Mundarija: kirish I bob ingliz va o‘zbek xalq ertaklarining janr xususiyatlari
Ingliz va o‘zbek sehrli ertaklarida “tilsim predmetlar” talqini
Download 215.43 Kb.
|
Ingliz tili va O`zbek tili sehrli ertaklar tipologiyasi Ochilova
2.2. Ingliz va o‘zbek sehrli ertaklarida “tilsim predmetlar” talqini
Xalq ertaklari xalqlar tarixi, madaniyati, o‘ziga xos turmush tarzi, marosimlari va qadimiy eʼtiqodiy qarashlarini o‘rganishning muhim manbalaridan biridir. Sehrli ertaklar ertaklarning muhim turlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Sehrli ertaklarda voqealar sehr jodu, fantastik uydirmalar asosida qurilgan bo‘ladi. Bularda asosan qahramonlik va pahlavonlik madh etiladi. O‘zbek xalq ertaklaridan Yalmog‘iz, Semurg‘, Devbachcha, Kenja Botir, ingliz xalq ertaklaridan Djek devlar kushandasi (Jack the Giant Killer), Djek va loviya poyasi (Jack and the Beanstalk), Chayld Rolend (Childe Rowland), Molli Vuppi (Molly Whuppie) sehrli ertaklarga misol bo‘la oladi. O‘zbek xalq ertaklarini yozib olish va nashr etish borasidagi ilk tajribalar XIX asrning oxiridan boshlangan bo‘lsa da, XX asrning 30-yillaridan o‘zbek xalq ertaklarini izlab to‘plash va o‘rganishga kirishildi. 1939 - yilda B.Karimiy “O‘zbek xalq ertaklari” to‘plamini nashr etdi va ertaklarning tasnifi va asosiy xususiyatlari haqida tadqiqot yozdi. XX asrning 70-80 -yillarida o‘zbek xalq ertaklarining janr xususiyatlari, poetikasi, ertakchilik anʼanalari tarixi va ertak ijrochiligi masalalari K. Imomov, G‘. Jalolov va X. Egamov kabi folklorshunoslar tomonidan o‘rganildi. Shuningdek, bolalar ertaklari, adabiy ertaklar badiiyati va magik raqamlarning ertaklardagi poetik vazifalari ham tadqiq etildi. Ingliz folklorshunosligida Djozef Jeykobsning xizmati katta. Jeykobs 1899- 1900-yillarda “Folklor” jurnaliga muharrirlik qilgan. U ingliz xalq ertaklarini yig‘ib, “English fairy tales”, “More English fairy tales” nomlari ostida ertak kitoblarini nashr qildirdi. Jeykobs aka-uka Grimmlar ertaklaridan ilhomlanib bu ishga kirishdi va inglizlarning nemis va fransuz xalq ertaklarini emas, haqiqiy ingliz xalq ertaklarini o‘qishlarini xohlardi. Bu ertaklar orasida sehrli ertaklar alohida o‘rin tutadi va ularda g‘aroyib buyumlarning ishtirok etishi ularning eng muhim janriy belgisini namoyon etadi. Sehrli ertaklardagi g‘aroyib buyumlarning turlari va vazifalari turlicha bo‘lib, ular epik matndagi vazifadoshligi va poetik talqinlari bilan bir biridan farqlanib turadi. Edvin Sidni Hartlendning ham ingliz folklorshunosligiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir.U 1899-1901- yillarda Angliyadagi folklor jamiyatining prezidenti vazifasida faoliyat olib borgan. Olim ingliz ertakchiligi sohasida tadqiqotlar olib borgan. Uning “English Fairy and Other Folk Tales”, “The Science of Fairy Tales: Enquiry into the Fairy Mythology” kabi ertaklar borasida qilgan nashrlari inglizfolklorshunosligida katta ahamiyatga ega. Asrlar osha rivojlanib kelayotgan anʼanalar, udumlar, urf-odatlar va qarashlar har bir xalq folklorida o‘ziga xos tarzda aks ettirilgani kuzatiladi. Jumladan, sehrli ertak va afsonalarda ham har bir xalqning tarixi, madaniyati, turmush tarzi, marosimlari va eʼtiqodiy qarashlari namoyon bo‘ladi. Shunisi bilan ular o‘sha xalqning mental xususiyatlarini o‘rganishda muhim manba vazifasini o‘tay oladi. Ingliz va o‘zbek xalqi bir-biridan uzoqda yashasa-da, ularning folklorida ayrim o‘xshash janrlar, obraz va motivlar borligi kishini hayratga soladi. Bu jihatdan ingliz hamda o‘zbek xalq afsona va sehrli ertaklari syujeti tarkibida uchraydigan g‘aroyib, tilsimli predmetlar orasidagi ayrim o‘xshashliklar xususida to‘xtalish mumkin. Maʼlumki, afsona va sehrli ertaklar syujetida g‘aroyib buyumlar alohida o‘rin tutadi va muayyan badiiy vazifalarda talqin qilinadi. Bu haqda o‘zbek folklorshunosligida M.Afzalov, G‘.Jalolov, K.Imomov, X.Egamov, M.Jo‘rayev, J.Yusupov, Sh.Shomusarov, N. Do‘stxo‘jayeva, Z.Rasulovalar mulohaza yuritishgan. Har ikkala xalqning ertaklari olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa-da, ikkala xalq ertaklaridagi g‘aroyib predmetlar qiyosiy kontekstda o‘rganilmagan. Bu esa olib borilayotgan tadqiqot ishining dolzarbligini yaqqol namoyon etadi. Dissertatsiyamizning mazkur bobi ingliz va o‘zbek xalq ertaklaridagi sehrli predmetlar sirasiga kiruvchi sehrli taqinchoqlar, bezak anjomlari va tig‘li predmetlarning qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan. Jozef Jeykobs tomonidan to‘plangan va nashr qilingan “English Fairy Tales”, “English Fairy Tales and More English Fairy Tales”, Enni Flora Stil tomonidan to‘planib, nashr qilingan “English Fairy Tales” kitoblari, shuningdek, uch bobdan iborat “O‘zbek xalq ertaklari” kitoblari tadqiqotning asosiy materiallari sifatida xizmat qildi. Tadqiqot jarayonida 30 dan ortiq ingliz va o‘zbek xalq ertaklari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari har ikkala xalq ertaklarida sehrli taqinchoqlar va zargarlik buyumlari mavjudligini va ularning o‘xshashlik va farqlari borligini ko‘rsatdi. Ham o‘zbek, ham ingliz xalq ertaklarida g‘aroyib taqinchoq va bezak asboblari turli vazifa va ko‘rinishda kelib ertak badiiyatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Sehrli taqinchoqlar va bezak buyumlaridan uzuk, sochbog‘, tumor, oyna, taroq, surtma, sehrli tamakidon, sehrli hamyon kabi tilsim predmetlar o‘zbek va ingliz xalq ertaklarida talqin qilingan. Ingliz xalq ertaklaridan “Hech kim, hech narsa”(Nix Nought Nothing), “Usta va shogird” (Master and his Pupil), “Molli Vuppi” (Molly Whuppie), “Sehrli uzuk”(Magic Ring), “Djek va oltin tamakidon”(Jack and his Golden Snuff Box), o‘zbek xalq ertaklaridan “Sultonxon”, “Kenja qiz”, “Gullar siri”, “Ikki oy, ikki yulduz”, “Malikai Gulizor”, “Kuno‘g‘il va Oypari” larda g‘aroyib zargarlik buyumlari va bezak asboblarini kuzatdik. Sehrli uzuk obrazini ham ingliz, ham o‘zbek ertaklari syujetida ko‘p kuzatish mumkin. O‘zbek ertakshunosi Z. Rasulova sehrli uzukning badiiy vazifalarini quyidagicha guruhlashtiradi: epik qahramonga baxt inʼom etish vositasi; evriltirish, yaʼni ertak qahramonini bir ko‘rinishdan boshqa shaklga aylantirish vositasi; bir joydan ikkinchi joyga yetkazib boruvchi, yaʼni uzoqni yaqin qiluvchi vosita; uzoqdagi voqeliklardan xabar beruvchi, ogoh etuvchi yoki voqelikni o‘zida aks ettirish qudratiga ega tilsim predmet; saxovatli moddiy taʼminotchi; baxt izlab safarga chiqqanlarga hamroh va mo‘jizakor ko‘makchi; bunyodkor, quruvchi va yaratuvchi; tilsimlovchi yokitilsimdan ozod etuvchi vosita; o‘lim keltiruvchi jodu qiroli. Masalan, o‘zbek xalq ertagi bo‘lmish “Oypari” ertagida sehrli uzuk obrazi turli badiiy vazifalarda keladi. Ertak qahramoni o‘z baxtini izlab safarga otlanayotganda o‘zi bilan uzukni olib ketadi. Yo‘lda u sehr bilan ilonga aylantirilgan yigitni uchratadi va uzugi yordamida uni sehr- jodudan qutqaradi. Shu uzuk yordamida qahramon shamolga aylanadi va yomon odamlarni it, eshak, xachir ko‘rinishiga evriltiradi. Ingliz xalq ertaklari va afsonalarida ham sehrli uzuk obrazi ko‘p uchraydi. Masalan, yuqorida nomitilga olingan “Molli Vuppi” ertagida sehrli uzuk devga tegishli bo‘ladi. U devning bor kuch-qudrati manbasi sifatida tasvirlangan. Agar dev bu uzukdan ayrilgudek bo‘lsa, kuch-qudratidan ham ayriladi. Shuni bilgan qahramon qiz Molli Vuppi devdan, avvalo, ana shu sehrli uzugini tortib olishga harakat qiladi va bunga muyassar bo‘ladi. U shu tariqa devni kuch-qudratidan ayirib, mahv etishga erishadi. “Magic ring” (“Sehrli uzuk”) nomida ikkita ingliz xalq ertagi mavjud bo‘lib, ularda sehrli uzuk obrazi keltirilgan. Qahramon qilgan yaxshi ishi, ezguamalining mukofoti sifatida sehrli uzukka ega bo‘ladi. Aniqrog‘i, bir ertakda bosh qahramon ilonni qutqargani uchun, ikkinchisida esa shohning qizini qutqarib qolgani tufayli sehrli uzukni sovg‘a sifatida oladi. So‘ngra shu sehrli uzuk yordamida hashamatli saroyga, to‘kin-sochin hayotga erishadi. O‘zbek va ingliz ertaklarida sehrli taroq obrazi ham talqin qilingan. Boshga tabu taroq, soch tolasi, bosh kiyimlari bilan bog‘liq turli irimlarni va magik qarashlarni keltirib chiqargan. Taroq sehrli ertaklarda magik qudratga ega tilsim buyumlardan biri sifatida har xil badiiy vazifada talqin qilinadi. “Nix Nought Nothing” (Hech narsa, hech kim) nomli ingliz xalq ertagida ikkita bezak asbobi sehrli taroq va sehrli soch to‘g‘nog‘ich uchraydi. Nix Nought Nothing qirolning uzoq kutilgan farzandi bo‘lib, u tug‘ilganida otasi safarda bo‘ladi. Otasi yo‘qligi sababli unga ism bermay Hech narsa, hech kim (Nix Nought Nothing) deb atashadi. Safar chog‘ida qirol daryoga duch keladi va suvni kesib o‘tolmaydi. U bir devni uchratib qoladi va dev unga suvni kechib o‘tishga yordam beradi. Evaziga esa Nix Nought Nothing ni so‘raydi. Hech narsadan bexabar podshoh bunga rozi bo‘ladi. Qaytib kelgach, hammasidan xabar topadi va devga o‘z o‘g‘lining o‘rniga avval tovuqboqarning o‘g‘lini, keyin esa bog‘bonning o‘g‘lini beradi, lekin devni alday olmaydi va oxir oqibat o‘z o‘g‘lini berishga majbur bo‘ladi. Bola voyaga yetgunga qadar devning uyida yashaydi va devning qizini sevib qoladi. Ular birgalikda qochishga qaror qilishadi. Va dev ularni quvib kelayotganda endi yetib olay deganda, qizning sehrli tarog‘ini devning yo‘liga tashlab yuborishadi va devning yo‘lida qalin butazor paydo bo‘ladi. Butazorni kesib o‘tish ancha vaqtni oldi, va yana dev ularga yetib olay deganda, qizning soch to‘g‘nog‘ichini devning yo‘liga tashlab yuborishadi va undan o‘tkir ustaralar o‘sib chiqadi. Har ikkala buyum dushmanning yo‘lini to‘sishga yordam beradi. Biz sehrli taroq obrazini o‘zbek xalq ertaklarida ham kuzatishimiz mumkin. O‘zbek folklorida sehrli taroq sehrli kuchga va turli magik vazifalarga ega tilsim predmet sifatida namoyon bo‘ladi. .”Ikki oy, ikki yulduz” ertagida qizning taroqqa aylantirilishi motivi uchraydi. Ushbu ertak syujetiga asosan jodugar qizni taroqqa aylantiradi. O‘zbek ertaklarida sehrli taroq asosan qari kampir, jodugar, yalmog‘izlarga tegishli bo‘ladi. “Ilon podsho” ertagida taroq jodugarning sochini tarash vositasi sifatida talqin qilinadi. Jodugar kampir qahramonga taroqni berib, sochimni tara, bitini boq deydi. Qahramonning tizzasiga bosh qo‘yar ekan, uning qonini so‘ra boshlaydi. Buni sezgach u qochishga va yalmog‘izdan qutulishga qaror qiladi. U qochar ekan, jodugar uni izma- iz quvib boradi va qiz jodugarning yo‘liga taroqni tashlaydi. Taroq tashlangan joyda qalin to‘qayzor paydo bo‘ladi. Ingliz va o‘zbek ertaklaridagi taroqning vazifalarining o‘xshashligi shu yerda ko‘rinadi. Ertaklarda uchraydigan yana bir bezak asbobi sehrli oyna bo‘lib hisoblanadi. Sehrli oyna dunyo folkloridagi ertaklar syujetida ko‘p uchraydigan an’anaviy obrazlardan biri bo‘lib, u syujet voqealarini rivojlantiruvchi muhim badiiy detalsifatida qo‘llaniladi. O‘zbek va ingliz xalq ertaklarida sehrli oyna obrazi ertak rivojlanishini boshqaruvchi asosiy elementlardan biridir. Oyna insonning aql zakovati bilan yaratilgan noyob qurilmadir. Xalq marosimi va udumlarida oynakeng qo‘llanilgan. Shuning ta’sirida folklor asarlarida oyna qahramonni yovuz kuchlardan himoya himoya qiluvchi vosita sifatida badiiy talqin qilina boshlagan Ertaklarda u insonlardek gapirish xususiyatiga ega, uzoqdagi kishilar va turli voqealardan xabar bera oladigan qudratli vosita sifatida talqin qilinadi.Ertaklar va afsonalarda tilsim oynaning egasi sifatida ko‘pincha o‘zga olam vakillarining mifik obrazlari – yalmog‘iz kampir yoki parilar ko‘rsatiladi. Bunda oyna ruhlari haqidagi mifologik qarashlar ta’sir ko‘rsatadi. Ertaklarda qahramon tilsimli oynadan foydalanish uchun uning egasini chorlab, unga Murojaat qiladi. Umuman, sehrli ertaklarda uchraydigan tilsim – ko‘zguning badiiy vazifalarini quyidagicha tasnifga ega: Sehrli oyna orqali istagan kishining ahvolidan xabar topishi. O‘zbek xalq ertaklarida bu jihat, asosan, qahram onning uzoq safarga ketishi va ma‘lum. Bunga misol misol: “Malikai Gulozor” ertagini olish mumkin. Bu ertakda qahramon sehrli ko‘zgu vositasida ikki oylik yo‘l uzoqlikdagi sevgilisining holidan bir zumda xabar oladi. Bu motivning genezisi aynan qadimgi insonlarning oyna ruhlari haqidagi tasavvur tushunchalariga borib taqaladi. Ingliz xalq ertagida bu holat jodugarning o‘z go‘zalligini ko‘z-ko‘z qilishi bilan bog‘liq. Masalan, “Snow white” – “Oppog‘oy” ingliz xalq ertagida o‘gay ona qirolichaning sehrli oynasi bo‘lib, u doimo dunyodagi eng go‘zal kim ekanligini, bu borada undan o‘tadigan odam dunyoda bormi-yo‘qligini so‘raydi. Now the queen was the most beautiful woman in all the land, and very proud of her beauty. She had a mirror, which she stood in front of every morning, and asked: Mirror, mirror, on the wall, Who in this land is fairest of all? And the irror always said: You, my queen, are fairest of all. And then she knew for certain that no one in the world was more beautiful than she. The mirror said: You, my queen, are fair; it is true. But Little Snow-White is still a thousand times fairer than you. Xuddi shu nuqtada ertakning syujetidagi sehrli oyna obrazi qahramonni atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalardan ogoh etishi, yoki o‘z sohibi istagan narsani ko‘rsata olishi ochib berishi ko‘rsatiladi. Oynaning sehrliligi, uning aytgan gaplari, ko‘rsatgan voqealari sabab ertak syujetining kengayishi, boyishini har ikki millat folkloridan keltirilgan misollarda ko‘rish mumkin. “Beauty and the Beast” ingliz xalq ertagida ham shu kabi sehrli oyna syujetini uchratamiz.Otasini ko‘rmoqchi,holidan xabar olmoqchi bo‘lgan qizga maxluq bir oyna beradi va unda istagan narsasini ko‘rishi mumkinligini aytadi. Qiz uyga qaytgach, uning gaplariga hech kim ishonmaydi. U esa mana shu oyna orqali maxluqni hammaga ko‘rsatib, otasining jinni emasligini isbotlaydi. This dream left Beauty so uneasy that next day she opened one window after another to cure her restlessness; and, when this would not do, all the windowas together; but still in vain. That night, when the Beast paid his usual visit, he detected almost at once that she had been weeping, and demanded the reason. ―Ah, sir, said Beauty, ―ifonly I might go home! ―You wish to go home? The Beast‘s face turned pale which, for such a face, was no easy matter. He staggered backwards with a deep sigh, or rather, a roar of grief. ―Ah, Beauty, Beauty! Would you desert a poor Beast? What more can I do to make you happy? Or is it because you hate me that you wish to be gone? ―No, Beast, answered; ―I do not hate you, and I should be very sorry never to see you again. But I do long to see my own people. Let me go home for two months only, and I promise to come back and stay with you for the rest of my life. ―Then take this mirror and you will see whatever you want. Be careful and don‘t forget Beast will be waiting for YOUR return. “Usta va shogird” (Master and his pupil) nomli ingliz xalq ertagida sehrli oyna obrazi mavjud bo‘lib, unda dunyoda sodir bo‘layotgan barcha voqea-hodisalarni ko‘rish mumkin. Lekin faqat uning egasi undan foydalanishi mumkin. Shogird har qancha harakat qilmasin, ustozining roziligisiz undan foydalana olmaydi. Sehrli oyna o‘zbek ertaklarida ham tez tez uchraydigan g‘aroyib predmetlardan biridir. Oyna tushunchasi Osiyo xalqlarining qadimgi eʼtiqodlari va anʼanalari bilan, hamda to‘y marosimlari bilan bog‘liq. O‘zbek xalq ertaklarida oyna quyidagi vazifalarda keladi: Download 215.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling