Мева кўчатзори


СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК


Download 439.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/40
Sana31.01.2024
Hajmi439.62 Kb.
#1828456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)

СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 

Barcha holatlarda ham Yevropaga yovvoyi shakllar emas, balki Osiyo 
davlatlarida uzoq davrlar mobaynida kechgan xalq seleksiyasining natijalari, ya’ni 
madaniy navlar kirib kelgan. Shundan so‘ng Yevropaliklar apelsinni bilishgach
unga nisbatan qiziqish orta boshladi. Shox va knyazlarning hovlilarida ular oyna 
ostida yetishtirila boshladi. Aynan “oranjereya” so‘zi oranj, ya’ni apelsin so‘zidan 
kelib chiqqan. London, Parij va Peterburgning muhtasham joylarida mana shunday 
yirik oranjereyalar tashkil etilgan. Bu vaqtning o‘zida janubiy Yeropa, shimoliy 
Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida sitrus ekinlarini ochiq maydonlarda 
yetishtirish kuchaydi. 
XV-XVI asrlarda ispan va portugal kolonizatorlari apelsin, limon va boshqa 
turlarni Markaziy va Janubiy Amerika hamda G‘arbiy Afrikaga olib kirishdi. 
Buning natijasida sitrus ekinlar yer sharining ko‘pchilik tropik va subtropik 
hududlarida asoiy mevali ekinlarning biriga aylandi. Ammo faqatgina XIX asrdan 
boshlab sitruslar jahon savdo aloqalarida muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Bu 
esa dastlab transport, keyin esa qayta ishlash sanoatining rivojlanishiga turtki 
bo‘ldi. 
 
3. Subtropik o‘simliklarning biologik xususiyatlari: 
Subtropik o‘simliklar tropik va mo‘tadil iqlim mintaqalari o‘simliklaridan 
farqlanuvchi o‘ziga xos tipga ega. Tropik va subtropik doim yashil o‘simliklar ikki 
xil tipdagi madaniy o‘simliklardir. Tropiklarda, yuqorida ham ta’kidlaganimizdek, 
termik mavsumiylik mavjud emas. Bu yerlarda o‘simliklarda muntazam ravishda 
yangi novdalarning hosil bo‘lishi kuzatiladi. Agar tropik doim yashil o‘simliklarda 
tinim davri kuzatilsa, bu o‘simlikning ichki sabablari yoki qurg‘oqchilik va quruq 
davrning boshlanganligidan yuzaga kelgan bo‘ladi.
Subtropik o‘simliklarda esa sovuq, ya’ni subtropik qish davriga to‘g‘ri 
keluvchi va termik mavsumiylikka bog‘liq bo‘lgan muqarrar tinim davri kuzatiladi.
Subtropik o‘simliklar tinim holatida subtropik iqlim mintaqalarida 
kuzatiladigan qisqa muddatli va yuqori bo‘lmagan sovuqlarni betalofat o‘tkaza 
oladi. Agar subtropik o‘simliklarda mana shu “tinim davri” bo‘lmaganda edi, 
subtropiklar deb ataluvchi o‘simliklar olami ham bo‘lmas edi, chunki o‘sayotgan 
holatida subtropik o‘simliklar sovuqqa chidamliligi bo‘yicha tropik o‘simliklardan 
umuman farqlanmaydi. 
Subtropik o‘simliklarda “qishki” tinim davri havoning harorati “hayotiy” 
noldan pasayganda yuzaga keladi. Mandarin, dafna va yelpig‘ichsimon palma 
uchun “hayotiy” nol +10
0
S, limon uchun +9
0
S, tunga uchun +12
0
S va xurmo 
palmasi uchun +18
0
S hisoblanadi. Harorat mazkur darajadan pasayganda 
o‘simliklar gullamaydi. 
Tropik iqlimda apelsin mevalari daraxtida qoplovchi rangi o‘zgarmagan holda 
yashil rangda uzoq vaqt (bir yilgacha va undan ko‘proq) osilib turadi. Xurmo 
palmasini seylonda yetishtirishga bo‘lgan urinishlar muvaffaqiyat keltirmadi, eng 
sovuq davrda harorat +12
0
S gacha pasayadigan Shimoliy Iroqda esa xurmo 
palmasi mo‘l hosil tugadi. Tropiklarda zaytun, limon va choy tuplari yaxshi hosil 
bermaydi. Sheddok va laym esa nam tropik iqlim sharoitlariga moslashib olgan. 



Download 439.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling