Mavzu: intellektual o’lchash asboblari va tizimlarining kelajakdagi rivojlanish yo’nalishlari va istiqbollari reja
Download 70.01 Kb.
|
intellekt 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intellektuallashtirish
- Birinchi davr
- Ikkinchi davr
- Uchinchi davr
Kombinatsiyalash. Bitta korpusga bir nechta IO‘ ni birlashtirgan holda, bitta universal IO‘ yordamida bir vaqtda bir nechta fizik parametrlarni qayd qilish mumkin. Masalan, bir vaqtda harorat va namlikni o‘lchovchi datchik konditsionerlar uchun qulay hisoblanadi. Boshqa bir yo‘nalish, IO‘ larini ijro qurilmalari bilan birlashtirish bo‘lib, masalan, IO‘ va ijro qurilmalarining funksiyalari uyg‘unligida amalga oshiriladigan shakllarni eslab qolgan holda qotishmalar yaratiladi.
Intellektuallashtirish. IO‘ informatsion o‘zgartkich va mikroprotsessor bitta qutida amalga oshiriladi. Bunda IO‘ qayd qiluvchi signallar bevosita chiqishga uzatilmaydi, mikroprotsessor orqali ishlov berilib, nazorat qilinadi. U olingan ma’lumotlar va atrof muhit sharoitiga nisbatan qaror qabul qila boshlaydi. Asosan bu yolg‘on informatsiyaga o‘rin yo‘q bo‘lgan xavfsizlikni ta’minlash tizimlari uchun zarurdir. Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi hozirgi vaqtda uch davrga bo‘linadi. Birinchi davr - ayrim texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bilan xarakterlanadi. Jarayonning ayrim parametrlari avtomatlashtirilgan agregat yaqinida yirik gabaritli asboblarning ko‘rsatishiga muvofiq avtomatik ravishda rostlanadi. Bunda, asboblarni mashina va apparatlar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchilik tug‘dirmaydi. Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko‘rinadigan yirik gabaritli asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o‘lchash asbobi, rostlagich va topshiriq beruvchi qurilma joylashtiriladi. Ikkinchi davr - ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtirilishidir. Bunda rostlash alohida shchitga o‘rnatilgan asboblar bo‘yicha olib boriladi. Yirik gabaritli asboblardan foydalanish – shchitni bir necha metrga cho‘zilib ketishiga olib keladi va shchitni nazorat qilish qiyinlashadi. Avtomatlashtirishning bu davrida shchitdagi asboblarning hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo‘ladi. Bu masalani hal qilish uchun kichik gabaritli ikkilamchi asboblar ishlatiladi. Uchinchi davr - (to‘liq avtomatlashtirish davri) - agregat va sexlarni yalpisiga avtomatlashtirish bilan xarakterlanadi. Bu davrning xarakterli xususiyati shundaki, boshqarish yagona dispetcherlik punktiga markazlashtiriladi. Shu bilan birga mitti ikkilamchi asboblarni ishlatish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Doimiy nazoratni talab qilmaydigan o‘lchash va rostlash asboblari (yirik gabaritli) shchitdan tashqariga o‘rnatiladi. Signalizasiya, muhofaza va nazorat qilish sanoat jarayonlarini boshqarish hamda rostlashni bundan keyingi avtomatlashtirilishi, chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash, texnologik jarayonlarni optimal tartibda olib borish, texnologik uskunalar ishini jadallashtirish vazifalaridan kelib chiqadi. Texnikaning rivojlanishi bilan halq xo‘jaligining qator sohalarida o‘zining bevosita ta’siri orqali inson uchun zararli bo‘lgan jarayonlar (radioaktiv parchalanish, elektromagnit nurlanish, ultratovushli tebranish va shu kabilar) yuzaga keldi. Tabiiyki, bunday jarayonlarni boshqarish va ularning kechishini nazorat qilishni insonning idroki va reaksiyalariga bog‘liq bo‘lmagan maxsus qurilma va tizimlarni qo‘llamasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi. Bir qator texnologik jarayonlar yuqori va past haroratlarda, tovush bosimining oshishi bilan amalga oshadi, bunday ishlab chiqarish jarayonlari yuz berayotgan hududdan insonni chetlashtirish lozim. Yuqori sifatli mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarish texnologik jarayonining barcha amallarida nazorat bo‘lishini va bunda jihozlarning parametrlari tezkorlik bilan qayta sozalanishini talab etadi, bu so‘zsiz, inson kuchi va ishtirokisiz amalga oshirilishi kerak. Bunday sharoitlarda zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (axborotlarni olish, ularga ishlov berish va jarayonning mos elementlariga ta’sir ko‘rsatish) uchun insonga yordamchi sifatida avtomatik qurilma deb ataluvchi maxsus qurilmalar yuzaga keldi. Bunday hollarda insonning roli avtomatlarning ishlashini kuzatish va ularni sozlash hamda rostlashdan iborat. Download 70.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling