Mavzu: Ishlab chiqarish nazariyasi Mundarija
Download 85.25 Kb.
|
Ishlab chiqarish nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi. I BOB. Ishlab chiqarish jarayoni va uning vazifalari Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni
Kurs ishining maqsadi ishlab chiqarish nazaryasini o‘rganish, undagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining obyekti ishlab chiqarish omillari va ularning texnik ko‘rsatkichlari o‘rganish. Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning ishlab chiqarish tizimi, uni tartibga solinishi, uning zaruriyati va ahamiyati borasidagi amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazaryalari o‘rganish. Kurs ishining tuzilishi. I BOB. Ishlab chiqarish jarayoni va uning vazifalari Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni Ishlab chiqarish jarayoni - bu insonlarning o‘z iste‘mollari uchun zarur bo‘lgan moddiy va nomoddiy ne‘matlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan maqsadga muvofiq bo‘lgan faoliyatlar majmuasidir. Ishlab chiqarish bu kishilarning real mehnat faoliyatidir. Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov tashkilotlari, kommunal va uy – joy xo‘jaliklari, turli xil texnik va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalaridan iborat. Har bir mamlakat o‘z taraqqiyotining shu davrdagi bosqichi uchun zarur va qulay bo‘lgan tarmoqlar tarkibini vujudga keltirishga harakat qiladi. Bunda resurslar cheklanganligi hisobga olinib ishlab chiqarishni o‘stirish va xalqning talabini qondirish uchun o‘ta zarur bo‘lgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, chet ellar bilan bo‘ladigan hamkorlikni yuksaltirishga imkon beradigan tarmoqlarga alohida e’tibor beriladi. Ehtiyojlar turi qancha ko‘p bo‘lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o‘rganish oson bo‘lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga: moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga bo‘linadi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko‘rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Har bir ishlab chiqarish bo‘g‘inida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida mahsulot, ya’ni tovar va xizmatlar yaratiladi. Ular qiymat o‘lchovida korxonalar darajasida yalpi mahsulotni milliy iqtisodiyot ko‘lamida milliy mahsulotni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish omillari bilan uning natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik ishlab chiqarish funksiyasi deb ataladi. Umumiy mahsulot jalb qilingan asosiy kapital, ishchi kuchi, xomashyo va materiallardan foydalanish evaziga olingan mahsulotningmutlaqhajmidir. O‘rtacha mahsulot (O‘M) esa jalb qilingan ishchi kuchi (V) yoki kapitalning (К) birbirligiga to‘g‘ri keladigan mahsulotga aytiladi. Bu esa umumiy mahsulot (M) miqdorini umumiy resurs (ishchi kuchi yoki kapital) miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. O‘M=M/V. (yoki O‘M=M/K) Qo‘shilgan mahsulot deb,eng keyingi qo‘shilgan (o‘sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan qo‘shilgan omil, ya’ni qo‘shilgan kapital yoki qo‘shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi. Har bir qo‘shilgan resurs evaziga olingan qo‘shilgan mahsulot esa qo‘shilgan resurs unumdorligi deb aytiladi. Download 85.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling