Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi
asoslarini bilim, ko’nikma, malakalarni chuqur egallab borishlari kerak
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari 1. Maktab kimyo ta’limini takomillashtirishda
- 5-ma’ruza Mavzu: Anorganik kimyo bo’yicha o’quvchilarning bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan asosiy talablar (VIII sinf misolida).
- O’rganiladigan asosiy tushunchalar
- Nazariy o’quv materiallarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar.
asoslarini bilim, ko’nikma, malakalarni chuqur egallab borishlari kerak. - Hozirgi sharoitda jamiyat talabiga muvofiq ta’lim-jarayonida uchta asosiy funksiya amalga oshadi. Bular: ta’limiy, tarbiyaviy, va rivojlantiruvchi funksiyalardir. Bu uchta funksiya ilmiy bilimlarning o’ziga xos tomonlarini o’rganadi. Ta’limiy soha – 11 didaktikani, tarbiyaviy soha – tarbiya nazariyasini, rivojlantiruvchi soha – psixologiya bilan bog’liqlikni o’rganiladi. Bu o’rinda eng murakkabi kimyo predmeti bo’lib hisoblanadi. Ana shu to’rt soha birgalashib yangi bilimlar sohasi tizimi bo’lmish kimyo o’qitish nazariyasi va metodikasini tashkil etadi. O’rta maktablarda kimyo o’qitish nazariyasi va metodikasi: ta’lim jarayonida pedagogik fan bo’lib, kimyo o’qitish jarayonida o’quvchilarga ta’lim beradi, tarbiyalaydi va rivojlantiradi. Kimyo o’qitish nazariyasi va metodikasi o’z oldiga aniq muammolarni qo’yadi. Bu masalalar ta’lim jarayoning yuqoridagi uch funksiyasi asosida amalga oshadi. - Kimyo o’qitish nazariyasi va metodikasi: a). kimyo b). pedagogika – psixologiya fanlari v). jamiyatshunoslik fanlari g). boshqa fanlar bilan bog’liq holda o’rganiladi. - Kimyo o’qitish metodikasi ma’lum ketma-ketlik tartibida o’rganiladi. Oldin ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi bilimlarning o’rta maktab hajmidagi mazmuni o’rganiladi. Bu etap maktab kursida dominatlik bloki vazifasi bo’lib hisoblanadi. Keyingi blok kimyo o’qitish jarayonining tashkil etilishi bilan bog’liq yoki uning ko’rinishi kimyo o’qitish metodlari, manbalari, shakllari va o’quvchi ishini ilmiy asosda tashkil etish bo’lib hisoblanadi. Bu jarayon ham ta’limiy – tarbiyaviy rivojlantiruvchi aspektda ko’rib chiqiladi. Aniq maqsadga erishish uchun qaysi metodlarni qanday holda qo’llash, bu funksiyalarni qanday amalga oshirish, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini tashkil etish uchun o’qitish shakli va mazmunini qanday tanlash katta ahamiyat kasb etadi. Boshqa fanlar qatori kimyo o’qitish fani ham o’z tarixiga ega. Kimyoni o’qitish shu fan tarixi bilan bog’liq. Fandagi kashfiyotchilar shu fanni o’qitish bilan ham shug’ullanib kelganlar. Albatta, buyuk kimyogar olimlar M. V. Lomonosov, A. Lavuaze, D. Dalton, S. Kanissaro, D. I. Mendeleevlar kimyo fanining buyuk o’qituvchilari bo’lgan. Kimyo o’qitishning eng katta yutig’i D. I. Mendeleev kashf etgan kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi bo’ldi. O’rta Osiyo tabiiy fanlar rivojiga Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Ulug’bek kabi olimlar katta hissa qo’shganlar. O’zbek kimyogarlari, metodistlari bu fanni o’qitishga keyingi vaqtda katta hissa qo’shdilar. Organik birikmalarni o’rganishda O’zbekiston tabiiy organik birikmalarga boy mamlakat ekanligi haqida to’xtalib, akademiklar O.S.Sodiqov, S.Y.Yunusov, X.N.Oripovlar singari o’zbek olimlari va ularning shogirdlari tomonidan o’simlik mddalari kimyosini o’rganish borasida xalqaro miqiyosda katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borganligi haqida, shuningdek H. Shohidoyatov rahbarligida O’zbekiston Fanlar Akademiyasining O’simlik moddalar kimyosi instituti olimlari tomonidan yaratilgan o’nlab dorivor moddalar amaliyotga tavsiya etilganligi, ulardan «Allapinin» dorivor moddasi yurak kasalligini davolashda keng 12 qo’llanilmoqda. Bu misollarni keltirish o’quvchilarda o’simliklar dunyosini asrashda va ulardan oqilona foydalanishga bo’lgan munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi. Kimyo va ilmiy texnika taraqqiyoti mavzusiga 2 soat ajratilgan bo’lib, bu mavzularni yoritishda O’zbekistonda kimyoviy ishlab chiqarish azotli, fosforli va boshqa o’g’itlar ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq ekanligi haqida to’xtalib, Farg’ona va Navoiy shaharlaridagi «Azot» ishlab chiqarish birlashmalarida akademiklar M.N.Nabiyev, N.R.Yusupbekov, B.N.Beglov, S.T.To’xtayev singari olimlarning ilmiy tadqiqotlari natijalaridan amaliyotga keng foydalanilayotganligi haqida so’zlab berish orqali o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqishni orttirish mumkin. Bo’lajak kimyo fani o’qituvchisi bilishi kerak: 1. Kimyo o’qitish jarayonida o’qituvchilarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadini. 2. Maktab dasturlari, darsliklari, o’quv metodik adabiyotlari, normativ hujjatlari mazmuni. 3. Kimyo o’qitishning nazariy va metodik asoslarini. Kimyo o’qitish kursi asosida qo’yidagi metodologik holatlarga e’tibor beriladi. 1. Umumiy dialektik metod bilish jarayoninig rivojlanib takomillashib borishi. 2. Kimyo o’qitishda sistemalilik va birin-ketinlik, aniq reja. 3. Barcha metodologik kategoriyalarni ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi anspektda qarab chiqish. 4. Didaktik yo’nalish - kimyo o’qitishning nazariy asoslarini belgilab berdi. O`qitishda (diqqatni tortish, ichki tuyg’u, istak, zaruriyatlar shakllanishi) o`quv jarayonida o`quvchi va o`qituvchi uchun asosiy harakatlantiruvchi kuch bu ichki motivasiyadir. O`quvchi - bilim olishga intilish va bilim olishga ehtiyoj sezish kerak, o`qish maqsadi ichki ehtiyojga aylanishi kerak. O`quvchi real hayotga kirib borishi va unda faol ishtirok etishi uchun, bilim, ko`nikma va malakalar bilan birga ilmiy bilish metodlariga ega bo`lishni ongli ravishda tushunsin. Bu dunyoni anglab yetish unda o`zining munosib o`rnini topish uchun o`quvchi erkin izlansin. O`qituvchi - o`quvchilarda tashabbuskorlik, mustaqillik, bilimlarni puxta va chuqur o`zlashtirish uchun zarur ko`nikma malakalarni shakllantirish ularda kuzatuvchanlik tafakkurli nutqni o`stirish, xotira va ijodiy tasavvurlarni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktik prinsiplarni ro’yobga chiqarish kerak. Tekshiruv savollari: 1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni haqida tushincha bering? 2. O’zbekiston maktablaridagi kimyo ta’limining konsepsiyasi deganda nimani tushunasiz? 3. «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» va uning vazifalarini tushuntiring. 4. Kimyo ta’limining didaktika ta’limoti haqida tushincha bering? 5. O’zbek kimyogar olimlarining faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 13 4 - ma’ruza Mavzu: Hozirgi didaktik talablar asosida maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni Ma’ruza rejasi: 1. Maktab kimyo kursi mazmunining shakllanishi va unga bo’lgan talablar. 2. Hozirgi maktab kimyo kursi mazmunining tuzilishi. 3. «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» talablari asosida maktab kimyo kursi mazmuni. Kimyo predmeti ham boshqa fanlar qatori hozirgi barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishga xizmat qiladi. Bu buyuk maqsadni amalga oshirish uchun kimyo kursini o’qitishda uning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalari birligini ta’minlash zarur. Maktab kimyo kursini o’qitish jarayonida qo’yidagilarni amalga oshirish asosiy vazifa bo’lib hisoblanadi. 1) Fanning eng muhim tayanch bilimlarini (tushuncha, qonun, nazariyalar) yoki fanning asosini o’quvchilar tushungan holda o’zlashtirib olishlariga erishish. 2) Ilmiy materialistik dunyoqarashni shakllantirish: 3) O’quvchilarda hozirgi jamiyat rivojiga ijobiy munosabatda bo’lish, mehnatsevarlik, fanga qiziqish, tabiatga ehtiyotkorona bo’lishni va asrash kabi xislatlarni tarbiyalash; 4) O’quvchilarda tafakkurni rivojlantirish, fanni mustaqil holda faol egallash kabilarni uyg’unlashtirish. 5) O’quvchilarda hamma fanlarga bo’lgan qiziqishni, xalq xo’jaligini kimyolashtirish, ularda ko’nikma va malakalarni shakllantirish, kelgusi mustaqil hayotlari uchun kerakli bo’ladigan kasb – korni ongli tanlash kabi ta’lim prinsiplarini amalga oshirish. Maktab kimyo kursi mazmuning shakllanishi va unga bo’lgan talablar. Maktab kimyo kursining hozirgi mazmuni birdaniga shakllanmagan. Maktab kimyo kursining asosiy mazmuni D.I.Mendeleev tomonidan kimyoviy elementlar davriy qonuni kashf etilgach katta sakrash bilan rivojlana boshladi. Davriy qonunning kashf etilishi fanda katta sakrash bilan birga bir qancha metodologik va metodik muammolarni yechilishini ochib berdi. Kimyoviy o’quv predmeti materiali Davriy qonun va elementlar davriy sistemasi asosida logik va metodik joylashtirish masalasi yechildi. Davriy sistema asosida D.I.Mendeleev o’zining kimyo asoslari darsligini yozdi. Bu darslik oliy o’quv yurtlari uchun birinchi yangi tipdagi darslik bo’ldi. Shu darslikda o’rta maktab uchun ham material bayon qilindi, lekin o’rta maktab kimyo kursida davriy qonun ko’p vaqtlar o’qitilmay keldi. 14 1920 yillarda V.N.Verxovskiy rahbarligida Petrograd, hamda P.P.Lebedov rahbarligidagi Moskva variantlari kimyodan tuzildi. Petrograd varianti avtorlari fanning ahamiyati o’quvchilarda bilimga bo’lgan qiziqishni oshirish, ularni fikrlashga o’rgatish g’oyasini ilgari surdilar. Moskva varianti avtorlari esa xalq xo’jaligida kimyoning imliy ahamiyatini ko’rsatish g’oyasini ilgari surib materialistik yo’nalishi aniq ko’rsatildi. Bu dasturlarda davriy qonunni o’rganishga e’tibor sustligicha qoldi. 1932 yildan boshlab V.N.Verxovskiy proekti asosida stabil darsliklar yaratildi va nazariy qismga e’tibor kuchaydi. Maktab kimyo fani mazmuniga didaktik talablar 4 ko’rinishdan iborat: Bu talablar jamiyatning maktab oldiga qo’ygan buyurtmasidan kelib chiqadi. 1) Ilmiy bilimlar tizimi (fan asoslari) 2) O’quv – malakalar tizimi (maxsus qiziqishli va umumiy o’quv malakalar). 3) Fanning shu sohasi bo’yicha insoniyat faoliyat jarayonida to’plangan ijobiy natijalar yig’indisi. 4) Atrof- muhitdagi haqiqiy holatga qarab o’z faoliyatini chamalab bilish. Bu turdagi talablar o’zaro bog’liq. Avvalo kimyoviy bilimlar tizimi maktab kimyo kursini asosini (Fan asoslari tayanch bilimlarini) tashkil etadi. Unga bo’lgan didaktik talab alohida ahamiyatga ega. Maktab kimyo kursi muammosi har qanday davr uchun ham murakkab, eng muhim muammo bo’lib kelgan. Shu fan sohasida inson erishgan hamda insonga ma’lum bo’lgan fan asoslarini eng muhimlarini o’quvchilarning yoshi, bilimi, dunyoqarashiga moslab ajratib olib o’qitishning eng muhim didaktik talabi bo’lib hisoblanadi. Tanlab olingan bilimlar paketi kelgusida turg’un har tomonlama o’quvchini rivojlantiradigan, tarbiyaviy aspektga javob beruvchi hamda yangi bilimlar olishga rag’batlantiruvchi, tafakkurni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi talablarga javob bersin. 1. Shu sababli didaktik ta’lim jarayonida eng muhim va birinchi o’rin bo’lib ilmiylik talabini ilgari suradi. 2. Ikkinchi didaktik talab moslik. Bu prinsipda asosiy ahamiyat berayotgan bilimlarning o’quvchi yoshi bilim darajasi, hayotiy tajribasi rivojlanganlik darajasiga mos bo’lsin, hamda o’quvchining bilimi darajasini fanning mazmuni rivojlantirish asosida rivojlantirishga xizmat qilsin. 3. Moslilik talabi o’z o’rnida tizimlilik yoki sistemalilik prinsipi bilan mustahkam bog’liq. Bu jarayonda faktlar, tushuncha, qonun, qoidalar tartib bilan, birin-ketinlik asosida shakllanishiga olib keladi. Har bir tayanch bilim mohiyati aniq faktlar orqali izohlanishi shart. Ta’lim jarayonida bilmaslikdan bilishga, sayoz bilishdan aniq va chuqur bilishga tomon yoki oddiydan murakkabga boriladi. O’quv materiali tanlab joylashtirilganda induktiv yoki deduktiv bilish yo’liga amal qilinadi. 15 4. Didaktiv talabning yana muhim yo’li politexnik talab bo’lib hisoblanadi. Bu talab ko’proq jamiyatning maktab oldiga qo’ygan talablaridan kelib chiqadi. Hozirgi maktab kimyo kursining mazmuni ma’lum davrlarda shakllandi va rivojlanib keldi. Maktab kimyo kursining mazmuni quyidagi didaktik bilimlarni o’rganish jarayonida egallaniladi. 1. Qonunlar va nazariyalar 2. Tushunchalar: modda, kimyoviy element, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy ishlab chiqarish 3. Faktlar - elementlar va birikmalari xossalariga doir bilimlar 4. Kimyo fani metodlari 5. Kimyo amaliyotga asoslangan nazariy fan buyuk kimyogarlarning fanga qo’shgan hissasi. Maktab kimyo ta’limining bosh maqsadi - modda haqidagi tushunchalarni shakllantirish kimyoviy element, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy ishlab chiqarish tushunchalarni o’rgatishdan iborat. Tushunchalarning mohiyati yangidan sifat xarakteristikasi u yoki bu nazariy qism o’rganilganda amalga oshib boradi. Maktab kimyo kursi 4 ta nazariy konsepsiya asosida ma’lum bosqichlarda o’qitiladi. 1. Atom molekulyar ta’limot 2. D.I. Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi, moddaning tuzilishi 3. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi 4. Organik moddalar tuzilishining hozirgi zamon tuzilish nazariyasi Maktab kimyo kursini o’rganish to’rt bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich - kimyoning kirish qismi davriy qonungacha bo’lib, atom molekulyar ta’limot asosida o’rganiladi Ikkinchi bosqich -D.I. Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi, moddaning tuzilishini o’rganish Uchunchi bosqich -davriy sistema guruhlari asosida tipuk elementlarni o’rganish. To’rtinchi bosqich –Organik birikmalarning xossalarini hozirgi zamon tuzilish nazariyasi asosida o’rganish. Davlat Ta’lim standartlarida belgilab berilganidek, o’quvchilar kimyo asoslariga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarini egallashlari shart: 1. Modda va uning tarkibi, tuzulishi, xossalari tarkibini bilish 2. Kimyoviy elementlar va ularning birikmalardagi valentligi hamda kimyoviy formulalarini tuza bilish 3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida umumta’lim maktabi kimyo kursi mazmuni (Ma’rifat gazetasi 18.08.1999 yil) O’quvchilar kimyo asoslariga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarini egallashlari shart: 1. Modda, uning uning tarkibi, tuzulishi, xossalari tarkibini bilish: 2. Kimyoviy elementlar va ularning birikmalardagi valentligi hamda kimyoviy formulalarini tuza bilish 16 3. Kimyoviy qonunlar va nazariyalarni, atom – molekulyar ta’limotni bilish 4. Anorganik birikmalarning eng muhim birikmalari tarkibi, xossalari va qo’llanilishi 5. Kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi 6. Kimyoviy bog’lanish turlari 7. Kimyoviy reaksiyalar va ularning turlari 8. Kichik davrda joylashgan kimyoviy elementlar tavsifi va ularning fizikaviy va kimyoviy xossalarini o’rganish 9. Kislota, ishqor, asos va tuzlarning dissosilanishini yoza bilish 10. Ion almashinish tenglamalari 11. Metall va metallmaslarning ayrim vakillari, ularning fizikaviy va kimyoviy xossalarini o’rganish 12. Buyuk allomalarimiz va ularning kimyo fani rivojlanishiga qo’shgan hissalari haqida 13. O’zbekistonda olinadigan kimyoviy xom ashyolar va ularning ahamiyati 14. Organik birikmalarning xossalarini hozirgi zamon tuzilish nazariyasi asosida o’rganish. 15. Anorganik va organik kimyoga oid masalalar yecha olish 16. Polimerlarning xossalari va ularning qo’llanilishi 17. Kimyoviy reaktivlar va jihozlardan foydalana olish 18. Kimyoviy ishlab chiqarish jarayoni kimyoviy moddalardan foydalanishni ekologilk no’qtai – nazardan tushuntira olish. Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari 1. Maktab kimyo ta’limini takomillashtirishda Davlat Ta’lim standartlarining o’rni. 2 Maktab kimyo kursining oldingi va keyingi mavzulari asosida «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» haqidagi bilimlarni umumlashtirish mavzusining bog’liqligini izohlang. 3. Maktab kimyo kursi mazmunida eng muhim didaktik prinsiplarning tatbiq etilishi. 4. Umumlashtiruvchi mavzularning maktab kimyo kursidagi o’rni. Asosiy tushunchalar: Maktab kimyo fani mazmuniga didaktik talablar 4 ko’rinishdan iborat: 1. Ilmiy bilimlar tizimi (fan asoslari) 2. O’quv – malakalar tizimi (maxsus qiziqishli va umumiy o’quv malakalar). 3. Fanning shu sohasi bo’yicha insoniyat faoliyat jarayonida to’plangan ijobiy natijalar yig’indisi. 4. Atrof muhitdagi haqiqiy holatga qarab o’z faoliyatini chamalab bilish. 5-ma’ruza Mavzu: Anorganik kimyo bo’yicha o’quvchilarning bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan asosiy talablar (VIII sinf misolida). 17 Ma’ruza rejasi: 1. Nazariy o’quv materiallarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar. 2. Faktlarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar. 3. Kimyo tilini o’zlashtirishga bo’lgan talablar. 4. Kimyoviy eksperimentning bajarilishiga bo’lgan talablar 5. Hisoblashga doir masalalarning yechilishga bo’lgan talablari. O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Nazariy o’quv materiallarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar, faktlarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar, kimyo tilini o’zlashtirishga bo’lgan talablar, kimyoviy eksperimentning bajarilishiga bo’lgan talablar, hisoblashga doir masalalarning yechilishga bo’lgan talablari. Kimyoning to’liq kursi shunday asosda tuzilganki, uning har bir bosqichi bilimida ta`lim jarayonining nazariy konsepsiyasi o’z aksini kuradi. Ulardagi bosh vazifa – eng muhim kimyoviy tushunchalar element, modda, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy qonunlar, kimyo ishlab chiqarishi kabi nazariy tayanch bilimlarni shakllantirish, boyitish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga o’quvchilar elementar va ular birikmalari xossalarini bashorat qilishga o’rgatiladi. Bashorat qilish esa o’quvchilardagi nazariy tayanch bilimlarni faoliyatiga tadbiq etish, qo’llash, fikr yuritish yoki tafakkur mahsuli bo’lib hisoblanadi. Natijada har bir tayanch bilimlarining 1) ta`limiy maqsadi, 2) tarbiyaviy maqsadi, 3) rivojlantiruvchi maqsadi ta`lim jarayonida ochib berish. Har bir darsning nazariy qismi ta`limiy maqsadi shu darsning konsepsiyasini tashkil etadi. Bu nazariyalar konsepsiyasi rivojlanuvchi kimyo ta`limiga asos solishi bilan birga o’quvchilarda dialiktik materialistik qarashlarning shakllanishi va rivojlanishgia imkoniyat yaratadi. Natijada o’quvchilarda olamning moddiy birligi va uni bilish mumkunligiga ishonch tug’diradi. VIII sinflarda anorganik kimyo fanining mazmuni o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish bilan birga olingan bilimlar amaliy faoliyatida qo’llanish imkoni boricha o’quvchilarning tefarak-atrof muhiti, ishlab chiqarish bilan bog’liq holda bilishini ta`minlash zarur. Umumiy o’rta ta`lim maktablari uchun kimyo fani dasturida (T. O’qituvchi 1993) VIII sinfda anorganik kimyo bo’yicha o’quvchilarning bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagicha berilgan: Nazariy o’quv materiallarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar. Atom molekulyar ta`limotining asosiy qoidalarini bilish, ushbu ta`limot asosida quyidagi tushunchalarni tadbiq etish: nisbiy atom massa va nisbiy molekulyar massa, modda miqdori, molyar massa, molyar hajm, gazlarning nisbiy zichligi, oddiy va murakkab moddalar, kimyoviy element, valentlik oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar, kimyoviy reaksiyalarning (ajralish, birikish, almashinish, o’rin olish) tiplari, neytrallanish reaksiyasi, almashinish reaksiyasining bir turi sifatida. 18 Moddalar massasining saqlanish qonuni ta’riflashni, ushbu qonunning ahamiyatini misollar yordamida tushintira olishni va hisoblashlarda hamma reaksiya tenglamasini tuzishda ushbu qonunni tadbiq eta olishni bilish. Kimyoviy elementlar davriy qonunning hozirgi zamon ta’rifini D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi asosiy qonuniyatlar, dastlabki uch davrda kimyoviy elementlar atomlardagi elektronlarning taqsimlanishini bilish. Asosiy gruppachalardagi elementlarning davriv sistemadagi joylashgan o’rni va atomlarning tuzilishi asosida umumiy tavsifnoma berishni, shuningdek ushbu elementlar hosil qilgan oddiy va murakkab moddalarni bilish: quyidagi tushunchalarni aniqlash va tadbiq eta olish: kovalent bog’lanish (qutbli va qutbsiz), ion bog’lanish, oksidlanish darajasi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi, kristall panjara (ionli, atom, molekulyar) izotoplar. D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi va atomlarning tuzilishi bo’yicha olingan bilimlar asosida eng muhim birikmalar formulalarning tuzilishini, kimyoviy bog’lanish turlari va moddalarning umumiy xarakterli xossalarini, elementli atomlarni, oddiy moddalar va kimyoviy birikmalarni xarakterlashda ma`lum atomlarni ko’rsatishni bilish. D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy qonunining ma`nosini aytib berishni, moddalar va kimyoviy elementlarning moddiy birligini miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishini misollarda tushintirib berish, davriy qonun misolida nazariy bilimlarni umumlashtiruvchi va oldindan aytib beruvchi funksiyalarni ko’rsatish, fan taraqqiyoti va ishlab chiqarish uchun davriy qonunning ahamiyatini ko’rsata bilish. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling