Mavzu: intellektual o’lchash asboblari va tizimlarining kelajakdagi rivojlanish yo’nalishlari va istiqbollari reja


Download 70.01 Kb.
bet9/11
Sana30.01.2024
Hajmi70.01 Kb.
#1816950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
intellekt 7

Telemexanika – bu texnika fanlarining harakatchan va qo‘zg‘almas ob’ektlarning holatlarini masofadan nazorat qilish va boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan savollar majmuini tadqiq qiluvchi sohasi. Telemexaniqaning asosiy tushunchalariga telemexaniq tizim, teleboshqaruv, telenazorat, aloqalar kanali.
Telemexanik tizim deb harakatchan va qo‘zg‘almas ob’ektlarning holatlarini masofadan nazorat qilish va boshqarishni ta’minlovchi tizimga aytiladi.
Axborotlar nazariyasi axborotlarni qabul qilish, o‘zgartirish va uzatish usullarini o‘rganadi. Axborot, ma’lum parametrlari uzatilayotgan ma’lumotlarga mos keluvchi fizik jarayonlarning signallari yordamida uzatiladi va qabul qilinadi. Bunday moslikni o‘rnatilishi kodlash deyiladi.
Dasturlash nazariyasi axborotlardan boshqarish uchun foydalanish va uni qayta ishlash usullarini o‘rganish va ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Axborotli usul ixtiyoriy boshqarish tizimining ishini, algoritm deb nomlanuvchi ma’lum qoida bo‘yicha, axborotlarni qayta ishlash yo‘li bilan dasturlash imkonini beradi. Ixtiyoriy boshqarish tizimining ishini dasturlash umumiy holda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) yechimni topish uchun algoritmni belgilash; b) tizim qabul qiluvchi kodda dasturlar tuzish. Algoritmlarni qo‘llanilishi, elektron mashinalar yordamida jarayonlarni majmuaviy boshqarish, masalalarning optimal, ya’ni eng yaxshi yechimlarini tanlash imkonini beradi (masalan, maksimal unumdorlikni olish, harakatning eng yaxshi traektoriyasi, eng qisqa yo‘lni aniqlash, xom ashyo, yoqilg‘i, elektr energiyasi kam sarflanishini ta’minlash va shu kabilar).
Avtomatik boshqarish tizimlari nazariyasi boshqarish tizimlarining tuzilishi va qurilish tamoyillari, ularning boshqa boshqarish tizimlari bilan aloqalari hamda tashqi ta’sirlarga bo‘lgan reaksiyalarini o‘rganadi. Umumiy holda axborotlarni biror maqsadga yo‘naltirilgan qayta ishlanishini amalga oshiruvchi ixtiyoriy fizik ob’ektni Boshqarish tizimi deb atash mumkin. Axborot o‘zida keng ma’nodagi tushunchani olib yuradi va turli xil hodisa va jarayonlarning mohiyatini tushuntirish uchun ishlatiladi.

Download 70.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling