Mavzu: statistik grafiklar va ularning unsurlari


Intersivlikni ifodalovchi nisbiy miqdorlar


Download 106.27 Kb.
bet13/15
Sana05.05.2023
Hajmi106.27 Kb.
#1431586
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
STATISTIK GRAFIKALAR

6.Intersivlikni ifodalovchi nisbiy miqdorlar.
Itensivlikni ifodalovchi nisbiy miqdor (Inm). Bu ko‘rsatkich o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa va jarayonlarni ifodalovchi ikki miqdor bir-biri bilan taqqoslanadi. Айрим ҳолларда бу кўрсаткичларни сифат кўрсаткичлари деб ҳам аташади.
Intensiv nisbiy miqdorlar aholining xududlardagi zichligi, har 100 aholiga tug‘ilish, nikoh, o‘lim kabi ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri kelishi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad, har bir gektar erga solingan o‘g‘it salmog‘i, mehnat unumdorligi darajasi, iqtisodiy o‘sish darajasi, moddiy va tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligi va shu kabilarni aniqlashda foydalaniladi.
Aholi zichligini aniqlash uchun aholi soni yer maydoni bilan taqqoslanadi. Moddiy resurslar samaradorligini resurs qaytimi yoki resurs talabchanligi bilan ta’riflash mumkin. Masalan, korxona bir yilda 50 mln. So‘mlik asosiy fondlar yordamida 150 mln. So‘mlik mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, fond qaytimi 3 so‘m (150:50) yoki fond talabchanligi 33 tiyin (50:150).

To‘plamning birinchi ob’ektiga doir miqdor


Inm = -------------------------------------------------------------
To‘plamning ikkinchi ob’ektiga doir miqdor

Bu yerda sur’at 1000 ga, ya’ni promillida yoki 10000 ga, ya’ni proditsimillida ko‘paytilishi mumkin.


Misol:
1. O‘zbekistonning aholisi 2020 yilda 35000 ming kishini tashril qilib, shu yili 1000,0 ming bola tug‘ilgan. Demak, har bir 1000 kishiga tug‘ilganlar sonini hisoblaydigan bo‘lsak = 1000mihg boia x 1000 : 35000 mihg aholiga = 28,6 bola tug’ri keladi.
2. O‘zbekistonning hududi 447,4 ming kv.km. bo‘lib, uning aholisi 2020 yilda 35000 ming kishini tashkil etgan. Xududning har bir mihg kv.km ga qancha aholi to‘g‘ri kelishini topamiz, ya’ni aholining har bir kv.km ga zichligini aniqlaymiz:
35000 ming kishi
Aholi zichligi = ----------------------------- = 78,2 kishi.
447,4 ming kv. km
Demak, intensiv nisbiy miqdorlar natijalarida ikki ko‘rsatkichlarning o‘lchov birliklari ham qatnashadi. Intensiv nisbiy miqdorlarning boshqa nisbiy miqdorlardan yana bir farqi shundaki, ularning natijalari aniq sonlar bilan ifodalanadi. Интенсивлик нисбий миқдорларидан жон бошига яратилган маҳсулотнинг, туғилган болалар ёки ўлган кишиларнинг 1000 ёки 10000 нафар аҳолига нисбатан тўғри келишини ҳисоблашда фойдаланиш мумкин.

Download 106.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling