Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi
Muammoli ta`limning eng samaradorligi uning rivojlantiruvchi
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rganiladigan asosiy tushunchalar
- Kimyo sanoatining kuchli rivojlanishi, mashinasozlikning rivojlanishi
- Tekshiruv savollari 1. O’quvchilarga
- 10- m a’ruza Mavzu: Kimyo o`qitishning metodlari va uslublari haqida tushuncha Ma’ruza rejasi
- O’rganiladigan tayanch tushunchalar
- Metod – bu «yo’l» demakdir. U dogmatik, illyustrativ, evristik
- O’qitishning ilyustrativ metodi
- O’qitishning evristik metodi
- 11 -12 –m a’ruza Mavzu: Kimyo ta’limining og’zaki, ko’rgazmali, amaliy metodlari. (Monologik va diologik metodlar) R e j a
- Diologik metodlar
- Yangi pedagogik texnologiya
Muammoli ta`limning eng samaradorligi uning rivojlantiruvchi xususiyatidir. Demak muammoli ta`lim o`quvchi rivojlanishi uchun asosiy manba bo`lib hisoblanadi. Nazorat savollari 27 1. O’quvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirishda kimyo predmeti ahamiyatini tavsiflang. 2. Qanday o`qitishni - rivojlantiruvchi deb ataymiz. 3. O`quvchilar qaysi mavzularni o`qishda tahlil usullari, taqqoslash, umumlashtirish asosiy mazmunini ajratib olish hollarini shakllantirish mumkin. 4. O`quvchilarni fikr yuritishga undaydigan kimyoviy jarayonlarga misol keltiring. 5. Biror mavzu misolida o`quvchilar mustaqil ishlari uchun differensiyalashgan topshiriqlar tuzing. 6. O`quv muammolari qanday tuziladi. Misol keltiring. 7. Muammoli va muammosiz topshiriqlar tuzib ularning o`xshashligi va farqini ko`rsating. 8. Tayanch bilimlarni rivojlantirishning didaktik asoslari. 9. Tayanch bilimlarning mohiyati ta`lim jarayonda tutgan o`rni. 10. Kimyo ta`limida tayanch bilimlarni qo`llash va rivojlantirish muammolari. 9- Ma’ruza Mavzu: Kimyo darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berish. Ma’ruza rejasi: 1. O’quvchilarga kimyo darslarida ekologik ta’lim- tarbiya berish. 2. Atrof- muhitni zararlantiruvchi omillar 3. Kimyo sanoatining ekologiyasi. 4. Atmosfera havosining ifloslanishi. O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Ekologiya deganda nimani tushinasiz? Kimyo darslarida ekologik ta’lim - tarbiya berishning ahamiyati, atrof-muhitni zararlantiruvchi omillar, kimyo sanoatining ekologiyasi, atmosfera havosining ifloslanishi. Tabiyatni muhofaza qilish - bugungi kunning eng asosiy muammolaridan biridir. Jamiyat va tabiat, inson va atrof-muhit o’rtasidagi munosabatlarni ongli ravishda boshqargandagina ekologik muvozanatga erishiladi. Bu munosabatlar mohiyatini o’quvchilar ongiga to’g’ri yetkaza olish, ularning tabiatga bo’lgan munosabatini ongli ravishda amalga oshira bilishga o’rgatish ekologik ta’limning asosiy negizidir. O’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya bershda kimyo va biologiya o’qituvchlari muhum rol o’ynaydi. Kimyo darslarida uni amalga oshirishda tabiatning bir butunligi va uning ozaro aloqadorligiga, inson faoliyati ta’sirida tabiatda sodir bo’ladigan o’zgarishlarga tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi masalalarga alohida et’ibor beriladi. Buning uchun o’quvchilar ongida yangicha ekologik tafakkurni shakllantirish, bu ishda samarador tashkiliy ishlarni qo’llash- milliy tarbiyani tizimi oldiga qo’yilgan hayotiy muammolardandir. 28 Bu masalani hal etishda sinfdan tashqari tashkil etiladigan ekologik tarbiyaviy tadbirlar o’zining mazmunan boyligi, tashkiliy shakllarining serqirraligi bilan ajralib turadi. Biz bu o’rinda sinfdan tashqari tashkil etiladigan ekologik tarbiyaning ayrim samarador shakllari xususida fikr yuritishni lozim deb topdik. Bundan ko’zlangan maqsad sinf va to’garak rahbarlarini, tarbiyachilarni aniq uslubiy tavsiyalar bilan qurollantirishdan, samarador tashkiliy shakllarning tarbiyaviy jarayondagi o’rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar berishdan, ekologik tarbiyani tashkil etishda sezilarli siljish yasashga turtki bo’ladi. Sinfdan tashqari tashkil etiladigan ekologik tadbirlarning quyidagi shakllari samarador bo’lib hisoblanadi. a). an’anaviy bayramlarni nishonlash – 35,3% b). tabiat qo’yniga sayohatlar, sayrlar – 21,4% v). amaliy va to’garak mashg’ulotlari – 16,1% g). ijtimoiy foydali mehnat - 9,7% d). boshqa omillar – 17,5% Ekologik to’garaklar, o’quvchilarni mahalliy ekologik vaziyat bilan kengroq tanishtirish, ularni vujudga kelgan keskinlikni bartaraf etishda ishtirok etish istiqbolini ochadi. Kimyo zavodlarning atrof-muhitga chiqaradigan chiqindilari, havo havzasini ifloslantiradigan gazlar va ularning inson salomatligiga, tirik jonzod va o’simliklar dunyosiga ta’sirini o’rganishga to’g’ri keladi. Kislorod, oltingugurt, azot, fosfor, mineral o’g’itlar mavzulari o’tilganda, zavodning atrof- muhitni ifloslantirayotgan chiqindilari va zaharli gazlarga alohida to’talib o’tish kerak. Buning sabablari va ularni kamaytirish yo’llarini o’quvchilar bilan muhokama qilishlari lozim. Turli xil savol-javoblar o’tkazish va bular asosida o’quvchilarda ekologik ta’lim shakllanib boradi, ulardan tabiatga, o’simliklar dunyosiga va butun tirik mavjudodlarga bo’lgan qiziqishi va havaslari ortib boradi. Kimyo sanoatining kuchli rivojlanishi, mashinasozlikning rivojlanishi, kimyoviy mahsulotlarning xalq xo’jaligida qo’llanish darajasi ortib borgan sari havoning har xil sanoat chiqindilari (changlar, zaharli gaz moddalari) bilan ifloslanishi kuzatulmoqda, bu kishilar salomatligiga salbiy ta’sir qilmoqda. Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino toza havo insonlar sog’lig’iga ijobiy ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri ekanligini bundan ming yil burin uqtirib o’tgan edi. Shuni ta’kidlash lozimki, atmosfera havosining ortiq darajada ifloslaniishiga kimyo sanoatida chiqindisiz ishlashni ta’minlaydigan texnologik jarayonlarning yetarlu ishlab chiqilmagani ham sabab bo’lmoqda. Hozir hamma joyda shu muammo bo’yicha keng izlanishlar olib borilmoqda. Bunday izlanishlar kumyo sanoati kuchli rivojlangan O’zbekiston Respublikasi uchun juda muhum ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda atrof –muhutni zararlantiruvchi omillardan yana biri transport vositalaridan chiquvchi zararli gazlardir. Atrof –muhutni zararlantiruvchi moddalar tarkibini asosan uglerod oksidi (CO 2 ), oltingugurt oksidi (SO 2 ), azot oksidi (NO 2 ) , uglevodorodlar (C n H m ) va shu kabi boshqa gazlar tashkil qiladi. Statistik ma’lumotlarga murojat qiladigan bo’lsak, har yili O’zbekistonda 2900 ming tonnadan ziyot ifloslantiruvchi 29 moddalar chiqariladi. Shu jumladan uglevodorodlar 182,7 ming t, uglerod oksidi 129,6 t, azot oksidi 117 ming t, oltingugurt oksidi 542 ming t, uglerod oksidi va uglevodorodlar ko’pincha zararlantiruvchi moddalarning asosiy qismini «avtomabil» transporti tashkil qiladi . «Suv havzalarini ifloslantiruvchi omillar», «Suvni ifloslanishdan saqlash» mavzulari o’tilganda ekologik holatni doimo bir me’yorda saqlash uchun, tabiatning bir butunligi to’g’risidagi tushunchalarning berilshi yaxshi natija beradi. O’zbekiston Respublikasi suvni eng ko’p sarflaydigan (chunki bu yerda sug’oriladigan dehqonchilik bilan shug’ullanadi) davlat hisoblanadi. Orol-Kaspiy havzasiga quyiladigan daryolarning suvlari asosan muzliklardan oqib tushadi, ichish uchun yaroqli hisoblanadi. Ammo keyingi 25-30 yil ichida ana shu daryolarning suvlari sanoat chiqindilari ko’plab tashlanishi va qishloq xo’jaligida o’g’itlardan noto’g’ri foydalanish tufayli hamda boshqa sabablarga ko’ra ichishga yoki texnik maqsadlarda foydalanishga yaroqsiz bo’lib qolmoqda. Suv havzalarini (suv omborlari, daryolar, soylar, yer osti suvlari va boshqalar) ifloslantiradigan omillar asosan quyidagilardan iborat: 1. Sanoat korxonalarining chiqindi suvlarini chuchuk suv oqayotgan soy va ular orqali daryolarga, daryolardan suv omborlariga oqizib yuborish. 2. Neftni haydaydigan va qayta ishlaydigan sanoat korxonalarida neft mahsulotlarining oqar suvlarga tushushi, yer ostiga singishi va yer osti suvlari bilan sizot suvlarga, undan zovurlarga o’tishi. 3. Yoqilg’ini yoki ishlatilgan mashina moylarini ariqlarga to’kishi, mashinani oqayotgan ariq, soy, daryo bo’yida yuvib oqavasini suvga oqizish. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, suvga tushadigan har kg neft yoki benzin 1000 m daryo suvi yoki sizot suvni zaharlash uchun yetarli bo’ladi. 4. Qishloq xo’jaligida mineral o’g’itlardan noto’g’ri foydalanish, sug’orish shaxobchalarining yaxshi ishlamasligi yoki sug’orish agrotexnikasiga amal qilinmaganligi tufayli tuproq haydov qatlamining yuvilib zovurlarga va ariqlarga tushishi, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kimyoviy kurash vositalaridan noto’g’ri foydalanganligi tufayli ularning suvga tushishi. 5. Sanoat korxonalarida gaz (SO 2, NO 2 ) va qattiq moddalarning haddan ziyod miqdorda havoda tarqalishi, ularning havodagi namlik va yomg’ir suvi bilan yuvilib, yer ustiga va suv havzalariga tushishi. 6. Odamlarning ro’zg’orda bo’ladigan hamda sayohatgoh va ziyoratgoh joylarga to’plangan chiqindilarni soylar, daryolar va ko’llar suviga tashlashi natijasida suv ifloslanadi. Tabiiy suvni ifloslanishdan saqlash ham insonning o’ziga bog’liq. Kimyo darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berish hozirgi kunning muhim dolzarb masalasi hisoblanadi. Tekshiruv savollari 1. O’quvchilarga kimyo darslarida ekologik ta’lim- tarbiya berishning ahamiyatini tushintiring.. 2. Atrof - muhitni zararlantiruvchi omillarni ayting? 3. Kimyo sanoatining ekologiyasi deganda nimani tushinasiz? 30 4. Atmosfera havosining ifloslanishi va uning oldini olish mavzusida dars konspekti yozing. 10- ma’ruza Mavzu: Kimyo o`qitishning metodlari va uslublari haqida tushuncha Ma’ruza rejasi: 1. Kimyo o`qitishning metodlari va vazifalarini aniqlash, ular qo`llaniladigan o`rnini belgilash. 2. Kimyo o`qitishning umumiy metodlari. 3. Kimyo o`qitishining dogmatik metodlari. 4. Kimyoda ilyustrativ va evristik metodlar. O’rganiladigan tayanch tushunchalar: Kimyo o`qitishning metodlari va vazifalarini aniqlash, ular qo`llaniladigan o`rnini belgilash, umumiy metodlar, dogmatik metod, ilyustrativ metod, evristik metod. Kimyo o`qitishning metodlari, shakllari, manbalari o`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish, kimyo o`qitish nazariyasining eng muhim bo`limlari sanaladi. O`qitish metodi falsafiy nuqtai - nazardan ta`lim jarayonida ta`lim mazmunini harakatlantirish shakli bo`lib hisoblanadi. Agar predmetning mazmuni fanning didaktik ekvivalenti bo`lib hisoblansa, o`qitish metodlari o`rganilayotgan fan yoki bilish lozim bo`lgan narsalar metodlarining didaktik ekvivalentidir. Didaktikada fanni o`rganish metodlari va o`qitish metodlari mavjud. O`qituvchining asosiy vazifasi o`quvchilarga ta`lim, tarbiya beruvchi ularni rivojlantiruvchi metodlarni optimal tanlashdan iborat. O`qitish metodi - o`qituvchi rahnamoligida o`quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati bo`lib hisoblanadi. Kimyo o`qitish metodikasining o`ziga xos alohida xususiyatlari mavjud: ular; 1. Kimyo o`qitish mazmuni va metodikasi amaliyotga asoslangan nazariy fan. 2. O`quvchilarning bilish faoliyati tafakkur qirralarini o`stirishga qaratilgan bo`lib, moddaning aniq xossasi o`zgarishi, holati, xossalari, tuzilishi, tarkibi kabilar fikr yuritishga o`quvchilarni o`ylashga olib keladi. Har bir metod ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarni qaerda samarali amalga oshirsa o`sha yerda o`sha jarayonda qo`llanilishi maqsadga muvofiq. Metodlar o`zining qo`llanilishi bilan ham o`quvchilarni tarbiyalaydi. Shu sababli o`qituvchi har bir metodni tanlaganda uchala funksiyani samarali amalga oshirishiga e`tibor berishi kerak. Metodlarni optimal tanlash muammolari mavjud. Unda quyidagilarga e`tibor berish kerak. 1) O`qitishning qonuniyatlari va prinsiplari. 2) O`qitishning maqsad va vazifalari. 3) Shu fan mazmunining hamda o`rganilayotgan mavzuning mazmun va uzviy mosligi. 4) Maktab o`quvchilarning o`qish imkoniyatlari. (yoshi, tayyorgarlik darajasi, sinf jamoasining xususiyatlari). 5) Tashqi sharoitning o`ziga xosligi. 31 6) O`qituvchining o`z imkoniyatlari. O`qitish metodlarining tuzilishi har xil bo`lib, ular ma`lum jarayonning takomillashuvi bilan to`xtovsiz ravishda o`sib boradi. Bu o`sish jamiyatda madaniyat darajasini o`sishiga bog`liq. Shu sababli o`qitish metodlarini tartibga solish va klassifikasiyalash zarurati kelib chiqadi. Maktablarda bilim asoslarini berish lozim. Mustaqil O’zbekistonimiz maktabi tarbiyalovchi ta’limni amalga oshiradi. Bu maktab beradigan ta’limning tarbiyalovchi xususiyati shundan iboratki, u o’quvchilar dalialiktik-materialistik dunyoqarash asoslari hosil qiluvchi chinakam ilmiy bilimlar beradi. Bizning maktabimizda ta’lim berishning talabalarda aktivlik, tashabbus, mustaqil fikrlash, qo’yilgan maqsadga intilish, o’z bo’rchini his etish, boshqa metod va usullari tarbiya jihatidan katta rol o’ynaydi. Kimyo o`qitishning metodlari turli usullarda olib boriladi. Metod – bu «yo’l» demakdir. U dogmatik, illyustrativ, evristik bo’lishi mumkin. O’qitishning dogmatik metodi- o’qituvchining materialni og’zaki, ko’rsazma vositalardan foydalanmay, dalil isbotsiz va faqat talabalarni bu materialni takrorlashga va yod olishgagina jalb etish bilan bayon qilishdan iborat. O’qitishning ilyustrativ metodi- o`qituvchi o`quvchiga tayyor bilimlarni tushintirib, har xil xususiy metodlarni qo`llaydi. Ular: o`qituvchining tushuntirishi, darslik bilan ishlash, magnitafon va hakozolar bilan ishlash. Bunday ko`rgazmalar eksperiment, modellar, ekran qo`llanmalari tablisalardan foydalaniladi. O`qituvchi laboratoriya tajribalarini ko`rsatib tushuntirib beradi. Ilyustrativ metodda o`qituvchi ayrim amaliy mashg`ulotlarni bajarish texnikasi va metodikasini bajarish tartibini qo`llaganda ham foydalanadi. Bu metod o`quvchilarda minimum bilimlar zapasi yig`ilgach kengroq qo`llaniladi. O`quvchilarda amaliy o`quv ko`nikmalarini shakllantirish, tajribalarni bajarib ko`rsatish texnikasini shakllantirishda M: probirkaga eritmani qo’yish, qoshiqchadagi eritmani bo’g’latish kabilarda tushuntirib ko`rsatish amalga oshiriladi. O’qitishning illyustrativ metodi - kimyo kursining boshlang`ich qismida ko`p qo`llanadi. Bu davrda o`quvchilarda ko`nikma va malakalar yetarli bo`lmaydi. Shu davrda o`qituvchi tajribalarni o`zi ko`rsatib tushintirib beradi. Bu metoddan o`quvchilar tajribalarni mustaqil bajarib izohlab berishda ham keng foydalaniladilar. O’qitishning evristik metodi- o’quvchilarning o’zlari qiladigan ish asosida tuziladi, talabalar bevosita o`qituvchining faol ishtiroki ostida kashfiyot qiladilar. Bu metodning «evristik» degan nomi «tadqiqot» metodi degan so’zdan kelib chiqqan. Masalan, galogenlar xossalarining chog`ishtirma tavsifi mohiyatini aniqlashda qo`llaniladi. Bu davrda o`quvchilar galogenlarning xossalarni chog`ishtirib izohlashini o`qituvchi tartibga solib turadi. Masalan, kaliy yodid eritmasiga kraxmal kleystrini qo`ysak rang sezilmaydi, alohida xlorli suvga kraxmal kleystrini qo`shsak yana rang o`zgarishi sezilmaydi. Uch komponentni birgalikda qo`shib aralashtirsak kraxmal ko`k tusga kiradi. Sababini esa talabalar o`zlari izohlab berishlsri lozim. Bu qisman izlanuvchanlikdir. 32 Izlanuvchanlik metodi mustaqil ishlash, mustaqil izlanishning bir turi bo`lib hisoblanadi. O`quvchi nazariy bilimlar to`g`riligini amalda sinab ko`radi. Masalan, eksperimental masalalar yechishda bu metoddan foydalaniladi. Klassifikasiyalash asosiy xarakterga (nisbiy xarakter) ega. Amaliyotda metodlarning bir nechtasidan bir vaqtda foydalaniladi. Ular o`zaro bog`liqlikka ega. Klassifikasiyada har xil holatlar asosiy belgi sifatida qabul qilinadi. Nazorat savollari. 1. Kimyo o`qitish metodlariga ta’rif bering. 2. Ta`lim mazmuni bilan o’qitish metodlari mohiyatining didaktik birligini ko`rsating. 3. O`qitish metodlarini klassifikasiyalashga nimalar asos qilib olinadi. 4. O`qitish metodlarini tanlash sabablari nimalardan iborat. Tayanch tushunchalar 1. Metod- yo’l 2. Dogmatik metod - og’zaki materialni ko’rgazma vositalaridan foydalanmay, yod olish bilan bayon qilish. 3. Ilyustrativ metod – tayyor bilimlar metodi. Bu metod ko’rgazma materiallardan foydalangan holda bayon qilish. 4. Evristik metod – esa o’quvchilarning o’zlari qiladigan ish asosida tuziladi. Evristik- tadqiqot demakdir. 11 -12 –m a’ruza Mavzu: Kimyo ta’limining og’zaki, ko’rgazmali, amaliy metodlari. (Monologik va diologik metodlar) R e j a 1. Monologik metodlar: tavsiflash, tushuntirish, so’zlab berish, ma’ruza haqida tushuncha berish. 2. Dialogik metodlar: suhbatlar, seminarlar, disput tushunchalari 3. Tajribalar o’tkazish o’qituvchining og’zaki nutqlari bilan uyg’unlashtirish. 4. Mustaqil ishlash metodlari: amaliy va laboratoriya metodlari O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Monologik metodlar- so’zlab berish, ma’ruzalar, Diologik metodlar, suhbatlar, seminarlar, laboratoriya tajribalari – yangi bilimlar olish, yangi materialni o`rganish amaliy mashg’ulotlar. Kimyo o`qituvchisidan o’quv materialini o’zi bayon etishi, talabalarni ham mustaqil ishlashga o’rgatish talab etiladi. Shu talabga asosan kimyo o`qitishning metodlari 2 ga bo’linadi: 1. bayon etish metodlari.(monologik va diologik metodlar) 2. mustaqil ishlash metodlari. Maktablarda eng ko’p qo’llaniladigan metodlar: 33 1. O`qituvchining o’quv materialini bayon etish metodlariga, bunda so’zlab berish, ma’ruza, suhbatlar, ekskursiyalar, demonstratsion tajribalar va ko’rsatmali o’qitishning boshqa vositalaridan foydalanish Monologik metodlar- so’zlab berish, ma’ruzalarga, bo`linib, o`quv materiali mazmunini o`qituvchining o`zi tushintiradi. Bu metodda o`quvchilar faktlar, eksprement orqali kuzatib o`rganadilar: fandagi ma`lum bilimlar atrof muhit himoyasi, element va moddalarning sodir bo`lishi tarzida ko`rgazmali holda ifodalanadi. Tushuntirish metodi qo`llanganda o`quvchilarga nazariy bilimlar mohiyati ochib beriladi. Moddalar massasining saqlanish qonuni atom - molekulyar nuqtai - nazaridan tushuntirilganda yoki elementlar xossalarining davriy ravishda takrorlanish kabi holatlar tushintirilganda tushunchalar ketma - ket ochilib umumlashtiriladi. Ma`ruza - metodi ancha vaqt olinadigan monoton metod bo`lib hisoblanadi. Maktab ma`ruzasi 30 minutdan ko`proq vaqtni olib asosan yuqori sinf o’quvchilari va talabalar uchun qo’lay. Monoton metodda o`qituvchi o`zining nutqi ravonligiga katta e`tibor beradi. O`qituvchi nutq ravonligi, sofligi, mazmunli holda materialni izohlash bilan o`quvchilar diqqatini o`ziga torta bilishi kerak. Diologik metodlar- bularga har xil suhbatlar, seminarlar, misol bo`lib o`qituvchi va o`quvchi orasida bog`lanishli nutq tarzida olib boriladi. Suhbat - bu o`quvchi va o`qituvchi orasidagi diolog bo`lib hisoblanadi. O`qituvchining savollariga o`quvchi javob beradi yoki aksincha. Maktab amaliyotiga keyingi vaqtlarda Yangi pedagogik texnologiya tarzida seminar darslari kirib keldi. Masalan, uglevodorodlarning xossalari ularning tuzilishiga bog`liqligi kabi mavzulari seminar tarzida o`rganilsa, o`quvchilarda tafakkur qirralari o`sib tayanch bilimlarni qo`llash orqali rivojlanish bo`ladi. Bu metod ko`proq yuqori sinflarda olib boriladi. 2. Mustaqil ishlash metodlari- laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar, kimyodan masalalar yechish va adabiyotlar bilan ishlash. Kimyo o`qitishda ko`rsatiladigan eksperimentlardan foydalanish eng muhim metod sanaladi. Kimyo o`quv predmetining o`ziga xos xususiyati ham shu nazariy mazmunning bir vaqtning o`zida mavhum holda emas, isbotiy bo`lishi bilan ahamiyatlidir. Demonstransion eksperimentni o`qituvchi, laborant yoki talaba ko`rsatib turishi va o`qituvchi izohlab borishi mumkin. Kurs boshida hali o`quvchilarda kimyoviy tajribalarni bajarish ko`nikma va malakalar rivojlanmaganda o`qituvchi o`zi yoki laborant o`tkazadi. Demonstrasion tajribalar ayniqsa foydali holat kasb etganda katta qiziqish orttiradi. Masalan, CO 2 bilan o`t o`chirishni ko`rsatish; Ko`rgazmalilik - shunday olib borish kerakki bajarilayotgan tajribalarni o`quvchilar hammasi ko`ra olsin. Ko`rgazmalilikdan kadoskop va boshqa TCO dan unumli foydalanish lozim. O`quvchilarga ko`rsatiladigan tajribalar oddiy, xavfsiz, ishonchli tarzda bo`lishi shart. O`tkazilayotgan eksperiment tafsilotlarini albatta izohlab borish lozim. 34 Tajribalar o`tkazilayotganda quyidagi metodlarga amal qilish tavsiya etiladi: 1. Tajribaning maqsadini qo`ya bilish: o`quvchilar nima sababdan tajriba o`tkazilishini tushinishi kerak. 2. Tajribalar o`tkazilayotgan priborlarning chizmalarini chizish; sharoitni belgilash, (reaksiya qanday sharoit va muhitda olib boriladi.) 3. O`quvchilarning kuzata bilishini tashkil etish. (Nima bo`layapti-yu, natija nima bo`ladi anglab yetish) 4. Nazariy xulosalar chiqara bilish; eksperimentning rivojlantiruvchi funksiyasi, o`qituvchining so`zi bilan amalga oshadi. Ular: 1) Tajribaning o`zidan bilimlar paydo bo`lishi. 2) O`qituvchining so`zi izohlari kuzatishini to`ldirib borishi. O`qituvchi o`qitish jarayonida o`quv - ko`rsazmali vositalardan foydalanishi- bu holat kimyo ta`limi sifatida ijobiy ta`sir etadi. Ular: sinf doskasi, har xil jadval va tablisalar, modellar, maketli, magnitli applikasiyalar, ekran qo`llanmalari va hokazolar. Sinf doskasi eng muhum vosita rolini bajaradi. Dars mazmuniga doir formula, tenglamalar ayrim yozuvlar doskadan unumli foydalangan holda yozilishi kerakki mavzu mazmunini tushuntirish yakunigacha doskadan o`chirmaslik kerak. -Og’zaki ko’rgazmali - amaliy metodlar asosida o`quvchilarning amaliy faoliyati yotadi. Bu faoliyatda o`qituvchining rahnomoligi albatta yunaltiruvchi faoliyat kasb etadi. O`quvchilarning mustaqil ishlashlari har xil shaklda amalga oshiriladi. Bu shakllar: jamoa, guruh, yakka - yakka ko`rinishlarda bo`ladi. Ularning turlari ham har xil. M: O`quvchi eksperiment (laboratoriya tajribalari amaliy mashg`ulotlar). Kimyoviy masalalar yechish, adabiyotlar bilan ishlash, ijodiy topshiriqlar bajarish, (priborlar konstruksiyasi, modellar yasash) nazorat ishlarini bajarish, mustaqil ishlar o`quvchilarning yangi bilim egallash ko`nikma va malakalar shakllanishidagi, fanni o`rganishdagi eng muhim sohasi bo`lib hisoblanadi. Olingan bilim, ko`nikma, malakalar faoliyatga mustaqil ravishda tadbiq etilsa samarali bo`ladi. Mustaqil ishlar o`quvchilarga ta`lim- tarbiya berish, rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi. O`quvchining mustaqil ishi olingan bilim ko`nikma malakalarni faoliyatda tadbiq etish bilan bilimlar manbai bo`lib hisoblanadi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling