Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi


Yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari tipiga


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana19.10.2020
Hajmi1.07 Mb.
#134613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)


1.Yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari tipiga misol: 
 
№1-dars. Kimyo predmeti. Moddalar.  
 
Darsning    ta`limiy  maqsadi:  O`quvchilarga  kimyo  predmeti,  uning 
qamrab  olgan  sohalari  moddaning  bir  -  biridan  farqi,  kimyo  fani  nimani 
o`rganishi,  uning  vazifalari,  ahamiyati  va  boshqalar  haqida  ma`lumot    berish. 
O`quvchilar  tabiatshunoslik,  biologiya,  fizika  va  boshqa  fanlarni  o`rganish 
jarayonida  egallagan  zahira  bilimlarini  eslash,  yangi  -  yangi  mavzu  mazmunini 
o`rganishda qo`llashga doir suhbat uyushtirish.  
 
Darsning  tarbiyaviy  maqsadi:  O`quvchilarda  shu  fanni  o`rganishga 
moyillik  hosil  qilish,    moddalarni  bir  -  biridan  farqlash,  ajrata  olish, malakalarni 
hosil  qilish,  kimyoviy  reaktiv  va  moddalar  bilan  ishlashda  ehtiyot  choralari  va 
moddalarni  avaylab  asrash,  tabiatga  ehtiyotkorona  munosabatda  bo`lishini 
shakllantirish. 
 
Darsning  rivojlantiruvchi  maqsadi:  O`quvchilar  ilgari  egallagan 
bilimlarini  sistemalash, mavzuni boyitish rivojlantirish moddiy borliq  haqida bir 
moddani  boshqa  moddaga  aylantirish  mumkinligi  haqida  aniq  tasavvurlar  orqali 
dialektik materialistik dunyoqarashni shakllantirish. 

 
52 
 
 
Dars metodi:  ma`ruza ( dominant metod). 
 
Darsni jihozlash va o’tkazish joyi. 
 
Darsning  borishi:  Yangi  mavzu    mohiyati  to`liq  ochib  beriladi.  Qilib 
ko`rsatiladigan  laboratoriya,  amaliy  demonstrasion  tajriba,  ko`rgazmalardan  
foydalangan holda mavzu mazmuni tushuntiriladi.  
 
Darsni mustahkamlash: 
 
Uyga vazifa    berish: 
 
2. Ko’nikma malakalarni o’zlashtirish darslari tipiga misol. 
 
№33 dars №3 amaliy mashg`ulot.  Kislorodning olinishi  va xossalari. 
 
Darsning  ta`limiy  maqsadi:        O`quvchilar  kislorodning  kimyoviy 
xossalarini olinishiga doir bilimlarini takrorlaydilar va mustahakamlaydilar.  
 
Kislorodni olinishiga va uning xossalari bilan tanishishda zarur bo`ladigan 
kimyoviy  priborlar,    reaktivlar    bilan  muomila  qilish  jarayonida  ularni  ishlata 
bilish  ko`nikma  va  malakalarini  o`zlashtirib  oladi  hamda  takomillashtiradi
 
Katalizator tushunchasi mohiyatini o`rganadi.  
 
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Asbob va reaktivlar bilan ishlashda texnika  
xavfsizligi qoidalariga amal qilish kabi xislatlarni shakllantirish. 
 
Darsning  rivojlantiruvchi  maqsadi.  Kislorod  haqida  olingan  nazariy 
bilimlarni  amaliyotga    tadbiq  etish  o`zi  sinab  ko`rish  orqali  bilim,  ko`nikma, 
malakalarni rivojlantirish va takomillashtirish. 
 
Darsning metodi: Amaliy mashgulot  
 
Darsni  jihozlash:  Kislorod  olish,  uni  yig’ish  va  uning  xossalari  bilan 
tanishish jarayonida kerak bo`ladigan asboblar reaktivlar yoziladi. 
 
Darsning  borishi:  Darslikdagi  amaliy  mashg`ulotni  o`tkazish  ko`rsatmasi 
asosida  olib  boriladi.  O`quvchi  amaliy  ishlar  uchun  tutilgan  daftarga  quyidagi 
jadvalni chizib to`ldiradi: 
 
Nima qilindi  Nima kuzatildi. Xulosa va reaksiya 
tenglamalari 
 
 
 
 
 
Dars uning maqsadini tushuntirish bilan boshlanadi. Ayrim o`quvchilardan 
nima ish qilish va qanday bajarishni so`raydi. Ayrim o`quvchiga  ishni bajartirib  
boshqalari kuzatish topshiriladi. Keyin esa o`quvchilar guruh - guruh bo`lib, ishni 
bajaradilar. O`quvchilarda quyidagi bilim, ko`nikma va malakalar bo`lishi kerak: 
1.  Kislorodning fizik xossalari. 
2.  Kislorodning kimyoviy xossalari. 
3.  Gazlarni olish asboblari: yig`ish malakasi. 
4.  Kislorod olish va  yig`ish malakasi. 
5.  Laboratoriya shtatividan foydalanish malakasi. 
6.  Gaz gorelkasidan foydalanish malakasi. 
 
3.  Tayanch  bilim,  o`quv  -  malakalarini  qo`llash  va  rivojlantirish 
darslari tipiga  misol
Mavzu: Galogenlarning kimyoviy   elementlar  davriy sistemasi jadvalida 
joylashgan  o`rni va atomining tuzilishi. 

 
53 
 
 
Darsning  ta`limiy  maqsadi:  Galogenlarning  davriy  jadvaldagi  o`rni, 
atomlarning  tuzilishi,  energetik  pog`onalarda  elektronlarning  joylashishi,  
galogenlarning kuchli oksidlovchi ekanligi hamda  metallar bilan birikib tuz hosil 
qilishi  haqida    bilim  berish  va  oldin  olingan  davriy  qonun,    atomlar  tuzilishi 
haqidagi  tayanch  bilimlarni  qo`llash  orqali  yanada  rivojlantirish.  Elektronlarni 
taqsimlanishi  misolida  yadro  elektronlari  haqidagi  bilimlarni  tadbiq  etgan  holda 
rivojlantirish.  
 
Darsning tarbiyaviy maqsadi: D.I.Mendeleevning fandagi jasorati. Oldin 
aytilgan xossalarning o`z isbotini topishi misolida tarbiya berish. 
 
Darsning  rivojlantiruvchi  maqsadi:  O`quvchilarda    ilmiy  -materialistik 
dunyoqarashning shakllanishi, galogenlarning davriy sistemasidagi o`rni va atom 
tuzilishi  nazariyasiga  muvofiq  xossalarini  bashorat  qilish    malakalarni 
shakllantirish va rivojlantirish. 
 
Darsning metodi: ma`ruza (mustaqil ish ham qo`llaniladi). 
 
Darsning  jihozi:  D.I.Mendeleev  elementlar  davriy  sistemasi,  darslikdagi  
galogenlar atomlarida elektronlarning taqsimlanishi   jadval chizmasi, xlor atomi 
oksidlanish    darajasi  sxemasi,    galogenlar  atom  radiuslari  va  nisbiy 
elektrmanfiyligi ko`rgazmasi.  
 
4.  Bilimlarni  umumlashtirish  va  tizimga  solish  darslari  tipiga    misol.  
№92 dars  Galogenlarining  chog`ishtirma xaraktiristikasi mavzusi misol bo`ladi. 
 
Kimyo darslari konspektini  tuzish. Darsni o`tkazishdan oldin o`qituvchi 
o`sha  darsning  konspektini  tuzadi.  Dars  konspektini  tuzishdan  oldin    o`qituvchi 
darsning  kimyoviy  mazmunini  o`zi  tahlil  qilib  chiqadi.  Shu  tahlil  jarayonida 
ta`limiy  va  didaktik  maqsadlarni    aniqlab  oladi. Tahlil  davomida  shu  mavzuning 
oldingi  mavzu  bilan  bog`liqlik  tomonlariga  tayangan  holda  keyingi  mavzuga 
zamin  yaratishi  kabilarni  albatta  hisobga  oladi.  Bu  hol  predmetning  ichki  o`zaro 
aloqadorligini ta`minlaydi.  
 
Dars konspekti tuzishda albatta dars mazmuni o`rganib tahlil qilib chiqilgan 
shu  asosda  dars  tipi,  maqsadi,  metodlari  yangi  mavzuni  tushuntirish  rejasi, 
mustahkamlash, uy ishini tekshirish (so’rash) hamda uyga topshiriq berish kabilar 
albatta  hisobga  olinadi.  Dars  mazmuni  asosida  uning  tipini,  maqsadini  aniqlab, 
belgilab olish o`qituvchidan katta mahoratni talab qiladi. 
 
Bizga ma`lumki bir soatlik dars yirik  bir asardir  deyiladi. 
 
Mazkur  metodistlar  darsni  yirik  asar  darajasiga  ko`tara  olish  uni  tashkil 
etish  o`qituvchining  bilimi,  tajribasi,  ijodiy  izlanishi  yoki  pedagogik  mahoratga 
bog`liq.  Shu  sababli  umuman  bir  soatlik  darsni  o`tkazishning  va  shu  darslarda 
yangi  mavzuning  mohiyatini  o`quvchiga  o`tkazishning  rejalarini  oldindan 
belgilash didaktik jihatdan katta samara beradi. 
 
Hozirgi  amaliyotchi  o`qituvchilarimiz    dars  konspektlarida  darslarni 
tiplarga  ajratish  umuman  o`z  aksini  topmagan.  Shu  sababli  qanday  tip  dars 
bo`lishidan  qat`iy  nazar  ta`lim  mazmunini  bir  xil  andozada  berish  natijasida 
darsning samaradorligi  pasayib ketmoqda. 
 
Kimyo  darslari  tahlili.  Darsni  tahlil  qilish  uchun  avvalo  uning  predmet 
mazmuni,  tuzilishi,  tizimi  ta`limiy  maqsadi  ilmiyligi  darslar  tartibidagi  o`rnini  
bilish kerak. 

 
54 
 
 
Darsni  tahlil  qilish  bayonnoma  yurgizish  orqali  bo`lib,  bayonnomada  
quyidagilar yoziladi: 
1. Sinf, maktab, smena. 
2. O`qituvchining familiyasi ismi, otasining ismi. 
3. Sana, hafta kunlari, dars  jadvali  bo`yicha shu kundagi nechachi dars mavzusi. 
4. Dars maqsadi (tahlil qiluvchi maqsad) ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi. 
5. Darsning  borishi:    daftarning  o’ng  tomoniga  mulohazalar    +  belgisi  bilan  va  - 
belgisi bilan chizib boriladi. 
 
Hamma  darsdagi  maqsadlar:  "Ti"-ta`limiy,  "Tb"-tarbiyaviy,  "Rv"-
rivojlantiruvchi  holatlar  ko`rsatib  yozib  boriladi.  Tahlil  jarayonida  o`qituvchi  va 
o`quvchilar darsdagi bajarayotgan ishlari hisobga olinib  yozib boriladi. 
 
Darsning tashkil  etilishi to`liq yozib boriladi. 
 
Bu  jarayonda:  Darsning  kirish  qismi,  mazmuni  berilishi  Ti,  Tb,  Rv 
funksiyalarga  e`tibor,  uy  ishini  tekshirish  metodlari,  yangi  bilimlarni  egallashga 
o`quvchida    qiziqish  uyg`otish,  savol  va  javoblarning  aniqligi,  ko`rgazma,  TSO, 
eksperiment va didaktik materiallardan foydalanish o`rinlari to`liq tahlil etiladi. 
 
Hozirgi yangi pedagogik va ilg`or texnologiyalardan standart va nostandart 
dars  ko`rinishlaridan foydalanish kabilarga katta e`tibor beriladi.  
 
Darsning har bir etapi: Boshlanishi, uy topshiriqlarini so`rash, xulosalash  - 
baholash, yangi mavzu bayoni, uni mustahkamlash, shu jarayonda o`quvchilarning 
mustaqil  ishlarini  tashkil  etish,  o`quvchilarning  javoblari  mazmuni,  o`quvchilar 
faolligi  bilim,  ko`nikma,  malakalarning  o`zlashtirilganligi,  ko`rgazma,  didaktik 
materiallardan  foydalanish  darajasi    muammoli    vaziyatlar  tashkil  etilishi  va 
ularning samara berishi to`liq hisobga olinadi. 
 
O`qituvchining    darsni  o`quvchilar  bilan  birga  mustahkamlashi 
umumlashmirish  va  xulosalar  chiqara  bilishi,  dars  tiplari,  metodlaridan 
foydalanish o`rni va darajasiga e`tibor beriladi. Darsning to`g’ri tashkil etilganligi 
uning mazmunini o`quvchi o`zlashtirib olganlik darajasi bilan belgilanadi.  
 
Demak,  dars  jarayonida  va  tahlilida    hech  bir  narsani  ikkinchi  darajaga 
qo`ymasligini  anglab yetish kerak.  
 
Tahlilda o`quvchi va o`qituvchi faoliyatiga ular munosabati, diologiga yoki 
qayta aloqaga  e`tibor berish lozim. 
 
O`quvchilarning darsdagi faoliyati tavsiflanayotganda quyidagilarga e`tibor 
qaratish lozim: darsda intizom, o`quvchilarning faoliyat turi (jamoa bo`lib, yakka 
tartibdagi ishlari, faolligi, diqqati, qiziqishi va h.k.). 
 
O`qituvchining  o`quvchilar  bilimini    mustahkamlash    etapida:  uni  o`z 
o`rnida  tashkil  etish, (dars  tiplari  asosida)  mustahkamlash  turi (savollar asosida, 
mashq, topshiriq bajarish orqali, kimyo eksperiment o`tkazish yo`li bilan  darslik 
ustida  ishlash,  darslikdagi  savol  -  topshiriqlarga  javob  yozish).  O`qituvchining 
vaqtdan unumli foydalanishga alohida e`tibor beriladi. 
 
Darsning  eng  muhim  bo`laklaridan  qismlaridan  biri  uyga  topshiriq  berish 
va  uni  izohlashdir.  O`quvchi  nima  ish  qilib  kelishni  aniq  bilishi  va  tasavvur  eta 
olishi  lozim.  Uning  hajmiga  e`tibor  berish  qiyinchiliklar  o`quvchini  o`qishdan 
zeriktirib  hafsalasini  sundirmasin.  O`qituvchining  nutq  madaniyatiga  alohida 
e`tibor berish kerak,  ketma – ketlik  ko`proq o`quvchini gapirtirish va boshqalar. 

 
55 
 
 
Agar  dars      jarayonida  laboratoriya  tajribasi,  amaliy  ish  bajarilsa  quyidagi 
larga e`tibor qaratish kerak. 
1. Sinf  xonasining  laboratoriya  tajribalari  o`tkazishga    tayyorgarligi,  kerakli 
jihozlarning o`rni o`quvchi va o`qituvchiga yetarligi. 
2. O`quvchilar va o`qituvchining  ish  maqsadini anglab yetish. 
3. Ishni bajarishga bo`lgan metodik yo`llar  (muammoli, tadqiqot, ko`rgazmali) 
4. O`quvchilar mustaqil ishni tashkil etishi, texnika xavfsizlik qoidalariga e`tibor 
berish, o`quvchilarga ishni bajarish tartibi haqida metodik ishlanmalar yetarligi, 
kim nima ish qilishi taqsimotiga rioya etilishi. 
5. Ishning borishi, o`qituvchi  va o`quvchilarning mashg`ulot davomidagi xulqi. 
6. Laboratoriya  tajribasi yakunlari muhokamasi. 
7. Ishni yakunlashni tashkil etilishi ish o`rnilari, tarkibi, tozaligi. 
8. Ish yakunlarining o`quvchilar daftarida qayd etilishi. 
9. Ish  davomida  mehnatsevarlik,  estetik  tarbiyaning  amalga  oshishi  ko`nikma  va 
malakalarning rivojlanishi. 
 
Mavzu yuzasidan nazorat savollari 
1. Kimyo darslari tiplarini sanang va izohlang. 
2. Darsning maqsadi bilan bilish vazifalari o`rtasidagi farqni ko`rsating.  
3. Nima uchun darslarga tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar qo`yiladi. 
4. Yangi  materialni  o`zlashtirish  jarayonida  induktiv  va  deduktiv  metodlarini 
qo`llash. 
5. Yangi mavzuni tushuntirish rejasida nimalarga e`tibor beriladi? 
6. Dars konspektga  bo`lgan talablar nimalardan iborat? 
7. Kimyodan kalendar - tematik ish reja tuzilishini tavsiflang. 
 
  
20 - ma’ruza 
Mavzu: Kimyo  o`qitishning ta`minot tizimi    
 
Ma’ruza   rejasi: 
1.  Kimyo kabinetida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi. 
2.  Kimyo darsligi va uning tuzilishi. 
3.  Maktab kimyo kursi dasturlari. 
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:  Kimyo  kabinetida  mehnatni  muhofaza 
qilish va texnika xavfsizligi, o`qituvchi uchun qo`llanmalar, maktab kimyo kabinetini 
jihozlash, kimyo darsliklari. 
 
O`qitish  va  tarbiyalash  manbalariga  -  o`quvchilarni  ma`lumotli  qilib 
tarbiyalash,  ular    shaxsini  rivojlantirish  uchun  xizmat  qiladigan  materiallar  va 
ob`ektlar  tizimi misol bo`ladi.  Bu tizim funksiyalarining  birligini ta`minlaydi. 
 
Ta`minot  manbalari  uchta katta guruhga bo`linadi. Bu  bo`linish maqsadi 
va o`quvchiga ta`sir etishi usullariga ko`ra quyidagilar bo`lib hisoblanadi. 
1.  O`qituvchi uchun qo`llanmalar. 
2.  Maktab kimyo kabinetini jihozlash. 

 
56 
 
3.  Kimyo darsliklari. 
 
O`qituvchi  uchun  qo`llanmalarga  -  ijtimoiy  -  siyosiy,  metodik,  ilmiy 
ommabop  adabiyotlar    misol    bo`ladi.  Ulardagi  mazmun  o`quvchiga  o`qituvchi 
orqali  o`tadi.  Maktab  kimyo  kabineti  bevosita  o`quv  tarbiya  jarayoniga    xizmat 
qiladi. 
 
Darslik  -  shu  fan    bo`yicha  o`quv  kitobi  bo`lib  o`quvchi  uchun  yoziladi. 
Undan mustaqil holda o`quvchi maktabda va uyda foydalanadi. 
 
Bu uch komponent o`zaro bir - biri bilan doimiy aloqadadir. 
 
Maktab  kimyo  xonasisiz  hozirgi  ta`lim  -  tarbiya  jarayonini    tasavvur  etish 
mumkin emas.          
 
Maktab  kimyo  kabineti  o`quv  qurollari  pribor  reaktivlar,  jadval  va 
hokazolar  maxsus  joylashtirilgan  xonadan  iborat.  Kimyo  kabineti  o`quvchilarni  
o`qitish, tarbiyalash va  rivojlantirish maqsadlariga xizmat qiladi.  
Kimyo kabinetiga  bo’lgan talablar 4 guruhga bo’linadi. 
1.  Ilmiy-metodik. Kimyo kabineti kimyo ta`limi mazmuniga, didaktik talablarga, 
psixologik  va  tarbiya nazariyasi talablarga javob berishi kerak. 
2.  Ekologik,  gigiyenik    va  texnika  xavfsizligi    talablari    ya`ni    kabinet 
mehnatining  ilmiy  asosda    tashkil  etish,  o`quvchilar  va  o`qituvchi  sog`ligini  
asrash talablariga javob berish. 
3.  Texnik, texnologik  guruh -   xona jihozlari oddiy  va qo`lay,  hozirgi barcha 
talablarga  javob  beruvchi  mustahkam,  arzon  materiallardan  tayyorlanishi 
lozim. 
4.  Maxsus talablar. Kimyo  fanini o`qitishga  daxldor  ta`minot bo’lishi kerak.   
 
Maktab jihozlari uchun  maxsus  Davlat standartlari (GOST)  hamda texnik 
sharoitlar (TU) bo`lishi kerak. Kabinet yuqoridagi talablarga javob beruvchi mos 
joydan tanlanishi kerak.  
Kimyo kabineti o’quv jihozlari tizimi: 
1.  Tabiiy  ob’ektlar:  reaktivlar,  idishlar,  probirkalar,  instrumentlar,    minerallar 
kolleksiyalari materiallari va boshqalar. 
2.  Tabiiy ob’ektlarning ko`rinishlari: modellar,  maketlar, ekran jihozari. 
3.  Har xil jadvallar, sxema, grafik, chizmalar. 
4.  TSO, 
kinofilmlar, 
diafilmlar, 
diapozitivlar, 
magnitafon, 
yozuvlar, 
programmalar, video yozuvlar. 
Kabinetda  o`qituvchi  va  o`quvchilarning 
ish o’rni alohida bo`lishi lozim.  
 
O`qituvchining  ish  o`rni  katta  stol    bo`lib,  uning    qavatli  va  yuza  qismi 
demonstasion    tajribalar  olib  borishga  mos  linoleum  qoplanadi.  Qilinayotgan 
tajribalar  hamma    o`quvchilarga  ko`rinarli  bo`lishi  kerak.  Pastki  qismida  kerakli 
jihozlar o`qituvchi olishi uchun moslanadi,  albatta  zaharli gazlar moddalar uchun 
havo  tortar  (mo’rili)  shkaf  bo`ladi.  Sinf  doskasi  3  shitli  bo`lishi  talab  etiladi. 
O`quvchilar  o`rni  texnika  xavfsizligiga  mos  holda  ko`nikma  va  malakalarni 
rivojlantirishga mo`ljallanishi kerak?  O`quvchilar guruh va yakka  mustaqil holda 
ishlashi kerak.  
 
Kabinet  suv,  elektr  energiyasi    gaz  va    boshqa    barcha  kerakli    inventar 
jadval,    maketlar  bilan  to`liq    ta`minlanishi  kerak.  Kimyo  kabinetida  alohida 
laborant xonasi  bo`ladi. Laborant xonasidan ham sinfga, ham zalga chiqiladi. 

 
57 
 
 
Kimyo  kabinetida  mehnatni  muhofaza  qilish  va  texnik  xavfsizligiga  rioya 
qilish  xalq  ta`lim  vaziriligi  tomonidan  tasdiqlangan  o`qituvchi  uchun 
mo`ljallangan maxsus  yo`l - yo`riq, qo`llanmalari normativ hujjatlari asosida olib 
boriladi.  Albatta,  kabinetda  texnika  xavfsizligi  qoidalari  bo`lib,  laboratoriya 
demonstrasiya  tajribalari  va  amaliy  mashg`ulotlarda  unga  amal  qilish  hamma 
uchun zarur.  
 
Kimyo  darsligi  -  maktabda  eng  muhim  adabiyot  sanaladi.  Darslik 
muammosi  doim  dolzarb  bo`lib,  u  o`zining  mazmuni  gigiyenik  xarakteristikasi,  
tarbiyaviy  funksiyasining  alohidaligi bilan ajralib turadi. Ta`lim tizimida kimyo 
darsligi alohida murakkab o`rin egallaydi. 
 
Darslikda ta`lim mazmuni maktab ta`limiga mos  holda, dasturga asoslanib, 
Davlat ta`lim standartlariga moslab beriladi. 
 
Darslik  o`quvchida  dunyoqarashini  shakllantiradi,  unda  metodologik 
bilimlar,  falsafiy  g`oyalar,  o`quvchilarning  aqliy  rivojlantiruvchi  hamda  ularda 
ko`nikma  malakalar  shakllanishi  o`z  ifodasini  topadi.  Unda  o`quvchiga 
yondashishning  yalpi  usullari  aks  etgan  bo`ladi.  Darslik  mazmuni  tizimi 
quyidagicha o`qitish maqsadga muvofiq: 
1.  Kimyo predmeti mazmuni 
2.  O`qitish metodlari 
3.  O`qitish ta`limoti 
4.  O`quv ishini tashkil etish. 
 
 
O`quvchilarning darslik bilan ishlash metodikasi 
 
Kimyo  ta`limining  dastlabki  darslarida  o`quvchilar  darslik  bilan  ishlashga 
o`rgatish talab etiladi. Ular quyidagilardan iborat: 
1.  Berilgan  mavzuni  diqqat  bilan  o`qib  chiqish  va  unda  nima  haqida  fikr 
yuritilishini aniqlash. 
2.  Shu mavzuni  oldingi mavzular orasida bog`liqlik mavjudligini topishi. 
3.  Mavzuni  to`liq  o`qib  chiqib  undagi  noaniq  so`zlarni  yozib  olishi,  chizma  va 
rasmlarni  ko`zdan  kechirib,  uning  mazmunini  ajratishi  lozim.  Mavzuni 
o`rganishning rejasini tuzib, formula va kimyoviy tenglamalarni yozib oling. 
4.  Tushunmagan so`zlarni yana aniqlang, ularni izohlashga harakat qiling. Ularni 
kimyoviy  lug`atdan  izlang.    Hamda    daftaringizga    ular    mazmuni  va 
ahamiyatini yozib oling. 
5.  Mavzu  mazmunini yana o`qing. Uni reja bilan solishtirib chiqing. 
6.  Mavzu    oxiridagi  savollarga  javob  bering.  Unga  o`zingizning  javoblaringizni 
hozirlang.  Ularni  sinfda  o`qituvchi  aytgan  va  darslikdagi  mazmuni  asosida 
chog`ishtiring. 
 
O`qituvchi  o`z  o`quvchilarini  shu  asosda  doimiy  ishlashga  tayyorlab 
o`rgatish, odatlantirib borish ta`lim jarayoniga sifatli ta`sir etadi. 
 
O`quvchilarning  uy  topshiriqlarini  bajarishi  daftarlarida  o`z  ifodasini 
topishi kerak. 
 
 
 
 

 
58 
 
 Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar. 
1.  O`qitish ta`minoti sifatida foydalaniladigan natural ob`ektlarga misol keltiring. 
2.  Zavod,  agrokimyo  laboratoriyasi  va  boshqa    ob`ektlarni  kimyodan  o`quv 
ekskursiyasi  o`rni deb tanlash mumkinmi?  Nima uchun?  
3.  Uglerod mavzusini o`rganish uchun qanday kimyoviy ta`limotdan foydalanish 
mumkin. Javobingizni asoslang. 
4.  Maktab  kimyo  kabineti  uchun  xos  bo`lgan  kimyodan  texnik  xavfsizlik 
qoidalarini  ko`rsating. 
5.  VII-VIII  sinf  kimyo  darsligini  qaysi  mavzulari  o`quvchilarning  bilim 
qobiliyatini oshiradi?  
6.  VII-VIII  sinf  kimyo  darsligini  qaysi  mavzularini  o`quvchilarga  mustaqil 
o`rganish uchun tavsiya etish mumkin? Javobingizni izohlang. 
 
21 - ma’ruza 
Mavzu:   Kimyo fanida komp’yuter dasturi. 
 
Ma’ruza rejasi : 
1.  Umumiy ta’limda kimyo fanini komp’yuter dasturlarida o’rganishning    
ahamiyati 
2.  Kimyo  fanining  laboratoriya  mashg’ulotlarini  o’tishda  komp’yuterli 
dasturlarning o’rni 
3.  Kimyo fanini komp’yuter dasturlarida  o’rganishning  afzalliklari. 
 
 
Kasb-hunar 
kollejlarida 
bo’lg’usi 
kichik 
mutaxassislar 
kasbiy 
tayyorgarligiga yuqori talablar qo’yilmoqda. Kichik mutaxassislar ishlab chiqarish 
jarayoniga    tezkor  usulda  ko’nikib  ketishlari  uchun  kasbiy  tayyorgarligining 
safarbarlik  ko’rsatkichlari  yuqori  va  tezkor  xarakterda  bo’lishiga  erishmog’i  
lozim.  Jumladan, kichik mutaxassislarni kimyo yo’nalishida tayyorgarlik sifatini 
oshirish  dolzarb  muammolardan  hisoblanadi.    Zotan,    kimyo  kabinetlarining 
yetarli jihozlanmaganligi,  kimyoviy reaktivlarning yetarli emasligi har doim ham, 
frontal  o’qitish  imkonini  bermaydi.  Shuning  uchun  ham  kimyo  ta’limining 
interaktiv metodlaridan biri  komp’yuter dasturlari  asosida o’qitish hisoblanadi. 
 
Bu  yerda  albatta  o’rta  umumiy  ta’limda  kimyo  dasturini  nechog’lik 
o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilganligi kasb-hunar ta’limidagi kimyo o’qitishni 
yangi sifat darajasiga ko’tarish imkonini beradi. 
 
Kasb-hunar  kollejlarida  kimyo  fanini  komp’yuter  dasturlarida  o’rganish 
mantiqiy – strukturasini tuzishdan boshlanadi. Mantiqiy, strukturani  tuzish uchun 
kasb-hunar  kollejlarida  o’rganilayotgan  kimyo  kursi  mazmuni  ayrim  bloklarga 
yoki  modullarga  bo’linadi.  Har  bir  modulning  nomi  va  nomeri  bo’ladi.  Shuning 
bilan  birga  har  qaysi  modul  qaysi  chorakda  necha  soat  davomida  o’rganilishi 
ko’zda tutiladi. 
 
Kimyo  fanining  laboratoriya  mashg’ulotlarini  o’tishda  komp’yuterli 
dasturlarning  o’rni  beqiyosdir.  Bu  yerda  o’quvchi  komp’yuterdan  laboratoriya 
mashg’ulotining  yozma  tavsiloti  bilan    tanishadi,  xavfsizlik  texnikasi  qoidalarini 
o’rganadi.  Keyingi  bosqichda  laboratoriya  mashg’uloti  uchun  kerakli  jihozlarni 
tanlaydi.  Ularning ishga yaroqliligini komp’yuterlardan tekshirib oladi.  

 
59 
 
 
Galdagi vazifa komp’yuterda laboratoriya jixozlarini yig’ish va ish holatiga 
keltirish.  Laboratoriya  jihozlari  yig’ilib,  texnika  xavfsizligi  qoidalariga  amal 
qilinganidan  keyin  bevosita    laboratoriya  ishini  komp’yuterlarda  bajarishni 
boshlash  mumkin.  Buning  uchun  kerakli  moddalar  kerakli  miqdorda  kimyoviy 
reaksiyaga  kiritiladi  va  kutilgan  sifat  va  miqdordagi  kutilgan  rangdagi  yangi 
xossalarga ega bo’lgan yangi kimyoviy modda olinadi.  Olingan  yangi moddaning 
sifatlari  kimyoviy  ko’rsatkichlari,  laboratoriya  mashg’uloti  tafsilotida  keltirilgan 
manbalarga  solishtiriladi.  Agarda,    laboratoriya    mashg’uloti  uchun  tayyorlangan  
yuriqnomadagi  ma’lumotlar  yetarli  bo’lmasa,  o’quvchi  darsliklarga,  elektron 
darsliklarga murojaat qiladi.  
 
Xulosa  qilib  aytganda,  kimyo  fanini  komp’yuter  dasturlarida  o’rganish 
quyidagi afzalliklarga ega ekanligi bizning tajribalarimizda o’z  tasdig’ini topdi.  
 
Birinchidan:  O’quvchilar  kimyodan  laboratoriya  mashg’ulotini  mustaqil 
bajarishadi. Natijada o’quvchilarda o’z-o’ziga ishonchi, mustaqil fikrlash darajasi 
ortadi.  
 
Ikkinchidan:   Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishda texnika xavfsizligi 
qoidalari  aniq  bajariladi,  aks  holda  komp’yuter  o’quv  faoliyatini  to’xtatishgacha 
olib boradi.  
 
Uchinchidan: Kollej o’quvchilarini kimyo dasturlarini komp’yuter dasturlari 
asosida  o’rganishi  jarayonida  qimmatli  kimyoviy  modda  va  reaktivlar  iqtisod 
qilinadi.  
 
To’rtinchidan:  O'quvchilarning  komp’yuterda  mustaqil  ishlash  bilim  va 
ko’nikmalari aniq misollarda mustahkamlanadi. 
  
Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling