3. Riman teoremasi.
Teorema (Riman). Istalgan shartli yaqinlashuvchi qatorda qator hadlari o’rinlarini shunday almashtirish mumkinki, hosil bo’lgan qator yig’indisi avvaldan berilgan songa teng bo’ladi. Bundan tashqari, qator hadlari o’rinlarini shunday almashtirish mumkinki, hosil bo’lgan qator uzoqlashuvchi bo’ladi.
Shunday qilib, Riman teoremasi shartli yaqinlashuvchi qatorlar o’rin almashtirish xossasiga ega emasligini ta’kidlaydi. Biz bu teoremani isbotsiz qoldiramiz.
Xulosa.
Biz bu kurs ishida, yaqinlashuvchi qatorlar, ularning xossalari, Dalamber alomati, Koshining radikal alomati, Raabe alomati, shartli yaqinlashuvchi qatorlar va Riman teoremalari haqida o’rgandim.
Matematik analiz fanining dastlabki elementlari hozirda akademik licey va kolledjlarda matematika kursida uchraydi. Shunday ekan, bunday ta’lim muassasalarida o’qituvchi bo’libishlashni maqsad qilgan talaba fanni puqta o’rganishi muhim.
Kurs ishini tayyorlash davomida matematik analiz fani qiziqarli fan ekanligini yana bir bor his qildim. Ayniqsa kurs ishining mavzusi nazariyada eng ko’p o’rganilgan mavzulardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |