Мева кўчатзори


СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК


Download 439.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/40
Sana31.01.2024
Hajmi439.62 Kb.
#1828456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Bog'liq
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)

СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 

Bularning barchasi subtropik doim yashil o‘simliklarda yozgi tanaffusga bog‘liq 
bo‘lmagan holda qishki sovuq davrga to‘g‘ri keluvchi tinim davriga talabchanligini 
ko‘rsatadi. 
Ma’lumki, sitrus ekinlarning sovuqqa chidamliligi yuqori emas. sitrus 
ekinlarning sovuqqa chidamliligi eng yuqoridan boshlangan tartibda quyidagi 
tartibda joylashadi: Unshiu mandarini, nordon apelsin, shirin apelsin, greypfrut, 
sheddok, limon, nordon laym, sitron (1-jadval). 
1-jadval 
Sitrus ekinlar uchun kritik harorat 
 
O‘simlik a’zolari 
Limon 
Apelsin 
Mandarin 
Mevalari 
-1,5-2,5 
-1,7-2,5 
-1,5-2,5 
barglari va pishmagan nihollari 
-3-5 
-4-6 
-5-7 
bir va uch yillik novdalari 
-5-6 
-6-8 
-8-9 
asosiy shohlari 
-7-8 
-8-9 
-9-10 
butunlay sovuq urishi
-8-9 
-9-10 
-10-12 
Tuproqning harorati sitrus ekinlarning o‘sishdan to‘xtashi yoki o‘sa boshlashini 
belgilashda yetarlicha ob’ektiv ko‘rsatkich hisoblanadi. Bahorda tuproq harorati 
+10+12
0
S gacha ko‘tarilishi bilan limonning o‘suv davri boshlanadi va kuzda 
harorat mazkur darajadan pasaygach u o‘sishdan to‘xtaydi. 
Subtropik o‘simliklarning o‘sishi, gullashi, mahsuldorligi va mevalarining 
sifatiga harorat sharoitlari yuqori darajada ta’sir ko‘rsatadi. Barcha hayotiy 
jarayonlarning me’yorida kechishi uchun sitrus ekinlarga yetarlicha miqdorda 
issiqlik zarur: mandarin uchun 4200
0
S, apelsin uchun 4500
0
S dan kam emas, limon 
uchun 4300
0
S.
Sitrus ekinlar namlikka yuqori talabchanligi bilan ajralib turadi. Ularning 
barglari qalin po‘stli va og‘izchalari faqatgina pastki tomonda bo‘lishiga qaramay, 
transpiratsiya jadalligi yuqori o‘lchamlarga yetadi. Transpiratsiya koeffitsienti 
(quruq modda vazn birligining hosil bo‘lishiga suvning sarflanishi) 400 ni tashkil 
etadi. Uzoq vaqt suv yetishmasligi fotosintezning to‘xtab qolishiga olib keladi. 
Bunda barglar so‘liydi, faol ildizlar nobud bo‘ladi va mevalarning to‘kilishi yuzaga 
keladi. Modomiki, hatto yog‘in miqdori 2000 mm dan ortiq bo‘lgan hududlarda 
ham faol o‘suv davrida quruq mavsumlar kuzatilar ekan, shunga ko‘ra dunyo 
bo‘yicha yetishtiriladigan sitruslarning 2/3 qismi sug‘oriladigan bog‘lar ulushiga 
to‘g‘ri keladi. 
Sitrus ekinlar – yorug‘likka talabchan o‘simliklar. Optimal yorug‘likda 
ularning fotosintetik faolligi sezilarli ortadi, bun-da qari barglarda fotosintez 
jadalligi yosh barglarga nisbatan ancha sustroq kechadi. Yorug‘lik darajasi 
o‘simliklarning rivojla-nish fazalari, mevalarning pishish tezligi va ularning rang 
ja-dalligiga ayniqsa ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek kuzatil-ganki, sitrus 
ekinlar yorug‘lik yetishmasligi sharoitlariga yengil moslasha olish xususiyatini 
namoyon etishgan. Binobarin limonda bunday sharoitlarda soyaki barglar hosil 
bo‘ladi va barglarda xloroplastlarning miqdori ortadi. Biroq yorug‘likning uzoq 



Download 439.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling