Mavzu: statistik grafiklar va ularning unsurlari


Dinamikani ifodalovchi nisbiy miqdorlar


Download 106.27 Kb.
bet11/15
Sana05.05.2023
Hajmi106.27 Kb.
#1431586
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
STATISTIK GRAFIKALAR

4.Dinamikani ifodalovchi nisbiy miqdorlar.
-dinamika nisbiy miqdorda (Dnm) ko‘rsatkichning hisobot davridagi miqdori (mutloq yoki o‘rtacha) shu ko‘rsatkichning o‘tgan davrdagi miqdorlariga nisbati bilan topiladi.
Hisobot davri haqiqiy miqdori x 100
Dnm = ----------------------------------------------
O‘tgan davr haqiqiy miqdori
Dinamika nisbiy miqdorda miqdorlarning taqqoslama bo‘lishiga katta ahamiyat berish kerak. Agarda ushbu taqqoslanuvchi davrda taqqoslanuvchi miqdorlarni hisoblash uslubida, xududlarda miqdorlarning tarkibida yoki boshqa jihatlarida o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa, ularni taqqoslama miqdorga keltirish yoki ushbu o‘zgarishlarni hisobga olish lozim. Shahar aholisining tabiiy ko‘payishini, uning xududiy o‘zgarishini e’tiborga olmasdan hisoblab bo‘lmaydi.
Umuman dinamika nisbiy miqdorlar foizlarda , koeffitsientlarda (martalarda) ifodalanishi mumkin.
Misol: Korxona ushbu yilda 12000 tonna mahsulot ishlab chiqargan, o‘tgan yil esa korxona 11000 tonna mahsulot ishlab chiqargan edi.
Dinamika nisbiy miqdor koeffitsientda aniqlanganda = 12000 : 11000 = 1,09
Dinamika nisbiy miqdor foizlarda aniqlanganda =
12000 x 100
Dnm = ---------------- = 109,1 %
11000
Dinamika nisbiy miqdorlar bazisli yoki zanjirsimon bo‘lishi mumkin. Bazisli dinamika nisbiy miqdorlar ko‘rsatkichning joriy davrdagi miqdorini o‘tgan davr miqdoriga bo‘lish bilan aniqlanadi.
Agarda hodisa va jaryonlarni birnecha davrga taqqoslamoqchi bo‘lsak, bazisli dinamika nisbiy miqdorda bazisli davr doimiy bo‘lib qoladi, qolgan davrlar miqdorlari unga nisbatan hisoblanadi. Bazisli dinamika nisbiy miqdorlar ko‘rsatkich miqdorlarining o‘rganilayotgan davr mobaynida o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Zanjirsimon dinamika nisbiy miqdorda har bir davr miqdor ko‘rsatkichi undan oldingi davr miqdor ko‘rsatkichi nisbati bilan topiladi ваko‘rsatkich miqdorlarining o‘tgan yilgi miqdorga nisbatan o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Misol: Kichik korxona 2017-2020 yillarda quyidagi miqdorlarda
tovar ishlab chiqargan:
Yillar Ishlab chiqargan tovarlar miqdori, ming so‘mlarda
2017 10000
2018 11000
2019 12000
2020 13000
Berilgan ma’lumotlar asosida bazisli va zanjirli usullarni qo‘llab dinamik nisbiy miqdorlarni aniqlang.
2018x100 2019x100 2020x100
Dnmb= -------------; ---------------; --------------;
2017 2017 2017

2018x100 2019x100 2020x100


Dnmz= -------------; ---------------; ---------------;
2017 2018 2019

Download 106.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling