Мева кўчатзори
Download 439.62 Kb. Pdf ko'rish
|
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК
Таянч иборалар: субтропик мевалар, жой танлаш, боғ барпо қилиш,
кўчатларни экиш муддатлари, усуллари техникаси, кўчатларни парваришлаш, боғларни ўғитлаш, суғориш, шакл бериш, кесиш, касаллик ва заракунандаларга қарши кураш, ҳосилни териш, ташиш, сақлаш, анор, анжир, хурмо, чилонжийда. СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 3 kuzatilmaydi. Qisqa muddatli sovuqlar o‘tsimon o‘simliklarning vegetatsiyasini mustasno etuvchi yalpi sovuq davr bilan ulanib ketuvchi hududlarda subtropik mintaqa keskin yoki muntazam ravishda mo‘tadil mintaqaga o‘tib boradi. Olimlarning aniqlashicha, subtropiklar – yer sharining tropik va mo‘tadil iqlim mintaqalari orasida joylashgan tabiiy-tarixiy mintaqa, unda bir yilning o‘zida ikkita vegetatsiya davri kuzatiladi – sovuqsiz va xavfli sovuqli. Sovuqsiz davr mobaynida yog‘ochli va issiqsevar o‘tsimon o‘simliklar, o‘ziga xos subtropik “qish” deb ataluvchi sovuq davr mobaynida esa sovuqqa chidamli o‘tsimon turlar o‘sadi, bu davrda yog‘ochli va issiqsevar o‘tsimon o‘simliklar tinim davrida bo‘ladi. Subtropiklarning o‘zi mintaqa ichida quruq, o‘rta yer dengizi va nam yoki mussonlarga bo‘linadi. So‘ngisiga Osiyoning ko‘pgina hududlari, Afrikaning janubiy-sharqiy sohillari, Hindistonning shimoliy hududlari, AQShning janubiy- sharqiy sohillari va Kavkazning Qora dengiz sohillari kiradi. O‘rta yer dengizi tipidagi subtropiklar jazirama quruq yozi va seryomg‘ir yumshoq qishi bilan ajralib turadi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 600-1500 mm, tog‘li joylarda 1800 mm atrofida. Mazkur mintaqaga O‘rta yer dengizi havzasiga tutashgan mamlakatlar (Italiya, Ispaniya, Yugoslaviya, Turkiya) kiradi. Quruq subtropiklarga yillik yog‘in miqdori 300-400 mm dan oshmaydigan hududlar kiradi. Quruq subtropiklar Iroqning alohida hududlari, Eron, Afg‘oniston, Suriya, Shimoliy Amerikaning janubiy hududlari, Avstraliyaning markaziy qismi, Azarbayjon, O‘zbekiston, Turkmaniton va Tojikistonning ayrim joylarini qamrab oladi. MDH davlatlari ichida Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi subtropik mintaqaning eng shimoliy (43-44 0 sh.k.) qismi hisoblanadi, bu yerda sanoat asosida subtropik dehqonchilik yo‘lga qo‘yilgan. Janubda Psou daryosidan (Abxaziya) shimolda Tuapse atrofigacha bo‘lgan qariyb 150 km li mazkur territoriya Kavkaz tizmalari va Qora dengiz oralig‘ida tor polosa bo‘lib cho‘zilgan. Hozirgi kunda Krasnodar o‘lkasining subtropiklarida sitrus ekinlarni sanoat asosida yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Download 439.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling