Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/30
Sana05.02.2018
Hajmi24 Kb.
#26036
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30

BOG'LAMA
Ot kesim tarkibida qo'llanuvchi kesimlik ko'rsatkichidir. U kesim 
bilan  egani  bog'lashga  xizmat  qiluvchi  vosita  bo'lib,  mustaqil 
m a’nosini  yo'qotadi.  Bog'lamalar  fe’l  bo'lm agan  so'zlar  bilan 
qo'llanib,  kesimlikni  shakllantiradi,  mayl,  zamon,  shaxs-son 
m a’nolarini ifodalaydi. Yakka o'zi hukm ifodalamaydi, asosiy hukm 
ot kesimda bo'ladi.  Bog'lama ot kesim tarkibidan tushirib qoldirilsa 
yoki  almashtirilsa  ham   hukm  mazmunida  o ’zgarish  b o ’lmaydi. 
Bog'lama  vazifasida 
bo4m oq,  sanalm oq,  hisoblanm oq,  qilm oq, 
edi,  ekan,  em ish
  kabi  so'zlar  qo'llanadi: 
Bu  b izn im  maqsadimiz 
sanaladi ( maqsadimizdir).  Bizda odat mana shu edi.  Yolg'onchining 
rost so ‘zi  ham   vols'on  b o ‘lur.
Kesim birikmali holda ham ifodalanishi mumkin. Bunda hukm 
murakkab  shaklda ifodalanadi, kesimning tarkibiy qismlari orasida 
ichki sintaktik bogianish b o iad i,  so'zlar o'zaro sintaktik aloqaga
86

kirishadi: 
Navoiy 
g a z a l mulkining sultonidir. 
Dadam 
qo'li ochiq 
odam   ed ila r. 
K o m il  in sonlarda gi  a jo yib   f a z i l a t  
o'tm ishni 
unutmaslikdir.
Mustaqil va nomustaqil kesim shakllari. 
Shaxs-son va zamon 
shakllaridagi  fe’l  kesimlar  ham da  b og iam ali  va  bogiam asiz 
qoilan g an  ot kesimlar mustaqil kesim sanaladi: 
Ja h l - 
dushman, 
aql  - 
do'st. 
Bu  qiz 
Gulnor  edi. 
Q ayda dir  b o ‘g ‘otdan  suv 
tomchilaydi.
Shart mayli shaklidagi kesim nomustaqil kesim shakli sanaladi. 
Ular asosan ergashgan qo'shm a gaplarda ergash gaplaming kesimi 
vazifasida  qoilanadi: 
Agar shu  ко ‘rganlarini 
hikoya  qilib  bersa, 
hech  kim   ishonmaydi.  Havo 
bulut bo'Isa ham, 
yom g ‘ir yog ‘madi. 
M ehm onlar 
kelishsa, 
biz  ularni sam im iy kutib  olamiz.
Istak  gaplarning  kesimi,  garchi  ular  shart  mayli  shaklida 
qo'llansa ham,  mustaqil  kesim  sanaladi: 
Qani edi,  ham m a sizga 
o'xshasa. 
Bugun  bir 
osh  qilsak.
OT  KESIM  VA EGA ORASIDA  TIRENING 
ISHLATILISHI
Ega va ot kesim orasida quyidagi hollarda tire qo‘yiladi:
-  kesim bog‘lamasiz ot bilan ifodalanganda: 
M ening opam  — 
о ‘qituvchi.
-
  kesim olmosh bilan ifodalanganda: 
H am m am izningfikrim iz
— shu.
-
  kesim harakat nomi bilan ifodalanganda: 
Bizning maqsadimiz
-  o'qish.
-  kesim  son bilan  ifodalansa: 
Besh  — о ‘nning yarmi.
-
  ega  va  kesim   bir  xil  so ‘zlardan  tarkib  topgan  b o ‘lib, 
tenglashtirish, qiyoslash m a’nosini ifodalasa: 
Sog‘lig‘im  —boyligim. 
Rejasiz  ish
  — 
qolipsiz  g ‘isht.
-  ega  m a’nosi  ta ’kidlab  ko‘rsatilganda: 
M en  —  intiluvchan 
ta la b a m a n .  Urush  —  quyon  ovi  em as.  S en   —  m en in g   eng 
qadrdonimsan.
-  ega  ko‘rsatish  olmoshi  bilan  ifodalansa: 
Bu  —  siz  uchun 
katta  sinovdir.
-
  kesim sifat yoki tartib son bilan ifodalansa tire qo‘yilmaydi: 
Ко ‘chalar  egri-bugri.  Bizning  uyimiz  beshinchi.
-
  ega  bilan  ot  kesim  orasida 
ham
  bog‘lovchisi  q o ila n sa   tire 
qo‘yilmaydi: 
Bular ham  odam.  Karim  ham   talaba.
87

EGA VA UNING  IFODALANISHI
G ap kesimining qo‘shimchalaridan anglashilib turgan shaxs- 
son m a’nosini anglashtiruvchi bo‘lak egadir.  Ega kesim orqali kim? 
nima?  qayer? kimlar?  nimalar?  so‘roqlariga javob bo‘ladi.  Bosh 
kelishik  shaklidagi  o t,  olm osh  va  otlashgan  so ‘zlar  bilan 
ifodalanadi,  b a ’zan  egalik,  ko‘plik  shakllarini  qabul  qilishi 
mumkin:  Atrof 
jim -jit. 
Kishilar 
uni  maqtashdi. 
fclaganim
 
— 
siz.
Ega quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:
Ot  bilan: 
Yoqimli  shamol gul hidlarini  taratdi
Olmosh  bilan: 
Ular y ig ‘ilishga  borishdi._Bu_-  men  tu g ‘ilgan 
tuproq.
Otlashgan  sifat: 
Yaxshilar  k o ‘paysin.  Jaziram a  ertalabdan 
yondiryapti.
Otlashgan  son: 
Bin  о ‘qisa,  bin  yozadi.
Otlashgan  ravish: 
Ко ‘pi  ketib,  ozi  qoldi
Otlashgan sifatdosh: 
0  ‘timanlar qarsak chalishdi.  Chumchuqdan 
ao ‘rqqan  tariq  ekmaydi.
Harakat nomi: 
Oftobda  vurish  fovdali
Ibora bilan: 
Tirnoq  ostidan  kir qidirish  uning odati.
Birikmali  ifodalanadi: 
Vatanni sevmoq  imondandir.  M ehnat 
ailib  topsanins
  — 
qand-u  asal  totganing.
Sodda gaplar eganing ishtirokiga ko‘ra egali va egasiz gaplarga 
boMinadi. Gapning grammatik asosi  ega va kesimdan iborat bo‘lsa 
egali  (ikki  bosh  bo‘lakli gaplar),  faqat  kesimning o'zidan  iborat 
bo‘lsa  egasiz  (bir  bosh  bo lakli  gaplar)  deb  yuritiladi  O^rikzor 
xira pardaga 
burkandi. 
Sochilgan 
urug
‘  
unib chiqadi. 
Shaftolizor 
bog'larni 
koirdim. 
J o ja n i kuzda 
sanaydilar.
HOL
Hoi  ish-harakatning belgisini bildiruvchi gap b o‘lagidir.  Hoi 
ko‘proq  gap  markazi  -  kesimga  bog‘lanib,  undan  anglashilgan 
ish-harakatning  o ‘m ini,  paytini,  holatini,  sababini,  maqsadini 
bildiradigan ikkinchi  darajali  bo‘lakdir.  Hollar m a’noga  qo‘ra  8 
tuiga bo‘linadi:
V azivat  (ravish)  holi 
ish -harak atnin g  qanday  tarzd a 
bajarilganligini  bildiradi, 
qay  holda?  qanday?  qanday  qilib

so‘roqlariga javob bo‘ladi. Quyidagicha ifodalanadi:

•  h o lat  ravishlari  bilan:  a sto ydil 
gapirm oq, 
k e tm a -k e t 
joylashmoq, 
tez 
yurmoq, 
sekin 
gapirmoq.
• ravishdosh bilan:  shoshib 
chiqmoq, 
yura-yura 
charchamoq, 
tusmollab 
sanamoq.
• sifat  bilan:  samimiy 
gaplashmoq, 
yaxshi 
о ‘qimoq,  g o '
zal 
ко ‘rinmoq.
Q ‘rin holi 
ish-harakatning bajarilish o‘m ini bildiradi 
qayerda ? 
qayerga?  qayerdan?
  so ‘roqlariga  javob  b o ‘lib,  quyidagicha 
ifodalanadi:
• ot  bilan:  uyga 
bormoq, 
m aktabdan 
chiqm oq, 
xonada 
joylashmoq.
• o ‘rin  ravishlari bilan:  olisdan 
ко ‘rinmoq, 
ichkarida 
о ‘tirmoq. 
oldinda 
yurmoq.
0 ‘rin holi o'zi ergashgan so‘zga boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi. 
0 ‘rin  holi  makon,  zam on  kelishiklari  (jo‘nalish,  o ‘rin-payt, 
chiqish) kelishigidagi so'zlar, ko‘makchili  otlar va o ‘rin  ravishlari 
bilan ifodalanadi.
Pavt holi 
ish-harakatning bajarilish paytini bildirib,  qachon? 
qachongacha?  qachondan beri?  so‘roqlariga javob b o iad i.  Payt 
holi quidagicha ifodalanadi:
• payt ravishlari bilan: yildan yilga 
kuchaymoq, 
kechadan beri 
kutdi, 
bir ozdan  keyin 
keldi.
• ravishdosh bilan:  qaytguncha 
kutdi, 
keta ketguncha 
so ‘radi.
• ot bilan:  Yongda 
yo'lga  chiqdi.
• payt  m a’noli  ko'm akchili  so‘z  birikmalari  bilan:  Bundan 
besh  y il  ilgari 
uchrashgan  edik. 
O'sha  kundan  beri 
bu  voqeani 
unutolmayman.
Daraia-miqdor  holi 
ish-harakatning  m iqdorini va darajasini 
bildirib, 
qancha?  qay  darajada?  necha  m arta?  necha?
  kabi 
so‘roqlarga javob boiadi. Quyidagicha ifodalanadi:
• m iqdor  ravishlari  bilan:  ko'p 
o'qiydi, 
sal 
qiynaldi, 
juda 
qiynaldi, 
kam 
o'qiydi.
• son  bilan:  Bir 
gapirib 
o'n 
kuladi. 
Yuz  marta 
eshitgandan 
bir marta 
ко ‘rgan yaxshi.
• oimosh  bilan:  shuncha 
kutdi, 
buncha 
k e k k a y d i, 
uncha 
gapirmang.
Sabab  holi 
ish-harakatning  yuzaga kelish  sababini bildiradi, 
nima uchun? nima sababdan? so‘roqlariga javob boladi.Quyidagicha 
ifodalanadi.
89

• -lik,  -sizlik qo‘shimchalarini olgan otlar bilan:  Tashnalikdan 
lablari  qaqrab  ketdi. 
Suvsizlikdan 
ekinlar qurib  qoldi.
• -gan+i  qo ‘shimchali  sifatdoshlar  bilan:  Qo'rqqanidan 
bir 
og ‘iz ham  gapirolmadi.
• sababli,  tufayli,  uchun
 ko‘makchili qurilmalar bilan:  Tinchlik 
tufayli 
yurt obod. 
Yaxshi  o'qigani  uchun 
mukofotlandi.
Sabab holli sodda gaplarni sabab ergash gapli qo'shma gaplardan 
farqlash  lozim: 

dars  tavvorlam agani  uchun  kelm adi.  — 
0 ‘aituvchi kelmagani uchun dars bo'lmadi.
Maqsad  holi 
-   ish-harakatning  yuzaga  kelish  maqsadini 
bildiradi. 
Nima uchun?nim a maqsadda?nima
 ^/7g<3«/?so‘roqlariga 
javob bo'ladi.  Maqsad holi quyidagicha ifodalanadi:
• maqsad ravishdoshlari bilan:  ko'rishgani 
qo ‘I uzatdi, 
o'qigani 
kelganmiz;
• o t+ k o ‘makchi shaklida: 
Tinchlik  uchun  kurashamiz.

 harakat nom i+ko'm akchi shaklida: 
Qoratoy uni 
surishtirish 
uchun 
yelib yugurdi.

 maqsad  ravishlari  bilan: 
Bizlar 
atayin 
siz/ii  izlab  keldik. 
Maqsad holli sodda gaplarni maqsad gapli qo'shma gaplardan farqlash 
lozim:
Mashina po'lat etakdagi paxtani bo'shatish uchun chetga chiqdi.
Bola tinch uxlashi uchun  xona salqin bo'lishi lozim.
Shart  holi 
ish-harakatning  yuzaga  kelish  shartini  bildiradi. 
Gapning  asosi-kesimga  bog'lanib,  fe’lning  shart  mayli  shaklida 
bo'ladi. 
Mashina 
charchasa 
to ‘xtaydi.Talaba 
izlansa 
yutadi.
Shart holli sodda gaplarni ergashgan qo'shma gaplardan farqlash 
lozim: 
Mashina charchasa  to ’xtaydi.  Karim 
oWqisa 
biladi.  Dildora 
maktabni  tugatsa 
keladi.  -
  shart  holli  sodda  gap. 
Havo  bulut 
b o ‘Isa,  yom g'ir y o g ‘adi.  Men  borsam,  siz kelasiz.—
  qo'shm a  gap.
Karim 
o‘qisa 
biladi.  Dildora 
maktabni tugatsa 
keladi.
  — shart 
holli sodda gap.
T o‘siqsizIik  holi 
kesimga  bog'lanib,  ish-harakatning  yuzaga 
kelishida to'siq bo'la olmagan holatni bildiradi.  Fe’lning shart mayli 
shakli  — 
sa  +ham
  yuklamasi  shaklidagi  so'zlar  yoki  birikmalar 
bilan  ifodalanadi: 

charchasa  ham 
ishini  davom  ettirdi.  Bola 
qancha 
o'qisa ham 
masalaga  tushunmadi.
Bunday qurilmalami to'siqsiz ergash gapli qo'shm a gaplardan 
farqlash  lozim: 
Havo  bulut b o ‘Isa  ham yom g'ir y o g ‘madi.
90

TO'LDIRUVCHI
Gapdagi biror b o lak k a,  ko‘pincha kesimga.  boshqaruv 
yo‘li bilan birikib,  uni to ‘ldirib, izohlab kelgan bo‘lak to'ldiruvchi 
deyiladi. Toidiruvchi  ish-harakatga vosita bolgan yoki b o la  olmagan 
predmetni bildiradi.  Masalan:  Maydonni go'zapoyadan 
tozalashdi. 
T oidiruvchi  ikki  xil  b o iad i:  vositasiz  to idiru vch i  va  vositali 
toidiruvchi.
Vositasiz  toidiruvchi 
belgili yoki belgisiz tushum kelishigidagi 
so‘z bilan ifodalanadi. 
K im ni? nim ani?qayerni?
 so‘roqlariga javob 
boiadi: 
Qiz zavq bilan ashula
 avtdi. 
Terimchilar paxta  terishvapti. 
Vositasiz toidiruvchi tushum kelishigidagi ot, olmosh va otlashgan 
so'zlar bilan  ifodalanadi:
-  ot  bilan: 
Barcha  bolalam i  ta k lif qildik.
-
  olmosh  bilan: 
B izni  teatrga  ta k lif qilishdi.
-
  otlashgan sifat bilan: 
Yaxshini maqtasa yarashu.r
-
  son  bilan: 
Uchalasini  chaqirib  qolishdi.
-  ravish  bilan: 
H osilnins   ко ‘pini  yo ‘qotdik.
-  sifatdosh  bilan: 
Bo ‘lineanni  bo ‘ri yer.
-
  ibora  bilan: 
T irnoq  ostidan  k ir   qid iru vch ila rn i  yom on 
ко ‘raman.
-  taqlid  so‘zlar bilan: 
Qushlarning  c h u s ‘u r-c h u s‘uri  eshitildi.
Vositali  toidiruvchi 
jo ‘nalish,  o ‘rin-payt,  chiqish  kelishigi
ham da ko'm akchilar bilan qoilangan ot, olmosh yoki otlashgan 
so'zlar bilan ifodalanadi. 
Kimga?nimaga?kimda?nimada?  kimdan? 
nimadan ? kim   bilan ? nima bilan ? kim  haqida ? nima haqida ?  kim  
uchun? kim tomonidan ?
 so'roqlariga javob bo'ladi: Yovdan qo'rqqan 
vovga  do'st. 
Qo ‘rqaanea  qo ‘sha  ко ‘rinur.  Biz  sen  bilan  ketamiz. 
Uyat  о ‘lim dan  qattiq.  O e ‘z.i  b o 'sh sa   ishonm ang.  R a hb arla r 
tomonidan  ish  berildi.
ANIQLOVCHI
Gapda  biror  bo'lakning  belgisini  yoki  bir  narsa-buyumning 
boshqasiga  qarashliligini  bildiruvchi  b o ia k   aniqlovchi  deyiladi. 
Aniqlovchi  bogiangan b o ia k  aniqlanmish deyiladi.  Aniqlovchi 
gapda quyidagi bo'laklarga tobelanishi mumkin:
- egaga tobelanadi:  M ayda 
q o ryo g ‘ib turibdi. 
Qalandarovning 
hovlisi  kattagina  ekan.
-  ot  kesimga  tobelanadi: 
Ergash  ota
  —  bizning  qadrdon 
qo ‘shnimiz.
91

-  to 'ld iru v c h ig a   to b e la n a d i: 
B u  s o v g ‘a n i  o ‘q u v c h ila r  
tayyorlashgan.
- holga tobelanadi:  Sevimli 
vatanimizda bayramlar к о ‘p.
Aniqlovchilar bir xil  narsa-buyumning belgisini  yoki  narsa-
buyumning kimga yoki nimaga qarashli ekanligini bildirishiga ko‘ra 
ikki turga ajratiladi: sifatlovchi aniqlovchi va qaratqich aniqlovchi.
Sifatlovchi-aniqlovchi  —  predm etning  belgisini  bildiradi. 
Qanday? qanaqa? qaysi? qancha? necha? qayerdagi? nechanchi? 
,ro‘roqlariga javob boiadi. Quyidagicha ifodalanadi.
-  sifat  bilan: 
Sevimli  vatanimda  toshqin  daryodek  hayot jo  ‘sh 
uradi.
-
  sifatdosh  bilan: 
Yig4lgan  odamlar  ichkariga  kirishdi.
-
  ot  bilan: 
As fait  k o ‘chadan  mashinalar g ‘iz -g ‘iz o'tardi.
-  son  bilan: 
0 ‘n  beshtacha  odam  y ig ‘ildi.
-
  ravish  bilan: 
Ко ‘p  odamlar buni  bilishmaydi.
-
  taqlid  so‘z  bilan: 
Chu e ‘u r-c h u s‘ur bolalar to ‘planishdi.
-  ibora bilan: 
Qo ‘li ochia odamlar ко ‘p.
Q aratqich  aniqlovchi  — 
kim ning?  nim aning?  qayerning

so*roqlariga javob boiadi. Belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigidagi 
shakllari mavjud: 
Yisitnins so ‘zlarini diqqat bilan  tingladik.  Og ‘zi 
bo ‘shnins  ichida  gap  yotm aydi.  Ota-onalar  mailisisa  yig'ildik. 
Shahar ко ‘chalarida kezdik.
IZOHLOVCHI
Izohlovchi  aniqlovchining bir ko‘rinishi  b o lib ,  u  shaxs yoki 
narsani boshqacha nomlaydi.  Izohlovchi asosan ot bilan ifodalanadi. 
Izohlovchi  b o g la n g a n   b o la k   izohlanm ish  deb  yuritiladi. 
Izohlanmish shaxsning millati,  kasbi,  unvoni, jinsi,  qarindoshligi 
kabi qo‘shimcha belgilarini tavsiflab keladi:
-  unvon,  amalni: 
Kapitan  Soliev  huzuriga  chaqirdi.  Direktor 
N abiev  biz  bilan  suhbatlashdi.
-  m ashg'ulot,  kasbni: 
Oshpaz  Halima  opani  anchadan  beri 
bilamiz-
-
 yosh, jins,  qarindoshlik darajasini: 
Choi bobo hamrohi bilan 
gaplashib  о ‘tirar edi.  Sobir am akim   narigi mahallada yashaydi.
-
  laqabni: 
Asadbek suvilonni yaxshi  bilaman.
-
  taxallusini: 
Muso  Toshmuhammad o ‘g ‘li  Oybek  Toshkentda 
tug'ilgan.
-
  narsa-buyum ning  o ‘xshashligini: 
On a  vatanimizga  sodiq 
bo ‘laylik!
92

-  gazeta,  jum al,  asarlar,  muassasa  va  joy  nomlari  nomini 
bildiradi: 
«Xalq so ‘zi» gazetasi,  «Nafosat» do ‘koni,  «Navoiy» romani, 
«G'uncha» dastasi.
GAP BO‘LAKLARINING TARTIBI
G ap  boiaklarining  tartibi  ikki xil  b oiadi:  odatdagi  tartib va 
o ‘zgargan tartib.
0 ‘zbek tilida gap bo‘laklarining tartibi erkin bo ‘lsa ham,  ular 
gapda m a’lum qoidalar asosida joylashadi. Odatdagi tartibda  gap 
bo'laklari quyidagicha bo'ladi:
-  ega oldin,  kesim esa gapning oxirida  keladi: 
Zebi onasining 
javobini  oldindan  bilardi.
-
  payt va  o ‘rin  hollari  egadan  oldin  keladi: 
Kecha guruhimiz 
y ig ‘ilishi bo ‘Idi.  Mehmonxonadan ко ‘zlarini uqalay-uqalay Miryoqub 
chiqib  keldi.
-  to'ldiruvchi  egadan  keyin  keladi: 
Kecha  yosh  havaskorlar 
bizga  katta  tomosha  ко ‘rsatishdi.
- vaziyat holi kesimdan oldin keladi:  Daryo 
uzoqdan jimirlab 
ко ‘rinar edi.
0 ‘zgargan tartib inversiya deyiladi.  She’riyatda yoki so'zlashuv 
nutqida 
0‘zgargan  tartib  qo‘llanishi  mumkin:  To‘xtat  gapni! 
(to'ldiruvchi  va  kesim  tartibi 
0‘zgargan).  Shamol  esadi  g‘ir-g‘ir. 
(Hoi va kesim tartibi o‘zgatgan).  Shivirlaydi mayin yomg’ir. (Ega va 
kesim tartibi o‘zgargan).
G ap boiaklarining odatdagi  va 
0‘zgargan tartibining nutqda 
o ‘z qo‘llanish o ‘rinlari bor.  Odatdagi tartib ilmiy uslub uchun xos 
b o‘lsa,  o ‘zgargan tartib og‘zaki nutq  ham da badiiy uslub uchun 
xosdir.
EGALI  VA EGASIZ  GAPLAR
G apning grammatik asosi ega va kesimdan iborat b o isa  egali 
gaplar, faqat kesim qismidan  iborat bo‘lsa egasiz gaplar deyiladi. 
Masalan: 
M en  gullarni yaxshi  parvarish  qilyapm an.  Derazadan 
ко ‘chaga tikilam an.
Egali  (ikki  bosh  b o ‘lakli)  gaplarda  ega  ham   kesim  ham  
qatnashadi: 
Uquvi vo ‘q har joyda aoqiladi.  Chumchuqdan qo ‘raaan 
tariq ekmavdi.
93

Egasiz gaplar shaxs tushunchasi  ifodalanishiga ko‘ra quyidagi 
turlarga bo‘linadi: egasi yashiringan gaplar va egasiz gaplar.  Egasi 
yashiringan gaplarda gapning kesimi orqali uning bajaruvchisiga - 
shaxsiga  ishora  qilinadi: 
K atta  tanaffusda  zalga  to 'p la n d ik . 
Sanam ay sa kkiz derna.
Egasi  yashiringan  gaplar  ikki  turli  b o iad i:  egasi  (shaxsi) 
m a’lum gaplar va egasi  (shaxsi)  umumlashgan gaplar.
Egasi  (shaxsi) ma’lum 
gaplarda gapning egasi m atndan,  nutq 
sharoitidan, kesimning shas-son shaklidan m a’lum bo‘lib turadi. 
Bunday  gaplam ing  kesimi  1-  yoki  2-shaxs  birlik  va  ko’plik,  3- 
shaxs birlik shaklida boiadi: 
Ota-onalarga yordam berdik.  Otlarga 
qara,  qarindosh.
Egasi  (shaxsi)  umumlashgan 
gapda kesimi 2-shaxs shaklida 
b o is a   ham ,  ega  real  ifodalanm aydi,  ko‘pincha  m aqollarda 
q ollaniladi,  m azm unan  uchala  shaxsga  taalluqli  boiadi:  Y er 
haydasang,  k u z hayda.  .Avval о ‘yla,  keyin so ‘yla.
Egasiz  gaplarda 
gapda  eganing  o ’m i  um um an  bolm aydi. 
Kesimdagi shaxs-son qo'shimchalari orqali  egani tiklab bolmaydi. 
T o ‘nni  bo'yga  qarab  bichadilar.  Xom  m evani  veb  b o ‘Imavdi. 
Topshiriqni  о ’z  vaqtida  baiarish  lozim.
Egasiz  gaplar  3  turga:  shaxsi  nom a’lum  gaplar,  atov  gaplar, 
so'z gaplarga bo'linadi.
Shaxsi noma’lum 
gaplarda kesim fe’l bilan ifodalanadi va ish- 
harakatni bajarishga imkoniyat,  zaruriyat,  shart,  tilak,  istak kabi 
m a’nolami ifodalab keladi.  Bunday gaplar kesimining eng muhim 
belgisi  uning  tarkibida  egalik  qo'shim chasining  yo'qligidir.  Bu 
gaplarda mantiqan ish-harakat bajaruvchisi mavjud bo'ladi, lekin 
uni gapda ifodalab b olm aydi.  Masalan: 
Zalda chekib bo ‘Imaydi. 
Majlisda  qatnashish  kerak.  Xonada  shovqin  qilinmasin.
Atov gaplarda 
narsa buyumning mavjudligi yoki voqea-hodisa 
atash yo'li bilan ifodalanadi.  Atov gaplar so'zlovchi ko'z o'ngida 
biror voqea-hodisani, narsa-buyum, davryokijoynigavdalantirishga 
xizmat  qiladi.  Atov  gapdan  keyin  uning  mazmunini  izohlovchi
94

gap beriladi: 
Qish.  Sovuq shamol esyapti.
 Atov gap  yig‘iq va yoyiq 
shaklda boiadi. Yig‘iq atov gaplar bitta so'zdan iborat boiadi:  В
ahor. 
Dalalarda ish qizg'in.
 Yoyiq atov gaplar aniqlovchi bilan kengayib 
keladi: 
Karimlaming uyi.  Hech  kim  ко ‘rinmaydi.
Yoyiq atov gaplar kengaygan harakat nomili birikmalar bilan 
ham ifodalanishi mumkin: 
Sokin qishloq k o ‘chalarida sayr qilish. 
Bu  mening bolalikdan  sevimli  mashg'ulotim.
Atov gaplar asosan badiiy va publisistik (ommabop) uslublarda 
qolianiladi. 
Q ip-qizil saraton  quyoshi.  M uloyim jilm ayib  saxovat 
bilan  nur socha  boshladi.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling