Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana19.10.2020
Hajmi1.07 Mb.
#134613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)


T e s t l a r 
Eslash va  to’ldirish  
uchun testlar 
Tanlov testlar 

 
43 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kimyo  darslarida  o’quvchilar  bilim  va  ko’nikmalarini  tekshirish  va 
baholashda  test sinovlari muhim  o’rin tutadi. O’quvchilardan  kimyoviy testlarni 
olishda ularning o’zlashtirish darajasiga qarab, test topshiriqlarini tuzish maqsadga 
muvofiq  bo’ladi.  Test  topshiriqlarida  nazariy  savollar  bilan  birga  kimyoviy 
masalalardan  foydalanish  yaxshi  samara  beradi,  chunki  o’quvchilar  bunday 
masalalarni  yechayotganda  o’zlarining      nazariy  bilimlariga  tayanib,  mustaqil 
fikrlash  qobiliyatini  oshiradilar.  Guruhdagi  har  bir  o’quvchining  bilim  va 
ko’nikmalariga qarab test materiallarini tuzish ularning o’zlashtirish darajasining 
yanada  yaxshilanishiga  olib  keladi.  O’zlashtirish  saviyasi  yaxshiroq  bo’lgan 
o’quvchilarning  test  topshiriqlariga  nisbatan  murakkabroq  masalalardan  kiritish 
bilan  ularning  bilim  saviyasini    yanada  oshirish  mumkin.  O’zlashtirish  saviyasi 
o’rtacha bo’lgan o’quvchilarga nisbatan engilroq masalalr berib, keyinchalik ular 
e’tiborini  ancha  qiyinroq  masalalarni  yechishga  qaratish  mumkin.  Past 
o’zlashtiruvchi  o’quvchilar  uchun  o’tilgan  mavzulardagi  asosiy  kimyoviy 
tushunchalarni o’zida mujassam etuvchi engil masalalar berib, ularni masalalarni 
yechish usullarini o’rganishga jalb qilish kerak. Buni quyida keltirilgan misollarda 
ko’rishimiz mumkin;  
O’zlashtirish saviyasi yaxshiroq bo’lgan o’quvchilar uchun:  
Masala:  5%  li  50  g  bariy  gidroksid  eritmasiga  5%  li  50  g    natriy  sulfat 
eritmasi qo’shildi. Natijada  necha  gramm cho’kma hosil bo’ladi?  
A. 3, 40   B. 3, 25   C. 2, 25   D. 4, 40   E. 3, 0 
O’zlashtirish  saviyasi  o’rta bo’lgan o’quvchilar uchun:  
Masala:  60%  li  eritma  tarkibidagi  erituvchining  massasi  uch  barobar 
ko’paytirildi.  Hosil  bo’lgan eritmaning massa ulushini hisoblang. 
A. 20    B. 15    C. 25, 5    D. 33, 3    E. 35, 5 
O’zlashtirish saviyasi past bo’lgan o’quvchilar uchun:  
Masala:  Na
2
SO 
4
 ning 1, 5 mol miqdori necha grammga teng? 
A.142 
B.213 
C.284 
D.355 
E.426 
 
Maktabda  kimyo  o’qitish  jarayonida  o’quvchilarni  ko’rsatib  o’tilgan 
masalalarni  yechishga  o’rgatish  bilan  bir  qatorda,  ularni  kimyo  fani  va  uning 
yutuqlarini  xalq  xo’jaligining  turli  sohalarida  qo’llash  darajasining  ortib 
borayotganligidan  xabardor  bo’lishga  o’rgatishimiz  kerak.  Eng  muhimi,  inson 
zakovatining  uzluksiz  taraqqiyoti,  fan  va  texnikaning  rivojlanishi  tufayli 
insonning  tabiat  sirlarini  chuqurroq  o’rganib  borishi  hayotiy  zaruriyat  ekanligini 
his  qilib,  maktab  o’quvchilarini  mamlakatimiz  fan  va  texnikasini  rivojlantirish 
uchun, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qiluvchi sog’lom va barkamol avlod 
ruhida tarbiyalashimiz lozim.   
Ammo kompyuterda test olish ko’p jihatdan o’qituvchi  va o’quvchi ishida 
yengillik  yaratadi. 
M u q o b i l 
t e s t l a r 
Kesishuvchi 
tanlovli  testlar 
Ko’p tanlovli 
testlar 

 
44 
 
 
Tekshiruv savollari: 
1. 
Test deganda nimani tushunasiz? 
2. 
Testlarning qanday turlari mavjud? 
3. 
Qanday qilib testni to’g’ri  tuzish mumkin. Misol keltiring. 
4. 
Kompyuterlarda test olishning  qanday afzalliklari va kamchiliklari bor. 
 
 
16 - ma’ruza. 
           Mavzu: O’quvchilar bilmini tekshirishda reyting tizimi.  
 
Ma’ruza rejasi: 
1. 
O’quvchilar bilimini tekshirishda reyting tizimi: asosiy vazifalar, joriy etish 
tamoyillari, asosiy talablar.  
2. 
O’quvchilar bahosini aniqlash tartibi. 
3. 
Baholash tizimi. 
4. 
Nazoratning uslub va shakllarini tanlash. 
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:  O’quvchilar  bilimini  tekshirishda 
reyting tizimi: asosiy vazifalar, joriy etish tamoyillari, asosiy talablar, o’quvchilar 
bahosini aniqlash tartibi, baholash tizimi, nazorat uslub va shakllarini tanlash. 
 
Hozirgi kunda mustaqil yurtimizda ilm-fan, texnika va sanoat jadal sur’atda 
rivojlanayotgan,  ijtimoiy,  ekologik  holat  keskinlashib  borayotgan  paytda  o’rta 
maktablarda  kimyo  fanini  o’quvchilarga  chuqurroq,  yangicha  yondashib  o’qitish 
bir  tomondan  zaruriyat  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan,  zamon  talabi  hamdir.  Shu  
munosabat  bilan  barcha  o’quv  predmetlari  qatori  kimyo  ta’limi  oldiga  ham  aniq 
vazifalar  qo’yildi  va  uning  ta’lim  standarti  ishlab  chiqildi.  Umumiy  o’rta  ta’lim 
maktablarining  kimyo  ta’lim  standarti  –  kimyo  o’quv  predmetidan  o’quvchilarga 
beriladigan  bilimlar  miqdori,    o’quvchilar    egallaydigan  bilimi,  hosil  qiladigan 
amaliy  ko’nikma  va  malakalarhajmini  ko’rsatuvchi  me’yor  bo’lib,  umumiy  o’rta 
ta’lim  maktablarida  kimyo  ta’limi  negizini  belgilovchi  ko’rsatkichlar 
o’quvchilarning  kimyo  ta’limidan  tayyorgarlik  darajasiga  qo’yiladigan  talablar 
majmuasidan iborat bo’lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi. 
 
So’ngi paytlarda olib borilayotgan kuzatishlardan shu narsa ko’rinayaptiki, 
maktab  o’quv  dasturlarini  shunchaki  o’zgartirib,  ya’ni  uni  soddalashtirib  yoki 
murakkablashtirib,  shuningdek  unga  qandaydir  yangi  materiallarni  kiritib  yoki 
biror  eski  materiallarni  chiqarib  tashlab  ko’zlagan  maqsadga  erishib  bo’lmaydi. 
Har  qanday  yaratilgan  zamonaviy  dasturlar  kimyo  fanida  va  kimyoviy  ishlab 
chiqarishda  erishilgan  hamma  yutuqlarni  aks  ettira  olmaydi.    Demak  shunday 
ekan, kimyodan o’quv dasturining asosiy vazifasi o’quvchilar ayni fanning zaruriy  
tushunchalari va qonunlari asosida kimyoviy jarayonlarni boshqarishni o’rganish, 
zamonaviy  usullar  bilan  yangi-yangi  moddalar  olish  va  ulardan  sanoat,  qishloq 
xo’jaligida  va  kundalik  turmushda  foydalanishning  umumiy  yo’nalishlarini 
aniqlab olishdan iborat bo’lishi kerak.  

 
45 
 
 
O’quvchilar  kimyoning  asosiy  tushunchalarini  va  uni  o’qitish  jarayonida 
egallanadigan  ko’nikmalarni  puxta  egallashlarini  ta’minlash  uchun  har  qanday 
o’quvchi  dastlab  o’zi  ta’lim-tarbiya  berayotgan  o’quvchilar  guruhida  har  bir 
shaxsning  xislatlarini,  kimyo  fanini  o’rganishga  bo’lgan  munosabatini  aniqlab 
olmog’i  lozim. Shundagina kimyo o’qitishni tabaqalashtirilgan holda tashkil etish 
va  o’zlashtirishi    qiyin  bo’lgan  o’quvchilarga  tegishli  yordam  yo’li  bilan  ularga 
o’zlashtiruvchi  o’quvchilar  qatoriga  qo’yish  imkonini  beradi.  Kimyo  darslarini 
tashkil  etish  va  o’tkazishda  har  bir  o’qituvchi  kimyoning  nazariy  tushunchalari 
orasidagi  mantiqiy  bog’lanishlarni  yaxshi  aniqlab  olmog’i,    har  bir  darsning 
kimyodan ta’lim-tarbiya jarayonini atroflicha, maqsadga muvofiq tashkil etishdagi 
o’rni va uning maqsadini mukammal belgilab olmog’i lozim. Shundagina,  kimyo 
fani dasturining darsdan-darsga, mavzudan-mavzuga o’tishi qay darajada bajarilib 
borilayotganligi  haqida  fikr yuritushumiz mumkin. 
      
      
 O’quvchilarning  bilim  sifatini  nazorat  qiluvchi  reyting  tizimi  O’zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  №  203.13.05.1998  yilgi  O’zbekiston 
Respublikasining umumiy o’rta ta’limni tashkil qilish to’g’risidagi qarori “Kadrlar 
tayyorlash  milliy  dasturi”ning  ijrosi  asosida  kiritildi.  Reyting  tizimining 
kiritilishining  asosiy vazifasi quyidagilar hisoblanadi. 

 
O’quvchilarga UO’T  DTS  talablarini o’zlashtirish uchun barcha sharoitlar 
yaratish. 

 
O’quvchilar  bilim sifatini  baholashda xolislik va aniqlikni ta’minlash. 

 
Ta’lim  jarayoni  sifat  nazoratini  xolislashtirish,  respublikaning  turli 
regionlarida  va turli tipdagi maktablarning o’quv natijalarini solishtirish 

 
O’quvchilarning  fikrlash  faoliyatini  aktivlashtirish,  o’zaro  o’qishda  yuqori 
yutuqlarga  erishishlari kabi  ijobiy qiziqish tug’dirish, o’quvchilarda o’quv 
ishida mustaqil bo’lishga intilishni  rag’batlantirish, 

   O’qituvchi  mehnati  natijalarini    xolislashtirish,  uning    yangi    zamonaviy  
axborot  texnologiyasi  va    pedagogik  bilimlarni  izlashga    va  ijodiy 
faoliyatini oshirish 

 
O’quvchilarning  ta’lim  sohasida  erishgan  yutuqlarini,  o’qituvchi  ta’lim 
muassasalarining  mehnatini  ochiq va oshkorligini ta’minlash. 

 
O’quvchilarning  individual-psixologik  alohida  shaxsligiga  ta’sir  etishga 
ko’maklashish. 
 Reyting tizimi o’zida quyidagilarni aks ettiradi: 
 O’quvchilarning  ta’lim  faoliyatining  uzluksiz  nazorati,    uning    natijalari  bilan 
ko’p balli baholash shkalasi qo’llanilishining differensiyasi, ularning barcha o’quv 
ishlar bo’yicha yig’indisi, shaxsning erishgan yutuqlarini  rag’batlantirish.  
Reyting tizimini qo’llash tamoillari: 
Tizimlilik,  xolislik,  ishlatishning  oddiyligi,  bir  ma’nolik  va  tezkorlik,  
o’quvchilarning psixo-fiziologik  yoshi, tomonlarini hisobga olish,  rivojlantirish, 
shaxsning  faoliyatdagi  birligi,  mustaqillik  va  faollikni    vujudga  kelitirish,  ta’lim 
birligi,  tarbiyalash  va  rivojlantirish,  ochiqlik  va  oshkorlik,    “Kadrlar  tayyorlash 
milliy dasturi” asosida DTS ni rivojlantirishni hisobga olish. 
Reyting  tizimini ishlab chiqishda asosiy talab bu - o’quvchilar bilim sifatini 
baholashdagi xolislik, o’quvchilarning  ta’lim olish faoliyati va  o’qituvchilarning 
mehnatini rag’batlantirish. 

 
46 
 
Reyting  tizimida  ta’lim  sifatini  baholash  quyidagi    ko’rinishlarda  amalga 
oshiriladi.  

  Joriy nazorat 

  Oraliq nazorat 

  Yakuniy nazorat 
Bir    chorakdagi  nazorat  jarayonining  miqdori    ta’lim  sohasining  majburiy 
bilimlarning  darajasi  malaka  va  mahorat,    davlat  tomonidan  belgilanadi.  Ta’lim 
sohasidagi  standartlar  haftadagi  soatlar  soniga  bog’liq.    Eng  kam  va  yetarli  son  
nomenklatura  7-8-9-sinflari  uchun  har  bir  majburiy  fanlar  bo’yicha    majburiy 
oraliq    va  joriy  nazorat  ishlarining  usullari  (og'zaki,  so’roq,  yozma  ish,  seminar, 
referat, laboratoriya ishi, test, vazifalar yechish va hokazolar.) odlindan aniqlanadi 
va    O’zbekiston  Respublikasi  Xalq  Ta’limi  Vazirligining  ilmiy  metodik 
kengashiining qarori bilan tasdiqlanadi.  
Reyting tizimi o’z ichiga o’quvchi o’quv faoliyatini uzluksiz nazorat qilish, 
ko’p  ballik  baholardan  foydalanib,  o’quvchi  faoliyati  natijalarini    farqlash, 
o’quvchilarni  o’zlashtirishiga  qarab  tartiblashtirish,    o’quvchilarni  erishgan 
yutuqlari uchun rag’batlantirishni o’z ichiga oladi.  
 Bunday ishni bajarish uchun tayyorgarlikda  vazifalar tizimi tuziladi. Butun 
vazifaga yoki qismlariga  ball quyiladi.  
 
Nazorat savollari: 
     1.       Nima uchun o’quvchilar bilimini tekshirishda reyting tizimi kiritilgan? 
2. 
Reyting kiritishda asosiy vazifalar qaysilardan iborat? 
3. 
Reyting nazoratini kiritishda qanday printsiplarga asoslangan? 
     4.       Maktabda  kimyo  fani  bo’yicha  reyting  nazorati    qanday    amalga 
oshiriladi? Akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida-chi? 
Asosiy tushunchalar : 
O’quvilarning  bilim  sifatini  nazorat  qiluvchi  reyting  tizimi  O’zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining    203.13.  05  1998  yilgi  O’zbekiston 
Respublikasining umumiy o’rta ta’limni tashkil qilish to’g’risidagi qarori “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” ning  ijrosi asosida kiritiladi. 
Reyting tizimi -  bu bilim sifatini nazorat qilish usuli demakdir. 
 
 
17 - ma’ruza 
Mavzu: Kimyo ta’limining tashkiliy shakli bo’lgan –d a r s,  va   uning 
xususiyatlari.   
 
Ma’ruza rejasi: 
1.  Dars ta`lim - tarbiya ishini tashkil etishning asosiy shakli. 
2.  Darsning umumpedagogik didaktik va metodik maqsadi. 
3.  Kimyo darslarini rejalashtirish. 
4.  Dars tizimi jarayoni.  
5.  Kimyo darslari klassifikasiyasi. 
 

 
47 
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:  Dars  ta`lim  -  tarbiya  ishini  tashkil 
etishning asosiy shakli, darsning umumpedagogik didaktik va metodik maqsadi, 
kimyo  darslarini  rejalashtirish,  yillik    va    yarim  yillik  rejalashtirish,  tematik 
rejalashtirish, har bir dars rejasi, dars tizimi jarayoni, darslari klassifikasiyasi
 
 
D
ars  -  maktabda  ta`lim  –  tarbiya,  yani  o’quv  ishining  tashkil  etishning 
asosiy  shakli  bo`lib  hisoblanadi.  Dars  bu  -  didaktik  vazifalar:  ta`lim  beruvchi, 
tarbiyalovchi,  o`quvchilarni  rivojlantiruvchi  tizim  qo`llaniladigan,  o`qituvchi 
tomonidan  ma`lum    jarayonda    ta`lim  mazmuni,  ta`minoti  shakl  va  metodlarini 
tadbiq etgan asosiy tashkiliy shakldir. 
  
Aniq qo’yilgan maqsad o’qituvchining shu maqsadga erishish uchun zarur 
faktik materialni tanlab olishiga imkon beradi. Qo’yilgan maqsadga qarab, darsda 
o’qitiladigan konkret material har xil bo’lishi mumkin. 
Dars 3 qismga bo’linadi: 
1.  Kirish 
2.  Asosiy qism 
3.  Xulosa 
Darsning  kirish qismida- o’quvchilar bilan tanishish, o’quvchilar e’tiborini 
ishning  o’ziga  jalb  etish,  umuman  sinfni  o’quv    ishiga  tayyorgarligini    ko’rib  
chiqish  kerak. 
 
Darsning  asosiy  qismida  -  so’rash    va  baholash  kiradi.  Yangi  materialni  
bayon  etish.  Materialni      umumlashtirish    va    puxtalash,  uyga  topshiriq    berish. 
To’g’ri    tashkil    etilgan  uy    topshiriqlari  –  o’quvchilarda    mustaqil    ishlash  
malakalari  hosil  qilishning  eng muhim  vositalaridan biridir    
Tipik dars  quyidagi  sxema  asosida tuzilgan. 
1.  Sinfni  o’quv  ishiga  tayyorlash. 
2.  So’rash. 
3.  Yangi  materialni  bayon    etish. 
4.  Materialni  umumlashtirish  va  puxtalash. 
5.  Uyga  topshiriq  berish. 
 
Darslar  xilma-xil  bo’lish  mumkin: 
Har xil  dars – o’quvchilarda  bilimga havas  hosil  qilishning va bu  havasni  
rivojlantirishning    eng muhim  shartlaridan biridir. 
 
Ta’lim-tarbiya    jarayoni  juda    xilma-xildir:  ko’zlangan    maqsadga    va 
materialning    mazmuniga    qarab,    ta’lim-tarbiya    jarayoni  bir  qolipga    solingan  
tashkiliy    formalarni      emas,  balki    jonli,      xilma-xil    tashkiliy    formalarni  talab 
etadi. Darslar- yangi  materiallarni  o’rganish, amaliy mashg’ulotlar darsi,  mashq  
va  masalalar darsi,   nazorat  darslari  va boshqalar. 
 
Darsga  shu sababli katta talab qo`yiladi. Asosiy talab ta`limiy, tarbiyaviy, 
rivojlantiruvchi  funksiyalarni  bajarish  bo`lib  hisoblanadi.  Har  bir  darsning 
funksiyasi  uning  didaktik  maqsadlaridan  kelib  chiqadi.  Har  bir  darsning    dars 
tizimidagi  o`rnini  aniqlash  lozim.  Shu  dars  mavzusi  tizimida  qanday  o`rin 
egallashini aniqlab olish muhimdir.  
 
Kimyo  ta`limi  dasturi  tahlil  qilinganda  avvalo  uning    ta`limiy  funksiyasi 
hisobga  olinadi.  Shu  jarayonda  eng  muhum  tayanch  bilimlar-  kimyoviy 

 
48 
 
tushunchalar,  nazariyalar,  qonunlar,  faktlar,  hisobga  olinadi.  Ana  shu  tayanch 
bilimlar o`qitish jarayonining mazmuni, bir - biriga bog`liqligini, ketma - ketligini 
ochib  beradi.  Bu  jarayonda  o`qituvchi  o`zi  va  darslikdagi  tayanch    bilimlar 
mazmunini  naqadar  o`quvchilar  ongiga  yetkaza  bilishi  asosiy  ish  yoki    faoliyat 
darajasining  mezoni  bo’lib  hisoblanadi.  Darsda      tarbiyaviy  funksiyani  amalga 
oshirish  shu  mavzu  mazmuni  asosida  o`quvchilarda  ilmiy  -  materialistik 
dunyoqarashni shakllantirish bilan belgilanadi.   
 
Darsdagi  rivojlantiruvchi  funksiya-  o`quvchini  dars  mazmuni  asosidagi 
imkoniyatlar  chegarasida  logik  fikrlash,  fanga  qiziqtirish,  mustaqil  faoliyatni 
ta`minlash kabilar bilan belgilanadi. Har bir dars tizimi rejasini tuzganda ulardagi 
mavzularning  mazmuni  asosida  darsning  maqsadi,  uning  boshqa  fanlar  bilan 
bog`liqligi  kabilar hisobga olinadi. 
  Darsga tayyorlanish- og’ir ish bu o’qituvchini  o’ziga  xos  ijodiy laboratoriyasi, 
lekin yaratish uchun uslubiyot sohasida  yaxshi nazariy bilimga ega bo’lishi, shu 
bilan birga darsga tayyorlanish va rivojlantirishni bilishi kerak. 
Rejalashtirish tizimi o’z ichiga quyidagilarni  oladi: 
1. 
Yillik  va  yarim yillik rejalashtirish. 
2. 
 Tematik rejalashtirish.  
3. 
 Har bir dars rejasi. 
Bunday  taqsimlanishga  muvofiq darsga tayyorlanishni 3 bosqichga bo’lish 
mumkin:  ya’ni  o’quv  yiliga  tayyorlanish,  o’quv  temasi  bo’yicha  fanlar  tizimiga 
tayyorlanish, navbatdagi darsga tayyorlanish. 
Birinchi bosqichda aniq sinf o’quvchilarini nima uchun, nimaga va qanday 
o’qitish kerak degan savollar yechiladi. Bunday o’quvchilar o’tgan yili nimani va 
qanday o’qiganligini ya’ni  kelajagini ko’ra bilishi zarur.  
"Kimyo" fani  bo’yicha darslarni rejalashtirish uchun dastlabki hujjatlar bu : 
-   O’quv jarayonida kimyo darsnining o’rni. 
-   Uning mazmunini aniqlovchi,  kursning rasmiy dasturi  
-    Tematik  reja,  odatda  xalq  ta’limi  vazirligini  instruktiv  hujjati  yoki  o’qituvchi 
uchun metodik qo’llanmalari.  
O’quv  yili  boshlanguncha  o’qituvchi  dasturni  o’rganib  chiqadi,  maktab 
darsligi mazmunini tahlil qiladi, o’qituvchi va o’quvchi uchun alohida adabiyotlar 
ro’yxatini tuzadi. 
O’quv  yili  boshlanguncha  kimyo  xonasining  jixozlari,  ularning  ishlashi  , 
pedagogik dasturiy ta’minot (PDT) mavjudligi tekshiriladi. 
O’quv  rejasi  va  dasturiga  muvofiq  darslar  bo’yicha  o’quv  materialini 
taxminiy  bo’lishini  o’z  ichiga  olgan  yoki  yarim  yillik  rejalashtirish  amalga 
oshiriladi. 
O’qituvchi  darsga  tayyorlanishinig  asosiysi  tematik  rejalashtirishdir.  Tematik 
rejalashtirish  har  bir  aniq  darsni  berilgan  mavzu  bo’yicha  darslarning  umumiy 
zanjirida muhim bug’inday ko’rib chiqishga imkon beradi. Bu shubhasiz, har bir 
darsni ahamiyatini oshiradi, o’qish sifatini butunlay yaxshilaydi. kimyo darslarini    
kimyo  xonasida  o’tkazishga  tayyorlanish  va  rejalashtirishning  ajratib  turuvchi 
xusisiyatlari,  dars  negizida  qo’shilishi  kerak  bo’lgan  pedagogik  vositalarnig 
bo’laklarining barcha, aspektlarni yaxshilab ko’rib chiqish zarur. 

 
49 
 
Shu  bilan  birga  pedagogik  dasturiy  ta’minotdan  foydalanmoqchi  bo’lgan 
darsga  tayyorlashda,  o’quvchining  ratsionalizasiyalash  uchun  u  barcha  vositalar 
kimyo  xonasida  o’quv-  metodik  kompleks  formada,  uning  ichida  pedagogik 
vositalar,  o’quv  jarayonida  undan  foydalanuvchi  bo’yicha  metodik  tavsiya, 
pedagogik  dasturiy  ta’minotdan  foydalanish  bilan  dars  o’qitishning  metodikasi   
tasvirlanishi kerak. 
 Ular orasida: 
-  reja  maqsadga  muvofiq  usha  yoki  boshqa  pedagogik  dasturiy  ta’minotni 
ishlatish. 
- tayin vaqtdla pedagogik dasturiy ta’minotdan foydalanishda talab qilinadigan 
bilim. 
- o’quvchilarning   kimyoviy asboblar bilan ishlashda gigiyenik chegarasi. 
- pedagogik dasturiy ta’minot  talab qiladigan tayyorlik va qobiliyat. 
Kimyo  darsiga  tayyorlanish  o’qituvchini  boshqa  darslarga  tayyorlanish 
rejasidan farq qilmaydi, lekin bir qancha hal qiluvchi omillar borki, ularsiz  kimyo 
darsiga tayyorlanish samarasiz va  maqsadga muvofiq emas.  
Kalendar  tematik    ish    reja    kimyo  dasturi  asosida  tuziladi.    Hozirgi  
sharoitda  umumta`lim  maktabi  uchun  Davlat  ta`lim  standartlari  ishlab  chiqilib 
aprabasiyadan  o`tkazildi.  Bu  holat  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  talablarini 
ruyobga chiqarishning yorqin  misoli edi. 
 
Kalendar tematik ish reja  qo`yidagi ko’rinishda  bo`ladi
 
№  Dars 
mavzulari 
Darsning aso-
siy ta’limi 
vazifasi 
Soat 
Dars 
tipi 
Fanlararo 
bog’lanis

Ko’rgazmali 
qurollar 
O’tilg
an 
vaqt 
 
 
 
Dars  bir  butun  harakatdagi  tizim  bo`lib  o`qitish  va  o`rganish 
orasidagi bog`liqlikni ta`minlaydi.  Darsni tashkil etish shartlari quyidagilar:  
 
Ijtiimoiy  –  pedagogik  -  ijodiy  xarakterli,  kvalifikasiyali  o`qituvchilarning   
uyushgan  inoq  jamoasi  bo`lishi,  darslik  o`quv  qo`llanmalarining  yetarli  bo`lishi, 
yaxshi psixologik muhit yaratilishi kabilar  
O’qitish  shu  mavzu  mazmuni  asosida  o`quvchilarda  ilmiy  -  materialistik 
dunyoqarashni shakllantirish bilan belgilanadi.   
 
Psixologik - didaktik: o`quvchilarning o`qishga qiziquvchanligini, didaktik 
qonuniyatlarga  bo`ysunishi,  o`quv  -  tarbiya  qoidalarining  amalga  oshishi  hamda 
o`qitish  maqsadiga  mos  funksiyalarning  amalga  oshishi.  Bular  dars  tizimi  
tuzilishini tashkil etadi. 
 
 
Nazorat savollari 
1.   Darsga qo’yiladigan umumiy talablar nimalardan iborat? 
2.   Nima uchun darsni ta’lim- tarbiya ishini uyushtirishning  asosiy shakli deb 
ataymiz. 
3.   Kimyo darsiga tayyorgarlik tizimini izohlab bering? 
4.   Darsning maqsadi bilan vazifalari o’rtasidagi farqni aniqlang. 

 
50 
 
5.      O’quv  yiliga  tayyorgarlik  nimadan  boshlanadi?  Alohida  darsiga 
tayyorgarlikchi? 
6.  Kimyo fani bo’yicha darslarni rejalashtirishda qanday boshlang’ich hujjatlarni 
olish mumkin? 
7.   Tematik rejalashtirish nimasi bilan har bir dars rejasidan farqlanadi? 
8.   Dars reja-konspektini umumiy  sxemasini keltiring. 
 
 
 
 
18 -19- ma’ruza 
Mavzu: Dars tiplari va tuzilishini aniqlash   
 
Ma’ruza rejasi: 
1.  Kimyo darslari klassifikasiyasi. 
2.  Yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari 
3.  O’quv malakalarni qo’llash darslari 
4.  Tayanch bilim, o`quv malakalarini qo`llash va rivojlantirish darslari. 
5.   Bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish darslari  
6.   Kimyo  darslari konspekti. 
7.   Kimyo darsi tahlili. 
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:  Yangi    bilimlarni  o`zlashtirish 
darslari, o`quv malakalarini qo`llash darslari, tayanch bilim, o`quv malakalarini 
qo`llash  va  rivojlantirish  darslari,  bilimlarni  umumlashtirish  va  tizimga  solish 
darslari,  bilim,  o`quv,  malakalarini  tekshirish  darslari,  aralash  darslari,  kimyo 
darslari konspektini  tuzish, kimyo darslari tahlili. 
 
Darsning tashkil etilishi ta`lim mazmuni, sinfning xususiyatlari, dars tipi va 
metodlari kabi maqsadlardan kelib chiqadi. 
 
O`qituvchining  o`z  fanini  chuqur  bilishi  bilan  birga,  uni  o`quvchilarga 
yetkaza  olishi  katta  tayyorgarlik  va  mahorat  talab  qiladi.  O`qituvchi  keyingi 
darslarga  tayyorlanar  ekan,  o`zining  bilimi,  mehnat  va  turmush  tarbiyasi, 
pedagogik  mahorati  darajasiga,  shuningdek  maktabning  imkoniyatlarini  hisobga 
olib ishga kirishmog’i  lozim. 
 
O`rganilayotgan har bir  ta`lim mazmunini usuliy jihatdan turli variantlarda 
ishlab chiqib eng ishonchli va samaralisini  tadbiq etish maqsadga muofiqdir. 
 
Fanni  o`zlashtirish,    egallash  amaliy  faoliyatga  tadbiq  etish  ta`lim 
mazmunidan  kelib  chiqib,  darslarni  tiplarga  ajratish  zaruratini  paydo  qiladi.  Har 
bir dars murakkab pedagogik jarayon bo`lib, uni chuqurroq tushuntirish uchun uni 
tiplarga  ajratib tavsif  qilib olishning ahamiyati katta. 
 
Pedagogik  adabiyotlarda  darslarni  tiplarga  ajratishning  bir  qancha  turlari   
berilgan, xususan darslarning  
a).  asosiy mazmuni va maqsadiga ko`ra  
b).  o`qitish jarayoni taxminiga ko`ra  
v).  tuzilishiga qarab tiplarga ajratish ko`p uchraydi. 

 
51 
 
 
Biz  tayanch  bilimlarni  amaliy  faoliyatga  tadbiq  etishni  o`zida  namoyon 
qiladigan ta`lim mazmuni asosiga tuzilgan dars tiplari haqida fikr yuritamiz. 
 
Biz  ko`p  yil  pedagogik  tajriba  va  kuzatish  xulosalariga  asoslanib  bilim 
o`quv  va  malakalarni  yalpi  qo`llash  darslari  tipini  "tayanch  bilim,  o`quv  va 
malakalarni  qo`llab  rivojlantirish  darslari"  deb  ta`riflashni  tavsiya  qilamiz. 
Bundan  asosiy  maqsad  tayanch  bilimlar  mohiyatini    chuqurlashtirish,  tartibga 
solib  kengaytirish,  ularni  faoliyatga  tadbiq  eta  bilish  kabi  didaktik  vaziyatlar 
e`tiborga olingan holda darslarni tiplarga ajratishdir.  
 
Shunday qilib, biz dars  tiplarining quyidagi tavsifini tavsiya etamiz. 
1.  Yangi  bilimlarni o`zlashtirish darslari. 
2.  O`quv malakalarini qo`llash darslari. 
3.  Tayanch bilim, o`quv malakalarini qo`llash va rivojlantirish darslari. 
4.  Bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish darslari  
5.  Bilim, o`quv, malakalarini tekshirish darslari. 
6.  Aralash darslar  
 
Keyingi vaqtda  nostandart   dars xillari haqida gaplar ko`p tilga olinadigan 
bo`ldi. Vaholanki,  inson  azaldan  puxta o`ylab tuzilgan reja asosida ish yuritib, 
samaradorlikka    erishib  kelganini  unutmaslik  kerak.    Odatda  fan  yutuqlari  ilg`or 
tajribalar sinovdan takror  - takror o`tgach, amaliyotchi o`qituvchilarga faoliyatga 
qo`llash uchun tavsiya qilinadi va bu eng  ma`qul  yo`l  hisoblanadi.  
 
Biz darslarni asosiy  ta`lim mazmuni va maqsadlariga ko`ra tiplarga ajratish 
tarafdorimiz.  Chunki  har  bir  darsning  asosiy  maqsadi  ta`lim  mazmunidan  kelib 
chiqadi.  Darsning  maqsadi  ta`lim  mazmunini  o`quvchiga  berish  bilan  birga  shu 
mazmun asosida uni shaxsini tarbiyalash hamda kamol toptirishdan iborat. 
 
Albatta, darsning biz yuqorida tilga olgan  tiplari ham metodlari ham nisbiy 
bo`lib  hisoblanadi.  Har  bir  tip  yoki  metod  tanlanganda  o`qituvchi  ularning  shu 
darsda  dominatlik  vazifasini  bajarishini  hisobga  olmog`i  kerak.  Chunki  darsda 
metodlarning bir nechtasidan foydalaniladi. Asosiy maqsad  darsning mazmunini 
o`quvchiga yetkazish tipi va metodiga qaratiladi.  
 
Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling