Mavzu: intellektual o’lchash asboblari va tizimlarining kelajakdagi rivojlanish yo’nalishlari va istiqbollari reja
Download 70.01 Kb.
|
intellekt 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomatlashtirish
Avtomatika – fan va texnikaning turli jarayonlarni boshqarish va ularni nazorat qilishni bevosita inson ishtirokisiz amalga oshiriladigan sohasidir.
Avtomatikaning rivojlanishi asosan zamonaviy texnik rivojlanishga imkon yaratdi va uning asosiy xususiyatlarini belgilib berdi. Yanada kengaytirilgan ishlab chiqarish va sanoat mahsulotlari sifatini yaxshilashga bo‘lgan zaruriyat, shuningdek inson mehnatini takomillashtirishga bo‘lgan talab avtomatikaning rivojlanish omillari bo‘lib xizmat qildi. Zamonaviy sanoat ishlab chiqarishi alohida texnologik jarayonlar o‘rtasidagi aloqalarning xilma-xilligi va ularni ketma-ketligini aniq, puxta tashkil etish zaruriyati bilan xarakterlanadi. Uzluksiz va ketma-ket ishlab chiqarish, shuningdek bir amaldan boshqasiga o‘tish vaqtini qisqartirishni talab etuvchi ayrim amallar tezligining yuqoriligi boshqaruvning tezkorligi, aniqligi va ob’ektivligiga bo‘lgan talablarni oshirib yuboradi va bularning barchasi inson uchun amaliy jihatdan amalga oshirib bo‘lmaydigan masalalarga aylanib qoldi. Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish - ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo‘lib, bunda texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘pchiligi to‘liq avtomatlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Avtomatlashtirish barcha uskunalarning avariyasiz ishlashini ta’minlaydi, ba’zi hodisalarning va atrof-muhitning zaharlanishini oldini oladi. Shuningdek, kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida portlash hamda yong‘in chiqish xavfi ko‘pligi ham jarayonlarni maksimal darajada avtomatlashtirishni talab qiladi. IO‘ informatsion o‘zgartkich texnikasi rivojlanishining tendensiyasi, kelgusida ularni ishlab chiqish uchun quyidagi masalalarni yechish zarurligini ko‘rsatadi: Integral amalga oshirish. Integral texnologiyasi va integratsiyalashuv darajasini oshirish keng tarqalgan bo‘lib, IO‘ informatsion o‘zgartkichlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Hozirning o‘zidayoq bu texnologiya asosida IO‘ larning tuzilishi, kuchaytirgich, analog-raqamli o‘zgartkichlar sxemalari va muvofiqlik funksiyalarini bajaruvchi interfeyslarning sxemalari tuzilmoqda. Zamonaviy IO‘ informatsion o‘zgartkich tasvirlari to‘laligicha KIS (Katta Integral Sxemalar) texnologiyasi asosida amalga oshirilmoqda. Download 70.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling