Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 5.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/113
Sana14.11.2023
Hajmi5.04 Mb.
#1772523
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   113
Bog'liq
Qozoqov S, shaxs va jamiyat. pdf (1)

Ir r a tsio n a liz m
(lotincha irrationalis - aqlsiz, ongsiz) falsafiy atam a b o ’lib, 
ja m iy a t hodisalarini bilish sohasida ham ikki xil m a’noda ishlatiladi: birinchisi -
jam iy atn i bilish, anglash m um kinligini e ’tiro f etuvchi falsafiy ta ’lim otga qarshi 
b o ’lgan «agnostitsizm » (y a’ni bilish m um kinligini inkor qilish) k o ’rinishda o ’z 
aksini topgan. Y a’ni, faqat aql yordam ida bilim ga ega b o ’lish tam oyilining 
qaram a-qarshi tom onidir. Ikkinchisi - bilishning noaqliy (yoki, aqldan quyi, yoki
78


yuqori) bosqichlari borligini ham e ’tiro f qiladi va shu bosqichlar mazm unining 
tahliliga alohida e ’tibor beradi. Shu m a’noda, irratsionalizm aqliy faoliyat sohasini 
jnm iyatshunoslik sohasida ham cheklangan deb hisoblaydi.
Irratsionalizm - inson ruhiy faoliyatining ratsionallik doirasidan tashqarida 
chiquvchi xilm a-xil jihatlarini birinchi o ’ringa suradigan turli falsafiy tizim lar va 
y o ’nalishlar tarzida nam oyon b o ’ladi. M asalan, irodani (volyuntarizm ), intiutsiyani 
(intuitivizim ), ongsizlikni (psixoanaliz) va boshqalarni m utlaqlashtirganligini 
k o ’rishim iz mumkin. Barcha dinlarning insonning mohiyati va jam iyat haqidagi 
m istik ta ’limotlari irratsional (noratsional) tabiatga ega. Islom dinida bu - tasavvuf, 
H indistonda shakllangan dinlarda - yoga, Xitoydagi buddizim da - dzendir. 
Jam iyatshunoslikka oid diniy dogm atika va 
rasmiy 
ta ’lim otlarining ayrim 
shakllari 
(xususan, 
teologiya) 
ratsional 
xususiyatga 
ega. 
Shu 
m a’noda, 
irratsionalizm qarashlari qadimiydir. Faqat XVII-XVIII asrlarga kelib, uning 
nafaqat tabiatshunoslikda, balki jam iyatshunoslikda ham ratsionalistik jihatlari 
ustuvorlashdi va XIX asr oxirlariga qadar hukum ronlik qildi.
H ozirgi davr fani ratsionallikka asoslangan. Bilishning ratsional shaklidan 
boshqa yuqoriroq darajalari m avjudligi haqidagi qarashlar, qadimiy manbalardan 
b o ’lgan. Hind falsafiy m erosida bayon etilgan. Unda eng oliy haqiqatga, hatto eng 
yuqori darajada rivoj topgan aql yordam ida ham erishib b o ’lmaydi, degan aqida 
hukm ronlik qiladi. Bu ta'lim otda, Oliy haqiqatga erishish uchun Oliy reallikka 
singib, u bilan uyg’unlashib ketish kerak, degan g ’oyalar ilgari surilgan. Bunday 
singib ketish natijasida, inson ongi «yorishadi» deyiladi va bu tasavvuf falsafasida 
H aqqa (Olloh visoliga) etishish tarzida izohlanadi. Bunday g ’olarni so’fiylar 
ijodida ham k o ’rishim iz mumkin. M asalan, N asafiyning «Zubdatul haqoyiq» 
(H aqiqatlar qaym og’i), A.Navoiyning «Lison ut-tayr» (Qush tili) va boshqa sufizm 
ta ’limotlari ilgari surilgan tarixiy manbalar, ularning namunasidir.
XX asm ing yirik hind mistik faylasufi Aurobindo Ghosh: «Aql - inson 
tabiatini (shu jum ladan, o ’z ijtimoiy mohiyatini, jam iyatni - M .S.) to ’liq o ’zgartira 
olm aydi», - deb hisoblaydi. Uning fikricha, aql turli ilmiy tizim va doktrinalarni 
yaratishdan nariga o ’ta olmaydi. Vaholanki, bu tizimlarda ifoda etilgan 
g ’oyalarning o ’zi nisbiy va to ’liq emas. Ijtimoiy hayot esa, har qanday formula va 
tizim larni chetlab o ’tadi, u inson intellektiga, irodasiga bo’ysunmaydigan, beqiyos 
m urakkab 
va 
cheksiz 
yashirin 
imkoniyatlarga 
egadir. 
A.Ghosh 
ong 
evolyusiyasining aqldan yuqori va aqldan quyi k o ’p pog’onalari mavjudligini, 
hozirgi davr Evropa irratsionalistik falsafiy oqimlari, xususan psixoanaliz ongning 
aqldan boshqa shakllarini o ’rganish uchun endigina qadam q o ’yayotganini 
k o ’rsatib berdi. Bunday diniy- falsafiy qarashlarni bugungi kunda ham Osho va 
M aharishi M ahesh Yogi ta ’lim otlarida ko ’rishimiz mumkin. Bu ta ’limotlar, asosan 
H ind qadim iy m anbalari hisoblangan V edalarda o ’z aksini topgan.

Download 5.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling