Mavzu: statistik grafiklar va ularning unsurlari


Download 106.27 Kb.
bet8/15
Sana05.05.2023
Hajmi106.27 Kb.
#1431586
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
STATISTIK GRAFIKALAR

Natura o‘lchov ayrim hodisa, jarayonlarning xususiyatini to‘liq ifodalamaydi. Shuning uchun ham shartli natura o‘lchov birligi qo‘llanadi. Konserva ishlab chiqaruvchi korxona tayyor mahsulotlarini turli shisha bankalarda tayyorlashi mumkin. Bu shisha bankalar turli hajmda (0,5, 1,0, 2,0, 3,0, 10 litrli xokazo) bo‘lganligi sababli, ularning yakka miqdorlarini qo‘shib umumiy to‘plamni aniqlash noto‘g‘ri bo‘ladi.
Shuning uchun barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 1,0 litrlik shartli bankaga qayta hisoblab chiqiladi. Sovun ishlab chiqaruvchi korxona 60 % , 40 % lik kir sovunlari, atir sovun va poroshok ishlab chiqaradigan bo‘lsa, ularning ham og‘irliklarini bir shartli o‘lchovga keltirish lozim. Masalan, korxona ushbu yilda 80 ming tonna 60% lik,120,0 ming 40% sovun ishlab chiqargan. Ularni shartli bir birlikka keltirishda 40% li sovun koeffitsienti 1,0 ga, 60%li sovun 40% li sovunga aylantirish shartli koeffitsienti - 1,5 bo‘lsa, unda korxona jami 200,0 ming tonna (80,0+120,0) emas, balki (80,0 x 1,5) + (120,0 x 1,0)= 120,0 + 120,0 = 240,0 ming tonna mahsulot ishlab chiqargan bo‘ladi.
Yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, gaz, slanets kabilar issiqlik koeffitsienti asosida qayta hisoblanib, kaloriyasi aniqlanadi.
Murakkab hodisalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar kompleks o‘lchov birliklarida ifodalanadi. Bunday hodisalar ikki va undan ortiq o‘lchov birliklarining o‘zaro birikmasi bilan tavsiflanadi. Masalan: tashilgan yuk - tonna/ kilometrda, ishlab chiqarilgan elektr quvvati kilovatt - soatda, xodimlarning ishlagan ish vaqtlari - kishi / soatda.
Lekin natura o‘lchovida xususiyatlari bilan har xil bo‘lgan hodisa va jarayonlar umumlashtirib ko‘rsatilmaydi. Shuning uchun ham qiymat (pul) o‘lchovi ishlatiladi. Barcha hodisa va jarayonlarni pul o‘lchovida, ya’ni yagona o‘lchovda umumlashtirib ko‘rsatish mumkin.


2. Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha va ularning ifodalanishi.
Ommaviyy hodisa va jarayonlarni bilish va o‘rganishda mutloq miqdorlar muxim qurol vazifasini o‘ynasada, ammo ular bilan cheklanib qolish mumkin emas. Mutloq miqdorlar o‘rganilayotgan voqelik qanday tezlikda rivojlanayotganligini, uning takrorlanish intensivligini aniqlamaydi.
Ijtimoiy - iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning bir necha davridagi o‘zgarishlarini o‘rganish uchun mutloq miqdorlarni taqqoslash lozim. Taqqoslash statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirishning muxim usulidir. U solishtirilayotgan hodisalar va belgilarning o‘xshashlik tomonlari va farqlarini aniqlash imkonini beradi.
Ushbu yoki joriy davrdagi reja ko‘rsatkichlarining, tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishini ham haqiqiy va reja (shartnoma) ko‘rsatkichlar bilan taqqoslab aniqlanadi.
Мutloq miqdorlarning bir-biriga nisbatan olinib taqqoslanishi nisbiy miqdorlar deyiladi.

Download 106.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling