Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi


Mavzu: Anorganik  birikmalarning  asosiy  sinflari  haqidagi tushunchalarni


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana19.10.2020
Hajmi1.07 Mb.
#134613
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)


Mavzu: Anorganik  birikmalarning  asosiy  sinflari  haqidagi tushunchalarni 
shakllantirish.  
 
Ma’ruza rejasi: 
1.  Anorganik  birikmalarning  asosiy  sinflari haqida tushuncha 
2.  Oksidlar, asosli, kislotali, amfoter oksidlar haqida tushuncha berish 
3.  Kislotalar, kislorodli va kislorodsiz kislotalar 
4.   Asoslar va ularning turlari 
5.   Tuzlar haqida tushuncha 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:  Oksidlar,  asosli,  kislotali,  amfoter 
oksidlar,  kislotalar, kislorodli  va  kislorodsiz  kislotalar, asoslar, ishqorlar, suvda 
eriydigan,  kam eriydigan asoslar,  tuzlar, nordon, normal, qo’sg,  asosli tuzlar  
 
Anorganik  birikmalarning  eng  muhim  sinflariga  doir  bilimlar  bilan 
o’qituvchi  kislorod,  oksidlar  yonish  kimyoviy  reaksiyalar,  vodorod,  kislotalar, 
tuzlar,  suv,  eritmalar,  asoslar  mavzularini  o’rganish  jarayonida  dastlab 
tanishadilar. Ayniqsa o’quvchilar anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga 
doir bilimlarni umumlashtirish mavzusida oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar kabi 
tushunchalar  mohiyatini  ularning  asosiy  farq  qiluvchi  belgilari  orqali 
umumlashtiruvchi 
mavzularda 
aniq 
yorqin 
shakllana 
boradi. 
Avvalo 
tushunchalarning  mohiyati  shu  bilan  birikmalar  tarkibini  aniq  belgilab  olish, 
tushinish orqali  amalga oshadi.  

 
92 
 
 
Kimyoviy  tushunchalarni  hosil  qilish  jarayoni  o’quvchilarning  jonli 
mushohadadan  abstrakt  tafakkurga  va  undan  amaliyotga  izchillik  bilan 
o’tishlaridan iborat deb qaraladi.  
 
Tushunchalar  mohiyati  oldin  o’rganilgan  bilimlar;  tayanch  tushunchalar 
mohiyati  yangi  mavzuni  o’rganish  jarayonida  oldin  egallangan  bilimlarni  yangi 
sharoitda  amaliyotda  tadbiq  etish  katta  samara  beradi.  O’quvchi  tushunchalar 
mohiyatini  yoki  qoidasini  yod  olish  bilan  chegaralanib  qolsa-yu,  nima  sababdan 
oksid  kislota,  asos,  tuz  deb  aytamiz  degan  savolga  javob  berolmasa  demak  bu 
tushunchalar mohiyatining shakllanishi talabga javob bermaydi. Tushunchalarning 
mohiyatini  bir-biridan  farqlash  uchun  ular  orasidagi  o’zaro  bog’liqlik  va  farq 
qilish  tomonlari  mohiyatini  o’zlashtirib  olish  zarur.  Anorganik  birikmalarning 
sinflari  orasidagi  farqni  ajratib  olish  uchun  ularning  bir-biri  bilan  ta`siriga  yoki 
kimyoviy    xossalariga  katta  ahamiyat  berishni  amalga  oshirish  kerak. 
Tushunchalar  orasidagi  aloqalarni  anglab  yetish,  farqlarini  ajrata  bilish 
tushunchalar  tizimining  shakllanishiga  olib  keladi.  O’rganilgan,  mohiyati 
anglangan  tushunchalar  asosida  anorganik  birikmalarning  ma`lum  sinflari 
sxemasini tuzish tushunchalarning shakllanishini yanada tartibga soladi. 
 
Anorganik  birikmalarning  eng  muhim  sinflari  haqidagi  olti  turda  namoyon 
bo’ladi.  Ikkita oddiy moddalar sinfi, to’rtta murakkab moddalar sinfi.  
1.  Kimyoviy elementlar yoki oddiy moddalar; a) metallar, b) metallmaslar; 
2.  Murakkab moddalar; a) oksidlar; b) kislotalar; v) asoslar; g) tuzlar 
 
Kimyoviy o’zaro bog’liqlik asosida quyidagi sxemani tuzish mumkin: 
 
 
 
 
Tp 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kimyoviy elementlar 
Oddiy elementlar 
Metallar 
Metallmaslar 
Tuzlar 
Metallar 
oksidlari (asosli 
oksidlar)
 
Metallmaslar 
oksidlari (kislotali 
oksidlar) 

 
93 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bu sxemada oddiy moddalar, oksid, kislota,  asos, tuzlar o’zaro bog’liqligi 
o’z aksini topgan. Raqamlar orqali esa moddalarning bir birlari bilan o’zaro ta`siri 
natijasida  hosil qilish mumkinligi o’z ifodasini topgan.  
 
Ana shu umumlashtirish orqali o’quvchilarda anorganik birikmalarning eng 
muhim  sinflari  haqidagi  tushunchalar  yaqqol  ifodalanib  shakllanadi.  Anorganik 
birikmalarning  eng  muhim  sinflariga  doir  tushunchalarni  umumlashtirish  ikki 
holatda namoyon bo’ladi;  
 
Avvalo  har  bir  tushunchaning  hosil  bo’lishi, so’ngra  esa  tushunchalar  
tizimining shakllanishi  natijasida tarkib topadi. 
 
Anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga  oid bilimlarni ularning bir-
biridan  ajratib  o’rganib  bo’lmaydi.  Bir  sinf  haqidagi  tushunchalar  shakllanishi 
jarayonida  ikkinchi  sinf  haqidagi  tushunchalar  ham  shakllana  boradi.  Natijada 
tushunchalar  tizimi  hosil  bo’ladi.  Shu    sababli    o’quvchi  har  bir  tushuncha 
haqidagi  bilimlar  yig’indisidan  umumiy,  shu  sinf  haqidagi  tushunchalar  tizimi 
haqida  yakuniy  xulosalar  chiqaradi.  Natijada  o’quvchida  jonli  kuzatishdan 
abstrakt fikrlash, tafakkur orqali tushunchalar haqida umumlashmalar shakllanadi.  
 
Oksidlar
O’quvchilar  oksidlar  haqidagi  dastlabki  ma`lumotlarni 
darslikning  7-sinfida oladilar. 
 
Keyin  oksidlar  haqidagi  tushunchalar  kislorodning  kimyoviy  xossalarini 
o’rganish  jarayonida  uchraydi.  Oksidlar  tushunchasining  mohiyatini  o’quvchilar   
kislorodning olinishi va xossalari mavzusini o’rganish darsida tushunadilar. 
 
O’quvchi 
oksidlarning 
tarkibi 
haqida 
ma`lumotni 
kislorodning 
laboratoriyada olinishi haqidagi ma`lumotlar bilan birga egallaydi. 
1.  Toza  suvni  o’zgarmas  elektr  toki  yordamida  parchalaganda  vodorod  va 
kislorod hosil bo’lishi; 
2.  Simob  oksidini  qizdirishda  simob  va  kislorod  hosil  bo’lishini  o’rganib 
shunday  xulosaga  kelinadiki,  oksidlar  ikki  elementdan  tashkil  topganligi,  yoki 
uglerodning  kislorod  bilan  birikishi,  oltingugurtning  kislorod  bilan  birikishi; 
fosforning  kislorod  bilan  birikishi  natijalarida  oksidlar  hosil  bo’lishini  anglab 
yetadilar.  
Natijada shunday xulosaga kelinadiki: 
 
Biri  kislorod  bo’lgan  ikki  element  atomidan  tashkil  topgan  murakkab  moddalar 
oksidlar deyiladi. 
Asoslar 
Kislotalar 

 
94 
 
O’quvchiga oksidlanish haqida tushuncha berilganda albatta moddalar faqat 
kislorod    ta`sirida  oksidlanadi  deb  xulosa  chiqarmaslikni  eslatish  kerak. 
O’quvchilar  diqqatini  darslikdan  mazmun  mohiyatiga  alohida  e`tibor  berishga 
qaratiladi.  
1. Yonish jarayonida moddalar issiqlik va yorug’lik chiqarib oksidlanadilar. 
Oqibatda turli moddalarning oksidlari hosil bo’ladi.  
2.  Oksidlanish  jarayonida  oksidlanadigan  modda  va  oksidlovchi  modda 
ishtirok  etadi.  Kuzatilgan  tajribalarda  uglerod,  oltingugurt,  fosfor  va  temir 
oksidlanadigan  moddalar  kislorod esa oksidlovchi hisoblanadi.  
Bu  o’rinda  “Oksidlanish”  tushunchasi  haqida  o’quvchiga  dastlabki 
ma`lumot  beriladi.  Natijada  o’quvchi  oksidlanadigan  moddalar  qanday  modda 
yoki  element,  oksidlovchi  bu  o’rinda  faqat  kislorod  ekanligini  anglab  yetadilar. 
Biz  bu  o’rinda  tushunchalar  turlari  mohiyatini  anglab  olishga  e`tiborni 
qaratmog’imiz o’rinli. Oddiy modda degan tushunchaning mohiyatini ma`lum bir 
aniq shaklda quyidagicha ifodalashga o’quvchining diqqati qaratiladi, yani, 
 Bir xil  element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy  moddalar deyiladi. 
Oksidlar  esa-  murakkab    modda  tushunchasini  ifodalaydi.  Chunki  unda 
oddiy moddanikidek bir xil element atomi emas, har xil element atomidan tashkil 
topgan. Shu sababli ular kimyoviy birikmalaridir. Tushunchaning aniq mohiyatini 
aniqlash uchun uning qandaydir belgilarini izlash, unga tayanish muhim. Bunday 
belgi  uning  tarkibi  tuzilishi  asosidagi  xossalari  bo’lib  qolishiga  alohida  e`tibor 
berib, tushunchaning mohiyat mazmunini ochib beradi.  Biz har xil rangdagi, har 
xir  agregat  holatdagi  oksidlar  namunalarini  tarqatma  material  o’quvchilarga 
darsda tarqatib kuzatishni taklif etamiz. 
 M: Mis(II)- oksidi; magniy oksidi, temir (III)- oksidi, kremniy (IV)-oksidi, 
azot (IV)- oksidi, vodorod oksidi (suv). Shu oksidlarning fizik xossalari haqidagi 
ma`lumotlarni jadval tarzida beriladi. 
 
Tarkibi (formulasi) va nomi  Agregat 
holati 
Suyuqlanish 
temperaturasi 
rangi 
CuO- Mis(II)- oksidi 
Qattiq 
800

Cdan yuqori 
qora 
Fe
2
O

-Temir (III)- oksidi 
Qattiq 
1565
0

da 
parchalanadi 
qo’ng’ir 
MgO
 
- Magniy oksidi 
Qattiq 
2800
0

Oq 
SiO
2
 -Kremniy oksidi 
Qattiq 
1680
0

Rangsiz 
H
2
O- Vodorod oksidi 
Suyuq 
0
0

Rangsiz 
CO
2
- Uglerod (IV)- oksid 
Gaz 
-56,6


Rangsiz 
              
Oksidlar  formulasidan  shu  narsa  ma’lum  bo’ladiki,  ularning  hammasining 
tarkibida kislorod va yana boshqa elementlar mavjud. Boshqa element metall yoki 
nometall  bo’lishi  mumkin.  Demak  oksidlar  ikki  elementdan  tashkil  topgan 
moddalar  binar  birikmalar.  Oksidlarning  tarkib  (formulasi)  asosida  ularni  ikki 
guruhga  ajratamiz:  Metallar  oksidlar,  nometallar  oksidlari.  Suhbat  va 
tushuntirishlar natijasida o’quvchilar bilan shunday xulosaga kelinadi: 

 
95 
 
Metallar  oksidlari  tarkibida  metall  elementining  borligi  uning  asosiy 
belgisidir.  Nometallar  oksidlarining  asosiy  belgisi  esa  uning  tarkibida  nometall 
elementlar mavjudligi bo’lib hisoblanadi. 
 Ana shunday asosiy belgilarni  ajratib o’quvchilar o’quv faoliyati jarayonida 
tafakkur  kuchi  orqali  xulosa  umumlashmalar  chiqarish,  xossalarni  ma`lum  bir 
tartib  asosida  sinflash  guruhlashga  o’rganadilar.  Bu  holat  ta`lim  jarayonida 
o’quvchida  tushunchalarni  shakllantirish  bilan  birga  tayanch  belgilar  asosida 
umumlashmalar,  chiqarishni   ta`minlaydi.  
Kislotalar.  O’quvchilar  vodorodning  fizik  va  kimyoviy  xossalari
ishlatilishi  mavzusida  kislotalar  haqida  ma`lumot  oladilar.  Kislotalarning  tarkibi 
va  nomlanishi  mavzusini  o’rganish  jarayonida  kislotalarning  ayniqsa  sulfat 
kislotaning  magniy  metali  bilan,  xlorid  kislotaning  alyuminiy  metali  bilan 
reaksiyaga kirishib vodorod ajralib chiqishini amaliy mashg’ulotda ko’rib, ishonch 
hosil  qiladilar,  natijada  o’quvchi  darslikdagi  qoidalarning  kelib  chiqishiga  ichki 
ishonch-umumlashma xulosa keltirib chiqaradilar.  
 
Metallarning  atomlariga o’z  o’rnini  bera oladigan vodorod  atomlari  bilan kislota 
qoldiqlaridan tarkib topgan murakkab moddalar  kislotalar deyiladi.   
   O’quvchilarda  
1. Kimyoviy reaksiya vaqtida kislota qoldig’i saqlanib qolishi, faqat bir modda 
molekulasidan ikkinchi modda molekulasiga tarkibiga o’tishi: 
2.  Kislota  qoldig’i  valentligi  molekulada  ular  necha  atom  vodorod  bilan 
birikkanligiga  qarab  aniqlanishi  kabi  nazariy  tushuncha  shakllanadi.  Bu  o’rinda 
rus  olimi  N.N.Beketovning  metallarning  kislotalar  molekulasidan  vodorodni  va 
birikmalardan  bir-birini  siqib  chiqarish  qatorini  tuzganligi  va  uning  mohiyatiga 
katta  e`tibor  qaratish  lozimligi  diqqat  markazda  bo’lmog’i  kerak.  Anorganik 
birikmalar  orasidagi  genetik  bog’lanish  hodisasini  kislotalarni  o’rganish 
jarayonida  ham  tadbiq  etish          imkoni  tug’iladi.  Biz  yuqorida  nometallarning 
oksidlari  haqida  fikr  yuritgan  edik.  Demak  kislotalar  nometallarning  oksidlariga 
(kislorodli  kislotalar)  suv  ta`sir  etishi  natijasida  hosil  bo’lishi  tushunchasi 
shakllanadi.  Bu  o’rinda  asosiy  genetik  skeletda  nometall  element  borligi  alohida 
urg’u  bilan  ifodalanadi.  Tuzlar  haqidagi  dastlabki  tushunchalarni  o’quvchilar 
kislotalarning  metallar bilan o’zaro birikishini  o’rganish jarayonida oladilar. 
O’quvchilar  metallar  bilan  kislotalar  va  metallarning  oksidlari  bilan  kislotalar  
orasida  sodir  bo’ladigan  kimyoviy  reaksiyalarda  tuzlar  hosil  bo’lishini  bilib 
oladilar. 
O’quvchilarda shunday tushuncha shakllanadiki: 
Tuzlar  –  metallarning    atomlari    bilan    kislota    qoldiqlaridan    hosil  bo’lgan  
murakkab  moddalardir
.  
Tuzlar  haqidagi  bilimlar,  tushunchalar  o’quvchida  tuzlarning  nomi  – 
metall  bilan  kislota  qoldig’i    nomidan  kelib  chiqishi,  tuzlarning  formulalarni 
tuzishda  valentlik  tushunchasiga  katta  e`tibor  berilishi  uqtiriladi.  Shu  bilan  birga 
1)  tuzning  tarkibi  yonma-yon  yozilish,  2)  metall  va  kislota  qoldig’i  formulasi 
ustiga  ular  valentligini  yozish,  3)  metall  bilan  kislota  qoldig’ining  valentligini 
ifodalovchi  sonlarning  eng  kichik  umumiy  ko’paytmasini  topish,  4)  eng  kichik 
umumiy  ko’paytma  metallning  valentligini  ko’rsatuvchi  songa  bo’linib  olingan 

 
96 
 
hosila  indeks  tarzida  qo’yilishi  kabi  tushunchalar  misollar  yordamida  ilgari 
olingan tayanch bilimlar tadbiq etilgan holda shakllantiriladi.  
Tuzlar  tarkibida  metall,  nometall  elementlarning  mavjudligi  birikmalarning 
genetik uzviyligini  ko’rsatadi
.                                                                                                                                                                                                                                                                                      
 
        
Asoslar.  Metall  oksidlarining  suvga  munosabatini  tushunish  natijasida 
o’quvchida  ayrim  oksidlar  M:  Mis  oksidi,  temir  (III)-  oksidi  suvda  erimasligi, 
ayrim  oksidlar  M:  natriy  oksidi  suv  bilan  birikib  gidroksid  hosil  qilishi  bilimi 
shakllanadi.  U asosda o’quvchining gidroksidlar bilan tanishuvi boshlanadi. 
 
O’quvchi  suvning  kimyoviy  xossalarini  o’rganish  jarayonida  natriy 
metalining  suv  bilan  o’zaro  ta`siri,  yoki  sundirilmagan  ohakning  suv  bilan 
reaksiyaga kirishib asoslar hosil qilishini o’rganib oladi.  
Asoslar metallar bilan gidroksil gruppalardan tashkil topganligi negizida 
quyidagi ta`rif mohiyati ochib beriladi. 
Tarkibida bitta yoki bir necha gidroksil gruppalar bilan birikkan metallarning 
atomlari kiradigan murakkab moddalar asoslar  deyiladi.  
Bu mavzularni o’rganish orqali oksid, kislota, tuz, asos orasida mohiyati 
belgilar  borligi,  ularning  uzviy  bir-biri  bilan  genetik  bog’liqligi  kabi  umumiy 
tushunchalar o’quvchida shakllanadi.  
-  Tipik  va  amaliy  jihatidan ahamiyatli moddalar misolida  bir xil sinf birikmalari 
o’zaro tarkibi,  xossalari jihatdan tavsifi beriladi.  
-  Xalq  xo’jaligida  eng  ko’p  ishlatiladigan  birikmalarning  olinish  usullari  va 
ishlatilishi haqida bilimlar shakllanadi.  
- O’quvchida shu birikmalar bilan muomala qilish ular bilan tanishish kabi amaliy 
malaka hosil bo’ladi.  
-  O’quvchi  kimyoviy  nomenklatura,  terminlar,  simvolikaning  farqlarini 
anglaydilar.  
Xossalarni  chogishtirish  bilimlarni    umumlashtirish  va  tartibga  solish  orqali 
birikmalar sinflari haqida tushunchalar shakllanadi.  
-  Moddalarni  ma`lum  guruhlarga  kiritib  o’rganish  mumkin ekan degan   xulosaga 
olib kelinadi.  
 
Davriy qonunni o’rganishga zamin tayyorlaydi.  
-  O’quvchilar  anorganik  birikmalar  orasida  genetik  aloqalar  borligi  kabi 
tushunchaga ega bo’ladilar. 
 
Nazorat savollari: 
1. 
 Maktablarda,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  "  Anorganik  
birikmalarning    asosiy    sinflari  haqida  tushuncha  "  mavzusi  mohiyatini 
uslubiy  tahlilini  qiling. 
2. 
Bu mavzuni o’rganish  uchun nimani  qaytarish zarur. 
3. 
Bu mavzu bo’yicha tematik reja tuzing. 
4. 
Bu mavzu  bo’yicha reja konspekt  yozing. 
5. 
 Bu mavzuda bilimni tekshirishning qaysi nazorat turini taklif qilasiz? 
 
 
35-ma’ruza 

 
97 
 
 Mavzu: Galogenlar  mavzusini  o’rganishda  atom  tuzilishi   haqidagi  
bilimlarni  qo’llash  va rivojlantirish. 
 
Ma’ruza rejasi: 
 
1. Galogenlarning maktab kimyo kursida o’qitilishining maqsad va 
vazifalari. 
 
2. Galogenlarning davriy sistemadagi o’rni. 
 
3.  Xlor, uning xossalari, tabiatda uchrashi va ishlatilishi 
 
4. Galogenlarning oksidlovchilik xossalari. 
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:  Galogenlarning  maktab  kimyo 
kursida  o’qitilishining  maqsad  va  vazifalari,  galogenlarning  davriy  sistemadagi 
o’rni,  xlor,  uning  xossalari,  tabiatda  uchrashi  va  ishlatilishi,  galogenlarning 
oksidlovchilik  xossalari, vodorod xlorid va unung xossalari 
Ma`lumki,  o’rta  maktab  noorganik  kimyo  kursining  ilmiy  asosini 
D.I.Mendeleev  elementlar  davriy  qonuni  va  atom  tuzilish  nazariyasi  tashkil 
qiladi.  Shu  sababli  bundan  keyingi  mavzularni  o’rganishda  davriy  qonun  va 
atom 
tuzilish 
nazariyasi 
haqidagi 
bilimlar 
tayanch 
qilib 
olinadi. 
“Galogenlarning umumiy xarakteristikasi” mavzusida:  
a).  O’quvchilarga  galogenlarning  davriy  sistemadagi  o’rni,  atomlarining 
tuzilishi,  energetik  pog’onalarda  elektronlarning  joylashishi,  ularning  kuchli 
oksidlovchi  ekanligi  hamda  metallar  bilan  birikib  tuz  hosil  qilishi  haqida  bilim 
berish;  
b).  O’quvchilarda  galogenlarning  davriy  sistema  va  atom  tuzilish 
nazariyasiga muvofiq xossalarini oldindan ayta olish malakalarini shakllantirish.  
Galogenlar  kimyoviy  elementlar  davriy  sistemasining  VII  guruh  asosiy 
guruhchasini tashkil qiladi.  
Galogenlar atomlarida elektronlarning taqsimlanishi: 
Ftor:     + 9 F     2e7e                1s
2
/2s
2
2p

Xlor:     + 17CI  2e8e7e            1s
2
/2s
2
/2p
6
/3s
2
3p
5
3d
0
 
Brom:   + 35 Br  2e8e18e7e        …  3d
10
/4s
2
4p
5
4d
0
   
Yod:     +  53 J   2e8e18e18e7e   …  4d
10
/5s
2
5p
5
5d
0
 
 
Galogenlarning tashqi elektron qobig’ida 7 ta elektron mavjud.  
O’ziga yaqin inert gaz atom tuzilishi holatini olish uchun galogenlarda bitta 
elektron  yetishmaydi.  Galogenlarni  shu  davrdagi  metallar  bilan  solishtirsak, 
bularning  yadro  zaryadi  katta,  atom  radiusida  bittadan  juftlashmagan  elektron 
mavjud.  Shu  sababli  bitta  elektronni  tez  qabul  qilib,  o’zining  tashqi  elektron 
qavatini sakkiztaga yetkazib oladi.  
Galogenlar  juda  kuchli  oksidlovchilardir.  Ularning  oksidlovchilik  xossasi 
atom radiusining kichiklashib borgani sayin kuchayib boradi. Galogenlar kislorod 
bilan musbat zaryadli birikma hosil qiladi.  
«Xlor, uning xossalari, tabiatda uchrashi va ishlatilishi» mavzusida: 
a). Darsda o’quvchilarga barcha galogenlar ichida ahamiyatlisi, xlor haqida, 
uning  davriy  sistemadagi  o’rni,  olinishi,  xossalari,  oddiy  va  murakkab  moddalar 
bilan  birikishi,  tabiatda  uchrashi  va  ishlatilishi  haqida  ma`lumot  berish,  xlorning 
kimyoviy xossalarini xarakterlovchi reaksiya tenglamalarini tuzishni o’rgatish; 

 
98 
 
b). Laboratoriya ishlarini bajarishda asbob-uskunalardan to’g’ri foydalanish, 
xlor  moddasi  bilan  tajribalar  o’tkazishda  ehtiyot  choralarini  qo’llash  kabi 
xislatlarni tarbiyalash.     
      
Mavzuni  tushuntirishda  D.I.Mendeleev  elementlar  davriy  sistemasidan, 
ladoratoriyada  xlorid  kislotadan  xlor  olishda  ishlatiladigan  asbob-uskuna  va 
reaktivlardan,  xlorning  natriy,  mis  va  temir  bilan  birikishida  qo’llaniladigan 
laboratoriya  asboblari  va  reaktivlardan,  xlorning  moddalar  bilan  birikishi  va 
ishlatilishiga  doir  chizmalardan  foydalaniladi.  O’quvchilarni  xlorning  xossalarini 
uning  davriy  sistemadagi  o’rni,  atomlarning  tuzilishiga  asoslanib,  oldindan 
aytishga  
o’rgatiladi.  Xlorning  xossalari,  uning  birikmalarining  xossalarini  bashorat  qila 
bilish  bundan  keyingi  elementlar  va  ularning  xossalarini  shu  metod  bilan 
o’rganish,          ya'ni  didaktikadagi  diduksiya  metodidan  induksiya  metodi  tomon 
borish prinsipiga  o’quvchilarni tayyorlashda ahamiyati katta. 
Bu darsda quyidagi ma'lumotlar o’quvchilarga singdiriladi. 
1. 
Xlor tabiatda xloridlar tarkibida uchraydi. Natriy xlorid, kaliy xlorid, 
silvinit,  
karnallit,  magniy xlorid hamda yer qobig’ida 0,45 foiz miqdorda uchraydi. 
2. 
Xlorning laboratoriyada olinishi namoyish qilinib ko’rsatiladi va kimyoviy 
reaksiya tenglamasi yozib, tushuntiriladi;  
 
 
 
O
H
CI
MnCI
O
Mn
CI
H
t
2
2
2
4
1
4







 
 
3. 
Xlorning fizikaviy xossalari  - oddiy sharoitda sariq yashil tusli, o’tkir hidli 
zaharli,  gazsimon  modda,  u  havodan  2,5  hajm  xlor  eriydi.  Xlor  0,6 
atmosfera  bosimida uy temperaturasida suyuqlikka aylanadi. U ballon yoki 
sisternalarda tashiladi. 
4. 
Xlorning  kimyoviy  xossalari  (chizma  yordamida,  laboratoriyada  namoyish 
tajribalari  o’tkazilib,  tushuntiriladi),  xlorning  oddiy  moddalar  bilan 
birikishi. Masalan, barcha metallar bilan birikib, tuz hosil qilishi. 
 




CI
Na
CI
Na
2
2
2
0
 
 
Bunda  natriy  metali  qaytaruvchi  -  oksidlanadi,  xlor  esa  oksidlovchi  - 
qaytariladi. 
 
b). xlor vodorod bilan birikadi:    




CI
Na
CI
H
2
0
2
0
2
     
 
 
Xlor  molekulasidagi  kovalent  bog’  uzilgach,  atom  holidagi  xlor  molekula 
holidagi  xlorni  parchalab  boraveradi.  (Shu  o’rinda  zanjir  reaksiyalar  haqida 
tushuncha  berish  mumkin).    Hosil  bo’lgan  xlorid  suvda  eritilib,  xlorid    kislota 
hosil qilinadi. 
 
 
Xlorning murakkab moddalar bilan birikishi: 
a). xlorning suv bilan birikishi: 
CI
2
 + H
2
 O  →    HCI   +        HCIO 
                                                         x
lorid kislota                gipoxlorid kislota
 
 
 
 
Gipoxlorid kislota kuchli oksidlovchi 

 
99 
 
 
 
 
 
     HCIO →  HCI + O 
b). xlor ishqorlar bilan birikadi: 
    2KOH + CI
2  
→   KCIO + KCI + H
2

6KOH + 3CI
2
→ KCIO
3
 + 5KCI + 3H
2

v) xlor tuzlardan brom va iodni siqib chiqaradi: 
        2 KBr + CI
2
 →    2 KCI + Br

                            2 KJ +  CI
2
   →    2 KCI + J

 
 
Vodorod xlorid. Avogadro qonuni (gazlarning molyar hajmi)" mavzusida: 
a).  O’quvchilarda  vodorod  xloridning  formulasi,  molekulyar  tuzilishi, 
sanoat  va  laboratoriyada  olinishi,  fizikaviy  va  kimyoviy  xossalari,  ishlatilishi 
haqida  ma'lumot  berish,  vodorod  xlorid  misolida  gazlar  haqidagi  Avogadro 
qonunining  mohiyatini  tushuntirish,  gazlarning  molyar  hajmi  xususida  bilim 
berish; 
b), v). Vodorod xlorid bilan ishlashda, uni hosil qilishda texnika xavfsizligi 
qoidalariga  rioya  qilish,  gazlarni  hisoblash  bo’yicha  olib  boradigan  hisob  - 
kitoblarni amalga oshirish malakalarini tarbiyalash: 
Darsni  suhbatdan  boshlab,  o’quvchilarni  xlorning  vodorod  bilan  birikish 
imkoniyati, uning borish mexanizmi, xlorning suv bilan birikish reaksiyasi haqida 
savol-javob o’tkazish, muhokama yuritish kerak. 
Shuningdek,  vodorod  xlorid  molekulasi  hosil  bo’lishidagi  kimyoviy 
bog’lanish  va  kristall  panjaralar  tipi,  vodorod  xloridning  suvda  erishi  va  hosil 
bo’lgan eritma haqidagi bilimlarni yuzaga chiqarish lozim. 
O’qituvchi reja asosida quyidagilarni tushuntiradi: 
1. 
Vodorod xloridning galogen vodorodlar ichida eng muhimi suvdagi eritmasi 
xlorid  kislotadir,  uning  formulasi  HCI  elektron  (H  :CI)  qutbli  kovalent 
bog’lanishdagi modda. 
2. 
Vodorodning xlorda yonishi,   H
2
 + CI

→  2 HCI 
Vodorod xlorid laboratoriyada osh tuziga sulfat kislota qo’shib qizdirish natijasida 
olinina 
3. 
Vodorod  xloridning  fizikaviy  xossalarini  tushuntirishda  uning  rangsiz, 
havodan  og’ir,  o’tkir  hidli,  suvda  juda  yaxshi  eriydigan  gaz  ekanligi  alohida 
aytiladi. 
4. 
Vodorod  xlorid  gazsimon  modda  bo’lganligi  sababli  oddiy  sharoitda 
metallar va oksidlar bilan reaksiyaga kirishmaydi.  
5. 
Vodorod  xlorid  asosan  xlorid  kislota  hosil  qilish,  plastmassa  va  kauchuk 
ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. 
6. 
O’qituvchi  vodorod  xlorid  gazi  misolida  har  qanday  gazning  bir  moli 
normal  sharoitda  22,4  l.hajmni  egallashi  haqidagi  Avogadro  qonunining  kashf 
etilishi,    uning  mohiyati,  ahamiyati  hamda  bu  qonun  yordamida  olib  boriladigan 
hisoblash ishlarini tushuntiradi. 
 
Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling