Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 36-ma’ruza Mavzu: Xlorid kislota va uning xossalari, uning tuzlari. O’zbekistonda osh tuzining olinishi. Ma’ruza rejasi
- Xlor xlorid kislota
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Asosiy adabiyotlar
100 1. Galogenlar deb qanday elementlarga aytiladi? 2. Galogenlarning tartib raqami ortishi bilan: a). Oksidlovchilik (qaytaruvchilik) xossalari qanday o’zgaradi. b). Vodorodli birikmalarining xossalari qanday o’zgaradi? 36-ma’ruza Mavzu: Xlorid kislota va uning xossalari, uning tuzlari. O’zbekistonda osh tuzining olinishi. Ma’ruza rejasi: 1. Xlorid kislotaning maktab kimyo kursida o’qitilishining maqsad va vazifalari. 2. Xlorid kislotaning olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari. 3. Xlorid kislotaning tuzlari, tuzlarning O’zbekistonda olinishi. a) O’quvchilar xlorid kislotaning olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari, ishlatilishi haqidagi, uning tuzlari, tuzlarning ishlatilishi xususida bilimga ega bo’lishi bilan boradigan kimyoviy reaksiyalarning tenglamalarini tuza bilish kabi o’quv va malakalarni egallashlari lozim; b), v) O’quvchilarda xlorid kislota bilan ishlashda ehtiyot choralari ko’rish, xlorid kislota va uning tuzlari xalq xo’jaligida ko’p ishlatilishi misolida ularni asrash va tejab - tergab ulardan foydalanish xislatlarini tarbiyalash. Yangi material mazmunini quyidagi reja asosida bayon etish mumkin: 1. Olinishi. Xlorid kislota vodorod xloridning suvdagi eritmasidir, darslikda ko’rsatilganidek asbob yig’ib, laboratoriyada xlorid kislota olish ko’rsatiladi. Sanoatda esa vodorod xloridni vodorodning xlorda yonishidan hosil bo’lgan mahsulotni suvda eritib olinadi. Xlorning (-1) oksidlanish darajasi birikmalari xloridlar deyiladi.tarkibiga ko’ra ularni metallar va metallmaslarning xloridlariga ajratish mumkin. Element Na Mg AI Si P S Xlorid NaCI MgCI 2 AICI 3 SiCI 4 PCI 5 SCI 6 xloridning tarkibi asosli amfoter Kislotali Jadvaldan ko’rinib turibdiki, elementlarning davrlar bo’yicha tartib raqami ortishi bilan xloridlarning xossasi asoslidan kislotaliga o’zgaradi. 2. Vodorod xloridni suvda eritib 40 %, zichligi 1,19 g/sm 3 li xlorid kislota olish mumkin. Konsentrasiyali xlorid kislota rangsiz, nam havoda "tutun" hosil qiluvchi, kuchli hid tarqatuvchi moddadir. Bundagi "tutun" kislotadan ajralib chiqayotgan vodorod xloridning havodagi suv bug’lari bilan hosil bo’lgan tomchilardan iborat. 3. Kimyoviy xossalari - xlorid kislota ham boshqa kislotalarda uchraydigan umumiy xossalarga ega. Xlorid kislotaning metallar, metall oksidlari, asoslar, 101 tuzlar bilan o’zaro ta'siri jadval yordamida kimyoviy tajribalar ko’rsatib, kimyoviy tenglamalar yozib tushuntiriladi Xlorid kislota va uning tuzlariga xos xususiyatlarni reaksiya tenglamalari yozib tushuntiriladi. HCI + AgNO 3 → AgCI + HNO3 kumush nitrat oq cho’kma Xlorid kislota va uning tuzlariga kumush nitratni ta'sir ettirsak, suvda va kislotada erimaydigan oq cho’kma hosil bo’ladi. Xlorid kislotaga oksidlanuvchilarni ta'sir ettirsak zaharli gaz - xlor ajralib chiqadi. 6HCI + KCIO 3 → KCI + 3H 2 O + 3CI 2 4. Xlorid kislotaning ishlatilishi hamda osh tuzining ishlatilishi chizmalar yordamida tushuntiriladi.. 5,6 litr (n.sh.) vodorod hosil qilish uchun alyuminiyga ortiqcha olingan holda qancha miqdor xlorid kislota sarf bo’ladi? 6 HCI + 2 AI → 2 AICI 3 + 3 H 2 219 67,2 l 67,2 l vodorod olish uchun 219 g xlorid kislota kerak. g X 33 , 18 2 , 67 219 6 , 5 xlorid kislota "Galogenlarning chog’ishtirma tavsifi" mavzusida: a). Galogenlar xossalarining bir-biriga nisbatan farq qiluvchi aktivligini ochib berish, o’quvchilarning galogenlar haqidagi bilimlarini ularga chog’ishtirma tavsif berish orqali umumlashtirish: b), v). O’quvchilarda galogenlarning xossalari asosida ularni tavsiflay olish, davriy sistema, atom tuzilishi nazariyasiga tayanib guruhlari xossalarini oldindan ayta bilish qobiliyatlarini o’stirish. Yangi material mazmunini yuzaga chiqarishga avvalgi materialni tayanch qilib olib, yangi material o’quvchiga quyidagi reja asosida yetkaziladi: 1. Xlorid kislotaning olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalarini ayting. 2. Xlorid kislotaning tuzlari, tuzlarning O’zbekistonda olinishi haqida nimalarni bilasiz? Respublika tosh tuzi konlariga boy. Aniqlangan 5 ta tosh tuzi konlarida – taxminan 90 milliard tonna xom ashyo bor. Hozirgi vaqtda Borsakelmas konining tuzlaridan kalsiy va kaustik soda ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanish ko’zda tutilmoqda. (I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 244-245 betla.r) 3. Galogenlarning ishlatilishi. Bu o’rinda o’quvchilarga oldindan tanish bo’lgan xlorning ishlatilishini esga solish kerak. Galogenlar ichida xlor va uning birikmalari eng ko’p ishlatiladi. Odam bir kecha-kunduz davomida qariyb 10g osh tuzi iste'mol qiladi. Bu bir yilda 3,5 kg natriy xlorid degan gap. Agar biz bu raqamlarni yer kurrasidagi barcha odamlarga nisbatan olsak, 17,5 mln tonna bo’ladi. Shuncha tuzni vagonlarga yuklansa, bu sostavning uzunligi 5000 km ga yetadi. Shu misolning o’zi inson hayotida galogenlar va ular birikmalarining naqadar ahamiyatli ekanligini bildiradi. Galogenlarda xlor va 102 uning eng muhim birikmalari orasidagi genetik bog’lanish qo’shimcha material sifatida quyidagicha beriladi. a). galogenlarni erkin holatda olish usullarini izohlang. b). galogenlarning atom massalari kattalashishiga qarab ularning fizikaviy va kimyoviy xossalari o’zgarishini tushuntiring; Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirishga imkon beradigan reaksiya tenglamalarini yozing: CI 2 → CuCI 2 → Cu(OH) 2 → CuO→ CuCI 2 → Cu d) xlor va xlorid kislota xossalarini quyidagi jadval asosida izohlang. Xlor xlorid kislota 1. Umumiy tavsif 2. Tabiatda uchrashi 3. Olinishi a) laboratoriyada b) sanoatda 4. Fizikaviy xossalari 5. Kimyoviy xossalari 6. Ishlatilishi Nazorat uchun savollar 1. Xlorid kislota tuzlari O’zbekistonning qaysi tumanlarida uchraydi va ular qaysi maqsadlarda ishlatiladi? 2. HCI formulasini qaysi holatda vodorod xlorid, qaysi holatda xlorid kislota deymiz? Nima uchun xlorid kislota solingan idish og’zi ochilsa tutaydi? 3. Bu mavzu bo’yicha tematik reja tuzing. 4. Bu mavzu bo’yicha reja konspekt yozing. 5. Bu mavzuda bilimni tekshirishning qaysi nazorat turini taklif qilasiz? 6. Bu mavzu bo’yicha laboratoriya ishlari uchun vazifalar tayyorlang. 103 O’quvchilar foydalanishlari uchun qo’shimcha tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati 1. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’sida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.---T.: O’zbekiston, 1997 2. I.A.Karimov. “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” --T.: O’zbekiston, 1997 3. Umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. Toshkent, 1999, 3-son 4. I.R. Asqarov. Organik birikmalar nomenklaturasi va izomeriyasi.- T.: O’qituvchi, 1995. 5. I.R. Asqarov., K. G’ofurov., va boshqalar. Kimyodan test. T.: O’qituvchi, 1997. 6. A.G. Muftaxov. Organik kimyodan olimpiada masalalari va ularning yechimlari. O’rta umumta’lim maktablari uchun qo’llanma.- T.: O’qituvchi, 1997. 7. I.R. Asqarov., va boshqalar. Martabda kimyodan amaliy mashg’ulotlar. T.: O’qituvchi, 1992. 8. T. Gulboyev. Ta’lim jarayonining tayanch bilimlari. T.: Fan, 1996. 104 9. T. Gulboyev. Ta’lim jarayonida tayanch bilimlarni rivojlantirishning didaktik asoslari. T.: Fan, 1998 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Asosiy adabiyotlar 1. И.А.Каримов. Ызбекистон XXI аср быса\асида: хавфсизликка тахдид, бар=арорлик шартлари ва тара==иёт кафолатлари.T.: Ызбекистон, 1997 2. И.А.Каримов. “Баркамол авлод Ызбекистон тара==иётининг пойдевори”. T. Ызбекистон, 1997 3. Умумий ырта таълим давлат таълим стандарти ва ы=ув дастури. Тошкент, 1999, 3-сoн 4. И. Н. Борисов. Химия ы=итиш методикаси. Тошкент, 1958. 5. З.Азимова. “Кимё дарсларида ы=увчиларга экологик таълим-тарбия бериш” Т.: 1995. 6. “Хал= таълими журнали” Т.1998-2005 й. 7. Х.Т.Омонов., М.Н.Мирвохидова. “Кимё ы=итиш методикаси” маърузалар матни. 2001 105 8. В.Н.Верховский. “Мактабда химия эксперименти техникаси ва методикаси” 1-2 том. Т. Ы=итувчи, 1964 9. И. Мирзаев. “Дарс тащлили” Т. Ы=итувчи,1980 10. Л.Н. Глинка. Умумий химия Т.1968 11. Г.Щакимов. “Химиядан олимпиада масалаларини ечиш”.Т.1992. 12. Ёш химик энциклопедик лу\ати – Т. 1990 13. Т.Гулбоев. Таълим жараёнининг таянч билимлари. Т. Фан, 1996 14. Т.Гулбоев. Таълим жараёнида таянч билимларни ривожлантиришнинг дидактик асослари. Т. Фан, 1998 15. Т.Гулбоев. Кимё таълими назарияси ва методикаси. Навоий,2001 MUNDARIJA 1. So’z boshi-------------------------------------------------------------------------------------------3 2. Kirish-------------------------------------------------------------------------------------------------4 3. Kimyo ta’limi metodikasi fani va o’quv predmeti. Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari.---------------------------------------------------------------------------------------------5 4. Kimyo ta’limining maqsad va vazifalari----------------------------------------------------------7 5. O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuni va O’zbekiston maktablaridagi kimyo ta’limining konsepsiyasi.------------------------------------------------10 6. Hozirgi didaktik talablar asosida maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni---------13 7. Anorganik kimyo bo’yicha o’quvchilarning bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan asosiy talablar (VIII sinf misolida).-----------------------------------------------17 8. Kimyo o’qitish jarayonida o’quvchilarni tarbiyalash.------------------------------------------20 9. Kimyo o`qitish jarayonida o`quvchilarni bilim va ko’nikmalaini rivojlantirish.-----------22 10. Kimyo darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berish.-----------------------------27 11. Kimyo o`qitishning metodlari va uslublari haqida tushuncha--------------------------------30 12. Kimyo ta’limining og’zaki, ko’rgazmali, amaliy metodlari. (Monologik va diologik metodlar)-------------------------------------------------------------32 13. Kimyo o’qitish metodikasida masalalardan foydalanish usullari.---------------------------36 14. O’quvchilar bilimini nazorat qilishning nazariy asoslari.-----------------------------------38 15. Test asosida tekshirish. Komp'yuter asosida test olish uslubi---------------------------------41 16. O’quvchilar bilmini tekshirishda reyting tizimi.------------------------------------------------44 17. Kimyo ta’limining tashkiliy shakli bo’lgan –d a r s, va uning xususiyatlari.-------------46 18. Dars tiplari va tuzilishini aniqlash --------------------------------------------------------------50 19. Kimyo o`qitishning ta`minot tizimi-------------------------------------------------------------55 20. Kimyo fanida komp’yuter dasturi.--------------------------------------------------------------58 106 21. Kimyodan sinfdan tashqari ishlar. Sinfdan tashqari ishlarning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati.------------------------------------------------------------------59 22. Kimyo ta’limida dastlabki kimyoviy tushunchalarni shakllantirishning nazariy asoslari---------------------------------------------------------------62 23. Umumta`lim maktablari anorganik kimyo kursida moddaning tuzilishini o’rganish. Moddaning tuzilishining o`rganishning maqsad va ahamiyati.-------------------------------65 24. O’rta maktabda D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi, davriy tizimi hamda atom tuzilishini o’rganish.-----------------------------------68 25. Kimyo kursida kimyoviy bog’lanish moddalarning tuzilish nazariyasini o’rganish.------------------------------------------------------------------74 26. O’rta maktab kimyo kursida elektrolitik dissosiasiya nazariyasi. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi mavzusining o`rni va ahamiyati------------------------79 27. Organik moddalar tuzilish nazariyasini o`rganishning ahamiyati.----------------------------82 28. Kimyoviy ihlab chiqarish.-------------------------------------------------------------------------85 29. Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish asoslari haqidagi tushunchalarni o’rganish-----------89 30. Anorganik birikmalarning asosiy sinflari haqidagi tushunchalarni shakllantirish.------91 31. Galogenlar mavzusini o’rganishda atom tuzilishi haqidagi bilimlarni qo’llash va rivojlantirish--------------------------------------------------------------------------97 32. Xlorid kislota va uning xossalari, uning tuzlari O’zbekistonda osh tuzining olinishi.--------------------------------------------------------100 33. O’quvchilar foydalanishlari uchun qo’shimcha tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati---------------------------------------------------------------------------- 103 34. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati------------------------------------------------------------104 107 108 Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling