Navoiy viloyati pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kimyo va ekologiya kafedrasi


Faktlarni  o’zlashtirishga  bo’lgan  talablar


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana19.10.2020
Hajmi1.07 Mb.
#134613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kimyo oqitish nazariyasi va metodikasi fanidan maruzalar matni (3)


Faktlarni  o’zlashtirishga  bo’lgan  talablar.    Kislorod,  vodorod,  suv 
molekulasining  o’rganilgan  oksidlar,  asoslar,  kislotalar,  tuzlarning  tarkibini, 
galogenlarning  asoslarini,  xlorid  kislota,  xloridlarning  xossalarini  hamda 
ishlatilishini bilish.  
 
O’rganilgan  moddalarning  tarkibi  va  xossalarini  taqqoslashni,  kuzatilgan 
tajribalarning  natijalarini  analiz  qilishni,  o’rganilgan  nazariya  nuqtai  nazaridan 
kimyoviy  reaksiyalarni  tushintirib  berishni,  anorganik  birikmalarning  sinflari 
o’rtasidagi genetik bog’lanish hamda moddalar tarkibini, xossalari va ishlatilishi 
o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash. 
 
Kimyo tilini  o’zlashtirishga bo’lgan talablar. Elementlarning  kimyoviy 
belgilarini  (kamida  20  ta)  kimyoviy  formula  va  tenglamalarning  ma`nosini 
tushintira olishni bilish.  
 
Kimyoviy  elementlarning  valentliklari  bo’yicha  olingan  bilim  asosida  ikki 
elementdan tarkib topgan birikmalarning formulalarini tuzishni, kislota qoldiqlari 
va  metall  valentliklari  ma`lum  bo’lgan  tuzlar  hamda  asoslarning  formulasini 
o’rganilgan  oksidlar,  asoslar,  kislotalar,  tuzlarni  nomlanishi,  o’rganilgan 
reaksiyalar tuzishni bilish.  

 
19 
 
 
Dastlabki  uch  davrdagi  elementlarning  elektron  qobiqlaridagi  elektronlar 
sonini ko’rsatgan holda atomlarning tuzilishi sxemalarni tuzishni, birikmalarning 
formulalari  asosida  elementlarni  oksidlash  darajasini  aniqlashni  elementlar 
yuqori  oksidlarning  hamda  tegishli  kislota  va  asoslar  formulasini  tuzishni, 
elementlarning  davriy  sistemada  joylashgan  o’rniga  qarab  metallmaslarning 
vodorodli  birikmalarini,  o’rganiladigan  oksidlanish  –  qaytarilish  reaksiyalari 
misolida elektron balans metodi bilan kimyoviy tenglamalar tuzishni bilish. 
Kimyoviy eksperimentning bajarilishiga bo’lgan talablar.  Moddalar va     
eng  oddiy asboblar bilan ishlash qoidalarini bilish. 
Probirkalar,  o’lchov  kolbalari,  laboratoriya  shtativi,  spirt  lampa  yoki  gaz 
gorelkasi  bilan  ishlashni,  qattiq  moddalarni  eritishni,  qizdirishni,  tindirishni, 
filtrlashni,  kislota  va  ishqorlar  bilan  ishlashni  vodorodning  tozaligini  sinab 
ko’rishni  molyar  koncentrasiyali  va  erigan  moddalarning  massa  ulushi  ma`lum 
miqdorda  bo’lgan  eritmalar  tayyorlashni,  tayyor  detallardan  gaz  olish  asbob 
yig’ish  va  idishlarga  havo  hamda  suvni  siqib  chiqarish  yuli  bilan  shu  gazni 
to’ldirishni bilish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish. Kislorod, vodorod, 
is gazi, kislota va ishqorlarning eritmalari, yod,  xloridlarni aniqlay olishni bilish. 
Almashinish reaksiyasi orqali vodorod xlorid olish va uni suvda eritishni bilish. 
Hisoblashga doir masalalarning yechilishga bo’lgan talablar. Moddalarning 
nisbiy molekulyar massasini,  kimyoviy formulalar asosida hisoblay olish. 
 
Eritmadagi  moddaning  massa  ulushini  va  eritmada  erigan  moddaning 
massasini,  gazlarning  nisbiy  zichligini,  reaksiyaga  kirishayotgan  yoki  reaksiya 
natijasida  olinadigan  moddalardan  birining  ma`lum  miqdoriga  ko’ra  moddalar 
massasini  yoki  gazlarning  hajmini  (n.sh.da),  kimyoviy  tenglamalar  asosida 
gazlarning hajmiy  nisbatini hisoblashni bilish.   
 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari 
1. Nazariy o’quv materiallarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar deganda nlmani 
tushinasiz?  
2.  Eritmalar  tayyorlashga  doir  eksperimental  masalalar    bajarilishiga  bo’lgan 
talablarni ayting. 
   3.    Hisoblashga    doir  masalalarning  yechilishi  mavzuda  bilimni  tekshirishning   
qaysi nazorat turini taklif qilasiz? 
   4.  Shu  mavzu bo’yicha laboratoriya ishlari uchun vazifalar tayyorlang. 
 
6 - ma’ruza 
Mavzu: Kimyo o’qitish jarayonida o’quvchilarni tarbiyalash.  
 
Ma’ruza rejasi: 
1.  Maktab  kimyo  kursi  asosida  tarbiya  berish  va  dunyoqarash  g’oyalarini  
shakllantirish. 
2.  Dunyoqarash  g’oyalarini shakllantirish bosqichi 
3.  Ta’lim jarayonida o’quvchilarni tarbiyalashga yalpi yondashiash 

 
20 
 
4.  Kimyo ta’limi jarayonida vatanparvarlik tarbiyasi. 
 
 
Barkamol  avlodni    tarbiyalab  voyaga  yetkazish  hamma  vaqt  ham 
maktabning muhim vazifasi bo’lib hisoblanadi. 
 
Har qanday ijtimoiy tuzum tarbiya oldiga o’z talablarini qo’yadi. 
 
Bizning mustaqil demokratik fuqorolik jamiyatimiz ham shunday talablarni 
qo’yadi. 
 
Bu talablar «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» da o’z  ifodasini topgan. 
 
Kimyo  ta’limining  mazmuni  ham  o’quvchilarda  ilmiy-  materialistik 
dunyoqarash g’oyalarini hosil qiladi. 
 
Bunga erishish uchun tizimli, fan asoslarini amaliyot  bilan bog’lab o’qitish 
talab  etiladi.  Maktabda  kimyo  o’qitishning  tarbiyaviy  vazifasi  o’quvchilarda 
dastlab  mehnatga  ongli  ehtiyoj  sezish,  o’z  xalqining  tarixan  shakllangan 
an’analariga  sodiq  bo’lish,  insonlar  qadriga  yetish  va  shu  orqali  vatanparvar  va 
baynalminal  inson  bo’lib  yetishishi,  insonlar  yashab  turgan  muhitni  e’zozlash, 
mahalliy  sharoitda  mavjud  bo’lgan  tabiat  boyliklaridan  tejab-tergab  foydalanish, 
xalq mo’lkini ko’z qorachig’iday saqlash, kelajakda o’z vatani va xalqiga sadoqat 
bilan xizmat qilish, shuningdek kimyoviy bilimlar asosida ekologik etiqodni hosil 
qilishdek  istaklarni  tarbiyalashdan  iborat.  Bunda,  o’qituvchi  kimyo  ta’limidagi 
o’rganiladigan  mavzularning  mazmunidan  kelib  chiqqan  holda  va  mahalliy 
jarayonlarni  hisobga  olib  o’quvchilar  ongiga  ekologik  ta’lim-  tarbiyani 
shakllantirib borishni taqozo etadi.     
 
O’rganilayotgan  har  bir  mavzuning  fan  va  qishloq  xo’jaligida, 
o’quvchilarda vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirish ahamiyatini ko’rsata bilish 
lozim. 
 
Shu  bilan  birgalikda  kimyo  predmeti  mazmuni,  o’quvchilardagi  zahira 
tayanch  bilimga  tayanib  falsafiy  tushunshalar,  kategoriyalar;  materiya,  harakat, 
miqdor,  sifat,  xossa,  qarama-qarshilik,  inkor,  sabab,  oqibat  kabilarnig  mohiyatini 
ochib berish. 
 
Kimyo  kursidagi  har  bir  mavzuning  mazmunidan  kelib  chiqib  uning 
o’quvchini hamma tomonlama tarbiyalashni amalga oshirish zarur. 
Kimyo  ta’limi  jarayonida  o’quvchilarni  milliy  istiqlol  g’oyasi  ruhida  tarbiyalash 
asosiy vazifa bo’lib hisoblanadi. 
 
O’quvchilar   dunyoqarashni   shakllantirish  quyidagi bosqichlarda amalga 
oshadi.      
 
Birinchi  bosqich  -  Alohida  g’oyalar,  tushunchalar  holatlarning  mohiyatini 
anglash (tayyorgarlik bosqichi) 
M:  Dastlabki  kimyoviy  tushunchalar  mavzusida  modda  va  ularning  xossalari 
haqida tushuncha beriladi. 
 
Ikkinchi  bosqich  -  materiyaning  kimyoviy  harakat  shakli  haqidagi 
tushunchalar tartibga solinadi.   
 
Davriy  qonun  va  davriy  sistema  mavzusida  atomlarning  ichki  holatlari, 
xossalari,  ularning  xossalaridagi  o’xshashlik  va  farq  qiluvchi  tomonlari 
o’rganiladi.  

 
21 
 
 
Uchunchi bosqich - VIII-IX- sinflar oxirida o’qituvchi va o’quvchilarning 
birgalikdagi 
faoliyatlari 
tufayli 
dunyoqarash 
tushunchalari 
g’oyalari 
chuqurlashtiriladi va yangi material aniq tartibga keltiriladi. 
 
To’rtinchi bosqich - dunyoqarash  g’oyalari tushunchalarini falsafiy nuqtai 
nazardan izohlash 
 
Beshinchi  bosqich  -  materiyaning  kimyoviy  harakat  ko’rinishlarini  tabiiy 
ilmiy  va  falsafiy  nuqtai  nazardan  tizimga  kiritishdan  iborat.  Didaktik  qonunlar 
mohiyatini  kimyoviy misollar vositasida ochib berish. 
Jamiyatda  ijtimoiy  faol,  tafakkuri  keng,  mulohazali  mustaqqil  fikrlovchi  shaxsni 
tarbiyalashga yalpi yondoshish talab etiladi. 
 
Tarbiyada  bunday  yondoshish  «Ta’lim  to’g’risi»dagi  qonun,  «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi»da o’z  aksini topgan. 
 
Tarbiyaga  yalpi  yondoshishda:  vatanparvarlik  tarbiyasi,  mehnatsevarlik, 
dialektik  materialistik,  ekologik,  estetik,  huquqiy  iqtisodiy  tarbiya  kabilarni 
unutnaslik kerak. 
Har  bir  mavzuni  boshqa    fanlar    bilan  aloqadorlikda  o’rganib  chiqish  zarur. 
O’quvchi boshqa  fanlardan olgan saboqlarini yangi sharoitda qo’llay bilsinlar.  
Mustaqil  O`zbekistonimiz  zaminida  D.I.Mendeleev  davriy  jadvalidagi  barcha 
elementlar mavjud. 
Prezident  I.A.Karimovning  "O`zbekiston  XXI  asr  bo`sag`asida"  asarida 
tabiiy  boyliklarimiz  ularni  o`rganish  xalq  xo`jaligi  taraqqiyoti  uchun  xizmat 
qildirish  haqida  tushunchalar,  bilimlar  berilsa  o`quvchida  vatanparvarlik  hislari 
kuchli qaror topadi.  
 
Tekshiruv savollari 
1.  Prezident  I.A.Karimovning  asarlarida  kimyoviy    xom-ashyo  resurslaridan 
Vatan taraqqiyoti yo`lida foydalanish g`oyalarining yaratilishi. 
2.   Kimyo o`quv predmetini tarbiyalovchilik maqsadini tavsiflang. 
3.  Vatanimiz  kimyoviy  xom  -  ashyo  resurslari  misolida  vatanparvarlik  tarbiyasi      
berish yo’llarini  ko`rsating. 
4.  Kimyo  ta`limi  mazmuni  orqali  o`quvchilarda  dialektik  -  materialistik 
dunyoqarashni shakllantirishni xarakterlang. 
5.  O`zbekiston  Konstitutsiyasi  materiallaridan  kimyo  o`qitish  jarayonida 
foydalanish. 
6.  O`zbekiston  kimyogar  olimlari  va  ularning  fan  -  texnikani  rivojlantirishdagi 
faoliyati. 
 
Tayanch iboralar: 
 
Kimyo o’qitishning  tarbiyaviy vazifasi –o’quvchilarda  dastlab mehnatga 
ongli ehtiyoj sezish, o’z xalqining tarixan shakllangan an’analariga sodiq bo’lish 
kabi  vazifalar singdirishdan iborat.  
 
7- 8 –ma’ruza 
 Mavzu: Kimyo o`qitish jarayonida o`quvchilarni bilim va ko’nikmalaini 
rivojlantirish.  
 

 
22 
 
 
  Ma’ruza  rejasi: 
1.  Rivojlantiruvchi ta`limning psixo – pedagogik asoslari. 
2.  Kimyo mazmuni tizimi o`quvchilarni rivojlantirish manbai. 
3.  Rivojlantiruvchi ta`limda kimyoviy umumlashtirishlarning ahamiyati. 
4.  O`quvchilarni yakkama-yakka munosabat orqali rivojlantirish. 
5.  Muammoli ta`lim  o`quvchini rivojlantirish manbai. 
 
O’rganiladigan  asosiy  tushunchalar:  Rivojlantiruvchi  ta`limning  psixo  – 
pedagogik  asoslari,  rivojlantiruvchi  ta`limda  kimyoviy  umumlashtirishlarning 
ahamiyati,  o`quvchilarni  yakkama-yakka  munosabat  orqali  rivojlantirish, 
muammoli ta`lim  o`quvchini rivojlantirish manbai. 
 
 
Rivojlantiruvchi  ta`limni  vazifasi  dastlab  o`quvchilarda  mustaqil  bilim 
egallash  ko`nikmalarini  shakllantirish,  ularda  mehnat  qilish  uchun  o`quv  
malakalarni shakllantirish lozim. 
Darsda  qo`llanilayotgan  moddalar,  turli  xil  jihozlar  bilan  ishlash  
ko`nikmasini  shakllantirish,  ular  bilan  ishlashda  texnika  xavfsizlik  qoidalariga 
amal qilsin.  
Bo`layotgan kimyoviy hodisalarni kuzata bilish, uning mohiyatini aniqlash,  
tahlil  qilish,  taqqoslash,  o`z  mulohazalarini  ayta  bilish,  darslik,  qo`llanmalar 
ommabop  adabiyotlardan  foydalanish.  Ta`lim  jarayonida  o`quvchilar  yangi  bilim 
o`quv  malakalar  egallaydilar.  Bu  juda  murakkab    jarayon  hisoblanadi.  Bu 
jarayonda  o`quvchi  bilimlar  mohiyatini  birinchi  marta  eshitadi.  Bu    holda  hali 
bilimlar endi shakllana boshlaydi. Bilimlar mustahkam bo`lmagan sayoz dastlabki 
o`zlashtirishdir.  Biz  buni  ta`lim  jarayonining    dastlabki  didaktik  vazifasi  deb 
bilamiz.  
Demak  materialni  chuqur  va  mustahkam  egallab  olish  uchun    qo`shimcha 
ishlash talab etiladi. Bu talab ikkinchi didaktik vazifadir. 
 
Olingan  zahira  bilimlarni  faoliyatga,  amaliyotga  tadbiq    etish  orqali  ular 
rivojlanadi,  bu  esa  ta`lim  jarayonining  uchinchi  didaktik  vazifasidir.  Aynan  shu 
jarayonda  bilim,  ko`nikma    malakalar  yoki  tayanch  bilimlar  sayqal  topib 
o`quvchining  o`z  mulkiga  aylanadi.  Sayqallanib,  shaxsiy  mulkka  aylangan  bilim 
o`quvchining  mustaqil  hayot  faoliyati  davrida  –  inson  uchun  yo`lchi  yulduzga 
aylanadi. 
Rivojlantiruvchi ta`limning asosiy pedagogik qoidalari: 
1)  Ta`limni yuqori darajada o`rtacha og`irlikda tashkil etish; 
2)  O`quv materialini tez va o`quvchiga tushinarli holda o`rgatish; 
3)  Nazariy bilimlar salmog`ini tezda oshirish
4)  Bilimlarni ongli o`zlashtirish bilan ongli holda faoliyatda qo`llash;   
 
O`quvchi  olgan  bilimlarni  faoliyatda  ongli  holda  qo`llasagina  undagi 
bilimlar rivojlanadi. Rivojlantiruvchi ta`limning psixologik holatlari; 
1)  Bilimlarni  qo`llaganda,  qanday  fikrlash  hatti  –  harakat  lozimligiga  e`tibor 
berish. 
 
Bilimlarning rivojlanishi mustaqil, ijodiy ishlash rivojlanishining asosidir 
 

 
23 
 
2) Intellektual  ko`nikmalar shakllanishi va rivojlanishi;   
o`quvchiga logik fikrlash xossalarini chog`ishtirish, tahlil qilish, sintezlash ulardan 
eng  muhimlarini ajratib olib  xulosa chiqarish, umumlashtirish. 
3) O`qish faoliyatini to`g`ri tashkil eta bilish (o`qishni o`rganish.) 
-  O`quvchilar  rivojlanishining  asosiy  manbai  kimyo  kursi  mazmunining  o`zi  
bo`lib hisoblanadi. Sinfdan sinfga ko`chgan sayin bola shaxsi rivojlana boshlaydi. 
Maktab  kimyo  kursi  dasturi  nazariy  masalalari  rivojlanib,    chuqurlashib, 
murakkablashib borish tartibida tuzilgan. 
 
Bu  tuzilish  tayanch  bilimlarning  yana  yuqori  darajada  izohlanishi  va 
o`rganishga olib keladi. Natijada o`quvchi shaxsi ham rivojlanadi. 
 
- Rivojlantiruvchi ta`limda kimyoviy umumlashmalar  katta  ahamiyat kasb 
etadi.  O`rta  maktab  kimyo  kursida  maxsus  umumlashma  mavzular  mavjud  M: 
Anorganik birikmalarni eng muhimi sinflar haqidagi birikmalarni umumlashtirish; 
Davriy  qonun,  davriy  sistema  hamda  anorganik  birikmalar  haqida  olingan 
birikmalarni  ham  umumlashtiruvchi  mavzular  berilgan.  Kimyo  fani  o`qituvchisi 
o`quvchilarda  umumlashmalar  hosil  qilishi  haqida  bilimlarni  ham  shakllantirishi 
kerak. Masalan: 
a)    Kimyoviy  reaksiyalar  klassifikasiyasi.  Klassifikasiyalashning  belgilari  
anorganik va organik kimyodan misollar keltirish;  
b)  Anorganik va organik   moddalar orasidagi genetik bog`lanish  asoslari haqida; 
v)  Anorganik va organik  birikmalar gidrolizi. 
Umumlashma    mavzular    yakunida  o`quvchi  amaliyotga  tayangan  holda  yoki 
olingan  tayanch  bilimlarini  faoliyatda  qo`llash  orqali  egallangan  bilimlar 
rivojlanadi, sistemaga tushadi va aniqlashadi. 
 
Ta`lim jarayonida kimyo fanining rivojlanuvchi faollik xususiyatini yana,  
1). Muammoli ta`lim. 2). Ko`rgazma va o`qitishning texnika vositalari.  
3).  Egallangan  bilimlarni  doimiy  nazorat  qilishi.  4).    Mo`staqil  ishning  xilma  – 
xilligi. 5). O`quvchilarga yakkama – yakka yondashuv kabilar yanada oshiradi. 
-  O`quvchilar  bilan  yakkama  –  yakka  munosabat  bo`lish,  har  bir  o`qituvchining 
individual    xususiyati  bilim  darajasiga  mos    tuzilgan  savollar  mashqlar, 
masalalarni alohida – alohida kartateka,  sinov varaqalaridan foydalanish  va ularni 
bajarish darajasini  nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan: elektrolitik 
dissosiasiya mavzusi asosida:  
  - Quyidagi  moddalarning dissosiyalanish  natijasida qanday ionlar hosil bo`ladi: 
      a).  bariy  gidrooksidi. b). fosfot kislotasi. v). mis nitrati.  
 -  Quyidagilar eritmasida qanday ionlar bo`ladi? 
     a).  kislotalar. b).  asoslar. v). tuzlar. 
 -  Kislotalarning  barchasi    o`xshash  umumiy  xossalarga  ega  ekanligini  qanday 
izohlash mumkin? 
   a). mis sulfati. b).  rux xloridi qanday  moddalari bilan birikishi mumkin. 
 Savollar mazmuni jihatidan qiyinlashib boradi. 
Birinchi  savol  reproduktiv  oddiyroq  javob  talab  qilsa,  ikkinchi  savolga 
javob  o`zaro  chog`ishtirishni  talab  qiladi:  uchinchi  savolning  javobi  tahlil  va 
sabablari  bog`lanishni  ochish  bilan  bo`ladi,  to`rtinchi    savolning  javobi  ilgari 
olingan  bilimlarni  yuqoriroq  va  kengroq  bog`lanishlarda  ochib  berishni  talab 
qiladi. 

 
24 
 
To`rtala savollarga  kim javob bersa a`lo baho qo`yiladi. 
Xuddi  shunday  topshiriqlar  ham  uyga  beriladi.  Shunday  savollarga  javob 
topish uchun adabiyotlarga murojaat qilanadi.  
 Muammoli ta`lim o`quvchini rivojlantirish manbai bo`lib xizmat qiladi. 
 Muammoli  ta`limning  mohiyati  va  uni  hozirgi  ta`lim  jarayoniga  olib  kirishning 
zarurati nimadan iborat? 
Hozirgi  fanlarning  qo`shilib  ketishi,  ilmiy  texnikaning  o`sishi  sharoitida 
ta`limning  rivojlanuvchi  funksiyasi  ham  o`shib  bormoqda.  Ta`lim  jarayoni 
o`quvchiga  faqat  tayyor  bilimlarni  berish  bilan  chegaralanmasdan  o`quvchida 
tafakkur qirralarini o`stirish unda dialektik fikrlashni  mustaqil ishlash ko`nikma – 
malakalarni hosil qilish kerak.  Zarurat esa ana shu maqsaddan kelib chiqadi. 
Muammoli ta`lim – rivojlanuvchi o`qitishdir. Insonda qachonki nimaningdir 
mohiyatini  tushinish,  anglash  ishtiyoqi  tug`ilsa  shundagina  fikr  yurita  boshlaydi, 
unda bilim o`rganish egallashga intilish paydo bo`ladi.  Bunday intilish muammoli 
ta`lim jarayonida hosil  bo`ladi.   
O`qituvchi  shu  jarayonni  o`quvchida  hosil  qilgach  va  vazifalar  nimadan 
iborat ekanligini anglagach endigi vazifa muammoli ta`limdan qachon va qanday 
foydalanishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. 
Asosiy  vazifa  muammoli  ta`limni  joriy  etish  jarayonida  avvalo  ta`lim 
mazmunini tahlil etib  chiqish  va undan muammolarni ajratib tushinib olish, keyin 
esa ularni bir – biriga bo`ysundirish darajasida tartib bilan joylashtirishdan iborat. 
Bu  tartib  tizimlilik  holatini  keltirib  chiqaradi,  tafakkur  rivojlanishi  uchun  eng 
muhim sanaladi. 
M:  Moddalarning  xossalari  ularning    tarkibiga  bog`liq  degan  qoida  dastlabki 
kimyoviy  tushunchalar  mavzusida  markaziy  muammo  sifatida  qaraladi.  Bu 
muammo  VII  sinfda  har  bir  mavzuda  xususiy  holat  kasb  etsa  VIII  –  sinfda  atom 
tuzilishi  nazariyasi  o`rganilgach,  elementlarning  xossalari  ularning  tuzilishiga 
bog`liq  degan  umumiy  nazariyani  kelib  chiqardi  yoki  VII  sinfdagi  tarkib 
tushunchasi o`rnini tuzilishi tushunchasi to`ldiradi. 
M: Nima uchun litiyning xossalari natriyga o`xshash, nima uchun elementlarning 
xossalari davriy ravishda o`zgarib boradi. 
Yoki  atom  massalarining  ortib  borishi  tartib  buzilishiga  qaramay  argon 
bilan kaliy 18 va 19 tartib nomerda joylashgan teskari emas?  
Demak  o`qitishning  har  bir  bosqichda  o`zining  muammolari  mavjud.  
Ularga o`quvchi o`zining tayyorgarlik darajasi va rivojlanish  holatida  beradi. 
         Kimyo  ta`limida  o`quv  muammolarini  keltirib  chiqarish  usullari  yo`llari 
mavjud  o`quv  muammolarini  nazariyalar  va  faktlar,  nazariyalar  va  tushunchalar, 
alohida  tushunchalar  orasidagi  bog`liqlik  orqali  tushuntiriladi,    hamda  ajratib 
olinadi. 
M: Nima sababdan ayrim moddalar elektr tokini o`tkazadi yoki elektrolit ayrimlari 
unday  emas.  Demak  moddalarning  eritmalaridagi  har  xil  xususiyatlari  ularning 
o`zaro aloqasi tuzulishi nazariyasi asosida yechim topadi.  
Moddalar 
xossalarining 
ular 
tuzilishiga 
bog`liqlik 
tushunchasi, 
moddalarning tuzulishi nazariyasi va modda tushunchasi bog`liqligi tushuniladi. 
Demak ta`limiy muammolar uning mazmunidan kelib chiqadi. 

 
25 
 
Ta`lim  muammolarini  amaliy  jihatdan  o`qitishning  istalgan  bosqichida 
amalga  oshirsa  bo`ladi.  Ular  ta`lim  mazmuni  va  o`quvchilarning  rivojlanish 
holatlariga bog`liq. 
Muammoli ta`limni amalga oshirish bosqichlari mavjud. 
O`quv  muammolarining  ko`rininshlari  quyidagilardan  iborat:  muammoli 
holatning  mavjudligi,  sub`ektning  izlanishini  yechishga  tayyorgarligi,  bir  necha 
yo`l  bilan  yechish    imkoniyatlari    bularni  muammoli  ta`limni  amalga  oshirish 
shartlari deb aytiladi. 
Muammoli  ta`lim bosqichlari quyidagilardan iborat: 
Birinchi  bosqich  -  Muammoni  tushunishga  tayyorgarlik.  Bu  bosqichda 
bilimlarni  faollashtirish,  muammoni  yechish  uchun  kerakli  bilimlarni  eslash 
fikrlash yechiladigan muammo uchun kerakligini ajratib olish: 
Agar VII sinf o`quvchisiga nega bir xil miqdor va sifat tarkibiga ega modda 
har  xil  xossa  namoyon  qiladi  deb  so`ralsa  kimyoviy  jihatdan  eng  muhimi    bu 
muammo  o`quvchini  yechishga  undamaydi,  chunki  ularning  bu  muammoni 
yechishga bilim darajalari hali yetarli emas.  
Ikkinchi  bosqich  –  Muammoli  holatni  vujudga  keltirish.  Bu  vaziyat 
muammoli  ta`limning  eng  javobgarligi  muhim  va  murakkab  bosqich hisoblanadi. 
O`quvchi  bu  bosqichdan  o`qituvchi  tomonidan  o`z  oldiga  qo`ygan  muammoni 
muhimligini  tushinishi  yoki  o`zidagi  bilimlar  bilan  uni  yecha  olmasligini  anglab 
yetib, yangi bilimlarga zaruriyat sezishi va shu bilimlar bilan uni yecha olmasligini 
anglab  yetib,    shu  bilimlarni  egalashi  lozim.  Muammo  o`quvchiga  aniq  bo`lishi 
uning bu muammoni yechishiga imkon beradi.  
Uchinchi  bosqich  –  muammoning  aniq  ifodalanishi  kelib  chiqqan  vaziyat 
muhitining  natijasidir.  O`quvchi  qanday  savolga  javob  qaytarishiga  o`z  kuchini 
qaratsin. 
Bilimga  qaratilgan  bu  vazifani    o`qituvchi  o`quvchilar  oldiga  qo`ya  bilishi 
kerak. 
Agar  o`quvchi  doimiy  ravishda  muammolarni  yechib  kelgan  bo`lsa, 
muammolar yechimiga o`zi kela biladi.  
To`rtinchi bosqich – muammolarni yechish jarayoni u bir necha pog`onada  
amalga  oshadi:  
a)  bashoratlarni  ilgari surish
b)  har  bir muammoni tekshirishning  rejasini tuza bilish;  
          v)  muammoning tasdiq topishi. 
Beshinchi  bosqich  –  Tanlangan  yechim  to`g`riligini  isbotlash,  agar  imkon 
bo`lsa,  amaliyotda  ko`rsatish.  Bunday  muammoli  vaziyatlarni  tashkil  etish 
o`qituvchidan katta  mahorat  talab etadi.  
Muammoli vaziyatlar tashkil etish usullari quyidagilardan iborat. 
1.  O`quvchilarga  noma`lum  bo`lgan  ma`lumotlar  faktlarni  tushintirish  va 
demonstratsiya  qilib  ko`rsatish.  Ularda  yangi  bilimlarning  kelib  chiqishiga 
imkon beradi M: o`qituvchi elementning shakl o`zgarishlarini (allatropiyasini) 
tushintirib uning kelib chiqish sabablarini  so`raydi, yoki ammoniy xlorid bilan  
kaliy  xlorid  aralashmasini  qanday    bir  –  biridan  ajratish  mumkin.  (ammoniy 
xloridni haydash yo`li  ajratish mumkinligini hali o`quvchi bilmaydi ). 

 
26 
 
2.  Ma`lum  faktlar  bilan    ma`lum  bilimlar  orasida  uyg`unlik  bo`lmasligi  mumkin. 
Natijada  o`quvchilar  noto`g`ri  xulosaga  kelishi  mumkin.  M:  ohakli  suv  orqali 
uglerod  (IV)-oksidi  o`tkazib  tiniq  eritma  olish  mumkinmi?  O`quvchilar 
o`zlaridagi  zahira  bilimlarga  tayanib  yo`q    javobini    beradilar.  O`qituvchi  esa 
kalsiy  gidrokarbonatning olinishini tajriba qilib ko`rsatadi. 
3.  Aniq  nazariyalarga  asoslanib  faktlarni  izohlashda  ham  muammoli  vaziyatlar 
kelib  chiqadi.  M:  nima  sababdan  natriy  sulfat  eritmasini  elektroliz  qilganda 
katodda  vodorod, anodda  esa  kislorod ajraladi. O`quvchilar savollarga kerakli 
jadvallar,   metallarning aktivlik qatori, anionlar qatori, oksidlanish-qaytarilish  
reaksiyalarining elektroliz mohiyati yordamida javob izlab topadilar. 
4.  Ma`lum nazariyalar yordamida bashorat qilib uni keyin amaliyotda sinaladi. M: 
sirka  kislota    boshqa    organik  kislotalar  orqali  kislotalarning  umumiy 
xossalarini namoyon etadilarmi?  O`quvchilar o`z  fikrlarini bildiradilar. 
5.  Oxirgi  maqsad natija va muammoning sharti berilgach, uni  hal etishning oson 
yo`lini  topish.  M:  O`qituvchi  eksperimental  masala  taklif  etadi.  Uchta 
probirkada  moddalar  berilgan,  bu  moddalarni  tezroq    va  qisqa  tajribalar 
o`tkazib aniqlang. 
6.  Muammoning shartlari berilgani asosida  mustaqil ish tarzda yechimga kelishi. 
Bu    ijodiy  masala  bo`lib  uni  yechish  uchun  dars  yetarli  emas.  O`quvchilarga  
o`ylash,  fikr  qilish  uchun  vaqt  beriladi.  Uyda  esa  qo`shimcha  adabiyot  va 
kerakli  ma’lumotlardan    foydalansin.  M:  Moddalarning    xossalarini  bilgan 
holda  aniq reaksiya uchun  sharoit tanlash  va o`rganilayotgan moddani ishlab 
chiqish jarayoni uchun optimal sharoit haqida fikrlar bildirish. 
7.  Tarixiylik prinsipi ham muammoli vaziyatlarni yaratadi. 
M: D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni xulosasiga bir qancha  sistemalashlar 
natijasida  kelgan  fan  tarixi  shuni  ko`rsatadiki,  kimyoviy  qonunlar  fanning 
rivojlanib  tartibga  tushishi  bilan  kashf  etilgan.    Muammoli  vaziyat  xarakter,  
mohiyat    mazmuni  jihatidan  bir  –  birini  almashtirib  borsa  o`quvchining  tafakkuri 
rivojlanadi. 
 
Muammolarning  eng mahsulli davri shundaki, qachonki o`quvchilar o`zlari 
muammoni shakllantira  olsalar, munozarali darslar shulardan kelib chiqadi.  
- Darsda   muammoli ta`limdan foydalanish xususiyatlari ham mavjud. O`qituvchi 
muammoli ta`limni  amalga oshirish jarayonida sinfdagi barcha o`quvchilar faollik 
ko`rsatsa,    tashabbuskor  bo`lsa,  noto`g`ri    bo’lsa  ham  o`zlarini  fikrini  bildirsa,  
boshqa o`quvchilarni  munozara,  tortishuvi o`z fikrini bildirishga  undasa, ta`lim 
samarali kechadi. O`qituvchining savoli muammoli xarakterda  bo`lishi kerak. 
 
Bitta  darsda  muammoli  harakatlarning  barcha    bosqichlarini  qo`llash  shart 
emas.  Muammoli  harakatlarning  yoki  o`quvchilarni    chalg`itib  bilimlarining 
mustahkamligini sinash uchun to`g`ri natijalar ham berishi mumkin. 
Xullas,  o`quvchi muammo sabablarini izohlab berishga o`rgansin.  
Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling