Mavzu: intellektual o’lchash asboblari va tizimlarining kelajakdagi rivojlanish yo’nalishlari va istiqbollari reja
Download 70.01 Kb.
|
intellekt 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat roboti
- Ishchi amallar
- O‘zi moslashuvchi tizim
Teskari aloqa – bu tizimning keyingi bo‘g‘inlaridan birining oldingisiga beradigan ta’siri.
To‘g‘ri (bevosita) aloqa - bu tizimning har bir oldingi elementini keyingisiga beradigan ta’siri. To‘liq avtomatlashtirish – nazorat va boshqaruv tizimlaridan tortib ishlab chiqarishning barcha asosiy va yordamchi hududlari avtomatlashtiriladigan yuqori darajadagi avtomatlashtirish. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra avtomatlashtirish quyidagi asosiy turlarga tasniflanadi: boshqaruv, nazorat, signallash, blokirovkalash, rostlash. Sanoat roboti (SR) – o‘zida manipulyator va dasturlanadigan boshqarish qurilmasini mujassamlashtiruvchi va ishlab chiqarish jarayonlarida ishlab chiqarish predmetlari yoki texnologik jihozlarning ko‘chishida inson funksiyalariga o‘xshash bo‘lgan harakatlantiruvchi va boshqaruvchi funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan avtomatik mashina. Ishchi amallar (operatsiyalar) – bu jarayonning borishini belgilab beruvchi qonuniyat va xossalarga mos ravishda jarayonni amalga oshirilishi uchun zaruriy harakatlar. Jarayon maqsadiga erishish uchun ishchi amallar boshqa turdagi amallar – boshqaruv amallari bilan tashkil etilishi va yo‘naltirib turilishi lozim. Signallash – bu nazorat qilinayotgan ob’ekt faoliyati haqidagi ma’lumotlarni operator yoki xizmat ko‘rsatuvchi personallarga tushunarli bo‘lgan shartli signallarga o‘zgartirib berish. O‘zi moslashuvchi tizim – bu shunday avtomatik boshqarish tizimiki, uning tarkibida qo‘shimcha avtomatik qurilma mavjud bo‘lib, bu qurilma avtomatik tizim berilgan faoliyat ko‘rsatish algoritmini to‘la amalga oshirishi uchun asosiy avtomatik boshqarish tizimining boshqarish algoritmini o‘zgartiradi. Teleboshqaruv tizimi o‘zida maxsus signallarni jo‘natish yo‘li bilan turli xil buyruqlarni masofaga uzatishni ta’minlovchi qurilmalar to‘plamini namoyon etadi. Bunday tizimlarning signallari qabul qilinganda boshqarish ob’ektlarining turli zanjirlariga ta’sir etishi lozim bo‘lgan signallarga o‘zgartiriladi. Telenazorat tizimi ob’ektdan axborot qabul qilish punktiga maxsus signallarni jo‘natish yo‘li bilan ob’ekt holatlari yoki unda yuz berayotgan jarayonlar haqidagi axborotlarni masofaga uzatish va qabul qilishni amalga oshiradi. Egiluvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish (EAICh) tizimi yangi mahsulotlarni avtomatlashtirilgan loyihalash hamda yagona va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida avtomatlashtirilgan holda ishlab chiqishga mo‘ljallangan. Yangi mahsulotlar chiqarishda EAICh tizimiga o‘tish, jihozlarni qo‘l mehnati yordamida qayta o‘rnatishlarsiz, dasturiy vositalar orqali amalga oshirishni ta’minlaydi. EAICh tizimi bir nechta majmualarni o‘ziga birlashtiradi va ularning har birini boshqarish uchun markaziy EHM ishlatiladi. EAICh tizimini boshqarish uchun quvvati katta bo‘lgan asosiy EHM dan foydalaniladi va boshqarish strukturasi ierarxik tamoyilga asoslanadi. Download 70.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling