Статистик графикларнинг :
чизиқли;
- ясси;
- ҳажмли турлари мавжуд.
3. Chiziqli diagrammalar va gistogramma.
Grafiklarning eng ko‘p tarqalgan turlaridan biri chiziqli diagrammalardir.
Chiziqli diagrammalar yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog’lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko`rsatkichlari tasvirlanadi.
Chiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal o`qqa (ordinata o`qi) olingan masshtabda dinamika qatorining ko`rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi.
Gorizontal o`qqa (absissa o`qi) ma`lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki omil belgining qiymatlari nuqtachalar bilan joylashtiriladi. Keyin o`qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi o`qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o`tkaziladi.
Ularning o`zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho`qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil bo`ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini, yoki o`rganilayotgan hodisalarning o`zaro bog’lanishini tasvirlaydi.
Quyidagi ma`lumotlarni chiziqli diagramma shaklida ifodalaylik.
O`zbekistonda 2014-2020 yillarda etishtirilgan paxta va don yalpi hosili, mln. тонна.
Yillar
K o`r-
satkichlar
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
|
Paxta
|
3002
|
3265
|
3122.4
|
2803.3
|
3536.8
|
3749.0
|
3002
|
Don
|
3929
|
4072
|
5792,6
|
6319,2
|
6000,8
|
6540,9
|
3929
|
Do'stlaringiz bilan baham: |