Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Im m a n u il K an t 
(1724-2804) o ’z qarashlarida k o ’proq so f falsafiy, axloqiy 
va estetik m asalalar xususida fikr yuritgan. Russo qarashlari ta ’siri ostida Kant har 
qanday shaxs oliy m aqsaddir va u qandaydir vazifalarni bajarish y o ’lida vosita 
sifatida qaralm asligi kerak, hatto bu m aqsad eng oliy bo ’lgan taqdirda ham, degan 
fikrni aytgan.
Kant insonni tabiat va jam iyatning passiv hodisasi deb tushunishlarga qarshi 
chiqadi va unda eng avvalo mustaqil hatti-harakat yurituvchi va o ’z-o ’zini 
barkam ollashtiruvchi sub’ektni ko ’radi. U Russo kabi kishilardagi erkinlik 
ularning o ’z shaxsiy istaklarini jilovlay olish va boshqalar erkinligini hurmat 
qilishda deb biladi. Inson hatti-harakati tashqi sabablar bilan belgilangan 
hayvonlardan o ’z hatti-harakatining mustaqil asoslanganligi bilan farq qiladi. 
Mustaqil m otivatsiyaga qobil b o ’lgan inson "o’z-o ’ziga m aqsad"dir, boshqa barcha 
jonivorlar esa oddiy "vositalardir".
M urakkab mantiqiy yo ’llar bilan Kant o ’zining axloqiy qonun nazariyasini 
ifodalaydi. Axloqiy qonunga muvofiq inson o ’zining boshqa kishilarga nisbatan 
hatti-harakatida ulam ing o ’zi kabi mustaqil ekanligidan, y a’ni ularning ham 
boshqalar faoliyati uchun vosita emas, balki o ’z-o ’zicha maqsad ekanligidan kelib 
chiqishi kerak. M azkur axloqiy qonunda boshqa kishilarning ham daxlsizligi 
e’tiro f etiladi. Shu m a’noda, Kantning fikricha, har bir kishi o ’zi anglamagan holda 
(apriori) insonning tabiatdagi boshqa narsalar va jonivorlardan yuqorida turishini 
ham da o ’zlarining boshqa kishilar bilan tengligini ko’radilar.
K antning fikricha, shartnom aga asoslangan munosabatlarni bajarishda har 
ikki tom on shartnom a, kelishuv, v a’da kabilarga asoslangan insoniyat jam iyatini 
yakson 
qilm aslik 
uchun 
o ’z 
egoizm igagina 
emas, 
balki 
o ’zlarining 
cheklanganliklariga ham asoslanadilar. Agar kishi tabiiy egoizm pozitsiyasini 
egallasa ana shu "ikkinchi tabiat" zarar ko ’radi. Shu m a’noda axloqiy hatti-harakat 
m ening hatti-harakatim tufayli boshqalarga zarar etmasligi, ana shu "ikkinchi 
tabiatni" saqlash y o ’nalishida b o ’lishi kerak.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling