Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 31-ma’ruza Mavzu: Kimyoviy ihlab chiqarish. Ma’ruza rejasi
- O’rganiladigan asosiy tushunchalar
- Mavzu: Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish asoslari haqidagi tushunchalarni o’rganish. Ma’ruza rejasi
- Nazorat savollari
- 33-34-ma’ruza
Gomologlar va izomeriyalar haqida tushunchalar uch bosqichda ochib boriladi. 1. Har bir tushunchaning eng muhim belgisi va aniqligini ajratib ko`rsata bilish. 2. Gomologlar va izomerlar orasidagi bog`lanishni ko`rsata bilish. 3. Har xil sinfga oid gomologlar va izomerlarning shakllarini o`rganish; Izomer va izomerlar, gomolog va gomologlar orasidagi belgilar haqida aniq tasavvurga ega bo`lish. Izomeriyalarda mavjud: 1. Bir xil sifat tarkib. 2. Bir xil miqdoriy tarkib. 3. Har xil kimyoviy tuzilish. 4. Har xil xossa. Gomologlarda mavjud: 1. Bir xil sifat tarkib. 2. Bir xil miqdoriy tarkib. 3. O`xshash kimyoviy tuzilish. 4. Har xil fizikaviy xossa. 5. O`xshash kimyoviy xossalar. Organik kimyoda umumlashmalar Organik kimyodan olingan bilimlarni umumlashtirish mavzusi maktab kursining yakunlovchi mavzusi bo`lib hisoblanadi. Bilimlarni umumlashtirish albatta olgan bilimlarni rivojlantirish shaklida amalga oshiriladi. Umumlashtirishda A.M.Butlerov nazariyasining ikki holati amalga oshadi. 1. Atom va molekulalar aniq ketma - ketlikda, o`zlarining valentliklariga mos birikkan. 2. Moddalarning xossalari birikish ketma - ketligi va atomlarning o`zaro ta`siriga bogliq. Bu holatlar yakunlovchi umumlashmada quyidagi holatlarda o`z yechimini topadi. 1. Atom va molekulalar real mavjud bo`lib, ular tarkibsiz emas aniq va ketma - ketlikda tartib bilan joylashgan. 2. Atomlarning birikishi ular valentligiga mos holatda amalga oshadi. 3. Organik birikmalarda uglerod to`rt valentli, uning atomlari bir - biri bilan normal, tarmoqlangan va yopiq zanjir hosil qilib birikadi. 4. Moddaning xossalari sifat, miqdori, tarkibi va molekulalarning tuzilishiga bog`liq. 5. Molekulalarning kimyoviy tuzilishi, moddalarning tuzilish formulalari orqali ifodalanadi. Har bir modda bitta tuzilish formulasiga ega. 85 6. Molekulaning kimyoviy tuzilishini o`rganib boradi. Uni kimyoviy xossalarini o`rganish orqali, bir turdan boshqasiga o`tish hamda sintez mahsulotlari orqali aniqlanadi. 7. Bir xil tarkibli moddalar izomeriyalarining tuzilish formulasi har xil bo`ladi. 8. Atomlar o`zaro yaqinlashib, elektronlar buluti zichligi orqali molekula hosil qiladi. 9. Yangi molekulada atomlar turlicha xossalar namoyon qiladi. 10. Molekula turg`un bo`lmasligi mumkin ularda ichki harakat mavjud. Organik kimyo kursining nazariy asosini moddalar tuzilishining hozirgi nazariyasi tashkil etadi. Nazorat savollari 1. Organik kimyoning paydo bo’lish tarixi haqida nimalarni bilasiz? 2. A.M.Butlerovning tuzilish nazariyasi haqida ma’lumot bering. 3. Izomeriya nima? 4. Quyidagi o’zgarishlarning kimyoviy reaksiyalarining tenglamalarini tuzing. C - CH 4 - CH 3 CI - C 2 H 6 - C 2 H 5 CI 5. Fenoplastlar nima? 31-ma’ruza Mavzu: Kimyoviy ihlab chiqarish. Ma’ruza rejasi: 1. Maktabda kimyoviy ishlab chiqarishning ahamiyati 2. O’quvchilarni kimyoviy ishlab- chiqarishlar bilan tanishtirish 3. «Kimyo fanining xalq xo’jaligidagi ahamiyati» mavzusida o’rganilishi O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Maktabda kimyoviy ishlab chiqarishning ahamiyati, o’quvchilarni kimyoviy ishlab- chiqarishlar bilan tanishtirish, «Kimyo fanining xalq xo’jaligidagi ahamiyati» mavzusida o’rganilishi. Maktabda kimyoviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini o’rganish- o’quvchilarga politexnik tayyorgarlik berish vazifasini hal qilish uchun eng mugim vositalardan biridir. Kimyo ishlab chiqarishni o’rganish nazariyasi bilan amaliyotni bog’laydi, bilimlarni konkretlashtiradi, chuqurlashtiradi va puxtalaydi, yoshlarimizni maktabni tugatgandan keyin erkin ravishda kasb tanlab olishlariga va mustaqil davlatimizning aktiv ishtiroklari bo’lib, erishishlariga yordam beradi. Kimyo o’qituvchilari kimyo darslarida kimyoning amaliy turmushda qo’llanilishiga e’tiborni jalb qiladilar, o’quvchilarni eng muhim kimyoviy ishlab chiqarish bilan tanishtiradilar, mahalliy sanoatga ekskursiya o’tkazadilar, texnologik sxemalar, jadvallar, modellar, diapozitivlar, kinofilmlar va boshqa ko’rgazmali qo’llanmalardan foydalanadilar. O’quvchilarni kimyoviy ishlab- chiqarishlar bilan tanishtirish jarayonida o’qituvchi oldida bir qancha masalalar turadi: jumladan, kimyoviy ishlab chiqarishni tanlash, kimyoviy ishlab-chiqarish to’g’risidagi beriladigan bilimlar 86 me’yori, kimyoviy ishlab chiqarishlar bilan tanishtirishning metodik prinsiplari, ishlab chiqarishlarini o’rganish rejasi va boshqalar. Umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo darslarida xalq xo’jaligi jihatdan muhum ahamiyatga ega bo’lgan, o’quvchilar yaxshi tushunadigan va eng tipik, kimyoviy nazariya hamda qonuniyatlarini amaliy hayotda qo’llanishini aks ettiruvchi kimyoviy ishlab chiqarishlargina o’rganilishi lozim. O’rta maktablarning quyidagi siniflarda ishlab chiqarish mavzulari alohida o’rganib boriladi. Masalan: 8-sinfda suvni tozalash, ohak ishlab chiqarish, xlorid kislotani sentiz usulda olish, sulfat kislotasi ishlab chiqarish , (kontakt usulda ) . 9-sinfda ammiak va nitrat kislota ishlab chiqarish, azotli o’g’itlar ishlab chiqarish, superfosfat ishlab chiqarish . 10-sinfda alyuminiy ishlab chiqarish, chuyan va po’lat ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, toshko’mirni koksga aylantirish va boshqalar . 11-sinfda organik moddalarni sentiz qilib olish va boshqalar . Maktab atrofida joylashgan mahalliy ishlab chiqarishlardan o’quv dasturida nazarda tutilgan talablar me’yoridagina o’quv maqsadlari uchun foydalaniladi. Eng muhum ishlab chiqarishlar misolida o’quvchilar hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarishlari uchun umumiy, tipik bo’lgan ilmiy prinsiplar va ishlab chiqarish asboblari bilan tanishadilar. Hozigi zamon kimyoviy ishlab chiqarishlarining umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’rganilishi lozim bo’lgan umumiy ilmiy prinsiplarga quydagilar kiradi. 1. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning sifatini oshirish . 2. Issiq, almashinish. 3. Qarshi oqim; 4. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning sirkulyasiyasi; 5. Kimyoviy reaksiya tezligini va yunalishini o’zgartirish (katalizator, optimal temperatura, bosim va konsentrasiyadan foydalanish). Kimyoviy ishlab chiqarishlarni ratsional uyushtirish prinsiplariga quydagilar kiradi: 1. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi va fazalarga bo’linishi: 2. Mexanizasiya va avtomatizasiya. 3. Elektrdan foydalanish; 4. Ishlab chiqarishni kombinirlash; 5. Mehnatni muhofaza qilish; 6. Ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish metodlari; O’rta maktab kimyo kursiga kiritilgan ishlab chiqarish materiali kimyo nazariy asoslarining normal o’zlashtirilishi jarayoniga xalaqit bermasdan, aksincha, bunga yordam berishi kerak. Ishlab chqarishning ilmiy prinsiplari bilan o’quvchilarni asta-sekin va ma’lum tartibda tanishtirish zarur. O’qituvchi kimyoviy ishlab- chiqarish texnologiyasini yetarli darajada to’liq va ravshan bilmasa, o’quvchilarga beriladigan politexnik tayyorgarlik, albatta, abstrakt, yuzaki bo’lib qoladi. 87 Kimyoviy ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli chiqishi uchun o’qituvchi bilan birgalikda o’quvchi ham tayyorgalik ko’rishi kerak. Bularninig hammasi ishlab chiqarishning o’rganish rejasi asosida olib boriladi. Mustaqil taraqqiyot yo’lini bosib o’tayotgan mamlakatimizning kelajak vorislari- yosh avlodning bilim darajasini oshirishda umumiy o’rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litsiylarda o’tiladigan fanlar qatorida kimyo fanining ham munosib o’rni bor albatta. Kimyoviy bilimlar berish jarayonida o’quv dasturlarida ko’rsatilgan mavzularni turmush bilan bog’lab o’rganish, mahalliy materiallardan kengroq foydalanish, O’zbekiston zaminida mavjud bo’lgan elementlarva ularning birikmalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan boyitgan holda bayon etish- yosh avlodni milliy mafkura talablariga mos tarzda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun samarali xizmat qiladi. Bu vazifalarni amalga oshirishda, bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning «O’zbekiston buyuk kelajak sari» nomli kitobida yoritilgan ma’lumotlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Kimyo darslarida O’zbekiston zamini ega bo’lgan tabiiy boyliklar to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanishga oid misollar keltiramiz. «Kimyo fanining xalq xo’jaligidagi ahamiyati» mavzusida quyidagi ma’lumotlardan foydalanish lozim bo’ladi: “O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi. Bu hududda Mendeleev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar uchraydi. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan suvlari bor bo’lgan” istiqbolli joylar aniqlangan. Ular yuzga yaqin mineral xom-ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan oltmishdan ortig’I ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Bu xom ashyolarni qayta ishlab xalq xo’jaligi uchun zarur mahsulotlor tayyorlashda kimyo fani va sanoatining katta hissasi borligi ta’kiqlanadi. Metallarning umumiy tavsifiga oid ma’lumotlar berilganda, metallarning tabiatda tarqalishi mavzusi asosida quyidagi materiallardan foydalanish mumkin. O’zbekiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho hamda yer bag’rida kam uchraydigan metallar zahiralariga ega bo’lgan davlatlar qatoriga kiradi. Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metall konlari mavjud. Oltinning asosiy zahiralari oltin konlarining o’zida- Markaziy Qizilqumda joylashgan bo’lib, tasdiqlangan zahiralar bo’yicha Respublikamizni dunyoda to’rtinchi o’ringa olib chiqadi. Oltinni tozalash uchun O’zbekiston- Amerika qo’shma korxonasi tashkil etilgan va unda sof metall olish jarayonining zamonaviy texnologiyasi joriy etildi. O’quvchilar diqqatini O’zbekiston rangli metallar –mis, qo’rg’oshin, rux, volfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning 15 dan ortiq turi mavjud ekanligi va ularning qazib olinishi katta ahamiyatga ega. Bu rangli metallar rudalarining zahiralari asosan Olmaliq ruda maydonida joylashganligini Qalmiqqir koni noyob konlardan bo’lib, bu konning rudasini O’zbekistondagi eng yirik korxonalardan biri bo’lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta sof metallar olinayotganligini ko’rsatib o’tish lozim. 88 Ishqoriy metallarning tabiatda uchrashi o’rganilayotganda respublikamiz tosh tuzi konlariga boyligi, aniqlangan 5 ta tosh tuzi koni –Xo’jaikon, Tubakat, Borsakelmas, Boybichakon va Oqalla konlarida taxminan 90 milliard tonna xomashyo borligi, hozirgi vaqtda Borsakelmas konining tuzlaridan kimyoviy usulda soda ishlab chiqaradigan korxona Qo’ng’irotda qurilayotganligi to’g’risidagi ma’lumotlar o’quvchilarga yetkaziladi. Barpo etilayotgan soda ishlab chiqarish korxonasida tabiiy osh tuzining konsentrlangan eritmasi sovitib turgan holda ammiak bilan to’yintiriladi, so’ngra bu aralashma orqali bosim ostida karbonat angidrid o’tkaziladi. Bunda, ammiak, karbonat angidrid va suvning o’zaro ta’sirlashuvidan ammoniy gidrokarbonat hosil bo’ladi: NH 3 +CO 2 +H 2 O = NH 4 HCO 3 Ammoniy gidrokarbonat osh tuzi bilan almashinish reaksiyasiga kirishib, natriy gidrokarbonat va ammoniy xlorid hosil qiladi: NH 4 HCO 3 + NaCI = NaHCO 3 + NH 4 CI Reaksiyaning borishiga sovuq suvda qiyin eruvchan natriy gidrokarbonatning hosil bo’lishi va cho’kmaga tushishi imkon beradi, uni filtrlab ajratib olish mumkin. Ajratib olingan natriy gidrokarbonat angidridga parchalanadi: 2NaHCO 3 = Na 2 CO 3 +CO 2 +H 2 O Ajralib chiqayotgan CO 2 ni ishlab chiqarishda yana foydalaniladi. Ammoniy xlorid bor bo’lgan eritmani Ca(OH) 2 qo’shib qizdirilsa, ammiak hosil bo’ladi va uni ishlab chiqarishda qo’llash mumkin. 2NH 4 CI + Ca(OH) 2 = 2NH 3 + CaCI 2 + 2H 2 O Ammiakli usul (Solve usuli) da olingan soda tarkibida kristallizasiya suvi bo’lmaydi. Soda ishlab chiqarish uchun kerak bo’ladigan ammiak va karbonat angidridni Respublikamiz korxonalarida ishlab chiqariladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, o’quvchilarni O’zbekistonning ulkan mineral xom ashyo zahiralaridan unumli foydalanish va mamlakatimizni dunyodagi eng boy mamlakatlar qatoriga olib chiqadi, degan xulosa chiqarishga asos bo’ladi. Nazorat savollari: 1. Bu mavzuni turli sinflarda o’tkazilishining ahamiyati nimalardan iborat? 2. Kimyoviy ishlab chiqarishlarining umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’rganilishi lozim bo’lgan umumiy ilmiy prinsiplarga qaysilar kiradi? 3. Nitrat kislota, azotli o’g’itlar va superfosfat ishlab chiqarish mavzusining ahamiyatini ayting. 4. Bu mavzu bo’yicha reja konspekt yozing. 32-ma’ruza 89 Mavzu: Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish asoslari haqidagi tushunchalarni o’rganish. Ma’ruza rejasi: 1. Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish asoslari haqidagi tushunchalarni o’rganishning ahamiyati 2. Kimyo o’quv kursida qishloq xo’jaligini kimyolashtirish asoslarini o’zlashtirilishi 3. Kimyo kursida ammiakli selitra va superfosfat ishlab chiqarish mavzularining ahamiyati. O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish asoslari haqidagi tushunchalarni o’rganish, tuproqning kimyoviy tarkibi, fotosintez, mineral o’g’itlar, ularning tarkibi, ahamiyati va ularni ishlab chiqarishning kimyoyiv mohiyati. Ta’lim to’g’risidagi qarorlar mamlakatimiz qishloq xo’jaligini rivojlantirish munosabati bilan kimyo kursida dars berish jarayonida kimyo o’qituvchisi oldida muhim vazifalar turadi: a). o’quvchilarni kimyoning qishloq xo’jaligimizda tutgan roli bilan tanishtirish- ishlab chiqarishning kimyolashtirishning ilmiy asoslarini ochish; b). o’quvchilarni bu ishlab chiqarishda zarur bo’ladigan bir qator masalalar bilan qurollantirish; v). o’quvchilarni qishloq xo’jaligi mehnatiga muhabbat qo’yadigan qilib tarbiyalash kerak; Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish tuproq, ekin hayvonlarga- qishloq xo’jaligi ekinlarining zararkunandalariga, yovvoyi o’tlar va boshqalarga kimyoviy ta’sir ko’rsatish yo’li bilan ekinlar hosilini oshirish va qishloq xo’jaligi hayvonlari mahsuldorligini oshirishga qaratilgan bir butun kompleks tadbirlarni o’z ichiga oladi: O’quvchilar qishloq xo’jaligini kimyolashtirish masalalarining hammasi bilan emas, balki faqat kimyo o’quv kursiga kiritilgan o’quv dasturidan tashqariga chiqmaydigan va o’quvchilar uchun qiyinlik qilmaydigan masalalar bilan tanishtiriladi, chunki umumiy o’rta ta’lim maktabining asosiy vazifasi kimyo asoslarining o’zlashtirilishini ta’minlashdan iboratdir. Kimyo o’quv kursida qishloq xo’jaligini kimyolashtirish asoslariga quyidagilar kiradi: 1. Tuproqning kimyoviy tarkibi, tuproqqa ohak va gips solish jarayonlari va kimyoviy mohiyatlari; 2. Kimyoviy elementlar: azot, fosfor, kaliy, kislorod va vodorodning o’simliklar rivojlanishiga ta’siri. 3. Qishloq xo’jalik ekinlari uchun kerak bo’ladigan kimyoviy elementlarni tabiatda eng ko’p tarqalgan eng muhim birikmalari. 4. Qishloq xo’jalik ekinlari uchun kerak bo’lgan kislorod, azot, uglerod va boshqa elementlarning tabiatda aylanishida o’simlik va hayvonlarning roli. 5. Fotosintez, uning ahamiyati va mohiyati, uglevodlar, yog’lar va oqsillar sintezida o’simlik va hayvonlarning roli. 6. Mineral o’g’itlar (ularning tarkibi, ahamiyati va ularni ishlab chiqarishning kimyoviy mohiyati). 90 7. Qishloq xo’jalik ekinlarida bo’ladigan kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashishning eng muhim kimyoviy vositalari (ularning tarkibi, xossalari va organizmga ko’rsatadigan ta’siri) 8. Qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi va rivojlanishini tartibga soladigan kimyoviy vositalar. 9. O’simliklarda bo’ladigan kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashishning kimyoviy usullari: urug’larni dorilash, dudlash, tutun bilan qoplash va kimyoviy o’toq. 10. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash: shakar, kraxmal, gidroliz spirt, sovun ishlab chiqarish, sellyuloza, yog’lar, oqsillar va boshqalar qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashning mohiyati Kimyo o’qituvchisi o’quv materialini qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi masalalari bilan sistemali ravishda bog’lab boradi – bu ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini o’quvchilar oldida asta- sekin ocha boradi. O’quvchilarni qishloq xo’jaligini kimyolashtirish asoslari bilan umumiy sistema asosida tushuntirib boriladi. O’quvchilar tuproqning kimyoviy asoslari bilan asosan sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida tanishadilar. Darslik o’quvchilarni amaliy hayotdan ajratib qo’ymasligi kerak: u o’quvchilarni qishloq xo’jaligida keng qo’llaniladigan eng muhim moddalar bilan, shuningdek, jahonda eng mexanizasiyalashgan bizni qishloq xo’jalik ishlab chiqarishimizni yanada rivojlantirish uchun yangidan-yangi, keng perespektivalar ochib beradigan moddalar bilan tanishtirish zarur. O’quvchilar dasturda nazarda tutilgan mineral o’g’itlar bilan birin- ketin tanishib chiqadilar. Kimyo kursida ammiakli selitra ishlab chiqarish hamda superfosfat ishlab chiqarish mavzulari alohida o’tiladi. Anorganik kimyo kursida «Fosfor va uning birikmalari», «Fosforli o’g’itlar» kabi mazkur asarda ko’rsatilgan fosfarit xom ashyosi to’g’risadagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin.Chunonchi Respublikamizning fosfaritlarga boy ekanligi, mamlakatimizda zahiralari 300 million tonnaga yaqin bo’lgan fosforit konlari borligini ko’rsatib o’tish kerak. Qizilqumda fosfarit kombinati qurilib, mahsulot berayotganligi, va eng muhim fosforli o’g’itlar- ammofos va ammoniylashtirilgan superfosfat ishlab chiqaradigan juda katta korxonalar (Olmaliq mineral o’g’itlar kombinati, Samarqand kimyo zavodi) mavjudligini ta’kidlab o’tish lozim.Bu kimyo korxonalarida boyitilgan fosforit mamlakatimizda (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Samarqand kimyo zavodi, Qo’qon superfosfat zavodi) ishlab chiqariladigan sulfat kislota bilan qayta ishlanadi va undan ekstraksion usul yordamida fosfat kislota olinadi: Ca 3 (PO 4 ) 2 + 3H 2 SO 4 = 2H 3 PO 4 + 3CaSO 4 Hosil bo’lgan fosfat kislota CaSO 4 cho’kasidan ajratilib, ammiak eritmasi (ammiak Chirchiq shahridagi «Elektrokimyosanoati», Navoiy shahridagi «Navoiyazot» va Farg’ona shahridagi «Azot» ishlab chiqarish birlashmalarida sintez qilinadi) bilan ishlanib undan ammofos og’iti olinadi. 91 H 3 PO 4 + NH 4 OH = NH 4 H 2 PO 4 + H 2 O NH 4 H 2 PO 4 + NH 4 OH = (NH 4 ) 2 HPO 4 + H 2 O Ushbu o’g’itjar (NH 4 H 2 PO 4 – ammofos, (NH 4 ) 2 HPO 4 – diammofos) tarkibida o’simliklarning o’sishi va rivoshlanishi uchun zarur bo’lgan elementlardan azot (12-21%) va (53-58% P 2 O 5 holida) bo’lib, ularning keng ko’lamda qo’llanilishi evaziga dehqonchilikda katta muvaffaqiyatlarga erishiladi. Kimyo o’qituvchisining yaxshi rahbarligida qishloq xo’jaligiga oid mavzularda o’tkaziladigan mashg’ulotlar o’quvchilarga politexnik tayyorgarlik berish vazifasini hal qilish va ularning kelajakda o’zlari uchun kasb tanlab olishlariga imkon beradi. Nazorat savollari: 1. Ishlab chiqarishni tanlashda qanday prinsiplar ishlatiladi? 2. O’rta maktab kimyo kursida qishloq xo’jaligini kimyolashtirishning asosiy masalalari nimalardan iborat? 3. Respublikamizning fosfaritlarga boyligini qanday izohlaysiz? 4. Ammiakli selitra hamda superfosfat ishlab chiqarishning reaksiya tenglamalarini yozing. 33-34-ma’ruza Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling