Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rganiladigan asosiy tushunchalar
- Kimyoviy elementlarning va ular hosil qiladigan oddiy hamda murakkab moddalarning xossalari shu elementlar atom yadrolarining
Tekshiruv savollari: 1. Modda deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring. 2. Moddalarning fizikaviy va kimyoviy xossalariga misollar keltiring. 3. Moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish deganda nimani tushunasiz? 4. Moddaning tuzulish nazariyasini samarali o`rganish sharoitlarini ayting. 25 -26 - ma’ruza Mavzu: O’rta maktabda D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi, davriy tizimi hamda atom tuzilishini o’rganish. Ma’ruza rejasi: 1. Mavzuni ta`limiy aspekti 2. Mavzuning tarbiyaviy aspekti 3. Mavzuni o`rganishning metod va manbalari 4. D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi mavzusini o`rganishdagi tayanch bilimlar tizimi. O’rganiladigan asosiy tushunchalar: D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi mavzusini o`rganishdagi Tayanch bilimlarga tizimi, davrlar, qatorlar, guruhlar, metallar va metalmaslar, D.I.Mendeleev davriy qonuni va davriy sistemasi tabiatining eng muhim qonuni bo`lishi bilan birga - kimyo fanini o`rganishning eng muhim metodik asosi hamdir. Davriy qonunning kashf etilishi katta ilmiy jasorat bo`lishi bilan birga, qator eng muhim metodologik va metodik muammolarning yechimini beradi. Davriy qonun asosida kimyo fanining sistematik kursi tuzildi. Bu tizimda D.I.Mendeleevning "Kimyo asoslari" darsligida o`z ifodasini topdi. Hozirgi sharoitda barcha kimyo kursi darsliklari davriy qonun asosida tuzilgan. Umumta`lim maktabi anorganik kimyo kursining nazariy asosini D.I.Mendeleev davriy qonuni va davriy sistemasi tashkil qiladi. 69 Shu sababli anorganik kimyo kursini o`rganishni uch bosqichga bo`lamiz. Birinchi bosqich - o`quvchilarni D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasini o`rganishga tayyorlash. Ikkinchi bosqich - D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda atom tuzilishi nazariyasini o`rganish . Uchinchi bosqich - anorganik kimyo kursining sistematik kursini yoki elementlar va ular birikmalari xossalarini D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda atom tuzilishi nuqtai - nazaridan o`rganish. Davriy qonun va davriy sistema mavzusidagi tushunchalar mohiyati mazmuni o`zaro bog`langan ma`lumotlar asosida ochib beriladi. Ular, kimyoviy elementlar va moddalar xossalarining davriy o`zgarishini, elementlar atom og`irligi ortishi, elementlar atom tuzulishi bilan bog`liqligi haqidagi ma`lumotlar. Ana shu blok haqidagi ma`lumotlarning bog`lanish sabab va oqibatlarini ochib berish. Oldingi va keyingi blok ma`lumotlar mavzuning o`rganishning bosh ta`limy vazifasi bo`lib hisoblanadi. Umumta`lim maktabi kimyo dasturida mavzu mazmuni tarixiy - logik asosda tuzilgan. Avvalo D.I.Mendeleevning elementlar va ular xossalarining atom massasiga bog`liqligini ochib bergani bayon etilsa, keyin esa ularning sabablari elementlar atomlarining tuzilishi asosida tushuntirilgan. Bu usulda yo`l tutish avvalo - o`quvchilarning tatqiqot faoliyatini rag`barlantirsa ularni o`quv jarayonida faollashtirsa, ikkinchidan tarbiyaviy aspektni kuchaytirib, D.I.Mendeleevning ilmiy jasoratini yechib beradi. Mustahkam ko`nikmalar hosil qilish uchun o`quvchi mustaqil ish jarayonida mashqlar bajaradi. Mavzu mazmuni o`quvchilarni bashorat qilishga o`rgatadi. Davriy qonun va davriy sistema, atom tuzilishi va nazariyasi asosida elementlar va ular birikmalari xossalarini deduktiv metod orqali bashorat qilishi malakalariga ega bo`ladi. Mavzuning tarbiyaviy aspekti. D.I.Mendeleevning davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemasi mavzusini o`rganish orqali o`quvchilar fan va ishlab chiqarishning rivojlanishi, miqdor o`zgarishlarning sifat o`zgarishiga o`tishi, elementlar atomlari ichki tuzilishi, kimyoviy o`zgarishlarning ichki sabablarini tushinib yetadilar. Bu tushunchalarning mohiyati dialektik - materialistik dunyoqarash shakllanishiga olib keladi. D.I.Mendeleevning ijodiy faoliyatini o`rganish orqali o’quvchilarda mehnat qilish, vatanparvarlik milliy g`ururi kabi hislatlari qaror topadi. Mavzuning rivojlantiruvchi funksiyasi: O`quvchilarda elementlar xossalarining o`ziga xosligini ajrata bilish. Oddiy va murakkab moddalarning kimyoviy xossalarini davriy qonun, atom tuzilishi, davriy sistemasi asosida xarakterlash va bashorat qilish, kimyoviy bog`lanishlar turi orqali ularni tavsiflash kabi ko`nikma malakalarni rivojlantirish, mavzuni o`rganishda tayanch bilimlarni tadbiq qilish orqali o`quvchilarda fikrlash, tafakkur qirralari rivojlanadi. Bu mavzu o`quvchilarda muammoli vaziyat vujudga keltirish, uning yechilishini mavzu mohiyati orqali ochib berishni rivojlantiradi. 70 Mavzuni o`rganishning metod va manbalari. Davriy qonunni o`rganishda muammoli ta`lim, muammoli metod qo`llanadi. Mavzuning rivojlantiruvchi funksiyasini amalga oshirish uchun muammoli metod dominantlik vazifasini bajarish kerak. Birinchi davrda bunday sabab uchun elementlarni metall va nometallga ajratish asosiy manba bo`lib, xizmat qiladi. Muammoli vaziyatlarni keltirish uchun elementlar va ular birikmalari xossalarining davriy ravishda takrorlanishi ikkinchi manba bo`ladi. Davriy sistemada elementlar gruppalari ichida podgruppalar hosil bo`lishi uchinchi holatda muammolar yaratishga sabab bo`ladi. Muammoli vaziyatlar hosil qilishning to`rtinchi bosqichi davriylik nazariyasini rivojlanishi perespektivi orqali amalga oshadi. Muammoli vaziyatlar atomlarning elektron tuzilishi va xossalari ularning o`zaro bog`liqligini aniqlashda o`quvchilarga beriladigan mustaqil ishlardan namoyon bo`ladi. Yana muammolarni har bir element haqida yozilgan ma`lumotli varaqalar, ularni joylashtirish sabablarini ochib berishi bo`yicha beriladigan topshiriqlar orqali amalga oshirish mumkin. Mavzuni o`rganishda nazariy umumlashtirishlar chiqarish, eksperiment diafilm D.I.Mendeleevning davriy qonuni degan kino filmlarni ko`rsatish orqali o’quvchilar bilimini oshiradi. D.I.Mendeelevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi hamda atomning tuzilishi mavzusi o`rta maktab noorganik kimyo kursining ilmiy asosini tashkil etadi. Bu mavzular darslarda o`quvchilar kimyoviy elementlar o`zaro davriy qonunda tasvirlanganidek, bog`liqligini, hamda elementlar xossalarining, ularning birikmalar xossalari atom tuzilishidan davriy sistemaga joylashgan o`rniga muvofiq ekanligini o`rganadilar. O`quvchilardan davriy qonun va atom tuzilishi nazariyasi asosida elementlar ularning birikmalari xossalarini oldindan ayta olishlik malakalari rivojlantiriladi. O`quvchilar davriy qonun va atomlar tuzilishi haqidagi bilimlar asosida keyingi o`rganiladigan kimyoviy elementlar guruhlari xossalarini, tuzilishlarini oldindan ayta biladilar va shu asosida elementlar hamda ularning birikmalari haqida umumiy xulosalar chiqara oladilar. D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi umumlashtiruvchi xarakterga ega. Uni o`rganishda quyidagi Tayanch bilimlarga katta e`tibor beriladi. 1. Kimyoviy element haqida tushuncha. Kimyoviy elementning nisbiy atom massasi, uning valentligi. 2. Oddiy va murakkab modda haqida tushuncha. 3. Kimyoviy elementning kislorodli birikmalari va uning valentligi haqida tushuncha. 4. Kimyoviy elementning vodorodli birikmalari va uning valentligi haqida tushuncha. 5. Metallar va nometallar xossalari haqidagi bilimlarni umumlashtirish. 6. Oksidlar haqida tushuncha (Asosli va kislotali). 7. Gidroksidlar haqida tushuncha. 71 8. Metallar, asosli oksidlar, asoslar, nometallar, kislotali oksidlar, kislotalar orasidagi genetik bog`lanish haqida tushunchalar. Metallar - a). qattiq (simobdan tashqari); b). metal yaltirog`i bor; v). issiqlik va elektr tokini yaxshi o`tkazadi; g). bolg`alanadi. Metallmaslar - a). qattiq, (brom suyuq), gazsimon; b). metall yaltirog`i yo`q; v). izolyatorlar; g). mo’rt. Amfoter elementlar - (grekcha "amfoteros" - "ikkalasi" degan so`zidan ikki xil birikma namoyon qiladigan kimyoviy elementlar rux, berilliy, alyuminiy, xrom, qo`rg`oshin). Bu elementlar tarkibiga kirgan oksidlar, gidroksidlar ikki xil xossaga, ya`ni kislotali va asosli xossalarga ega. Amfoter oksid, gidroksidlarga muofiq keladigan kimyoviy elementlardir. Ularni xossalari jihatidan tipik metallarga ham tipik metalmaslarga ham kiritib bo`lmaydi. Davriy qonun - (D.I.Mendeleevning ta`rifi) - oddiy jismlarning xossalari, shuningdek elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar atom og`irliklarining qiymatiga davriy ravishda bog`liq bo`ladi. Hatto atom tuzilishi haqidagi kashfiyot asosida davriy qonun quyidagicha ta`riflanadi: Kimyoviy elementlarning va ular hosil qiladigan oddiy hamda murakkab moddalarning xossalari shu elementlar atom yadrolarining zaryadlari qiymati bilan davriy bog`lanishda bo`ladi. Davrlar - elementlarning xossalari asta - sekin o`zgarib boradigan gorizantal elementlar qatorlarini (masalan, letiydan neongacha) D.I.Mendeleev davrlar deb atagan . Davriylarda 1,2,3 - davrlar kichik davrlar. Keyingi davrlar katta davrlar 4 va 5 darvlarda o`n sakkiztadan, 6 - davrda o`ttiz ikkita element bor. 7 - davr (tuganlanmagan) davrdir. Hozirgi kunga qadar kimyoviy elementlarning 112 ta soni ma`lum Shuning uchun ham o`quvchilarga tavsif qilinishlar haqida ma`lumot berish foydalidir. O`quvchilarga kimyoviy elementlarni tavsif qilish zarurati, bu yo`ldagi dastlabki urinishlar dastlabki elemetlarni metallar va metallmaslarga bo`lishdagi xatoliklar haqidagi tushuncha berish shuningdek amfoter xossaga ega bo`lgan moddalar bilan tanishtirish ularda kimyo fani uning tarixi haqidagi tasavvurlarning boyishiga olib keladi. O`quvchilardagi tayanch bilimlar asosida metallar va metallmaslar xossalaridagi farqni payqash ularning birikmalari formulalarini yoza bilish malakalari shakllantiriladi. Darsning boshlanishida o`qituvchi diqqatini quyidagilarga qaratadi: a) dastlab D.I.Mendeleev shunday degan, (kimyodagi nazariy ma`lumotlarga qaraganda butun quruqlik elementlaridan tashkil topgan. Ularning asosiy o`xshash va farq qiluvchi xossalarini aniqlash lozim, keyin shu xossalar asosida ular hosil qilishi lozim bo`lgan moddalarning xossalarini ayta bilish mumkin. Bu kimyoviy elementlarning asosiy sifatlarini o`rganishga bosh yo`ldir. O`tgan asrning 70 - yillariga kelib 60 dan ortiq kimyoviy elementlar ma`lum edi. Boshqa fanlardagi kabi kimyoda ham ma`lumotlar yig`ila boshladi. Elementlar metallar va metallmaslarga bo`lingan. Bu o`rinda o`qituvchi tipik metallar va tipik metallmaslar o’rtasidagi farqlarni so`raydi va unga aniqlik kiritadi. 72 Tipik metallar oksidi suv bilan birikib asos hosil qiladi. Masalan, oltingurgut oksidi suv bilan birikib kislota hosil qiladi. O`qituvchi ikki xil xossaga ega bo`lgan moddalar ham borligi haqida tushuncha beradi. Ularniing gidroksid kuchli kislotalar bilan birikkanda asos bo`lib reaksiyaga kirishadi. Masalan, kalsiy gidrokidi Amfoter gidroksidlar kuchli asos bilan birikkanda kislota vazifasini bajaradi. Keyin, o`qituvchi sxema asosida metallar va metallmaslarning xossalarini yuqorida keltirilgan asoslar bo`yicha chog`ishtirib chiqadi. Keyin amfoterlik hodisasini tushuntirib, xossalarni qiyoslab, ularni tipik metallar yoki tipik metallmaslarga kirib bo`lmaydi degan xulosaga keladi. O`xshash elementlar guruhlari haqida tushuncha berishda: a) o`quvchilarni kimyoviy elementlarning tabiiy oilasi bilan ularning kimyoviy xossalarini inert gazlar va ishqoriy metallar misolida tanishtiriladi. Ishqoriy metallar tipik metallarning tabiiy oilasi sifatida ularning atom massalari ortishi bilan kimyoviy va fizikaviy xossalaridagi o`xshashliklarning o`zgarib borishi ko`rsatiladi. Shu o’rinda bu hodisa falsafaning eng muhim qonunlaridan birining to`g`riligini yaqqol isbotlashi xususida ham ma`lumot berilsa, o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashning oshishiga turtki bo`ladi. O`tgan darsda o`quvchilar egallagan bilimlar haqida, o`qituvchi hozirgi mavzu mazmunini bayon etishda qo`shimcha ravishda nimalarga e`tibor berishni belgilab oladi. Keyin xlor vodorod bilan birikib, vodorod xlorid birikmasini hosil qilishi, shunga o`xshash ftor, brom, yod ham vodorod bilan bir valentli birikmalar hosil qilishi jadval yordamida batafsil tushuntiriladi. Jadvalda litiy, berilliy, bor, uglirod, azot, kislorod, ftor, nion, ikkinchi qatorda natriy, magniy, alyuminiy, kremniy, fosfor, oltingugurt, xlor, argon elementlarining yuqori kislorodli birikmalari valentligi, yuqori vodorodli birikmalaridagi valentligi, yuqori oksidlari formulasi, asoslari, vodorod bilan hosil qilgan birikmalari tushuntiriladi. D.I.Mendeleev davriy qonuni darsida: a) o`quvchilarning davriy qonunining kashf etilishi tarixi va mazmuni bilan tanishtirish. Davriy qonunga elementlar atom massalari bilan kimyoviy xossalri uzviyligi asos qilib olinganligini aniq dalillar misolida ochib berish. Davriy qonun va davirlar haqida ma`lumot berish, o`quvchilardan ishonchli tushunchalar hosil qilish. b), v) o`quvchilarda elementlar va ularning birikmalari ma`lum tizimga kiritib o`rganish mumkinligi haqidagi bilimini rivojlantirish. O`qituvchi darsni suhbatdan boshlaydi. Nima sababdan elementlarni sistemaga solish yo`llaridagi oldingi harakatlar muvaffaqiyatsiz chiqdi? Bir oila elementlari xossalarining o`zgarishidan qanday umumiy qonuniyat mavjud? O`qituvchi o`quvchilar diqqatini quyidagilarga qaratadi: a). davriy qonun kashf etilishi arafasida 63 ta element ma`lum edi; b). elementlar atom massalari aniqlanishi ustida fikr yuritiladi; v). o`quvchilarga o`zlari tayyorlab kelgan kartochkalarni partada elementlarning atom og`irliklari ortib borishi tartibida quyib chiqish topshiriqlari va jadvallardan foydalanib quyidagilarni tushuntiradi: 1). Litiydan ftorgacha bo`lgan qatorda atom og`irliklari ortib borishi bilan elementlarda metallik xossasi zaiflashib, metallmaslik xossasi kuchayib boradi. Ftordan keyin inert gaz keladi va kimyoviy xossalarda katta sakrash ro`y beradi. 73 2). Atom og`irliklari ortib borishi tartibida litiydan uglerodgacha kislorodli birikmalardagi valentlik 4 dan 1gacha kamayib boradi. 3). Natriy elementidan boshlab, elementlar xossalarini takrorlaydi masalan, litiy xuddi natriy elementiga o`xshash kuchli metallik xossasini namoyon qiladi. Magniy - berilliy, alyumeniy - borga, kremniy - uglerodga, fosfor - mishyakka va hokazolar tarzida tushuntiriladi. 4). Kaliy (tartib raqami-19) tipik ishqoriy xossalaridan tipik metallmaslik xossali galogen yo`nalishida xossalar asta - sekin o`zgara boshlaydi. Bu qatorda 18 ta element joylashgan. 5). D.I.Mendeleev elementlarni atom massasi ortib borishi tartibida joylashtirib, ularning xossalarida davriy o`zgarishni kuzatdi. Bu qonuniyat 1869 yilda DAVRIY QONUN sifatida ta`riflaydi, ya`ni oddiy moddalarning xossalari: shuningdek, element birikmalarining shakl va xossalari elementlarning atom og`irliklariga davriy ravishda bog`liqdir; 6). Shunday qilib, litiydan neongacha va natriydan argongacha atom og`irliklari ortib borishi bilan ularning xossalari bir xilda o`zgarib boradi, ya`ni a). metallik xossalari zaiflashadi; b). oksidlaridagi yuqori valentligi ortadi; v). metallmaslik xossalari kuchayib boradi; g). vodorod bilan hosil qilgan valentligi kamayib boradi; 7). elementlar atom og`iriliklarning ortib borishi bilan ularning kimyoviy xossalari davriy ravishda o`zgaradi yoki muayyan elementlardan keyin navbatdagi elementlarning xossalari asosan takrorlanadi. D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi mavzusini o`tishda, a). O`quvchilar davriy sistema kimyoviy elementlarning tabiat qonuniga asoslangan tizimi, davriy sistema kimyoviy elementlar davriy qonunining jadval shaklidagi ifodasi ekanligini bilib olishga doir, asosiy guruh va qo`shimcha guruh haqida tushunchalarga ega bo`lishi lozim; b). Davriy sistema asosida o`quvchilar elementlar va ularning birikmalari xossalarining bashorat qilish malakalarini shakllantiradi; v). O`quvchilarda kimyoviy elementlar davriy sistemasida har bir element va ularning birikmalari xossalari haqida xususiy xulosalar chiqara bilish qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda falsafiy umumlashmalar hosil qilish, malakalarini hosil qilish kerak. Yangi materiallarni o`qituvchi quyidagi reja asosida tushuntiradi: 1). Atom og`iriliklari ortib borishi tartibida elementlarning grafik tasviri sistemasi va uning qo`llay bilishi uchun qisqa shaklga keltirish. 2). D.I.Mendeleev "Davr" deb ishqoriy metalldan boshlanib, inert gaz bilan tugaydigan elementlar qatorini ataganligi haqida tushuncha berish, jumladan katta va kichik davrlar haqida hamda har bir davrda joylashgan elementlar va ularning soni haqida tushuncha berish. 3). Davriy sistemadagi gorizantal va vertikal qatorlar haqida so`zlash: 4). Davriy sistemadagi asosiy guruhlar, qo`shimcha guruhlarni izohlash; 5). Bir guruhga kiruvchi elementlarning kislorod birikmalaridagi yuqori valentlik guruh raqamiga to`g`ri kelishi, asosiy guruhlarda nisbiy atom og`irligini 74 ortishi bilan yuqoridan pastga metallik xossasi kuchayib, metalmaslik xossasi zaiflashib borishini tushuntirish. D.I.Mendeleevning ilmiy jasorati misolida o`quvchilarda fan, texnika, kasbga bo`lgan muhabbatni tarbiyalash, bilimga intilishni shakllantirish va rivojlantirish bilan bog`liq pedagogik maqsadni amalga oshirish uchun mashg`ulot seminar shaklida o`tkaziladi. Seminar rejasi: 1. Kimyoviy elementlarni tavsiflash bo`yicha dastlabki urinishlar. 2. D.I.Mendeleevni elementlarni tavsif qilishda tayangan asoslar. 3. Davriy qonunga D.I.Mendeleev bergan ta`rif va atom tuzilish nazariyasi asosida yaratilgan ta`rif hamda ularning mohiyati birligi. 4. D.I.Mendeleev elementlar davriy sistemasi. 6. Hali kashf qilinmagan kimyoviy elementlar borligini D.I.Mendeleev nimaga asoslanib bashorat qiladi va xossalarni ta`riflaydi? 7. Davriy sistema va atom tuzilish uzviyligi. D.I.Mendeleev ayrim elementlari massasini to`g`ri hisoblaganligi. 8. Davriy qonunning hozirgi atom tuzilishi nazariyasini yaratishdagi ahamiyati. 9. D.I.Mendeleev ilmiy bashoratini keyingi rivojlanishi. 10. Davriy qonunning kimyoviy taraqqiyotidagi roli. O`qituvchi mazkur rejaga o`z imkoniyatlarini hisobga olib o`zgartirishlar kiritishi mumkin. D.I.Mendeleevning hayotiga bag`ishlangan darsda: a). o`quvchilar D.I.Mendeleev hayoti va ilmiy amaliy faoliyati bilan tanishtirish: b). o`quvchilar adabiyotlardan foydalanib mustaqqil tarzda ma`ruza tayyorlash so`zga chiqish malaka hosil qilish o`quvchilarni mustaqil faoliyat ko`rsatishi, ruhida tarbiyalaydi. Nazorat savollari: 1. D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi mavzusini o`rganishdagi Tayanch bilimlarga tizimi deganda ninmani tushinasiz? 2. Maktablarda, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida "Davriy qonun va davriy sistema " mavzusi mohiyatini uslubiy tahlilini qiling. 3. Bu mavzuni o’rganish uchun nimani qaytarish zarur. 4. Bu mavzu bo’yicha tematik reja tuzing. 5. Bu mavzu bo’yicha reja konspekt yozing. 27-ma’ruza Mavzu: Kimyo kursida kimyoviy bog’lanish moddalarning tuzilish nazariyasini o’rganish. Ma’ruza rejasi: 1. Kimyoviy bog’lanishning asosiy tavsiflari 2. Kovalent bog’lanish. Qutbli va qutbsiz kovalent bog’lanishlar 3. Molekulalararo ta’sir kuchlari 4. Ion va metall bog’lanish 75 O’rganiladigan asosiy tushuncha va qoidalar: Kimyoviy bog’lanish, bog’lanish energiyasi, kovalent bog’lanish, qutbli va qutbsiz kovalent bog’lanish, molekulalararo ta’sir kuchlari, ion va metall bog’lanish, vodorod bog’lanish. Bu mavzular bir necha darslar mobaynida kichik mavzularga bo’lib o’rganiladi. “Kimyoviy elementlarda elektrmanfiylik” mavzusida: a). Kimyoviy elementlarda elektrmanfiylik hodisasining kuchliligi, elektron berish, nometallik xossasining kuchliligi elektron qabul qilish bilan bog’liqligini misollar yordamida o’quvchilarga singdirish; b). O’quvchilarning metall va metalmas elementlar va ularning xossalari haqidagi bilimlari tushunchalarini rivojlantirish. O’qituvchi yangi materialni bayon etish haqida tuzilgan rejaga ko’ra darsda quyidagilar to’g’risida batafsil ma`lumot beradi: Kimyoviy bog’lanish xarakteri, element tabiatiga, ularning tuzilishi va xossalariga bog’liq. Kimyoviy bog’lanish xususiyatlarining atomlarini elektrmanfiylik deb ataluvchi xossasi belgilaydi. Metallik xossalari o’ziga elektronlarni tez biriktirib oluvchi elementlar atomida metallmaslik xossalari erkin namoyon bo’ladi. Xususan, a). Elementlar davriy sistemasida davrning boshida joylashgan elementlar atomi valent elektronlarini oson chiqaradi, Demak, ularda metallik xossasi yaqqol namoyon bo’ladi; b). Davrning o’rtasida joylashgan elementlar atomlari valent elektronlarini qiyinchilik bilan beradi, demak, ularning oksid va gidroksidlari amfoter xossasiga ega. v). Davrning oxirida joylashgan elementlar atomlari elektronlarni tez qabul qilib oladi, demak, bu elementlarda metallmaslik xossasi kuchli namoyon bo’ladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling