Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi
Kimyoviy element atomining o’z sirtqi qavatini tugallash uchun boshqa
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II davr elementlarining elektrmanfiyligi quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
- Ionlar zaryadlangan zarrachalar bo’lib, atom elektron berganda yoki elektron biriktirib olganda ana shu ionlarga aylanadi.
- 28-ma’ruza Mavzu: O’rta maktab kimyo kursida elektrolitik dissosiasiya nazariyasi. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi mavzusining o`rni va ahamiyati
- 29-30-ma’ruza Mavzu: Organik moddalar tuzilish nazariyasini o`rganishning ahamiyati.
- O’rganiladigan asosiy tushunchalar
Kimyoviy element atomining o’z sirtqi qavatini tugallash uchun boshqa atomlardan elektronlar tortib olish xossasi elektromanfiylik deb ataladi. Elektrmanfiylikni ifodalash uchun litiyning elektrmanfiylik bir deb qabul qilingan. II davr elementlarining elektrmanfiyligi quyidagi ko’rinishda bo’ladi. 2-davr Li Be B C N O F 1,0 1,5 2,0 2,5 3,0 3,5 4,0 Metallarda elektrmanfiylik ikkidan kichik, metallmaslarda ikkidan katta. Elektrmanfiyligi eng kuchli element – ftor bo’lib, uning elektrmanfiyligi 4 ga teng. 76 Davriy sistemada elektrmanfiylik quyidagicha namoyon bo’ladi. Davr Qator Gruppalar 1 2 3 4 5 6 7 8 I II III IV V Kuchayadi Kuchayadi Kimyoviy bog’lanishning asosiy tiplari mavzusida: a). Darsda o’quvchilarga elementlar orasidagi elektrmanfiylik tushunchasiga muvofiq sodir bo’ladigan kimyoviy bog’lanish tiplari (ion bog’lanish, metall bog’lanish, kovalent bog’lanish, qutbli va qutbsiz bog’lanish, vodorod bog’lanish) haqida, elektronlarning bir element atomidan ikkinchi element atomiga kuchishi yoki siljishi haqida bilim berish. b). O’quvchilarga kimyoviy elementlar va ular hosil qilgan birikmalarning orasida qanday bog’lanishlar mavjud bo’lishini farqlay olish bog’lanishlar hosil bo’ladigan sxemalarni chiza bilish qobiliyatlarini tarbiyalash. Darsni quyidagi savollarni takrorlashdan boshlash mumkin: 1. Natriy, alyuminiy, oltingugurt, xlor elementlari atomlarining elektron sxemalarini chizing. 2. Shu elementlar tashqi elektronlar qobig’ida tugallanmagan elektron qobiq bo’lishi uchun nechta elektron yetishmaydi. 3. Ishqoriy metallar va galogenlar atomlarining tashqi elektron qobiqlari bir-biridan qanday farq qiladi? Quyilgan savollarga javob beradigan yangi materiallar mazmunini o’qituvchi quyidagi reja asosida tushintiradi: Elementlardagi elektrmanfiylik tushunchasiga muvofiq kimyoviy bog’lanish tiplarini oldindan aytish mumkin. Ular uch tipga bo’linadi, ya`ni: 1) elektrmanfiyligi bir xil bo’lgan element atomlari orasidagi kimyoviy bog’lanish; 2) elektrmanfiyligi bir-biridan uncha katta farq qilmaydigan elementlar orasidagi kimyoviy bog’lanish. Masalan, suv, vodorod xlorid, metan kabi birikmalarda; 3) elektrmanfiyligi bir-biridan keskin farq qiladigan elementlar orasidagi kimyoviy bog’lanish. Masalan, ishqoriy metallar va galogenlar orasidagi kimyoviy bog’lanish. 77 Elektrmanfiylik- birikmalar hosil bo’lishida atomlar orasida elektronlarning taqsimlanishiga ta`sir qiladi. Barqaror elektron qavatining turli yullar bilan hosil bo’lishiga asoslanib, kimyoviy bog’lanishlarni bir necha turlarga bo’lish mumkin: kovalent bog’lanish, ion bog’lanish, metall bog’lanish, vodorod bog’lanish. Kovalent bog’lanish – bu tip bog’lanish elektrmanfiyligi bir xil bo’lgan elementlar atomlari oralig’idagi bog’lanishda uchraydi. O’qituvchi misollarni doskaga yozib ko’rsatgan holda tushintiradi. Atomlarning elektronlar jufti vositasidagi bog’lanish kovalent bog’lanish deb ataladi degan xulosaga kelinadi. Odatda kimyoviy birikmalar hosil bo’lishida har bir element atom o’zining tashqi elektron qobig’ida elektronlar sonini – elektron konfigurasiyasini o’ziga yaqin bo’lgan tuzilishi holatiga yetkazishga intiladi va yetkazadi. Biz bu o’rinda o’quvchilarning atom tuzilishi nazariyasi haqidagi bilimlarini yangi materiallarni o’rganish jarayonida qo’llaymiz va rivojlantiramiz. Boshqacha qilib aytganda, avval o’rganilgan materiallarni o’zlashtirish uchun tayanch qilib olinadi. Demak, har bir oddiy modda atomdagi valent elektronlar bir xil elementining ikki atomi uchun umumiy bo’lib qoladi. O’qituvchi mavzuni takrorlash vaqtida o’rganish uchun berilgan qo’shimcha materiallardan o’tilgan mavzuni takrorlashi va mustahkamlash bosqichlarida foydalanishni tavsiya etadi. O’qituvchi azot elementining elektronlar joylashishini energatik pog’onalar bo’yicha chizib, π va σ bog’lanishlar hosil bo’lishini tushintiradi. Agar s-s; s-p; p-p elektronlar bulutlar kesishmasi hosil bo’lsa 6 ta-sigma bog’lanish, agar ikkilamchi va uchlamchi bog’ sifatida yon tomonlarda bo’lsa π (pi bog’lanish) hosil bo’ladi. Masalan: :N N: yoki N-N o’rtadagi mustahkam sigma bog’ ikki yon tomondagi π bog’lardir. Elektrmanfiylik natijasida hosil bo’ladigan ikkinchi tip kimyoviy bog’lanishlar misolida qutbli va qutbsiz kovalent bog’lanish tushuntiriladi. Bir xil atomdan tuzilgan oddiy moddalarda elektronlar jufti ikkala atomga bir xil tegishli bo’ladi. Bu kovalent bog’lanish turi qutbsiz bog’lanishdir. Agar elektronlar jufti har xil ikkita atomni bog’lasa, bu elektronlar jufti hamma vaqt atomlarning biriga tomon siljigan bo’ladi. Kovalent bog’lanishning bu turi qutbli deb ataladi. Masalan, HF, HCI, H 2 O yordamida tushintirish mumkin. Bu holatda elektronlar jufti kuchliroq elektrmanfiy element atomi tomon siljigan bo’ladi. 78 Kimyoviy bog’lanish elektrmanfiyligi bir – biridan keskin farq qiladigan elementlar orasida sodir bo’ladi. Bu holda valent elektronlar bir element atomidan ikkinchi element atomiga to’liq siljiydi. Natijada musbat va manfiy zaryadli ionlar hosil bo’ladi. Ionlar zaryadlangan zarrachalar bo’lib, atom elektron berganda yoki elektron biriktirib olganda ana shu ionlarga aylanadi. Ionlar orasidagi elektrostatik tortishuv kuchi ta`sirida hosil bo’lgan bog’lanish ion bog’lanish deb, hosil bo’lgan birikmalar esa ion birikmalar deb ataladi. Oksidlanish darajasi mavzusini o’rganishda : a). O’quvchilarda oksidlanish darajasi tushunchasining mohiyatini anglab yetish, moddaning formulasiga qarab ham, elektrmanfiylik mavzusida olingan bilimlar asosida oksidlanish darajalarini aniqlay olish kabi malakalarni shakllantirish: b). Oksidlanish darajalarini belgilash, oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuza bilish natijasida qaysi element oksidlanadi, qaysi element qaytariladi kabi o’quv malakalarini shakllantirish va tarbiyalash. Dars yangi mavzu mazmunini tushuntirish bilan boshlanadi. Bu dars oldingi mavzularga bogliq bo’lganligi sababli so’rash va mustahkamlash bilan qo’shib olib boriladi. Avvalo, o’qituvchi darsni vodorodning xossalari va ishlatilishini takrorlash va eslashni taklif qiladi. Vodorodning kislorod bilan birikishi – oksidlanish jarayoni, oksidlovchi, qaytaruvchi, oksidlandi, qaytarildi kabi tushunchalarning mohiyati eslanadi. Oksidlanish darajasi - bir atomdan ikkinchi atomga siljigan elektornlar soni bilan ifodalanishi tushuntirib beriladi. Shuningdek, qanday hollarda oksidlanish darajasi nolga hamda element valentligiga teng bo’lishi sharklanadi. Kristall panjaralar mavzusida: a). O’quvchilarga kristall panjaralar haqida tushuncha berish. Ion, molekulyar, atom kristall panjaralari tiplari haqida, ularning fizik xossalari haqida ma`lumot berish. b). Olingan ma`lumotlar asosida moddalardagi kristall panjaralarni tiplarga ajrata bilish. Dars boshlanishida oksidlanish darajasi, oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari haqidagi bilimlar qisqacha takrorlanib, mustaqil ish beriladi, ya`ni muayyan reaksiya tenglamalarini yozib, oksidlanish darajasi va oksidlovchi qaytaruvchi atomlarni ko’rsatish taklif etiladi. Kristall va amorf moddalar. Agar temirni mexanik jixatdan maydalasak, ham kichik bo’laklarda uning shakli qoladi. Bunday moddalar kristall moddalar deyiladi. Shisha smola bo’laklari maydalanganda shaklsiz holatga kiradi. Ular amorf yoki shaklsiz deb ataladi. Shu jarayon va tushunchalarni o’qituvchi ko’rgazmalar yordamida batafsil o’rgatadi. Undan keyin kristall panjaralarda ionlar, atomlar, molekulalar aniq tartibda joylashishi olmos, osh tuzi, grafit kristall panjaralari misolida tushuntiriladi. Ion kristall panjaralari ion bog’lanishli birikmalarga xos osh tuzi kristall panjaralari misolida izohlanadi. Atom kristall panjaralar kovalent bog’li birikmalarda uchraydi, buni olmos, grafit panjaralari misolida o’quvchilarga 79 yetkaziladi. Molekulyar kristall panjaralar qirralari qutbli va qutbsiz molekulalar holida uchraydi. Bunga kislorod molekulasi va vodorod xlorid molekulasi misol bo’ladi. Ayrim fizik jismlarning xossalari kristall panjaralarga bog’liq ekanligini o’quvchilarga singdirish kerak. Chunki moddaning tuzilishi ma`lum bo’lsa, uning xossalarini oldindan aytish yoki xossalari aniq bo’lsa, uning tuzilishini belgilash mumkin. Bu hol fanda juda katta ahamiyatga ega. O’quvchilar diqqatini moddalarning bu xususiyatiga qarata olish, ularning ijodiy fikrlashlariga shart- sharoit yaratish munosib zamin hozirlash imkonini beradi. Nazorat savollari: 1. Kimyoviy bog’lanish nima va u qanday hosil bo’ladi? 2. Kimyoviy bog’lanish qanday tavsiflarga ega? 3. Kimyoviy bog’lanishning qanday turlari mavjud? 4. Vodorod bog’lanish nima va uning hosil bo’lishini tushuntiring? 5. Kristall va amorf moddalar mavzusiga reja tuzing. 28-ma’ruza Mavzu: O’rta maktab kimyo kursida elektrolitik dissosiasiya nazariyasi. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi mavzusining o`rni va ahamiyati Ma’ruza rejasi: 1. O’rta maktab kimyo kursida elektrolit va elektrolitik dissosiasiya nazariyasi 2. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi mavzusining o`rni va ahamiyati 3. Dissosilsnish darajasi va uning ahamiyati 4. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Elektrolit va elektrolitik dissosi- lanish, kation, anion, dissosilanish darajasi, kuchli va kuchsiz elektrolitlar, tuzlar gidrolizi. O’rta maktab kimyo kursida elektrolitik dissosiasiya nazariyasi 9-sinfda o’tiladi. Kimyoviy bog’lar qonuniyatiga asoslanib, u davriylik bilimini rivojlantiradi, moddalar tuzilishi bilimlariga yangi tushunchalar kiritadi. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi maktab kimyo kursining eng muhim nazariy konsepsiyasining birini tashkil etadi. Bu mavzuni o’tishda o’quvchilarning oldingi kimyoviy muvozanat bilimlari asos qilib olinadi. Moddaning tuzilishi, kimyoviy bog`lanish mavzularida olingan bilimlar yanada sistemaga kiradi va rivojlantiradi. Natijada o`quvchilar qanday sabablar ta`sirida kimyoviy bog`lanishlar uzilishi sodir bo`lishi hamda elektrolitlar suvli eritmalarda qanday xossalar namoyon qiladi. Nima uchun? kabi savollar o`z yechimini topadi. Kurs yakunida kimyoviy muvozanat hosil bo`lishi haqidagi ma`lumotlar bilan tanishiladi. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi bo`yicha o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilimlar, ko`nikma, malakalar tizimida maktab kimyo ta`limi davlat ta`lim standartlarida o`z ifodasini topgan. Mavzuning ta`limiy maqsadida - dissosiasiya jarayoni tushunchalarining mohiyati, mexanizmi, shartlari, moddalar, eritmadagi ionlarning holati va ular orasida boradigan reaksiyalar haqida tushuncha beriladi. 80 Elektrolitik dissosiasiya nazariyasini o`rganish jarayonida eng muhim tarbiyaviy maqsadlar qo’yiladi. Boshqa nazariy mavzular kabi bu mavzu ham dialektik materialistik dunyoqarashni shakllantirish uchun boy material manbaga ega. Ichki elektrolitik qarama - qarshiliklar, har xil zaryadli zaryadlangan ionlar orqali aniq misollarda falsafiy kategoriya va qonunlarning mohiyatini ochib beradi. Natijada o`quvchida modda haqidagi dialektik tushunchalarning ichki aloqadorligi ochiladi. Mavzuni o’rganish jarayonida o`quvchilarni rivojlantirivchi maqsadi. Modda haqidagi tushunchalarning kengayishi bilan, kimyoviy reaksiyalarning mohiyati chuqurlashadi. Bu mavzuni tarkibi quyidagicha: Avval elektrolit va elektrolitmaslar farqlanadi, keyin dissosasiya hodisasi tushuntiriladi. Elektrolit dissosasiya gidratlangan ionlar jarayoni kimyoviy jarayon ekanligi aytiladi, eritma ichidagi ion almashinish hamda oksidlanish - qaytarilish misolida kimyoviy reaksiyalar tushintiriladi. Bunda 3 muhim yo’nalish: 1. Ionlar bog’lanishi yo’nalishidagi almashinish reaksiyasi boradi 2. Elektrolit tuzining suv bilan ta’siri 3. Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari eritmalarda boradi, tarkibi va ion zaryadlari o’zgarishiga olib keladi. O`quvchilarning bilimi yangi sifat bosqichiga ko`tariladi. Mavzu kursning qolgan mavzularini o`rganish uchun yuqori nazariy bazani vujudga keltiradi. O`quvchilar oldingi tushunchalarni yangicha fikrlaydilar, o`zlarining tushunchalar mohiyatini rivojlantiradilar. Elektrolitik dissosiasiya mavzusi mazmunining tizimi. O`quvchilar kislota, ishqor, tuzlarning dissosiasiyasini tuza bilish, dissosiasiya tushunchasining mohiyatini bilishi hamda, ion almashish reaksiya tenglamalarini tuza olish kabi bilim ko`nikma, malakalarni egallashlari o`z ifodasini topgan. Mavzu mohiyatini ochishda modda haqidagi tushunchalarning to`rtta muhim tomoniga e`tiborni qaratish lozim. Ular: elektrolitlar, eritmada ionlar, dissosiasiya jarayoni mohiyati, eritmada ion reaksiyalari bo`lib hisoblanadi. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi mavzusidagi tushunchalar mohiyati quyidagicha ketma - ketlikda ochib beriladi: 1) - elektrolit moddalar: - elektrolitlar tuzilishi. - dissosiasiyalanishining alohida xususiyatlari; - elektrolitlarning klassifikasiyasi. 2) - eritmada ionlar reaksiyasi. 3) - Ion almashinish reaksiyalari. - Tuzlar gidrolizi. - Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari. 4) - Dissosiacsya jarayoni mohiyati. - dissosiasiya sharoiti. - dissosiasiyaning mexanizmi. Bu o`rinda kimyoviy reaksiya tushunchasining sifat jihatdan sakrashi alohida ahamiyatga ega. 81 1. Almashinish reaksiyalarining ionlar bog`lanishi tomonga siljishi; 2. Elektrolit tuzlarining suv bilan birikishi (gidroliz). 3. Eritmada oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tarkibini va ionlar zaryadining o`zgarishga olib kelishi. Natijada oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari hamda elektrolitik dissosiasiya nazariyalarining o`zaro bog`liqligi tarkib topadi. Mavzuni o`rganishning metodlari. Ta`lim mazmuni va uning maqsadi asosida metod tanlanadi. Shu tanlangan metod asosida o`quvchilarda bilim va ko`nikmalar shakllanadi. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi muammoli metodlar tanlanganda sifat jihatdan samarali bo`ladi. Asosiy muammo-elektrolitlar xossalarining eritmada parchalangan ionlar xossalariga bog`liqligi masalasini o`quvchiga yetkaza bilish bo`lib hisoblanadi. Bu muammoni yechish uchun quyidagi savollarga javob berish muhim bo`lib hisoblanadi. 1. Nega elektrolitlar elektr tokini o`tkazadi-yu, noelektrolitlar o`tkazmaydi? 2. Nima uchun ion va qutbli bog`lanishli birikmalar ionlarga dissosilanadi, kovalent bog`lanishli birikmalar ionlarga dissosilanmaydi; 3. Dissosiasiyaga nima ta`sir etadi – erituvchi-mi yoki elektr toki; 4. Atom va ion orasida farq mavjudmi va hokazo. Mazkur mavzuni samarali o`rganish uchun demonstrasiya, laboratoriya, eksperiment kabi tajribalarni bajarish kerak. Tuzlar gidrolizi mavzusini o’rganishning ahamiyati. Gidroliz tushunchasi o`quvchilarga alohida qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish va gidroliz tushunchalari mohiyatini rivojlantirish ion almashinish reaksiyalari, qaytar reaksiyalar, kimyoviy muvozanat, kuchli va kuchsiz elektrolitlar kabi holatlarda o`z yechimini topadi. Gidroliz - nazariy tushunchadir. U elektrolitik dissosiasiya nazariyasining asosini tashkil etadi. Tuzlar gidrolizini faqat ion reaksiyalari asosida tasavvur etish kerak. Mavzuni o`rganish, muammoli metodda olib boriladi. Avvalo o`quvchilar faollashtiriladi. Indukatorlarga tuzlarning munosabati ochib beriladi. O`qituvchi bu holatni laboratoriya tajribalari orqali namoyish etadi. O`qituvchi aniq misollar yordamida tuzlar gidrolizining nazariy mohiyatini ochib beradi. Nazorat savollari 1. Elektrolit va elektrolitik dissosiasiya nima? 2. Dissosilanish darajasi nima va uning ahamiyati nimadan iborat. 3. Dissosilanish doimiysi deganda nimani tushinasiz? 4. NH 4 OH, H 2 CO 3 tipdagi kuchsiz elektrolitlar uchun dissosilanish doimiysining matematik ifodalarini yozing. 29-30-ma’ruza Mavzu: Organik moddalar tuzilish nazariyasini o`rganishning ahamiyati. 82 Ma’ruza rejasi: 1. Organik moddalar tuzilish nazariyasini o`rganishning ahamiyati 2. Hozirgi zamon tuzilish nazariyasi organik kimyo kursining asosi - sifatida 3. Izomeriyalar va gomologlar haqidagi tushunchalarni o`rganish. O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Organik moddalarning o’rganilish tarixi, organik moddalarning xarakterli xususiyatlari, organik moddalarning klassifikasiyasi, to’yingan, to’yinmagan uglevodorodlar. Organik moddalarni o’rganish “Anorganik va organik modda” lardan boshlanadi. O’quv materialining o’zi ham, uni bayon qilish formasi ham yetarli darajada aniq va ishonarli darajada bo’lishi lozim. Kirish qismining aniq materialida: a). “Organik modda”lar tushunchasini oydinlashtirish; b). Organik moddalarning xarakterli xususiyatlarini alohida qayd qilish; v). Organik moddalar haqidagi idealistik, vitalistik qarashlarning asossizligini ko’rsatish; g). Organik moddalarning amaliy ahamiyati haqida ba’zi tasavvurlar hosil qilish lozim. Organik kimyo taraqqiyotining asosiy bosqichlari to`rtta davrga ajratiladi: 1. Empirik davr- insonning organik moddalar bilan ilk bor tanishuvi, ularni ajratib olish va qayta ishlash usullari o`rganilgan vaqtdan to organik kimyo fani sifatida shakllangunicha (XVIII asrning oxiri). 2. Anolitik davr - XVIII asr oxiridan XIX asrning 60 - yillargacha. Bu bosqichda dastlabki nazariyalar yaratilib organik kimyo fani sifatida shakllana boshladi. 3. Tuzilish nazariyasi davri - XIX asrning 60 - yillardan to hozirgacha. 4. Organik kimyo rivojlanishining hozirgi zamon molekulyar atomistik yoki ilmiy takomillashuv davri. Organik kimyoning ilmiy takomillashuv davrida asosan tuzilish nazariyasi rivojlanadi va o`rganiladi. Organik kimyoni o`qitishning tub mohiyati uning mazmunidan kelib chiqadi. Albatta anorganik kimyo kursida o`rganilgan kimyoviy tushunchalarga organik kimyo kursini o`rganishda ham ehtiyoj seziladi. Organik birikmalarda boradigan kimyoviy reaksiyalar uni o`rganishning o`ziga xosligini ko`rsatadi. Anorganik kimyoda bo`ladigan kimyoviy reaksiyalar qisqa muddat ichida sodir bo`lsa, organik kimyoda bu jarayonlar ancha vaqtni talab etadi. Organik kimyoda predmetlararo aloqadorlik katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bu bog`lanish biologiya, molekulyar biologiya, genetika, fizika, fan tarixi, organik sintez, kimyo sanoati, kimyoning falsafiy asoslari kabi fanlarda yaqqol ko`rinadi. Organik moddalar tuzilish nazariyasini o`rganishning ahamiyati. Organik moddalarning tuzilish nazariyasi butun kimyo kursining nazariy bazasi bo`lib hisoblanadi. Bu nazariya asosida eng muhim kimyoviy tushunchalar shakllanadi. Kursni o`rganishning eng muhim soxasi - A.M.Butlerovning organik moddalarning tuzilish nazariyasining hozirgi ahvoli haqidagi dastlabki nazariyalarni analiz qilishdan boshlanadi. Atom va molekulalar haqidagi dastlabki 83 qarashlar va hozirgi qarashlar tahlili natijasida ular chog`ishtiriladi. Moddalar xossalarining tarkibi va tuzilishiga bog`liqligiga katta ahamiyat beriladi. Kimyoviy tuzilish nazariyasini o`rganishda A.M.Butlerov, V.V. Markovnikov, A.E.Arbuzov singari rus olimlarining xizmatlarini e’tirof etish bilan birga, o’zbek olimi A.G’.Maxsumovning kimyoviy tuzilish nazariyasini rivojlantirib, murakkab zarrachaning tuzilishi uning tarkibiga, hamda kimyoviy tabiati elektron va fazoviy tuzilishiga bog’liq ekanligini izohlab berganligini tushintirish o’rinlidir. Organik kimyoni samarali o’rganishning sharoitlari. Ko`p sonli o`qituvchilar, metodist olimlarning amaliy faoliyati bilan nazariyani birga olib borishlari natijasida o`qituvchilarga bir qancha yo`llanmalar berilgan. Bular; 1. Anorganik kimyo bilan o’zaro aloqadorlikni ta`minlash. 2. Kimyoviy tuzilish nazariyasining shakllanishida tarixiylikga ijodiy yondashish 3. Organik moddalarning tuzilishi, ularning elektron, fazoviy tuzilishlarini o`rganishda Butlerov g`oyalarini ochib berish. 4. Moddalar xossalarining ular tuzilishiga bog`liqligini yoritish. Organik moddalarni bilishda, o`rganishda ichki qarama - qarshiliklarni yoritish. Organik sintez, izomeriya hodisalari mohiyatini ochish. 5. Ko`rgazmali qurollar, modellar, ekran ko`rgazmalaridan foydalanish. Har bir fanning ilmiy asosini shu fanning tayanch bilimlari: tushuncha, qonun hamda nazariyalar tashkil etadi. Organik kimyoda tushunchalarning tizimi quyidagicha: 1. Kimyoviy reaksiyalar qonuniyatlari haqida tushunchalar. 2. Yuqori molekulyar birikmalarni o’rganish. 3. Steriokimyoviy tushunchalar. 4. Elektron nazariy tushunchalar. 5. Kimyoviy tuzulish nazariyasi tushunchalari. 6. Har bir tushunchaning alohida belgilari. Tizimdagi tushunchalarning ichki mohiyatiga alohida e`tibor bilan qarash lozim. Kimyo fanlari tizimiga kiritilgan “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi O’zbekistonda yaratilgan yangi yunalish bo’lib, yuqorida ta’kidlangan 6 milliondan ortiq organik moddalarni ham xalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun sinflash va sertifikatlashni takomillashtirishga yo’l ochib bermoqda va shu bilan organik kimyo fani rivojiga salmoqli hissa qo’shish imkoniyatlarini yaratmoqda. Izomeriyalar va gomologlarni o`rganish. Tarkibida uglerod tutgan Noorganik moddalar C, CO, CO 2 , H 2 CO 3 va karbonatlar Organik moddalar: Uglevodorodlar, spirt, yog’lar, qandlar va b. 84 Organik birikmalrning tuzilish nazariyasi o`rganilganda tarkibi bir xil lekin tuzilishi har xil moddalar yoki izomerlar, izomeriya hodisasi, gomologlar haqidagi tushunchalar shakllanadi. Tayanch bilimlar tushunchalari asosida izomeriyalar hodisasi tushunchalari rivojlantiriladi. Moddalar haqidagi miqdor va sifat ko`rsatgichiga xos tushunchalar rivojlantiriladi. Izomeriya σ va π bog`lari haqidagi tushunchalar, fazoviy tuzilish nazariyasi ko`rib chiqiladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling