Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TALABALARI UCHUN «KIMYO O’QITISH NAZARIYASI VA METODIKASI » FANIDAN M A’ R U Z A L A R M A T N I
- Muallif: M.S. Hotamova Taqrizchilar: dotsent
- --------- KIRISH
- O’rganiladigan asosiy tushunchalar
- Zamonaviy pedagogik texnologiyalar- talim jarayonini har tomonlama mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qoyish va ularga kafolatlangan
- Kimyo ta`limi standarti – umumiy o’rta ta`lim maktablari uchun tuziladigan kimyo ta`limi dasturi va o’quv materiallarining hajmini
- 3 -ma’ruza Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuni va O’zbekiston maktablaridagi kimyo ta’limining konsepsiyasi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI NAVOIY VILOYATI PEDAGOG XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI KIMYO VA EKOLOGIYA KAFEDRASI 5140300 «KIMYO VA EKOLOGIYA» TA’LIM YO’NALISHI TALABALARI UCHUN «KIMYO O’QITISH NAZARIYASI VA METODIKASI » FANIDAN M A’ R U Z A L A R M A T N I NAVOIY - 2005 2 Ushbu ma’ruza matni «Kimyo o’qitish nazariyasi va metodikasi» kursininig «Kimyo-ekologiya» yo’nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi. Unda har bir mavzu uchun reja, o’rganiladigan asosiy tushunchalar, nazariy muqaddima va nazorat savollari berilgan. Uslubiy qo’llanma talabalarning «Kimyo o’qitish nazariyasi va metodikasi» kimyo kursi bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni chuqur egallashda uchun yordam beradi. Muallif: M.S. Hotamova Taqrizchilar: dotsent dotsent ------- SO’Z BOSHI ------- 3 1991 yil O’zbekiston Mustaqillikka erishgach barcha fanlar qatori kimyo fanidan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlari va boshqa adabiyotlarni milliy ruhda yozish va o’qitish imkoniyati yaratildi. Kimyo o’qitish metodikasi fani o’quvchilarga mukammal bilim berishda o’qituvchi tomonidan tuziladigan dars rejalari, jadvallari va boshqa metodik adabiyotlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi” va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari asosida respublikamizning akademik lisey va kollejlari hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan o’quvchilar va kasb- hunar ta’limi mutaxassislari tayyorlashga imkon yaratildi. Bu qarorlarda o’quvchilarning milliy, ma’naviy- ma’rifiy o’zligini anglashi, zamonaviy- iqtisodiy tafakkurini o’z faoliyatiga tatbiq eta olishi, kasbining fidoyisi bo’lishligi ta’kidlab o’tilgan. Kimyo o’qitish metodikasi kimyo fani bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni o’quvchiga qiziqarli qilib, sodda ravon til bilan, oddiydan murakkabga tomon bosqichma-bosqich o’rgatib borishda har bir o’qituvchi o’ziga xos usullardan foydalanish tabiiy. Ushbu ma’ruza matn O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston o’rta ta’limi konsepsiyasi, akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida kimyo fani o’qitish yo’qirnomasida ko’rsatilgan ish rejasi va har bir darsning asosiy bosqichlari qisqacha bayon qilindi. Darsning maqsadi, vazifalari, mavzular yakuni nazorat savollari orqali o’quvchilar bilimlarini aniqlashga e’tibor qaratildi. --------- KIRISH ----------- 4 Talabalar hozirgi zamon fan asoslari to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish bizning kasb-hunar kollej va akademik liseylarimizning eng muhim vazifasidir. Hozirgi zamon fan asoslarining mazmuni butun kasb-hunar kollej va akademik liseylarimizni g’oyaviy- siyosiy yo’li bilan belgilanadi. Kasb-hunar kollej va akademik litsey talabalariga amaliy hayot bilan chambarchas bog’langan nazariy bilimlar beradi. Talabalar har tomonlama barkamol insonga xos xislatlar hosil qilish kimyo o’qituvchisining eng muhim vazifasidir. 1. Fanni o’qitishning maqsad va vazifalari. Kimyo o’qitish metodikasining maqsadi talabalarni chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantirish, fanga qiziqtirish, mustaqil ishlash va fikrlashga o’rgatishdan iboratdir. 2. Fanning maqsadi: Maktab kimyo darsligi uchun kerakli hajmda dalillarni tanlash, talabalar bilimini oshirishda, o’qituvchi bilimi orqali, kitob, kino, radio, televizor va boshqa vositalardan foydalanish demakdir. 3. Fanning vazifalari: Kelajagi buyuk mustaqil O’zbekistonimiz uchun talabalarni hozirgi zamon kimyo fani asoslarini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishga erishishi, talabalarni kimyoning atrofdagi tabiatni asrash va undan foydalanish uchun zarur bo’lgan ilmiy asoslari bilan tanishtirish, talabalarni ilmiy bilishning vositalaridan biri bo’lgan kimyo eksperimentidan foydalana oladigan qilib tarbiyalash, talabalarni mehnatga va mustaqil bilim olishga o’rgatishdan iborat. Talabalar bilimiga qo’yiladigan talablar esa, talabalarni bilim va ko’nikmalarini tekshirish, talabaning ish faoliyatini kuzatish, og’zaki so’rash, sinov, yozma nazorat ishlari, kimyodan test savollarini tuzish va yechish usuli va boshqa ta’limning turli bosqichlarida talabalarning bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardir. 1-ma’ruza Mavzu: Kimyo ta’limi metodikasi fani va o’quv predmeti. Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari. 5 Ma’ruza rejasi: 1. Kimyo ta’limi metodikasi fani. 2. Kimyo fanini maktabda hamda akademik lisey va kasb-hunar kollejlarda ham fan, ham o’quv predmeti sifatida. 3. Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari. O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Kimyo o’qitish metodikasi kimyo fanini o’qitish uslubiyotiga bag’ishlangan o’quv kursi ekanligi, kimyo o’qitish metodikasi fanining asosiy vazifasi, z amonaviy pedagogik texnologiyalar, uning maqsad va vazifalari. Kimyo o’qitish metodikasi kursining matni O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni O’zbtkiston o’rta ta’lim konsepsiyasi, umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo o’qitish yo’riqnomasida ko’rsatilgan istiqlol munosbati bilan respublikamizning umumiy o’rta ta’lim maktablarida hamda oliy o’quv yurtlari oldiga qo’yilgan asosiy maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda tayyorlandi. O’zbekiston Respublikasi yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bu yerda mashhur D.I. Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Masalan: 105 ta neft, gaz, 155 ta istiqbolli kon, rangli nodir va radioaktiv metallar bo’yicha oltin, mis, uran, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kalionlar va boshqa mahsulotlar. Kimyo o’qitish metodikasi to’g’ri metod bilan olib borilishi kerak. Bu metod ishning g’oyaviy- siyosiy yo’nalishiga, uni bajaruvchining malakasiga bog’liqdir. O’qitishni umumiy maqsadlariga muvofiq kimyo o’qitish uslubiyoti oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi: 1. Kimyo o’qitishning aniq maqsadlari va o’quv predmetining mazmunini aniqlash; 2. Qo’yilgan maqsadlarga yetishishga qaratilgan ko’proq ma’qul uslublar va o’qitishning tashkiliy shakllarini ishlab chiqish; 3. Kimyo o’qitishning zarur vositalarini ko’rib chiqish va kimyo o’qituvchisi ish amaliyotida ularni qo’llash bo’yicha yo’riqnomani ishlab chiqish; Boshqa so’z bilan aytganda xuddi har qanday dars uslubiyoti oldida turganidek kimyo o’qitish uslubiyoti oldida ham an’anaviy quyidagi savol turadi. 1. O’qituvchi oldiga predmetni o’qitishda aniq maqsad, vazifalar qo’yish yoki nima uchun o’qitish savollariga javob berishni ilgari suradi. 2. Kimyo predmeti o’quv mazmuni didaktik maqsad va talablarga javob berishi kerak yoki nimani o’qitish kerak. 3. O’qitishning mazmuni metodlar, shakllarini aniqlash yoki predmetni qanday o’qitishga javob izlaydi. 4. Predmetning mazmunini o’quvchilar o’zlashtirib olishlari masalasi yoki o’quvchilar qanday o’qiydilar. Kimyo o’qitish uslubiyoti mazmunini uning umumiy, nazariy, asosiy savollari (kimyo umumiy uslubiyoti) va alohida bulimlarini o’rganish savollari (alohida yoki maxsus) tashkil etadi. 6 Kimyo predmetini o’qitish maqsadlarini aniqlashda birinchi navbatda umumta’lim maktablarida akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida o’qitish va tayyorlashni umumiy maqsadalariga asoslanmoq zarur. Umumiy o’rta ta’lim maqsadi, bu ta’lim, tarbiya va davlat o’quv standartlariga muvofiq o’quvchilarni fikrlash, jismonan, jarayonlarida bilimlari asosini to’liq egallashini ta’minlash, o’quvchlarga dunyoning hozirgi ilmiy ko’rinishini shakllantirishda, kimyo fanining ahamiyatini, anglagan holda ratsional ko’nikmalarini hosil qilish. O’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqish va mehr, shu predmetga mas’uliyatli munosabat uyg’otish, kimyo fanuining hozirgi davrdagi roli va o’rni haqida to’g’ri tasavvur shakllantirishni aynan o’qituvchi bajaradi. Bunday mas’uliyatli vazifani bajarish uchun o’qituvchining o’zi yangi pedagogik texnologiya va uning vazifalariga bo’lgan talablarini egallashi kerak. Kimyo fanining pedagogik funksiyasi uning insonni umumiy ta’lim olishdagi asosiy vazifalarini aniqlashdagi xususiyatlari bilan aniqlanadi. Bular: 1. Ilmiy dunyoqarash asosini tashkil qilish. 2. Maktab o’quvchisi fikrini rivojlantirish. 3. Maktab o’quvchilarini amaliy faoliyatga, mehnatga nisbatan bo’lgan ta’limini davom ettirishga tayyorlash. Maktab kimyo kurslari mazmunini tanlashga ma’lum qarama-qarshilikda turgan asosiy ikki guruh omillari ta’sir ko’rsatadi: ilmiylik va qulaylik, yengillik va umumta’limga xoslik. Bir tomondan kimyoning maktab kursi zamonaviy, hayotning hamma qiyin talablariga javob bera oladigan, boshqa tomondan oddiy bo’lishi kerak. Bu ikki talabni birlashtirish oson vazifa emas. O'qituvchilar, talaba va o'quvchilar jamoasida hamkorlik va ijodiy muhitni yaratishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'rni beqiyos. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar- ta'lim jarayonini har tomonlama mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qo'yish va ularga kafolatlangan holda erishish, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi uzviy bog'langan komponentlar yig'indisidir. Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda har bir o'qitiladigan mavzuga keng qamrovli loyiha ishlab chiqish bilan bir qatorda, o'quv-metodik majmua tayyorlash uning tarkibiga loyihaga qo'shimcha mavzuga daxldor bo'lgan barcha axborotlar, tarqatma materiallar, ma'lumotnomalar, manbalar, ulardan foydalanish metodikasi kiritilishi kerak. Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari. 1. Kelajagi buyuk O’zbekistonimiz uchun talabalarni hozirgi zamon kimyo fan asoslarini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishlariga erishish; 2. Talabalarni kimyoni atrofdagi tabiatni izohlab berish va undan oqilona foydalanish uchun zarur bo’lgan ilmiy asoslar bilan tanishtirish; 3. Talabalarni tabiatga to’g’ri materialistik nuqtai nazardan qarash xususiyatlarini hosil qilishga alohida e’tibor berish lozim. 4. Talabalarni ilmiy bilishini vositalaridan biri bo’lgan kimyoviy eksperimentidan foydalana oladigan qilib tarbiyalash. 5. Talabalarni mehnatga o’rgatish – ularni kelgusi amaliy faoliyatga tayyorlash zarurdir. 6. Talabalarni kimyo faniga qiziqishini yanada orttirish. 7 7. Talabalarni mustaqil ravishda izlanuvchanlikka va bilim olishga o’rgatish. 8. Talabalarda kundalik turmushda, hayotda bo’ladigan o’quv va malakalarini hosil qilish. 9. Talabalarni qo’lidan keladigan ijtimoiy-foydali ishga jalb qilish 10. Kimyo fanining hayotimizdagi ahamiyatini tushuntirish. 11. Jismonan baquvvat, aqlan yutuk insonlar darajasiga yetkazish. 12. Kimyo o’qitish talabalarni mehnatsevar, Vatanga muhabbat, fanga qiziqish ruhida tarbiyalash kerak. Nazorat savollari: 1. Kimyo o’qitish metodikasi predmeti nimani o’rganadi? 2. Kimyo o’qitish metodikasi fanining rivojlanish tarixi haqida nimani bilasiz? 3. Kimyo o’qitish metodikasi fani oldiga qanday asosiy vazifalar qo’yiladi? 4. Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari nimalardan iborat. 2 - ma’ruza Mavzu: Kimyo ta’limining maqsad va vazifalari. Ma’ruza rejasi: 1. Kimyo ta’limining maqsadi 2. Kimyo ta’limining vazifalari 3. Kimyo ta’limining Davlat ta’lim standarti va uning vazifasi 4. Kimyo ta`limi standartining asosiy bo’limlari to’g’risida tushuncha Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kimyo ta’limi pedagogik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, ta’limning umumiy maqsadlariga muvofiq o’quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida ta’lim- tarbiya sohasini isloh qilish natijasida to’plangan tajribalar, chiqarilgan bir qator xulosalar asosida amaldagi ta’lim-tarbiya tizimini hozirgi taraqqiyot va kelgusidagi talablar darajasiga ko’tarishga, uni takomillashtirishga jiddiy e’tibor berish zarurligi ta’lim- tarbiyaning uzluksizligini ta’minlashdan kelib chiqib, «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida muhokama qilindi va tasdiqlandi. Shu munosabat bilan barcha o’quv predmetlari qatori kimyo ta`limi oldiga ham aniq vazifalar qo’yildi. «Ta`lim to’g’risida»gi Qonunga muvofiq: 1. Umumiy o’rta ta`lim maktablarining kimyo ta`limi konsepsiyasini qayta ishlab chiqish; 2. Umumiy o’rta ta`lim maktablarining kimyo ta`limi konsepsiyasidan kelib chiqqan holda, uning standartini ishlab chiqish taqozo qilinadi. Kimyo ta`limi standarti kimyo o’quv predmetining majburiy mazmunini belgilab beradi. Umumiy o’rta ta`lim maktablarining kimyo ta`limi standarti, kimyo ta`limi tizimidagi barcha komponentlarni: ta`limning mazmuni, maqsadi, ta`limning 8 uzluksizligi, tashkiliy shakllari, usullari, vositalari va boshqalarni qayta ko’rib chiqish mezoni hisoblanadi. Kimyo ta`limi konsepsiyasiga muvofiq kimyo ta`limining yo’nnalishi va maqsadi yosh avlodning kimyo fani asoslarini chuqur egallashi, o’quvchilarning siyosiy - g’oyaviy, estetik, ekologik tarbiyasi, tabiatga va jamiyatga bo’lgan ijobiy munosabat, qadimgi yashab ijod etib o’tgan buyuk mutafakkirlar, keyingi yillarda olimlarimizning kimyo sohasidagi erishgan yutuqlariga oid o’quv materiallari bilan tanishtirib borish orqali vatanga bo’lgan e`tiqodni shakllantirish, kasbga yunaltirish ko’zda tutiladi. Kimyo ta`limi standarti-kimyo o’qitishda o’quvchilarga beriladigan ta`lim va tarbiyaning mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar, shuningdek o’quvchilarning tayyorgarlik darajasidagi bilim va amaliy faoliyatlari darajasi me`yorini belgilaydigan mezon bo’lib hisoblanadi. Kimyo ta`limi standarti – umumiy o’rta ta`lim maktablari uchun tuziladigan kimyo ta`limi dasturi va o’quv materiallarining hajmini belgilab beruvchi mezon bo’lib xizmat qiladi. Kimyo ta`limi standarti – kimyo ta`limida o’qituvchilarning davlat va jamiyat oldidagi vazifalari, burchi va javobgarligini qay darajada his qilishlari mezoni bo’lib ham hisoblanadi. Umumiy o’rta ta`lim maktablarining kimyo ta`limi standarti-kimyo o’quv predmetidan o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, o’quvchilar egallaydigan bilim, hosil qiladigan amaliy ko’nikma va malakalar hajmini ko’rsatuvchi me`yor bo’lib, umumiy o’rta ta`lim maktablaridagi kimyo ta`limi negizini belgilovchi ko’rsatkichlar o’quvchilarning kimyo ta`limidan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi. Umumiy o’rta ta’lim o’quvchilar oladigan bilimlarning zarur hajmiga asos soladi, o’quvchilardagi tashkilotchilik qobiliyati, malakalari va amaliy tajribasini ruvojlantiradi. Davlat ta’lim standartlarida kimyo ta’limi sohasida quyidagicha standartlar belgilangan: Kimyo ta’limi sohasiga o’quv rejasida VII- IX sinflar uchun 204 o’quv soati ajratilgan bo’lib, ularning sinflar bo’yicha taqsimoti quyidagicha: Sinflar VII VIII IX Jami haftalik o’quv soati 2 2 2 6 Yillik o’quv soati 68 68 68 204 Kimyo ta`limi standartining tuzilishi uzluksizlikni ta`minlash asosida, kimyo ta`limi sohasi mazmuninimg asosiy yunalishlari: «Kimyoviy tushunchalar», «Modda», «Moddaning tuzilishi va xossalari», moddalarning olinishi, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar, 9 nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarishning texnologiyasi, respublikamizda kimyo sanoatining erishgan yutuqlari, organik moddalarning ayrim vakillari, polimerlar, tabiat va jamiyatga kimyoviy ishlab chiqarishning ekologik ta`siri haqidagi bilimlarni berishga va amaliy malakalar hosil qilishga qaratiladi. ( «Ma’rifat» gazetasi.28.08.98. 3-bet) Bunda, o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalariga ega bo’lishlarini ta`minlash va uning sifatini aniqlashga imkon beradi. Kimyo ta`limi standarti quyidagi uchta bo’limdan iborat. 1) Kimyo ta`limi mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar. 2) Kimyo ta`limida o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan standartning minimal talablari. 3) Kimyo ta`limida o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan standartning maksimal talablari. «Kimyo ta`limi mazmuni negizining belgilovchi ko’rsatkichlar» bo’limi o’quvchilarga kimyodan beriladigan bilimlar, ekologik ta`lim-tarbiya va o’quvchilarda hosil qilinadigan amaliy ko’nikma va malakalarni o’zida mujassamlashtiradi. Ikkinchi va uchinchi bo’limda esa o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga quyilgan talablar yoritiladi. O’quvchilarga maksimal ball yoki baho qo’yishda har ikkala, ya`ni minimal va maksimal tayyorgarlik darajasiga bo’lgan talablar hisobga olinishi zarur. Bu esa, kimyo ta`limi standarti o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish ko’rsatkichlarni ifodalashga kimyo ta`limi sifatini baholashda o’lchov mezoni bo’lib xizmat qilishiga imkon beradi. Nazorat savollari: 1. Kimyo ta’limining maqsadi nima? 2. Kimyo ta’limining vazifalari nimalardan iborat? 3. Kimyo ta`limi standarti asosiy bo’limlarini vazifasini tushuntiring. 4. Kimyo ta`limida o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan standartning minimal va maksimal talablarini tushintiring. Asosiy tushunchalar. 1. Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kimyo ta’limi pedagogik jarayonning ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, ta’limning umumiy maqsadlariga mubofiq o’quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi. 2. Kimyo ta`limi standarti – umumiy o’rta ta`lim maktablari uchun tuziladigan kimyo ta`limi dasturi va o’quv materiallarining hajmini belgilab beruvchi mezon bo’lib xizmat qiladi. Davlat ta’lim standartlarida kimyo ta’limi sohasida o’quv rejasida VII- IX sinflar uchun 204 o’quv soati ajratilgan bo’lib, haftasiga 2 soatdan qilib belgilangan. 10 3-ma’ruza Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuni va O’zbekiston maktablaridagi kimyo ta’limining konsepsiyasi. Ma’ruza rejasi: 1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni 2. O’zbekiston maktablaridagi kimyo ta’limining konsepsiyasi . 3. «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» va uning vazifalari 4. Kimyo ta’limining didaktika ta’limoti 5. Kimyo fanining rivojlanishi haqida tarixiy ma’lumotlar O’rganiladigan asosiy tushunchalar: O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi», «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»ning asosiy maqsadi, ta’limiy, tarbiyaviy, va rivojlantiruvchi funksiyalardir, kimyo ta’limining didaktika ta’limoti, kimyo fanining rivojlanishi tarixi. 1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Oliy majlisining I- chaqiriq IX – sessiyasida «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» qabul qilindi. «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi»ning 3 ta asosiy maqsadi bo’lib, ular: 1) Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish 2) Ta’lim sohasini o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish 3) Rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy-axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish. Demak, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun, har bir fanni shu jumladan kimyo fanini ham ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish talab etiladi. Qonun va dastur talablarida hozirgi talablar darajasida didaktika ta’limotini amalga oshirish asosiy vazifa qilib qo’yilgan. Jamiyat ta’lim-tarbiya muassasalari oldiga o’sib kelayotgan yoshlarimizda bilim tafakkur qirralarini o’stirib faol mushohada qilish kabi xislatlarini shakllantirish, ilm borasida kuch quvvatni rivojlantirish kabi talabni qo’yadi. Shu sababli Prezidentimiz kuch-bilim va tafakkurda degan g’oyani ilgari surdi. Didakrtik tafakkurning shakllanishi va taraqqiy etib rivojlanishi ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun o’quvchilar fan Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling