Mavzu: statistik grafiklar va ularning unsurlari


–Mavzu: STATISTIK KO`RSATKICHLAR ( 4 соат)


Download 106.27 Kb.
bet7/15
Sana05.05.2023
Hajmi106.27 Kb.
#1431586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
STATISTIK GRAFIKALAR

6–Mavzu: STATISTIK KO`RSATKICHLAR ( 4 соат).
REJA:
1. Mutloq miqdorlar, ularning turlari va o‘lchov birliklari.
2. Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha va ularning ifodalanishi.
3. Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi.


1. Mutloq miqdorlar, ularning turlari va o‘lchov birliklari.
Tabiiy va ijtimoiy - iqtisodiyhodisalar, jarayonlar tegishli ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Bu ko‘rsatkichlar turli xil miqdorlarda berilib, xujjatlarda qayd qilinadi. Statistik kuzatish natijasida miqdorlar yig‘ilib, tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlanib, o‘rganiladi. Miqdorlarda ifodalangan тabiiy, ijtimoiy - iqtisodiy ko‘rsatkichlarni umumlashtirib, tegishli xulosalar chiqarish statistikaning asosiy vazifasidir.
Statisitik ko‘rsatkichlarning 3 xili mavjud bo‘lib, bo‘lar: mutloq miqdorlar, nisbiy miqdorlar va o‘rtacha miqdorlar.
Hodisa va jarayonlar dastlab mutloq miqdorlarda qayd qilinadi, so‘ngra esa ular asosida nisbiy va o‘rtacha miqdorlar hisoblab topiladi. Demak mutloq miqdorlar har qanday statistik ko‘rsatkichlarning dastlabki (boshlang‘ich) shaklidir. Miqdorlar matematik belgilar (amallar) va o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.
Aholiмизning umumiy soni, shu jumladan erkaklar va ayollar soni, korxonalardaги xodimlar soni, ishlab chiqarilgan stanoklar soni – bir qator matematik raqamli sonlarda qayd qilinadi. Ularning to‘plamlari ming, yuz ming, million, milliard kishi, ming, yuz ming, milliona, milliard dona, trilion kabi son ko‘rsatkichlarda ifodalanadi.
Qurilgan yo‘llarning, daryolarning uzunligi, bosib o‘tilgan yo‘l – metr yoki kilometr kabi uzunlik o‘lchovi birliklari bilan ifodalanadi. Qazib chiqarilgan ko‘mir hajmi, terilgan paxta kabi og‘irlik miqdorlari kg yoki tonnalarda qayd qilinib, kuzatish ob’ektlarini o‘lchash bilan aniqlanadi. Ishlab chiqarilgan gaz hajmi o‘lchov birligi bo‘lgan kub metrda , to‘qilgan gazlama hajmi esa kvadrat yoki pogonnli metrlarda ifodalanadi.
Miqdorlar ifodalanish hajmiga qarab, yakka va umumiy mutloq miqdorlarga bo‘linadi. Yakka hodisa va jarayonlarni ifodalovchi mutloq miqdorlar yakka mutloq miqdorlar deyiladi. Bunday miqdorlar o‘rganilayotgan to‘plamning har bir birliklarini tavsiflab kuzatishning boshlang‘ich bo‘g‘inida qayd qilinadi. Masalan, bir terimchining bugun tergan paxtasi - 65 kg, har bir xodimning olgan bir oylik ish haqi – 4,0 mln.so‘m, non zavodida bugun ishlab chiqarilgan bu р дона бўg‘doy noni miqdori, гуруҳлардаги алоҳидаtalaba, imtixonni “a’lo” bahoга topshirgan talaba va shu kabilar.
O‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning umumiy yig‘indisini tavsiflovchi mutloq miqdorlar umumiy mutloq miqdorlar deyiladi. Ular dastlabki kuzatish ma’lumotlarini qo‘shish va jamlashtirish natijasida olinadi. Demak, mohiyati bir xil yakka mutloq miqdorlar yig‘indisi umumiy mutloq miqdorlardir. Shuning uchun ham umumiy mutloq miqdorlarni quyidagicha ifodalash mumkin:

t=n
A umумий = a1 + a2 + a3 + a4 + … + an = Σ ai


t=1
Bu erda:
A umumiy - umumий mutloq miqdor;
a1 … an - kuzatilayotgan ob’ektdagi yakka mutloq miqdorlar;
- to‘plam birliklarining yig‘indisi.
Masalan:
1) xo‘jalik brigadasida 15 nafar terimchi tergan paxtasining yig‘indisi
(60+70+65+80+110+90+75+120+92+108+84+96+115+125+64) = 1354 kg.

2) kichik korxonada 8 kishi ishlaydi. Ularning may oyida olgan mehnat haqlari quyidagicha:





Xodimlar

1

2

3

4

5

6

7

8

Ish haqi, mln.so‘m

4,8

3,5

5,0

4,7

5,8

6,2

5,3

4,4

Demak, xodimlar mehnat haqining umumiy miqdori bu so‘mmalarning yig‘indisi – 39,7 mln. so‘mdan iborat.


Mutloq miqdorlar natura, shartli natura, комплексва qiymat (pul) o‘lchov birliklarida ifodalanishi mumkin.
Ob’ektning xususiyatiga qarab, ya’ni ularning hajmi, og‘irligi, uzunligi yoki maydoni miqdorlari ko‘rsatilishiga qarab, natura o‘lchovda dona, metr, kilogramm va shu kabilar ishlatilishi mumkin. Masalan: terilgan paxta kilogramm yoki tonna, ishlab chiqarilgan stanok - dona, ekilgan paxta maydoni - gektarlarda ifodalanishi mumkin.

Download 106.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling