani talabalarga intellektual o‘lchash asboblarining asosiy tushunchalari, prinsiplari, vazifalari va afzalliklari hamda turli parametrlarni, texnologik jarayonlarni boshqarishda yuzaga keladigan muammolarni hal etishda zarur bo‘ladigan bilimlarni beradi. “Intellektual o‘lchash asboblari” fanini o‘rganish natijasida talabalar olgan bilimlari hamda tajribalarini ishlab chiqarishda qo‘llashlari lozim bo‘ladi. “Intellektual o‘lchash asboblari” qismi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishda qo‘llaniladigan o‘lchash asboblari, usullari va ularning asosiy sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘ziga qamrab olgan. Shu bilan birga ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishda, sifat tizimini joriy etishda fizikaviy-kimyoviy o‘lchashlarning muhimligi, mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashga katta ahamiyat beriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va intellektual o‘lchash (IO‘) vositalari bilan ta’minlash texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligini muttasil oshirish va mahsulot sifatini yuqori darajaga ko‘tarish uchun xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. Avtomatlashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini intellektual o‘lchash vositalari bilan ta’minlash borasidagi eng mas’uliyatli ishlar esa, shubxasiz, injener-texnik kadrlar zimmasiga tushadi. O‘lchash texnikasining samarali ishlashini ta’minlash metrologlarning kundalik muammosi xisoblanadi. Bugungi kun injenerlari yangi texnologiya va texnikadan foydalanishga, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni keng joriy etishga, ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va uni jadallashtirishga kodir bo‘lishlari kerak. Xususan, injenerlar va metrologlar oldida fan-texnika taraqqiyotining yo‘l boshlovchisi bo‘lishdek mas’uliyatli vazifa turadi. O‘lchash texnikasi xalq xo‘jaligining barcha sohalarida fan-texnika tarakkiyotining muhim omillaridan biridir. Keyingi yillarda texnologik jarayonlarning o‘tish tezligi o‘sdi, bir agregatda o‘lchanadigan parametrlar soni ko‘paydi. Shu boisdan o‘lchash vositalarining va axborot-o‘lchov sistemalarining ishonchliligi ko‘p hollarda agregatning umuman ishonchliligini belgilaydi. Parametrlarning to‘g‘ri kiymatlarini bilmasdan turib va bu qiymatlarni avtomatik nazorat qilmasdan turib, texnologik jarayonlarni yoki agregatlarni to‘g‘ri boshqarib bo‘lmaydi, o‘lchov vositalarisiz esa avtomatlashtirib bo‘lmaydi. Download 70.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling