Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
III. “O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyatlarini
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
III. “O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyatlarini
aniqlash” nomli anketa (N.A.Shamova) (o‘quv va o‘qituvchining nuqtai nazariga ko‘ra) 1. Darsdagi ishchanlik qobiliyatining darajasi: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 (kerakli raqamni chizing). 2. Diqqatning dars vaqtidagi holati: doimo yuqori; ba’zan yuqori – ba’zan past; tez-tez bo‘linadi; diqqatni jamlash qiyin. 3. Darslarda topshiriqlarni bajaradi: to‘la holda; xohishiga qarab, qachonki, topshiriq qiziqarli, oson, tushunarli, o‘ziga xos bo‘lsa va ijodiy yondashuvni taqozo qilsa; qisman, onda-sonda. 4. O‘qituvchining tushuntirishini diqqat bilan tinglaydi. 5. Qiziqarli savollar beradi. 6. Yozma va og‘zaki matnlarda o‘ziga xos mulohazalarni bildiradi. 7. Ijodiy topshiriqlarni sidqidildan bajaradi. 8. O‘quv predmeti bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlarga qatnashadi. 9. Predmetni tushunadi: chuqur; yuzaki; qisman; yomon. 10. Mikroguruh (sinf)dagi o‘rni: yetakchi rolini bajaradi, sustkash, muhokamalarda faol ishtirok etadi. 11. Sidqidildan: doskada javob beradi; ijodiy topshiriqni bajaradi; yozma ishlarni bajaradi. 12. O‘quv predmet o‘zlashtirganman deb hisoblaydi: chuqur; yetarlicha; qisman. 13. O‘quv predmeti bo‘yicha yuqori baholarni olishni yaxshi ko‘radi. 14. Bordi-yu, o‘qituvchi o‘quv faoliyatidan norzi bo‘lsa, u holda tashvishga tushadi. 15. O‘quv materiallarini kerakli sur’at (zarur vaqt)da o‘zlashtira olmayapman, shu sababli o‘qituvchining maxsus yordamiga ehtiyojim bor. 16. Topshiriqlarni bajara olaman: istalgan murakkablikdagi; yetarlicha murakkab bo‘lgan; o‘rtacha murakkablikdagi; oddiy masalalarni. 17. O‘quv topshiriqlarini va ularni bajarishni yoqtiraman: mustaqil; ota- onamning yordami bilan; o‘qituvchining yordami bilan; sinfdagi tengdoshlarim bilan birgalikda. 179 18. Darsdagi xulq-atvori: tartibli; kamdan kam holatlarda tartibni buzadi; o‘quvchiga o‘qituvchining “quyushqondan chiqarishi” yoqadi; o‘quvchi boshqalarning g‘ashini keltiradigan qiliqlar qiladi; darslarda qo‘pollik qiladi. 19. O‘qituvchiga assistent, yordamchi sifatida ko‘maklashadi. 20. Turli hayotiy va muammoli masalalar bo‘yicha o‘qituvchi bilan maslahatlashishni yoqtiradi. Shunday qilib, pedagogik diagnostikaning muhim tarkibiy elementi, tashxislash natijasida aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etishning natijasi korreksiyalash (pedagogik tuzatish) sanaladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ko‘p kuzatiladigan salbiy hodisalar fanlarni o‘zlashtira olmaslik hamda xulqiy me’yordan og‘ish sanaladi. Pedagogik tashxislash natijalariga ko‘ra tashkil etiladigan korreksiyalash (pedagogik tuzatish) fanlarni o‘zlashtira olmaslik hamda xulqiy me’yordan og‘ish kabi salbiy holatlarni to‘liq yoki qisman bartaraf qilish imkonini yaratadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kuzatiladigan fanlarni o‘zlashtira olmaslik o‘quvchining o‘qish, hisoblash, tahlil qilish va sintezlash qobiliyatining pastligi, mantiqiy fikrlash olmaslik, fikrni og‘zaki hamda yozma bayon qila olmaslik kabilar bilan izohlanadi. Fanlarni o‘zlashtira olmaslik bir qator pedagogik, ijtitmoiy, psixologik va biologik sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Korreksiyalash (pedagogik tuzatish)da fanlarni o‘zlashtira olmaslikni keltirib chiqaruvchi sabablarni o‘rganish, uning darajasini tashxislash muhim ahamiyatga ega. Maqsaddan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtira olmasligini korreksion faoliyat bir necha bosqich (pedagogik tashxislash, pedagogik konsilium, tibbiy tekshirish va tahlil, ota-onalar uchun psixologik-pedagogik maslahat, korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar, pedagogik refleksiya, pedagogik strategiya)da amalga oshiriladi. Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling