Mavzu: statistik grafiklar va ularning unsurlari


Download 106.27 Kb.
bet9/15
Sana05.05.2023
Hajmi106.27 Kb.
#1431586
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
STATISTIK GRAFIKALAR

Нisbiy miqdorlarda ikki va undan ko‘proq mutloq miqdorlar bir-biriga taqqoslanadi, ya’ni taqqoslashlar turli miqdorlarni bir-biri bilan ayirma (delta = K1-Ko) yoki nisbat shaklida (T=K1/Ko) solishtirishni bildiradi.
Bunda ko‘pincha suratda taqqoslanuvchi miqdor (K1), mahrajda - esa taqqoslovchi miqdor (Ko) bo‘ladi. Nisbiy miqdorlardan milliy iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi, ijtimoiy - iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini aniqlashda juda ko‘p foydalaniladi.
Ayirmalar shaklidagi taqqoslash natijasi delta nomli ko‘rsatkich bo‘lib, o‘rganilayotgan hodisa o‘lchov birligida ifodalanadi. U bir hodisa ikkinchisiga nisbatan mutloq o‘lchamda qanchaga katta-kichikligini belgilaydi.
Nisbiy taqqoslash natijasi (T) hodisaning sifat mohiyatini nazardan soqit qiladi. U jarayon tezligini, intensivligini aks ettiradi.
Нisbiy miqdorlar tadqiqot maqsadi, mohiyati va qanday mutloq miqdorlar qatnashayotganiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin:
Korxonalar, firmalar biznes-rejalarining bajarilish darajasini, to‘plamda ayrim guruhlarning tarkibini bilish uchun joriy yildagi ma’lumotlar taqqoslanadi.
Hodisa va jarayonlarning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish uchun, ularning bir necha yil (o‘tgan davrlar) mobaynidagi miqdorlari taqqoslanadi.


3. Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi.
Nisbiy miqdorlar qanday vazifalarni aniqlash uchun qo‘llanishiga qarab, bir necha turga bo‘linadi:
1.Reja ko‘rsatgichlarining bajarilishini ifodalovchi nisbiy miqdorlar.
2.Reja o‘sishini yoki kamayishini ifodalovchi nisbiy miqdorlar.
3. Shartnoma bajarilishini ifodalovchi nisbiy miqdorlar.
4.Dinamikani ifodalovchi nisbiy miqdorlar.
5.Tarkibiy nisbiy miqdorlar.
6.Intersivlikni ifodalovchi nisbiy miqdorlar.
7. Koordinatsiya nisbiy miqdorlari.
8.Taqqoslash nisbiy miqdorlari.
9.Fazoviy nisbiy miqdorlar.
Nisbiy miqdorlar har xil shakllarda ifodalanadi, masalan, koeffitsiyentda, foizlarda, promillida va proditsimillida va hokazo. Bu: miqdor koeffitsiyentda – 1ga, foizda -100ga, promillida-1000ga va proditsimillida – 10000 ga teng bo‘ladi.

Download 106.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling