Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Takror ishlab chiqarishning mamlakat milliy
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
3. Takror ishlab chiqarishning mamlakat milliy
rivojlanishida o‘rni va ahamiyati Ehtiyojlarning yuksalib borish qonunining harakati obyektiv ravishda ne’matlarni yaratishning uzluksizligini talab qiladi. Shu bois ham iqtisodiyot deganda kishilarning ehtiyojini qondirishga qaratilgan, anglangan faoliyat tushuniladi. Ne’mat deganda insonning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarilgan mahsulot turi tushuniladi. Iqtisodiy faoliyatning boshlanishi, mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish iqtisodiyotning asosi, uning bosh bo‘g‘ini hisoblanadi. Mahsulot (noz-ne’mat)lar ishlab chiqarish ishlatilishiga qarab ikki qismga bo‘linadi: Moddiy ishlab chiqarish – moddiy shakldagi mahsulotlarni, masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy va boshqalarni yaratish hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni yaratish. Nomoddiy ishlab chiqarish – moddiy shaklga ega bo‘lmagan, lekin aholi uchun zarur xizmatlarni ko‘rsatish. Ishlab chiqarish doimo takrorlanib va yangilanib turadi. Takror ishlab chiqarish oddiy, kengaytirilgan va toraygan bo‘ladi. Mustaqilligimiz iqtisodiy asoslariga tahdid sifatida toraytirilgan takror ishlab chiqarish masalasini tushunish mumkin. Chunki toraytirilgan takror ishlab chiqarish yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmining pasayishida ko‘rinadi. Bu ichki talabni qondirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulotlar taqchilligi yuzaga keladi. Ehtiyojlar to‘liq qondirilmaydi, natijada vahimali talab paydo bo‘ladi. Bu ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqaradi. Toraytirilgan takror ishlab chiqarish Vatan taraqqiyoti va uning obro‘siga putur yetkazadi. O‘zbekistonda ishlab chiqilgan taraqqiyotning «O‘zbek modeli» ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishini ta’minladiki, bu xalqimiz turmush darajasini yanada yaxshiladi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish milliy boylikni ko‘paytirish sharti hisoblanadi. Milliy boylik tarkiban moddiy, tabiiy va intellektual boylikdan, bir avlodga va bir necha avlodga xizmat qiluvchi boylikdan iborat. Boylik qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik iqtisodiy salohiyat kuchli bo‘ladi. Salohiyat ishlab chiqarish imkoniyatlari bo‘lib, erishilgan va istiqboldagi salohiyatlardan iboratdir. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling