Мева кўчатзори


СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК


Download 439.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/40
Sana31.01.2024
Hajmi439.62 Kb.
#1828456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)

СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 

3
1-rasmCitrus (1), Fortunella (2) va Poncirus (3) mevalari 
Sitrus ekinlarning sistematikasi va tasnifi hozirgi kunga qadar murakkab 
masalaligicha qolmoqda. Buning asosiy sababi shuki, Citrus L. avlodida haddan 
tashqari polimorfizm kuzatiladi. sitrus avlodining tasnifi bilan har xil davrda 
ko‘plab sistema-tik olimlar shug‘ullanishgan: Gallezio (1811), Dekandol (1824), 
Engler (1897), Svingl (1943), Luss (1947), Tanaka (1954). 
Hozirgi kunda sitrolog olimlar asosan Svingl va Tanaka sistematikasini 
qo‘llab-quvvatlashadi. Svingl sitrus avlodiga 16 turni kiritgan. Uning tasnifi 
ko‘pgina mamlakatlarda, ayniqsa Amerika va Angliyada keng tan olingan. Tanaka 
esa sitrus avlodiga 140 turni, shu jumladan duragay va mutant shakllarni ham 
kiritdi, so‘ngi yillarda esa uni yana 19 ta tur bilan to‘ldirdi. 
Amerikalik sitrolog olim Xodjson (1961) ikkala tizimni ham tahlil qilib 
shunday xulosaga keldiki, Svingl tasnifidan 16, Tanaka tasnifidan 20 turni olgan 
holda bu ikkala tizimni bir-lashtirish lozim va bunda Citrus avlodi 36 turni o‘z 
ichiga oladi. 
Citrus avlodi A.I.Luss (1947) tasnifiga ko‘ra 29 turni qamrab oladi. Ular 
ichidan quyidagi turlar madaniy holda keng tarqalgan: apelsin – C.sinensis Osb.
mandarin – C.retiiculata Blanco, limon – C.limon Osb., sitron – C.medica L., laym 
C.aurantifolia Sw., greypfrut – C.paradisi Macf., pompelmus (sheddok) – 
C.qrandis Osb. va boshqa xo‘jalik ahamiyatli turlar. 
Olimlar Hindiston, Xitoy va qisman Indoneziyani sitrus ekinlarning beshigi 
(eramizgacha 2-3 ming yil avval) deb hisoblashishadi. Hindiston va Xitoyda 
saqlanib qolgan juda qadimgi tarixiy hujjatlarga ko‘ra, sitrus ekinlarning mevalari 
o‘sha zamonlarda shifobaxsh-gigienik vosita sifatida juda mashhur bo‘lgan yoki 
ularni diniy-sehrli ta’sirga ega deb hisoblashgan. Hammadan ham ko‘ra, sitruslar 
iste’mol qilinadigan oddiy mevali o‘simlik sifatida qadrlangan. V.P.Alekseevning 
fikriga ko‘ra, shirin mevali navlar ancha keyinroq yuzaga kelgan. 
Yevropaga sitruslardan birinchi bo‘lib sitron kirib kelgan. Bir necha yuz yillar 
keyinroq esa (11-12 asrlar) arablar dorivor o‘simliklar sifatida noranja va limonni 
tarqatishgan. Portugaliyaliklar Xitoyga dengiz yo‘llarini ochgandan keyin apelsin 
Yevropaga tanildi, mandarin esa ancha kechroq – 19 asrning boshlarida bu 
yerlarga yetib keldi. Greypfrut hanuzgacha “amerika” mevasi hisoblanadi
pompelmus esa Janubiy-sharqiy Osiyodan tashqarida hali ham xo‘jalik ahamiyatini 
kasb eta olgan emas. 



Download 439.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling