Mavzu: statistik grafiklar va ularning unsurlari


Statistik ҳодиса ва жараёнlarni


Download 106.27 Kb.
bet2/15
Sana05.05.2023
Hajmi106.27 Kb.
#1431586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
STATISTIK GRAFIKALAR

Statistik ҳодиса ва жараёнlarni jadvalda ifodalash so`z bilan bayon etishga qaraganda o`rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma`lumotlar ma`nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo`lishi shart.
Statistik jadvallar chuqur ma`noga ega bo`lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo`yicha o`ziga xos mantiqqa ega. Shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko`rsatkichlar orqali ta`riflanayotgan statistik to`plam jadvalning egasi, ko`rsatkichlar esa, jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi o`ng tomonida bo`ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin.
Jadbal egasining tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo`linadi:

  • oddiy;

  • guruhli;

  • va kombinatsiyali.

Oddiy jadval deganda jadvalning ega qismida o`rganilayotgan ob`ektlarlarning ko`rsatkichlari birma-bir ro`yxat ko`rinishida yozilgan jadvallar tushuniladi.
Guruhli jadval deganda jadvalning ega qismida o`rganilayotgan ob`ektlarning bir belgi asosida guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval tushuniladi.
Kombinatsiyali jadval deganda jadvalning ega qismida o`rganilayotgan ob`ektlarning ikkita va undan ortiq belgilari asosida guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvallar tushuniladi.
Statistik jadvallar ixcham va ko`rimli chiqishi uchun uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak:
1. Jadvallar hajmi katta bo`lmasligi kerak. Murakkab to`plamlarni o`rganishda jadval hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o`zaro bog’langan jadvallar tuzish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va o`qishga oson ko`rinishda tuzilishi kerak.
2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas.

Download 106.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling