Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana19.10.2020
Hajmi1.07 Mb.
#134613
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)


Nazorat  savollari 
1. 
Maktablarda, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida " Kimyo fanida 
komp’yuter dasturi " mavzusi mohiyatini uslubiy  tahlilini  qiling. 
2. 
Bu mavzuni o’rganish  uchun nimani  qaytarish zarur. 
3. 
Bu mavzu bo’yicha tematik reja tuzing. 
4. 
Bu mavzu  bo’yicha reja konspekt  yozing. 
5. 
 Bu mavzuda bilimni tekshirishning qaysi nazorat turini taklif qilasiz? 
6. 
 Bu  mavzu bo’yicha laboratoriya ishlari uchun vazifalar tayyorlang. 
 
 
22 - ma’ruza 
Mavzu: Kimyodan sinfdan tashqari ishlar. Sinfdan tashqari ishlarning ta’lim 
va tarbiyaviy ahamiyati   
 
Ma’ruza rejasi: 
1.  Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning tashkiliy shakllari 
2.  Maktabda o’tkaziladigan kimyo kechalari, mavzuli anjumanlar 
3.  O’quvchilarning fan olimpiadalari 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:    Kimyodan  sinfdan  tashqari 
ishlarning tashkiliy shakllari, maktabda o’tkaziladigan kimyo kechalari, mavzuli 
anjumanlar,  o’quvchilarning  fan olimpiadalari 
 

 
60 
 
Sinfdan  tashqari  mashg’ulotlar  talabalabalar  ehtiyojidan  va ijodiy ishga  
bo’lgan    tabiiy    intilishidan  kelib    chiqadi,  sinfda    o’tkaziladigan  dastur  
materialining  kamini  to’ldirishga  emas,  balki  uni  yanada  chuqurlashtirishga  
qaratilgan  bo’ladi. Bunda,  o’qituvchilarning   mustaqil   ish metodlariga tayanish  
ham    kerak.  Sinfdan  tashqari  ishlarga-  fakultativ  mashg’ulotlar,  ijodiy  kechalar, 
to’garaklar, mustaqil ilmiy izlanish, kurs ishi, diplom ishi, referat, olimpiyadada, 
ko’rik  -tanlovlarda  qatnashish;  ilmiy  konferensiyada  qatnashish;  pedagogik 
amaliyot,  kitobxonlar  uyushmasi,  bayramlar,  mustaqillik  bayrami,  konsitutsiya 
kuni,  har  –xil  mavzudagi  qiziqarli  kechalar;  talabalarning  sevimli  mashgulotlari  
ustida estafetalar shular jumlasidandir.  
 
Ta’lim  metodlarini  qo’llashni  quydagicha  ko’rsatish  mumkun;  talabalarda 
tashkilotchilik,  boshqaruvchilik,  mustaqil  ilmiy  izlanish,  o’z  fikrini  himoya  qila 
olish,  bahs  yuritish  ko’nikmalarini  shakillantirishda  guruhlar  tashkil  etib  ijodiy 
topshiriqlar berish, guruhlararo bahs yuritish, aqliy hujum metodi, ebristik metod, 
klaster  metodi  kabilardan  foydalaniladi.  Talabalarda  ijrochilik,  boshqaruvchilik 
ular  bilimlarini  sinab  ko’rishda  ma’ruza  bilan  chiqish,    muammo  qo’yish, 
muammoli ma’ruza qilish ham yaxshi natija beradi. Talabalarda malaka oshirish, 
kasbiy    qobilyatlarini  rivojlantirish  uchun    rollar  ijro  etish  orqali  erishish  
mumkun. 
Ularni  yangi  g’oya  yechimini  yaratish,  ularni  shaxsiy  tajribaga  yoki 
vaziyatga  bog’lash,  bahsli    g’oyalarni ma’qullashga o’rgatish uchun esa  guruhli 
bahslar, ma’lum bir hoiatlar tahlili, savol –javoblar, so’rovnomalardan foydalanish 
maqsadga muvofiq. 
 
Bu  boradagi  qiziqish  quydagi  pedagogik  talablarga  amal  qilinganda 
samarali natijalar beradi; ta’lim jarayonining puxta loyihalanganligi; maqsadlaring 
aniqligi;  talabalarni  birlashtira  olish,  vazifani  to’g’ri  bilib  berish,  ishni  to’g’ri  
rivojlantirish;  didaktiv  talablar,  o’quv  materialini  saralash  va  tayyorlash, 
ko’rgazmali qurollar, jihozlar, o’quv materiallarini aniq ishonarli, tarzda yetkazib 
berish,  perispektiv  talablar:  talabalar  ma’naviy  dunyosiga  kira  olish,  ularning 
emotsional  holatlarini  ob’ektiv  kuzata  olish,  tadqiqotchilik  qobiliyati.  Pedagogik 
holatlarini 
aniqlash  va  ob’ektiv  baholay  olish:  yuksak  pedagogik 
texnologiyalaridan foydalana olish va h.z.   
   
Sinfdan  tashqari   mashg’ulotlarning 3 shakli: guruh  bo’lib  ishlash,   yalpi  
ishlash  va  yakkama-yakka bo’lib   ishlash    shakllaridan  foydalanish.   
 
Guruh      bo’lib    ishlash    shakli    kimyo  to’garagi,    o’rta    maktabda   
o’tkaziladigan   sinfdan   tashqari  mashg’ulotning  asosiy  shaklidir.  Faqat   bir  
sinf  o’quvchilaridan  iborat  to’garak  eng  samarali  ishlaydi.   Yalpi  mashg’ulot: 
kino   ko’rsatish ,  kimyo  kechasi ,  kimyoviy ekskursiyalar ,  ijodiy  konferensiya 
,  olimpiada va  hokazo.  
 
Yakkama-yakka  ayrim  bolalar  uchun olib   boriladi. 
 
 
 
Sinfdan   tashqari  kimyodan ishlashning shakl  va  turlari 
 

 
61 
 
Sinfdan  tashqari  kimyodan ishlash 
shakllari 
Sinfdan tashqari ishlarning turlari. 
 
Yakka 
Adabiyot bilan ishlash, ma’ruzalar, 
referatlar  yozish,  kichik  ilmiy 
izlanish, 
kimyo 
kabinetini 
jihozlash; 
Guruh 
Kimyoviy 
to’garak, 
devoriy 
ro’znomalar  chiqarish,  stendlar 
tayyorlash. 
Umumiy 
Kimyoviy 
kecha, 
olimpiada, 
kimyoviy haftalik, viktorina, kimyo 
soati,  konferensiya,  ekskursiya, 
kimyoviy jamiyat. 
 
O’quvchilar  ekskursiyalarga  juda  qiziqadilar.  Ma’lumki,  o’quvchilarni 
maktab matbuoti bilan tarbiyalash  DTM larning muhim yo’nalishidir. U maktab 
gazetalari  mazmuni    va  o’quvchilarni  gazeta    chiqarish  jarayonida    muharrir, 
redkollegiya  sifatida faol qatnashish  ta’siri ostida amalga oshiriladi.  O’quvchilar 
a  mustaqil  gazeta  chiqarishlari    uchun, ularni mavzu va grafik  redaktorlari bilan  
ishlashga o’rgatish kerak. 
Kecha  va  konkurslar    o’quvchilar    uchun  muhim  ahamiyatga  ega.      Ular 
o’quvchilarni    ishlashga    bo’lgan  qiziqishlarini  yanada      shakllantiradi.  Kecha 
dasturi turli  bo’lishi,  hamda  fan bilan  bog’liq  bo’lishi kerak. 
O’quvchilarda    har  xil  konkurslarga  qiziqish    uyg’otadi.  Kimyo  fani  
bo’yicha  konkurs  sifatida  "Nima?  Qayerda?  Qachon?",  "Mo’jizalar  maydoni" 
o’yini musobaqasi" konkurslarini taklif etish mumkin. 
 Kimyo  fani  bo’yicha  olimpiada  boshqa  fanlar  kabi    faqat  darslardan 
tashqari      tadbirlar  butun  kompleksning    oxirgi  etapi  bo’lsa,    uning  foydasi  bor. 
Agar  olimpiada  o’tilgan  mavzularini  qaytarmasa,  ular  o’quvchilarni 
qiziqtirolmaydi.  Olimpiada  butun  yil  yakuni  bo’lib  qolmay  o’tilganlarni 
rivojlantirishga    yaxshi  imkoniyat    yaratadi.    O’z  oldiga  kimyo  fani    bo’yicha 
olimpiadaga  qatnashish  maqsadini  qo’yib,  o’quvchi  kimyo  fani    bo’yicha 
olimpiada masalalarini  yechishga to’garakka  katta xoxish bilan boradi. 
Olimpiadaning 
tarbiyaviy 
vazifalari 
 
ham 
bor: 
uyushqoqlikka, 
intizomlilikka,  irodani  muvstahkamlashga  va  alohida  o’quv  jarayonida    o’zini 
tekshirishga o’rgatadi. 
Kimyo fani bo’yicha olimpiada paydo bo’lgandan beri  2 turda o’tkaziladi.: 
nazariy va amaliy. Nazariy va hisobli masalalarni yechadilar. Birinchi turning eng 
yaxshi  qatnashchilari,  masala  yechganlari,  natija  oladilar.  Amaliy  turda 
o’quvchilardan  anorganik,  analitik  va  organik    kimyo  fanlaridan  tajriba 
o’tkazishadi. 
 
Nazorat  savollari 
1.      Kimyo fani bo’yicha sinfdan tashqari  ishning funksiya  va vazifalari 
qanday? 

 
62 
 
2.      Kimyo  fani  bo’yicha  sinfdan  tashqari  ishlarni    tashkillashtirish  prinsiplari 
qanday?  Misol  keltiring. 
3.          Kimyo  fani  bo’yicha  sinfdan  tashqari  ishlarning  sizga  qanday  shakllari 
ma’lum. Ularni  ta’riflang. 
4.     Qanday qilib kimyo fani bo’yicha olimpiadalar tashkillashtirish mumkin. 
5.     Sinfdan tashqari ishlarning   biridagi  dasturini  misol bilan keltiring. 
 
 
23-ma’ruza 
Mavzu: Kimyo ta’limida  dastlabki kimyoviy tushunchalarni 
shakllantirishning nazariy asoslari     
        
Ma’ruza rejasi: 
1. Kimyo ta`limini eng muhim uch funksiya asosida o`rganish. 
2. Kimyo kursida atom - molekulyar ta`limotini o`rganish. 
3. Mavzu mazmunining tahlili 
4. Dastlabki  kimyoviy tushunchalarning mazmuni  
5. Mavzuning o’rganishning metod va manbalari 
 
 
Kimyo o`qitish nazariyasi va metodikasida maktab kimyo kursi mazmunini  
uchta    funksiya:    ta`limiy,  tarbiyaviy,  rivojlantiruvchi  holatlarda  o`rganish  eng 
muhim bosh masala bo`lib  hisoblanadi. Maktab kimyo kursi shunday tuzulganki, 
uning har bir bosqichining   o`z nazariy konsepsiyasi mavjud. 
 
Bu  konsepsiyaning  bosh  vazifasi:  eng  muhim  kimyoviy  tushunchalar, 
element  haqidagi  bilimlar,  modda,  kimyoviy  reaksiyalari,  kimyoviy  ishlab 
chiqarish,  o`quvchilarni  element  xossalarini  bashorat  qilishiga  o`rgatish  kabi 
bilimlarni shakllantirish, boyitish, nazariy jihatdan rivojlantirishdan iborat. 
 
Kimyo o`qitishning aniq masalalarini ko`rib chiqishda quyidagicha ketma  - 
ketlikka  asoslanamiz.  Avvalo  har  bir  nazariy  konsepsiyani  o`rganishning 
metodikasini  ko`rib  chiqamiz. 
 
Keyin,  eng  muhim  kimyoviy  tushunchalarni  shakllantirish,  rivojlantirish, 
faoliyatga  tadbiq  etish,  ular  orasidagi  nazariy    bog`lanishlar  tizimiga  kiritishdan 
iborat.  
 Maktab  kimyo  kursida  atom  -  molekulyar  ta`limot,  dastlabki  kimyoviy 
tushunchalar mavzusida o`rganiladi. 
 
Maktab  kimyo  kursining    boshlang`ich  tushunchalari,    kirish  qismi  aynan 
shu  mavzu  bilan  boshlanadi.  Bu  mavzudagi  tushuncha  qoida,  qonun,  nazariya 
faktlari - tayanch bilimlar deb atalib kimyo  kursining kelgusi boshqichlarida shu 
belgilarga asoslanadi. Dastlabki kimyoviy tushunchalar  mavzusini o`rganishning 
maqsadlari quyidagilar: 
 
Ta`limiy  maqsad:    Modda  haqida,  kimyoviy  elementlar,  kimyoviy 
reaksiyalar  haqidagi  tushunchalarni  shakllantirish.  Atom  -  molekulyar 
ta`limotining  asosiy  qoidalarini  ongli  holatda  egallash.  Tarkibining  doimiyligi 
qonuni,    modda  massasining  saqlanish  qonuni,    mohiyatini  o`rganish  va  ularni 
qo`llashga erishish;  

 
63 
 
Oddiy  kimyoviy  asbob-  uskunalar  va  tajribalarni    amalga  oshirish  kimyoviy 
tajribalarni bajarishda  texnika xavfsizligi qoidalariga  amal qilishni o`rganish. 
 
Tarbiyaviy  maqsad:  Fizika,  biologiya,  tabiatshunoslik  kabi  fanlar  bilan 
aloqadorlikni ta`minlash orqali dialektik - materialistik ishonchini shakllantirish; atom 
molekulalarning  realligi va olamning materiyadan jihatidan birligini shakllantirish; 
Ilmiy  kashfiyotlarning  ochilishi  qiyinligini  ko`rsatish  bilan    mehnatsevarlikni 
tarbiyalash,  O`zbekiston  kimyogar  olimlari  kashfiyotlari  orqali  vatanparvarlik 
tarbiyasini berish. Kimyo  faniga qiziqishni shakllantirish. 
 
Rivojlantiruvchi  maqsadi:  Kimyoviy  tushunchalar  mohiyatini  anglab  olishda 
dastlabki  kimyoviy  tushunchalar    mavzusi  juda  katta  rol  o`ynaydi.  O`quvchining 
dunyoqarashini shakllantiradi. 
1.  Mavzu 
mohiyatini 
qo`llash 
orqali 
o`quvchilarda 
fikrlash 
usullari, 
chog`ishtirish, 
analiz 
va 
sintez 
qilish 
kabi 
tafakkuriy 
qirralarini 
takomillashtirish. 
2.  Kimyo  fani  metodlari  bilan  tanishish  orqali  o`quvchilar  kuzatish,  xulosa 
chiqarish, muhokama qilish kabi  ko`nikmalarga ega bo`ladilar. 
3.  Atom  va  molekula  haqidagi  tushunchalar,  kimyoviy  simvolika  haqidagi  
bilimlar orqali o`quvchilarda abstrakt tafakkur rivojlanadi. 
4.  Normal  bo`lmagan bilimlarning shakllanishi va rivojlanishini ta`minlash. 
Mavzu  mazmunining  tahlili.    Har  bir  kimyoviy  nazariya  o`zida  o`zaro  
bog`langan tushunchalarning murakkab tizimdan iborat. 
Ettinchi  sinf  kimyo kursining birinchi nazariy mavzusi dastlabki kimyoviy 
tushunchalar  bo`lib  hisoblanadi.  Unga  atom  molekulyar    nazariya  mohiyatining 
nazariy  konsepsiyasi  bayon  etiladi.  Bu  mavzuning  nazariy  konsepsiyasini 
o`quvchiga  birdaniga  berish  mumkin  emas.  Avvalo  tushunchalar  mohiyati 
shakllantiriladi.  Keyin  esa  nazariy  konsepsiya  beriladi.  Dastlabki  kimyoviy 
tushunchalar  tuzilishi  va  mazmuni  o`zaro  bog`langan  bo`lib,  ular  o`z    ichiga 
quyidagi tushunchalarni oladi. 
“Atom    molekulyar  ta`limot  nuqtai  nazaridan  kimyoning  asosiy 
tushunchalari  va  qonunlari”  bo’limida  Italiya  olimi  Avogadro  (1776-1856) 
qonunini o’rganish  nazarda tutilgan. Bu bo’lim quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
1. Avogadro qonuni. 
2. 1 gramm – molekula gazning hajmi. 
3. Gazlarning molekulyar og’irligini topish. 
4. Molekulyar formula chiqarish 
5. Formulalar orqali reaksiya  tenglamasini  yozish. 
 
Avogadro  gazlarning  xususiyatiga  qarab  bir  xil  sharoitda  bir  xil  hajmdagi 
har xil gazning molekulyar soni teng bo’ladi. 
 
Bir  gramm  -    molekula  gazning  hajmi  deb,  moddaning  molekula  
og’irligiga  son  jihatidan  teng  qilib,  gramm  hisobida  olingan  miqdoriga 
aytiladi. 
 
1 gramm -  molekula gazning og’irligini normal sharoitda shu gazning 1 litr 
og’irligiga bo’linadi. Masalan: 
 
O
2
 uchun = 
l
4
,
22
5285
,
1
32

 

 
64 
 
 
 
     CO
2
 uchun =
l
4
,
22
9770
,
1
44

 
 
Dastlabki kimyoviy tushunchalarning mazmuni 
1).  a).  Kimyoviy element tushunchasi
     b).  sifat tavsifi-atom; 
     v).  miqdor tavsifi - nisbiy atom massa, valentlik; 
     g).  simvoli - kimyoviy belgisi. 
 
2).  a).  Modda tushunchasi; 
     b).  sifat tavsifi - molekula oddiy modda, murakkab modda; oddiy va murakkab   
moddalar  aralashmasi,  
     v).  miqdoriy  tavsifi,  nisbiy  molekulyar  massa,  moddada  elementning  massa 
miqdori; 
     g).  simvoli - kimyoviy formula. 
 
3).  a).  Kimyoviy reaksiya tushunchasi; 
      b).  sifat  tavsifi:  fizikaviy  va  kimyoviy  hodisalar.  Kimyoviy  reaksiyalar 
borishining shart - sharoitlari va  belgilari. Kimyoviy reaksiya tiplari; 
     v).  miqdor tavsifi: kimyoviy reaksiyalarda moddaning massa nisbati
     g).  simvolli - kimyoviy tenglamalar. 
 
Kimyoviy  simvollikani  o`rganishda  quyidagi  ketma  -  ketlikda    boradigan 
bosqichlarga e`tibor berish kerak: 
1.  Kimyoviy belgining mohiyatini anglash; 
2.  Kimyoviy formulani  mohiyatini o`zlashtirish; 
3.  Kimyoviy tenglamalarning mohiyatini o`zlashtirib olish; 
4.  Qoldirilgan  koeffisentlarni tanlash va tenglamani tekshirib ko`rish. 
5.  Aniq formulalar misolida dastlabki modda va reaksiya natijasida  hosil bo`lgan 
modda aniq bo`lgan holatda kimyoviy tenglamalarni mustaqil tuzish. 
6.  Kimyoviy  valentlikdan  foydalanib  formula  va  tenglamalar  tuzush, 
o`quvchilarning  kimyoviy  belgilarni  egallab  olishlarida  bu  tizim  didaktik 
jihatdan maqsadga muofiqdir. 
 
Mavzuni o`rganishning metod va manbalari:  Mavzuni o`rganishning metod 
va manbalari mavzuning maqsadi va mazmunidan kelib chiqadi.  Metodni 
shunday tanlash kerakki o`quvchi mavzu mazmunini o`rganib olishi bilan birga 
tarbiyalansin va rivojlansin. Buning  uchun kimyoning dastlabki darslaridan 
boshlab muammoli o`qitishga e`tibor qaratmoq lozim.  
Mavzuning mohiyatini o`rganishda o`quvchilarda jonli mushohada qilishni 
o`rgatishga  imkon  yaratish,  shakllantirish  uchun  ko`rgazma,  demonstrasion 
eksperiment kabilaridan keng foydalanish. 
Kimyo  darsidagi  og`zaki,  ko`rgazmali  ommaviy  metodlarni  keng  qo`llash 
ularda politexnik ta`limni amalga oshiradi. 

 
65 
 
O`quvchilarning  mustaqil  ishini  tashkil  etish  natijasida  ko`nikma  va 
malakalar shakllantiradi.  
VII  sinfda  abstrakt  tushunchalarining  shakllanishi  uchun  modellar, 
aplekasiyalar, kimyoviy belgi va sxemalardan keng foydalaniladi. 
Ikki  elementdan  hosil  bo`lgan  modda  formulasini  tuzishda  quyidagilarga 
e`tibor berish: 
1.  Ikki element belgilarini yonma - yon yozish. 
2.  Element belgilari  ustiga tegishli valentligini yozish. 
3.  Ular uchun umumiy bo`lgan valentlik sonini aniqlash. 
4.  Aniqlangan sonni har qaysi sonni valentiga  bo`lish indeksni topish. 
5.  Topilgan  indekslarni  element  belgisining  ung  tomon  pastki  qismiga  yozib 
chiqish. 
6.  Umumta`lim    maktab  kimyo  kursida  D.I.Mendeleevning  kimyoviy  elementlar 
davriy qonuni va davriy sistemasini o`rganish. 
 
Bu  mavzuni  o`rganishda  uchta  eng  muhim  aspekt:  ta`limiy,  tarbiyaviy, 
rivojlantiruvchi  holatlarning  birligiga qarab chiqish katta samara beradi. 
 
Nazorat savollari 
1. Umumta`lim maktabi uchun Davlat ta`lim standartlari asosida:  a). VII sinf,  
  b). VIII sinf,      v).  IX sinf uchun  tayanch bilimlar tizimini ishlab chiqing. 
2.  Moddalarning  ishlatilishiga  asos    bo`lgan  xossalarini  VII,  VIII,  IX  sinf 
materiallari asosida mavzular ketma - ketligida ishlab chiqish. 
3.  Kimyoviy  element  tushunchasining  VII  -  VIII  -  IX  sinf  materiallarida 
rivojlanish dinamikani ishlab chiqing. 
4.  Maktab  kimyo  kursining  nazariy  asosini  tashkil  etuvchi  konsepsiyalarning 
mohiyati nimadan iborat? 
5. Kimyoviy  tushunchalar necha bosqichdan iborat? 
 
Tayanch iboralar: 
Konsepsiyaning bosh vazifasi: eng muhim kimyoviy tushunchalar, element 
haqidagi  bilimlar,  modda,  kimyoviy  reaksiyalari,  kimyoviy  ishlab  chiqarish, 
o`quvchilarni  element  xossalarini  bashorat  qilishiga  o`rgatish  kabi  bilimlarni 
shakllantirish, boyitish, nazariy jihatdan rivojlantirishdan iborat. 
 
Analogiya- o’xshash 
 
Aspekt-  yo’nalish 
 
24 - ma’ruza 
Mavzu:  Umumta`lim  maktablari  anorganik kimyo kursida 
moddaning tuzilishini o’rganish. Moddaning tuzilishining o`rganishning 
maqsad va ahamiyati.   
 
Ma’ruza rejasi: 
1.  Moddaning tuzilishi  haqidagi  tushunchalar  tizimi 
2.  Moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish 
3.  Moddaning tuzulish nazariyasini samarali o`rganish sharoitlari. 

 
66 
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:    Moddaning  tuzilishi  -  modda 
haqidagi tushunchalar, moddaning tuzilishi  haqidagi tushunchalar tizimi:  atom 
tuzilishi  haqidagi  tushuncha,    yadro  tarkibi,  izotoplar,        atomda  elektronlar 
holati: s va p elektron bulutlarning gibridlanishi, elektron qobiqlar. 
Moddaning  tuzilishi  bilan  bog`liq  bo`lgan  muammolar  hozirgi  zamon 
kimyosining  diqqat  markazida  turadi.  Maktab  kimyo  kursini  shu  muammolardan 
tashqarida  o`rganib  bo`lmaydi.  Kimyoviy  elementlar  xossalari,    kimyoviy 
jarayonlar barchasi moddaning tuzilishi asosida tahlil etiladi. 
Moddaning  tuzilishi  -  modda  haqidagi  tushunchalar,  tuzilishlar,  bilimlar  
majmui  bo`lib  hozirgi  vaqtda  katta  rivojlanish  bilan  birga  -  yalpi  nazariyaga  
aylanadi.  Bu mavzuni o`rganish o`quvchilar oldiga aniq maqsad qo`yadi. 
Uning  ta`limiy  maqsadi  -  o`quvchilar  atom  murakkab  sistema,  kimyoviy 
bog`lanish turlarining eletron  mohiyati kristall panjaralar tipi kabilarning mohiyat 
mazmunini o`rganishlari lozim.  
Mavzuning tarbiyaviy ahamiyati - shundan iboratki elementlar va moddalar 
tabiatda  bir  xil    mohiyat  kasb  etib  o`quvchilar  dialektik  -  materialistik  qarashlari 
haqidagi tushunchalarini shakllantiradi. 
Davriylik nazariyasi o`quvchilarda moddlar tuzilishining ichki qonuniyatlari 
haqidagi bilimlar rivojlanishiga olib keladi. 
Moddaning  tuzilishi  haqidagi  bilimlarni  o`rganish  o`quvchilar  tafakkurini 
rivojlantiradi.  Rivojlantiruvchi  ta`lim  funksiyasi  amalga  oshadi.  Mohir 
pedagoglarning  tajribalarini  to`plab, umumlashtirib  o`rganish, ko`p  yillik  shaxsiy 
tajribalar  asosida  o`quvchilar  tayanch  bilimlarni  shakllantirish  va  rivojlantirish 
yo`llariga  oid  muayyan  xulosalar  vujudga  keladi.  Bu  xulosalarning  negizi 
o`quvchilarni  kimyo  faniga  bo’lgan  qiziqishlari,    ularning    moddiy  olamni  bilib 
borish singari oddiydan murakkabga qarab borishni tashkil etadi. 
Dastlabki  kimyoviy  tushunchalarni  o`rganishga  maktab  dasturida  24  soat 
vaqt  ajratilgan.  O`quvchi  tegishli  mavzularni  o`rganish  jarayonida  kimyoviy 
elementlar,  qonunlar,  tushunchalar  haqida  ilk  ma`lumot  oladi  va  ularda  kimyo 
faniga qiziqish uyg`onib, kimyoviy reaktivlar bilan  munosabatda bo`lish malakasi 
hosil bo`ladi. 
Biz  quyidagi  tajribaga  tayangan  holda,  o`quvchilarni  asta  -  sekin  davriy 
qonun  va  moddalarni  tuzilishini  o`rganishga  tayyorlash  uchun  o`qituvchi  dars 
davomida  nimalarni  amalga  oshirsa,  qanday  maqsad  va  vazifalarni  ruyobga 
chiqarsa ijobiy natijaga erishishi xususida to`xtalamiz. 
 
1. kimyoning predmeti moddalar mavzusida:  
a)  darsning  ta`limiy  maqsadi  -  o`quvchilarga  kimyoning  predmeti,  uning 
qamrab olgan sohalari, moddaning eng muhim fizik xossalari, moddalarning bir  - 
biridan  farqi  kimyo  fani  nimani  o`rganishi,  uning  vazifalari,  ahamiyati  va 
boshqalar haqida ma`lumot berish: 
b) darsning  tarbiyaviy  maqsadi - o`quvchilarning shu fanga qiziqtira bilish
ularda moddalarning fizik xossalari asosida bir  - biridan ajrata olish malakalarini 
hosil qilish; 
v)  darsning  rivojlantiruvchi  maqsadlari  -  o`quvchilarning  ilgari  olgan 
bilimlarini  tartibga  solish,  ularda  moddiy  borliq  haqida  bir  moddani  boshqa 

 
67 
 
moddaga  aylantirish  haqida,  kimyoning  xalq  xo`jaligidagi  ahamiyati  haqida  aniq 
tasavvurlar hosil qilish. 
 
2. Toza moddalar va  aralashmalar mavzusida; 
 
a)  darsning  ta`limiy  maqsadi  -  toza  moddalar  va  aralashmalar  haqida,  bir 
jinsli har xil jinsli moddalar, moddalarni aralashmalardan tozalash usullari haqida 
tushunchalarni o`quvchi ongiga singdirish: 
 
b)  o`quvchilarda  moddalarni  va  tabiatni  toza  saqlash,  aralashmalarni  bir  - 
biridan ajrata bilish ko`nikmalarini hosil qilish: 
 
v)  o`quvchilarda  toza  va  aralashma  moddalar  haqida  tushunchalarni 
rivojlantirish. 
 
3. Fizikaviy va kimyoviy hodisalar, kimyoviy reaksiyalar mavzusida: 
 
a)  o`quvchilarda  fizikaviy,  kimyoviy  hodisalar,  kimyoviy  reaksiyalarning 
belgilari  va  ularning  sodir  bo`lish  shart  -  sharoitlari,  fizikaviy  va  kimyoviy 
hodisalarning ahamiyati, tirik organizmda sodir bo`ladigan  jarayonning mohiyati 
haqida  tasavvur uyg`otish; 
 
b) o`quvchilarda fizikaviy kimyoviy o`zgarishlar, hodisalar reaksiyalarining 
sodir    bo`lish  shart  -  sharoitlari  haqida    tushuncha  hosil  qilib,  shu  asosida  ularni 
hayotiy faoliyatga  tayyorlash.  
 
v)  o`quvchilarning  fizikaviy,  kimyoviy  hodisalar,  olgan  bilimlarini    amaliy 
faoliyatga qo`llash ko`nikmalarini rivojlantirish. 
Modda  haqidagi  tushunchalar  tuzilishi  va  tizimi.  Maktab  kimyo  kursining  asosiy 
vazifasi  davriy  qonun  mohiyatini  moddaning  tuzilish  nazariyasi  asosida 
o`quvchilarga  o`rgatishdan  iborat.    Moddaning  tuzilish  nazariyasi    butun  kimyo 
kursi  orqali  o`tib  o`quvchilar  bilimini    va  tafakkurini  rivojlantiradi.  Natijada 
o`quvchida  moddaning  tuzilishi  bilan  uning  xossalari  orasidagi  bog`liqlik 
tasavvuri  yuzaga  chiqadi.  Bu  mavzu  mohiyatini  o`rganish  o`quvchilarda  ma`lum 
qiyinchiliklar  paydo  qiladi.  Moddaning  xossalari  uning  ichki  tuzilishi  bilan 
bevosita  bog`liq.  Moddaning  tuzilishi    haqidagi  tushunchalar  tizimi  o`z  ichiga 
quyidagilarni oladi: 
1)  atom tuzilishi haqidagi tushuncha 
    -yadro tarkibi, izotoplar 
    -atomda  elektronlar  holati:  s  va  p  elektron  bulutlarning  gibridlanishi,  elektron 
qobiqlar, dastlabki 4 davrda elektron qobiqlari to`la bo’lishi. 
2) Kimyoviy bog` va ular turlari haqida tushuncha 
    - kovalent (qutbli, qutbsiz), ion, vodorod, metall bog`lar. 
3) Kristall panjaralar haqida tushuncha: 
     -atom, molekulyar, ionli, metall panjaralar. 
Moddaning  tuzilishi  haqidagi  tushunchalarni  rivojlantirish.  Modda  molekula 
haqidagi  dastlabki    ma`lumotlarini  o`quvchilar  atom  -  molekulyar  ta`limoti 
mavzusini  o`rganishda  oladilar.    Bu  tushuncha  mavzudan-  mavzuga  va  sinfdan  - 
sinfga o`tgan sayin kengayib chuqurlashib boradi. 
Atom haqidagi bilimlari - uning ichki tuzilishini, molekula haqidagi bilimlar  
kimyoviy bog`lanishlarni o`rganish jarayonida yanada chuqurlashadi. 
Modda  haqidagi  bilimlar  kristall  panjaralar  tiplari  haqidagi  bilimlarni 
o`rganish  jarayonida  yanada  kengayadi.  Moddaning  tuzilishi  haqidagi  bilimlar 

 
68 
 
elektrolitik 
dissosiasiya 
nazariyasi  va  organik  moddalarining  tuzilishi 
nazariyalarini o`rganishda yanada rivojlanadi. 
Moddaning  tuzulish  nazariyasini  samarali  o`rganish  sharoitlari.  Ta`lim 
jarayonning  har  bir  bosqichida  moddaning  tuzulishi  haqidagi  g`oyalar  modda  va 
uning xossalarini o`rganishga asos bo`ladi. O`quvchilarda qiyinchiliklarni bartaraf 
etish  maqsadida  mavzuni  o`rgatishda  ketma  -  ketlik,    fanlararo  aloqadorlik,  
tayanch  bilimlarga  tayanish  predmetning  ichki  aloqadorligini  ta`minlash  samara 
beradi. 
 
Muammoli  ta`lim  o`quvchilarga  faol  fikrlashni  o`stiradi.  Ayniqsa  bu  holat 
ham  tuzulishi  va  xossalari,    kristall  panjaralar  tipining  xossalarga  bog`liqligida 
yaqqol namoyon bo`ladi. 
Moddaning  tuzulishi  haqidagi  tayanch  bilimlar  kimyoning  sistematik 
kursini o`rganish jarayonida qo`llanish orqali yanada rivojlanadi va chuqurlashadi. 
Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling