Mavzu: statistik grafiklar va ularning unsurlari
Koordinat sistemasini chizib, vertikal
Download 106.27 Kb.
|
STATISTIK GRAFIKALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiziqli diagrammada
Koordinat sistemasini chizib, vertikal o`qqa paxta va don yalpi hosilini, gorizontal o`qqa esa yillarni joylashtiramiz. Agar masshtab qilib davrlar uchun 1 sm : 1 yilga, ko`rsatkichlar uchun esa 1 sm : 1 mln. t. paxta va donga teng deb olsak, u holda yuqoridagi ma`lumotlar abssissa va ordinata o`qlarining shkalalarida quyidagi nuqtachalar bilan ifodalanadi:
Bu nuqtachalarni tegishli o`qlarda belgilab, ulardan perpendikulyar chiziqlar o`tkazamiz, keyin ularning o`zaro kesishgan joyidagi nuqtalarni birlashtirib, chizmadagi paxta va don etishtirishga tegishli siniq chizqlarinihosilqilamiz. 200200 200 200200 200 Chiziqli diagrammada bir nechta hodisa dinamikasini ham tasvirlash mumkin. Bu holda siniq chiziqlar har xil rang bilan yoki bir-biridan ajralib turadigan ko`rinishda (yo`g’on yoki ingichka chiziq, ranhli chiziq va h.k) chizilishi kerak (10-chizma). Dinamika qatorlarini chiziqli diagramma shaklida tasvirlayotganda shuni esda saqlash lozimki, grafikning ko`rimli va oson tushunarli bo`lishi uchun masshtabni to`g’ri olish muhim ahamiyatga ega. Agar davrlar uchun olingan masshtab juda kichik bo`lsa, u holda diagramma sur`ati, ya`ni taraqqiyot qonuniyatini buzib, sun`iy tarzda kuchaytirib aks ettiradi. Ushbu masshtab haddan tashqari katta olinganda esa, aksincha, o`sish sur`ati sun`iy ravishda so`nish tarzida gavdalanadi. Demak, bu ham maqsadga muvofiq emasdir. Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan ko`rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli me`yorga aytiladi. U o`rganilayotgan hodisaning qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda qabul qilinganlgini bildiradi. Shuning uchun masshtabni shunday belgilash kerakki, u ko`rsatkichlar orasidagi proporsionallik va nisbatlarni to`la va aniqroq tasvirlash imkoniyatini tuғdirsin. Grafiklar orqali variatsion qatorlar darajalari ham tasvirlanishi mumkin. Ular asosan chiziqli diagrammalar orqali tasvirlanadi. Variatsion qatorlarni tasvirlovchi grafiklarning gistogramma, poligon, kumilyata va ogiva deb ataluvchi turlari mavjud. Ular to‘g‘ri chiziqli koordinatalar tizimida ifodalanadi. Gistogramma – bu intervalli variatsion qatorlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi. Bunla intervalli belgi o‘lchovlari koordinata tizimi abssissasida, intervalli belgining mos chastotalari ( soni, vazni, salmog‘i va h.k.) esa ordinata o‘qida ma’lum masshtabda shkalalarda belgilanadi. Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasivrlanayotgan hodisaning ma`lum miqdorlariga teng bo`ladi va, demak, shu miqdor deb o`qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir: 1. Shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq. 2. Chiziqlar bilan nishonlanib ma`lum tartibda shkala tayanchiga joylashgan nuqtalar. 3. Shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar. Download 106.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling