Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/30
Sana05.02.2018
Hajmi24 Kb.
#26036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30

-ar,  -iz 
qo'shim chalari  bilan  yasaladi.  Ish-harakat  bajaruvchisi 
boshqa  bir  sub’ekt  ta ’sirida  ish-harakatni  bajaradi: 
Topshiriqni 
bajartirdi.  0 ‘qituvchio'quvchilarga mashqni ishiatdi.  K o ‘rsat, oldir, 
o'tkaz,  oqiz,  tomiz,  oshir,  chiqar.
Orttirma nisbatning 
—t
 qo'shimchasi unli tovush bilan tugagan 
fe’l asoslariga qo'shiladi: 
to'qit,  qarat,  o ‘qit,  bo'shat.
-ir,  -ar,  -iz
 qo'shim chalari undosh bilan tugagan bir bo'g'inli 
fe’llarga  qo‘shiladi: 
shoshir,  chiqar,  toshir,  oqiz,  tomiz.
-giz,  - g ‘iz
 qo'shim chalari jarangli  undosh  bilan  tugagan  fe’l 
asoslarga, 
-kiz,  -qiz
  qo'shim chalari  esa  jarangsiz  undosh  bilan 
tugagan  fe i  asoslarga qo'shiladi;>’Mft/;> 
ketkiz, yurgiz,  turg‘iz.
Ba’zan f e i asosiga orttirma  nisbat  hosil  qiluvchi birdan ortiq 
qo'shim chalar  qo'shilishi  mumkin: 
о ‘qittirm oq.  oqizdirm oq, 
tushirtirmoq.
Birgalik  nisbat 
—  ish-harakatning  bir  necha  bajaruvchi 
tom onidan  bajarilganligini  bildiradi: 
borishdi,  o ‘qishdi.
  Birgalik 
nisbat shakli unli bilan  f e i asosga — 
sh,
  undosh bilan tugagan fe i 
asosga 
— ish
 qo'shimchasini qo'shish bilan  hosil boiadi: 
borishdi, 
ishlashdi.
  Birgalik nisbat shakli uchinchi shaxs ko’plik shakli bilan 
m a’nodoshdir: 
borishdi  —
  birgalik  nisbat, 
bordilar,  keldilar  - 
ko'plik shakli aniq  nisbatdagi f e i sanaladi.
Ba’zan bir necha  nisbat qo'shim chalari  f e i asosiga birdaniga 
qo'shiladi: 
yuvintirishdi.
  Bunday holda f e i  nisbati  oxirgi  nisbat 
qo'shimchasiga qarab belgilanadi.
FE’LLARNING VAZIFA SHAKLLARI
Fe’llar gapda boshqa so'zlar bilan bogianib, turli gap boiaklari 
vazifasida keladi.  Buning  uchun f e i  turli  shakllarga ega b o iad i. 
Turli gap boiaklari vazifasida kelish uchun xoslangan f e i shakllari 
feining vazifa shakllari sanaladi.
Feilarnin g  to 'rtta vazifa  shakli  mavjud:  1)  sof f e i  shakli;  2) 
harakat  nomi  shakli;  3)  sifatdosh  shakli;  4)  ravishdosh  shakli.
Sof fei shakli feining kesim vazifasida kelishiga xoslovchi shaklidin
о ‘qidi,  bordi.
 Tuslanuvchi fe i shakllari sof fe i shakli deyiladi.
60

Harakat nomi 
fe’lning otga xoslangan shaklidir.  Bu shakl fe’l 
asoslariga 
—i(sh),  -u(v),  -moq,  -т ак
  q o‘shimchalarini  qo‘shish 
bilan yasaladi: 
yoz/noq,  ко ‘rish,  biluv,  kelm ak.
H a ra k a t  n o m i  u n li  b ila n   tu g ag a n   f e ’lla rg a   —sh,  -v 
qo‘shimchalarini, undosh bilan tugagan fe’llarga —ish,  -uv hamda 
har ikkala shaklga  -moq,  -mak qo‘shimchalarini q o ‘shish orqali 
yasaladi: 
yashash,  bilmoq,  kelish,  aytuv.
-a
 yoki  -; unlisi bilan tugagan fe’l asoslariga — v q o ‘shimchasi 
qo'shilganda 
-a
  unlisi  о  ga, 
-i
  unlisi 
и
  ga  aylanadi  va  shunday 
yoziladi: 
ishlov,  tanuv,  tanlov.
Harakat  nomi  otlar  kabi  egalik, 
kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini oladi va gapda ot bajargan sintaktik 
vazifalarda keladi.
S ifa td o sh  
—  fe ’lning  sifatga  xoslan gan   shakli  b o ‘lib, 
predrnetning belgisini bildiruvchi ish-harakatni ifodalaydi: 
о ‘qigan 
bola,  aytilgan  gap.
Sifatdosh  shaxs va  narsalaming belgisini  bildirishi  bilan  sifatga 
o ‘xshaydi.  Sifatlar  shaxs  va  narsaning  turg‘un,  barqaror  belgisini 
ifodalasa, sifatdoshlaro‘zgaruvchan, harakat belgisini ifodalaydi. Qiyos 
qiling: 
shirin  so ‘z,  aytilgan  so ‘z; yoqimli  ovoz,  eshitilayotgan  ovoz. 
Sifatdosh  quyidagi  qo‘shimchalar bilan  yasaladi.
-gan  -
  o ‘tgan  zamon  sifatdoshini  hosil  qiladi: 
kelgan  odam 
-(a )y o tg a n
  -  hozirgi  zam o n   sifa td o sh in i  hosil  qiladi: 
gapirayotgan  odam
-(a)digan  —
  kelasi zamon sifatdoshini hosil  qiladi: 
o'qiydigan 
bola,  keladigan  odam.
Bundan tashqari 
~ a r,  -mas,  -uvchi,  -ajak
 qo‘shimchalari bilan 
ham  sifatdosh yasaladi: 
aytarso %  qaytmas so %  qilinajak ishlar, 
keluvchi bola.
  —uvchi qo ’shimchasi shaxslarning doimiy faoliyati 
m a’nosini  ifodalaganda  shaxs  oti  sanaladi: 
tikuvchi,  o ’quvchi, 
yozuvchi.
  Bu  kabi  kabi so‘zlar otga  ko'chgan bo ‘lib,  u shaxsning 
doimiy kasb faoliyatini ifodalaydi.
Sifatdosh fe’lga xos bo'lishli va bo‘lishsizlilik,  nisbat,  zamon, 
o ‘timli va o ‘timsizlik shakllariga ega b o la  oladi: 
keltirilgan sovg‘a, 
chirsillayotgan  olov,  bajarilmagan  topshiriq,  kitobni  о ‘qigan.
Ravishdosh 
-   fe’lning  ravishga  xoslangan  shakli  bo‘lib,  ish- 
harakatning  belgisi  bo‘lgan  holatni  ifodalaydi: 
shoshib  yurmoq, 
za vq la n ib   ku lm o q ,  y u ra -y u r a   ch a rch a m o q .
  R av ish d o sh lar 
harakatning belgisini bildirishi bilan ravishga o ‘xshaydi. Ravishdosh 
ham  ravish kabi fe’lga  boglanib,  uning belgisini bildiradi.  Qiyos
61

qiling: 
yig'lab gapirmoq
  — 
sekin gapirmoq; shoshmasdan bajarmoq
—  tez  bajarmoq.
Ravishdosh  shakllari  quyidagi  q o ‘shimchalar  bilan  yasaladi: 
-(i)b,  -a,  -y,  -m ay,  -m asdan  (-m ayin)
  qo ‘shim chalari  holat 
ravishdoshlari  sanaladi: 
qo'rqib  gapirmoq,  toma-toma  t o ‘lmoq,
о ‘qiy-o ‘qiy charchamoq,  shoshmasdan gapirmoq,  ко ‘rmay ketmoq, 
k o ‘rmayin  ketmoq,  to ‘y ib -to ‘yib  y ig ‘lamoq.
-(i)b,  -a,  (-y)
  shakli  ba’zan  payt 
(U g u ln i  hidlab,  chakkasiga 
qistirib qo ‘ydi);
 sabab 
( y ig ‘lay-yig‘lay charchamoq)
 kabi m a’nolami 
ham ifodalaydi.
-gach  (k a c h ,  q a c h ),  -g u n c h a   (k u n c h a ,  q u n c h a )
  payt 
ravishdoshlari sanaladi: 
musiqa tingach,  qorong‘i tushguncha,  uydan 
chiqqach.
-gani
  shakli  maqsad  ravishdoshidir: 
ко 'rgani bormoq,  bilgani 
so ‘ramoq,  aytgani
 /:e//wo^.Ravishdoshning bu  shakli  bolishsizlik 
ifodalamaydi.
R a v ish d o sh n in g  
—g a n i
  sh a k lin i  s ifa td o s h n in g   egalik 
qo ’shimchasi  bilan  qo ’llangan 
gan+i
  shaklidan  farqlash  lozim. 
Qiyos  qiling: 
U mehmonlarni  kuzatgani  chiqdi.  —  K o ‘p  o‘qigani 
o'ziga foyda.
KO'MAKCHI  FE’LLAR
Ravishdoshning 
—a,  -y,  -(i)b
 shakUariga qo‘shilib, o ‘z mustaqil 
m a’nolarini yo‘qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari 
(b o sh lan ish ,  davom   etish ,  tu g allan ish i)  va  tarzi  (tezligi, 
im koniyati)ni  bildiruvchi  fe’llar  ko‘m akchi  fe’llar  sanaladi. 
Masalan: 
q o ‘yib yubormoq,  sezib  qolmoq,  tekshirib  k o ‘rmoq,  bura 
boshlamoq.
  Bu shakl yetakchi fe’l + ko‘makchi fe’l shaklida boiadi. 
Yetakchi  fe’l  oldin  keladi  va  mustaqil  lugaviy  m a’no  ifodalaydi. 
Ko‘makchi fe’l esa yetakchi fe’lga qo‘shiladi va o’z lug‘aviy ma’nosidan 
chekinadi.  Ish-harakatning turli qo‘shimcha ma’nolarini (davomiylik, 
tezlik,  tugaganlik,  imkoniyat  kabi)  m a’nolarini  ifodalaydi.
-  b o lm o q
Aytib 
----------- ► 
- bermoq 

aytmoq
-  yurmoq
-  chiqmoq
K o‘makchi  f e i tushib qolsa ham, yetakchi fe’l orqali harakat 
m a’nosi  ifodalanadi: 
к о ‘rib  qoldi  =  k o ‘rdi,  tushuntirib  berdi
  = 
tushuntirdi.
62

Y e ta k ch i  f e ’l  rav ish d o sh   sh a k lid a   b o ‘ladi.  T u slovch i 
qo‘shimchalar esa ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: 
о ‘qib chiqdim,  о ‘gib 
chiqding,  о ‘qib chiqdik.
B oiishsizlik  va  nisbat  shakllari  o ‘rni  bilan  yetakchi  yoki 
ko‘makchi  fe’lga  qo'shiladi: 
c h o ‘zilib  ketm adi,  sezm ay  qoldi; 
boshlanib ketdi, ко ‘rinib qoldi,  ко ‘rib chiqildi, kirib ketishdi.
 ( 0 ‘zlik 
va orttirma nisbat qo'shimchalari faqat yetakchi feiga qo'shiladi: 
tushuntirib  berdi,  kiyinib  b o ‘Idi,  o ‘tqizib  q o ‘ydi,  ichirib  bo ‘Idi, 
egilib  qo'ydi).
Vazifa shakllari faqat ko'makchi fe’lga qo'shiladi: 
qarab qo‘ygan, 
biiib  olish,  to ‘kib  yuborguncha,  kelib  qolgach.
Ba’zan ko'makchi fe’llarb ir necha boiishi mumkin: 
a ytilf
lakchi 
fe !berib  q o ‘ya   qolingk
  fc l.
K o'm akchi  fe’llar quyidagi  m a’nolarni ifodalaydi:
• yubormoq,  tashlamoq,  q o ‘ymoq
 ko'makchi fe’llari harakatning 
tez va oson bajarilishini bildiradi: 
tashlab yubormoq, aytib qo ‘ymoq.
• yotmoq,  yurmoq,  turmoq
  ko'm akchi  fe’llari  harakatning 
davomiyligini  bildiradi: 
о ‘qib  yurm oq,  aytib  turmoq,  gapirib 
yotmoq.
•  boshlam oq
  k o'm ak ch i  fe ’li  harakatning  boshlanishini 
bildiradi: 
k o ‘ra  boshlamoq,  o ‘qiy  boshlamoq.
• olmoq
  fe’li  harakatning  bajarilish  imkoniyatini  bildiradi: 
gapira  olmoq,  k o ‘ra  olmoq.
•  chiqmoq,  bo'lm oq
  ko 'm ak ch i  fe’llari  harakatning  to 'la  
yakunlanganini bildiradi: 
ко ‘rishib chiqmoq, yozib chiqmoq,  bajarib 
bo ‘Imoq.
To4iasiz  fe ’llar
  — fe’l  va  fe’l  bo im agan   so'zlarga  qo'shilib, 
shaxs-son,  zamon m a’nolarini ifodalaydi: 
yuzta  edi,  uchta  ekan, 
yaxshi  edi,  borar  edi  (borardi),  kelar  ekan  (kelarkan),  ko'rar 
emish  ( k o ‘rarmish).
  Toiiqsiz feilarlu g 'av iy  m a’no ifodalamaydi.
Toiiqsiz feilar ismlarga qo'shilganda ulami kesimlik vazifasiga 
xoslovchi  sintaktik  m unosabat  shakli  (b o g ia m a)  sanaladi: 
Ustozimiz  bizning 
faxrim iz  edi. 
K o ‘chalar  ju d a  
keng  ekan. 
H amm amizning  fikrim iz  shu 
edi.
T oiiqsiz fe ila r f e i shakllariga qo'shilganda zamon va shaxs- 
son  m a’nolarini  ifodalaydi: 
U shu  m aktabda  o ‘qigan  edi.  —  U 
shu  maktabda  o ‘qir  edi.  —  U shu  m aktabda  o ‘qiyotgan  edi.
63

FE’LNING  TUZILISHIGA  KO‘RA  TURLARI
F e’l tuzilishiga ko'ra sodda fe’llar,  qo‘shma fe’llar, juft fe’llar, 
takroriy fe’llarga bo‘linadi.
Sodda  f e ’llar  —
  bir asosdan  tuziladi,  tub va  yasama bo ‘ladi. 
Sodda tub fe’llar: 
bormoq, chiqmoq, qaramoq.
 Sodda yasama fe’llar: 
yashamoq,  o'ynamoq, pasaymoq,  oqarmoq.
  (F e’l yasalishi bahsiga 
qarang)
Qo'shma fe ’llar
 - sintaktik usul bilan yasalgan fe’llardir.  Birdan 
ortiq asosdan tashkil topib,  asoslar orasida boshqa qo‘shimchalami 
qo'shib bo'lmaydigan, bitta so‘roqqa javob boiuvchi fe’llar qo‘shma 
fe’l  sanaladi.  U lar  ikki  xil  bo ‘ladi:  OT  +  F E ’L  shaklida: 
savol 
bermoq, javob  olmoq,  ta ’zim  qilmoq,  kasal  bo ‘Imoq,  ah d qilmoq; 
F E ’L +  F E ’L shaklida: 
borib kelmoq, sotib olmoq,  kirib chiqmoq, 
tortib olmoq.
  Qo‘shma fe’llarda har ikkala qismning qo‘shilishidan 
yangi so‘z yasaladi.  Ular tarkibidagi so‘zlaming m a’nolari sezilib 
turadi: 
borib  kelm oq
  (borish va  kelish  harakatidan  hosil  bo‘lgan 
harakat).  Q o‘shma fe’llar doim ajratib yoziladi.
Ju ft  fe  liar-
  ikki  fe’lning juftlashuvidan  tarkib  topgan,  bitta 
so‘roqqa javob boiuvchi va gapda bitta gap bo'lagi vazifasida keluvchi 
fe’llar juft  fe’llar  deyiladi.  _Ular  chiziqcha  bilan  yoziladi,  ish- 
harakatning tezlik bilan bajarilganligi,  kutilmaganda ro‘y berishini 
bildiradi: 
Bir so ‘z dem ay ketdi-qoldi.  Bu gapni  a ytd i-q o ‘ydi.
K o'pincha  juft  fe’llar  otga  ko‘chadi.  Bunda  ular  otlar  kabi 
turlovchi  qo ‘shim chalarni  oladi,  gapda  ot  bajargan  sintaktik 
vazifalarda  keladi: 
Q o‘ydi-chiqdini yoqtirmayman.  Ularning oldi- 
berdisi  bor.
T akroriy  f e ’lla r -
 
chiziqcha  bilan  yoziladi,  harakatning 
davomiyligi,  takroriyligi  m a’nolarini  bildiradi: 
Doimo  qaragani- 
qaragan.  Yurib-yurib  bir joyga  borishibdi.
FE’LNING MA’NOVIY GURUHLARI
F e ’llar  qanday  harakat  holatni  ifodalashiga  ko‘ra  quyidagi 
m a’noviy guruhlarga boiinadi:
• nutqiy  faoliyat  fe’llari: 
gapirmoq,  pichirlamoq,  o ‘qimoq, 
to ‘n g ‘illamoq,  tushuntirmoq,  duduqlanmoq;
• aqliy  faoliyat  fe’llari: 
fikrlam oq,  ijod  qilmoq,  fahm lam oq, 
tushunmoq,  sezjnoq,  bilmoq,  anglamoq,  o ‘ylamoq;
• jismoniy  faoliyat  fe’llari: 
yugurmoq,  tepmoq,  tekislamoq, 
kesmoq,  termoq,  egilmoq,  burilmoq,  chiqmoq;
64

• 
holat  fe’llari: 
jilm aym oq,  qizarm oq,  o ‘sm oq,  titram oq, 
isitmalamoq,  pishmoq,  sovimoq,  xursand bo 'Imoq.
F E ’LLARNING  MUNOSABAT 
SHAKLLARI
F e ’l asoslariga qo‘shilib, gapda kesim vazifasida qo‘llanilishiga 
xoslovchi shakllar fe’lning munosabat shakllari hisoblanadi.
F e’llaming zamon, mayl, shaxs-son qo‘shimchalari munosabat 
shakllari sanaladi.  Bu shakllarga ega bo‘lgan fe’l gapda faqat kesim 
vazifasida keladi.  Bu shakllar bilan qo‘llanmagan fe’l asosi fe’lning 
noaniq  shakli  hisoblanadi va  bu  shakl 
—moq
  qo‘shimchasi bilan 
ifodalanadi: 
bormoq,  chiqmoq,  termoq.
  Lug’atlarda  fe’llar  doim 
noaniq shaklda beriladi.
FE ’L  ZAMONLARI
Ish-harakatning  nutq  so‘zlanayotgan  paytga  munosabati  fe’l 
zamonlari  deyiladi.  Ular uchta:  o ‘tgan  zam on,  hozirgi  zamon, 
kelasi zamon.
0 ‘tgan  zam on  ish-harakatning  nutq  so‘zlanayotgan paytdan 
oldin bo'lganligini bildiradi.  Bu  zamon shakllari fe’l asoslariga — 
di,  -b,  -ib,
 
-gan  (-ka n ,
  -c/a«>qо ‘shimcha 1 arini  qo‘shish  va  bu 
shakllami shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslashdan hosil bo‘ladi. 
0 ‘tgan zamon shakllari quyidagicha:
-di
 qo‘shimchasi bilan yasaluvchi shakli so‘zlovchining bevosita 
o ‘zi  ko‘rgan  harakat  va  holatni  bildiradi: 
bordi,  o ‘qidi.
  U  ish- 
harakatning yaqin-o‘tgan zamonda bo‘lganligini bildiradi.
Birlik 
Ko‘plik

shaxs: 
bordim 
bordik
II  shaxs: 
bording 
bordingiz
III  shaxs: 
bordi 
bordilar
-ib
 shakli ilgari ro‘y bergan, so‘zlovchining bevosita o‘zi guvoh 
bo‘!magan,  eshitib bilgan harakatni ifodalaydi.
Birlik 
Ko‘plik

shaxs: 
boribman 
boribmiz
II  shaxs: 
boribsan 
boribsiz
III  shaxs: 
boribdi 
boribdilar
-gan
  shakli ish-harakatning ancha ilgari, uzoq o ‘tgan zamonda 
b o‘lganligini bildiradi.
65

Birlik

shaxs: 
borganman
II  shaxs: 
borgansan
III  shaxs: 
borgan
Ko‘plik
borganmiz
borgansiz
borganlar
Bu  shakl  ba’zan 
borgan  edim ,  borgan  eding...
  toiiq siz  fe’li 
bilan ham  shakllanadi.
-a r  edi  (-m a s  edi)
  shakli  ish-harakatning  o ‘tgan  zamonda 
davom etganligini  ifodalaydi: 
borar edi,  bormas edi.
H ozirsi  zam on
  —  fe’l  asoslariga 
—yap,  -moqda,  -(a)yotir,
  - 
(a)yotib
  q o ‘shim chalarini  q o ‘shish  bilan  hosil  b o ia d i.  Ish- 
harakatning  nutq  so‘zlanayotgan  paytda  b o iish in i  bildiradi: 
kelyapman,  kelayotibman,  kelayotirm an,  kelmoqdaman.
  Shaxs- 
son qo‘shimchalari zamon qo‘shimchalaridan so‘ng q o ‘shiladi.
K elasizamon  —
 fe i asosga 
—a,  -y,
  -arqo'shimchalarini qo‘shish 
bilan hosil bo iadi.  Ish-harakatning nutq so‘zlanayotgan paytdan 
keyin  bajarilganligini  bildiradi: 
kelam an,  o ‘qiym an,  boraman, 
qarayman,  borarman,
-a,  -y
  shakli  ba’zan  harakatning  doimiy,  har  uch  zamonga 
oidligini bildiradi: 
U m aktabda  о ‘qiydi.
-ar
 qo ‘shimchali  shakl  kelasi zamon gumon  m a’nosini  hosil 
qiladi: 
borarman,  kelarsan.
Ba’zan  nutqda  zamon  shakllari  boshqa  zamon  m a’nosida 
qoilanishi ham mumkin.  Bunda  feining qaysi zamonda ekanligi 
shaklga qarab emas, nutq so‘zlanayotgan paytga nisbatan belgilanadi: 
Ertaga  Samarqandga  ketayapman.
  (kelasi  zamon). 
Qarasam, 
k o ‘chada  kelayotibdi.
  (o‘tgan  zamon). 
Navoiy  Hirotda  tug ‘Uadi, 
bolaligidan s h e ’rlar yoza boshlaydi...
  kabi tadrijiy hikoya qilishda 
ham  o ‘tgan zamon m a’nosi ifodalanadi.
Ish-harakatning voqelikka  munosabati  f e i   mayllari deyiladi: 
bordi,  borsa,  bormoqchi,  boray.
  F e i  mayllari  4ta:
Xabar  (ijr o )  m ayli 
—  ish -h a ra k a tn in g   bajarilishi  yoki 
bajarilm asligi  haqidagi  xabarni  bildiradi.  Bu  mayl  maxsus 
ko‘rsatkichlarga ega emas : 
bordi,  bormadi.
Birlik

shaxs:  borar edim
II 
shaxs: 
borar eding
III  shaxs: 
borar edi
Ko‘plik 
borar edik 
borar edingiz 
borar edilar
FE’L  MAYLLARI
66

Shart  mayli  —  sa 
qo'shim chasi bilan  yasaladi: 
borsa,  kelsa, 
о ‘qisa.
  Ish-harakatning yuzaga kelish shartini bildiradi.
Maqsad mayli 
— 
moqchi 
qo‘shimchasi bilan yasaladi. Maqsad 
qilingan ish-harakatni bildiradi: 
bormoqchi, о ‘qimoqchi, kelmoqchi.
Buyruq  (istak)  mayli 
harakatni  bajarishga undash,  chaqirish 
m a’nolarini ifodalaydi va quyidagicha yasaladi:
Birlik 
K o‘plik
I   shaxs:  boray 
boraylik
I I   shaxs:  bor  (gin) 
boring  (iz)
I I I  shaxs:  borsin 
borsin  (la r)
SHAXS  -  SON  SHAKLLARI
F e ’ldan ifodalangan harakat va holatning bajaruvchi shaxsini 
bildirib, fe’lni gapda kesim sifatida shakllantiruvchi, ega bilan bog‘lab 
keluvchi shakllar shaxs-son shakllari deyiladi.  Bu qo‘shimchalar 
tuslovchilar ham   deyiladi.
Tuslovchi qo‘shimchalar 2 xil shaklda bo‘ladi: 
-m ,  -ng,  -k ,  - 
ingiz
 shakli va 
—man,  -san,-m iz,  -siz
  shakli.
Fe ’Ining -sa
 va 
—di
 shakllari 
-m,  -ng,  -k ,  -ingiz
  qo‘shimchalari 
bilan tuslanadi.
Birlik 
K o‘plik

shaxs:  bordim ,  borsam 
bordik, borsak
II  shaxs:  bording,  borsang 
bordingiz,  borsangiz
III  shaxs:  bordi,  borsa 
bordilar,  borsalar
F e ’lning  -ib,  -gan,  -ar,  -yap,  -m oqchi,-yotib,  -yotir
  kabi
shakllari 
—man,  -san,-m iz,  -siz
  shakli bilan tuslanadi.
Birlik 
K o‘plik

shaxs:  boribm an 
boribmiz
II  shaxs:  boribsan 
boribsiz
III  shaxs:  boribdi 
boribdilar
RAVISH
Harakat-holatning  bajarilish tarzi, payti, o ‘mi, daraja- miqdori 
kabi belgilarini bildiruvchi va qanday?, qancha?, qachon?, qayer? 
singari so'roqlarga javob bo‘luvchi so‘zlar ravish deyiladi. Ravishlar 
o ‘zgarmas so‘z turkumi bo‘lib, ular so‘zlarga qo‘shimcha olmasdan, 
o ‘zgarmasdan  bog'lanadi: 
tezda  qaytmoq,  birdaniga  gapirmoq. 
R avishlarning  tarkibidagi  egalik  va  kelishik  q o ‘shim chalari 
morfemalarga ajratilmaydi.
67

Ravishlar tub va yasama bo‘ladi. Yasama ravishlar morfologik 
usul  (yasovchi qo ‘shimchalar qo ‘shish)  yo‘li  bilan hosil bo ‘ladi. 
Tuzilishiga  ko‘ra  ravishlaming  sodda,  juft  va  takroriy  turlari 
farqlanadi..
Sodda  tub  ravishlar:  sekin,  asta,  yalpi,  k o ‘p,  oz,  tez,  jim , 
darrov, piyoda.
Sodda yasama ravishlar:  yaxshilikcha,  butunicha, yashirincha.
A&rcha: mardlarcha,  o ‘g ‘rilarcha,  dushmanlarcha,  onalarcha
-chasiga:  erkakchasiga,  yigitchasiga
-siga:  yoppasiga,  qatorasiga,  ertasiga
-ona:  do ‘stona,  shoirona
-lab:  tonnalab,  savatlab
-an:  majburan,  asosan,  tasodifan
-in:  yashirin
-lay  (\igich‘d):butunlay,  tirikligicha
Q o‘shma  ravishlar: 
payt  ravishlari  oldidan 
har,  hech,  bir 
so‘zlarini qo'llash orqali yasaladi: 
har zamon,  h a rva q t,  har кип, 
har soat,  hech  vaqt,  hech  zamon,  bir zum.
Juft ravishlar:  naridan-beri,  ustma-ust, о ‘zidan-o ‘zi, qishin-yozin. 
Takroriy ravishlar:  darrov-darrov,  asta-asta, ко ‘p -ко ‘p, oz-moz.
RAVISHLARNING  MA’NO  TURLARI
Ravishlar m a’nosiga ko‘ra holat,  payt,  o ‘rin,  miqdor-daraja, 
maqsad-sabab ravishlariga bo‘linadi.
H o la t  r a v ish la r i 
h a r a k a t- h o la tn in g   q a n d a y   h o ld a  
bajarilganligini  bildirgan  va  qanday?,  qay  holda?,  qay  tarzda? 
so‘roqlariga  javob  bo'luvchi  ravishlardir: 
jim ,  yayov,  chindan, 
birdan,  zim dan,  qo'qqisdan,  tasodifan,  astoydil,  arang,  z o ‘rg ‘a, 
ketm a-ket,  majburan, yoppasiga,  chindan,  birdan.
Payt ravishlari 
harakat-holatning  bajarilish yoki bajarilmaslik 
paytini  bildirgan va qachon? so‘rog‘iga javob boiuvchi  ravishlar 
payt  ravishlari  sanaladi: 
endi,hozircha,so‘ngra,  hanuz,  hamisha, 
doimo,  hamon,  dastlab,  erta-indin,  qishin-yozin,  kecha-kunduz.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling