Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/30
Sana05.02.2018
Hajmi24 Kb.
#26036
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30

0 ‘rin ravishlari 
harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik 
o ‘rnini  bildirgan  va  qayer?  so‘rog‘iga javob  b o‘luvchi  ravishlar 
o ’rin  ravishlari  sanaladi: 
ichkari,  tashqari,  o lg ‘a,  и  yer  —  bu 
yerda,  uzoqdan,  naridan,  beridan,  yaqindan,  pastdan,  yuqorida.
Miqdor-daraja  ravishlari 
harakat-holatning  bajarilishidagi 
miqdor-darajani bildiradigan va qancha? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi

ravishlar  holat  ravishlari  sanaladi: 
k o ‘p,  kam ,  oz,  oz-m oz,  sal, 
picha,  xiyol,  xiyla,  ancha,qittay,  uzoq,  sira.
Maqsad-sabab ravishlari 
harakat—holatning yuzaga kelish sabab 
va maqsadini bildirgan ravishlar maqsad-sabab ravishlari sanaladi 
va ularga 
atayin, jo  ‘rttaga,  qasddan,  noiloj
  kabi ravishlar kiradi.
YORDAMCHI  SO  ZLAR
Yordamchi  so’zlar atash  m a’nosiga  ega  bo‘lmagan,  m a iu m  
so‘roqqa javob boimaydigan, mustaqil ravishda gap boiagi vazifasida 
kela olmaydigan so‘zlardir. Yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlami 
yoki gaplami bir-biriga bogiash, ulaming m a’nolariga qo‘shimcha 
m a’no yuklash vazifalarini bajaradi.  Ularga ko'makchi, bogiovchi 
va yuklama kiradi.
KO'MAKCHI
Ismlar  (ot,  olmosh,  harakat  nomi  va  sifatdoshlar)dan  keyin 
kelib,  ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar 
ko’makchi  sanaladi.K o'm akchilar  xuddi  kelishiklar  kabi  tobe 
so‘zni hokim so‘zga bog‘lashga xizmat qiladi, o ‘zidan oldingi so‘z 
bilan bitta so'roqqa javob bo'ladi: 
S iz bilan (kim  bilan) hamsuhbat 
bo ‘Imasdan  avval(qachon)  boshqacha xayolda  edim.
Ko‘makchilar o ‘zgarmaydi, turlanmaydi, yasalmaydi,  m a’noli 
qismlarga  ajralmaydi,  vosita,  sabab,  maqsad,  yo'nalish,  qiyos 
kabi m a’nolarni hosil qiladi 
Hassasi bilan turtdi (vosita),  maktab 
tomon  ketdi  ( y o ’nalish),  q o ’rqqani  uchun  aytm adi  (sabab),  gul 
ka b i go ’za l (qiyos)
  kabi.
K o'm akchilar  qaysi  turkum dan  o ‘sib  chiqishiga  ko‘ra  sof 
ko'makchi va vazifadosh ko'makchilarga ajraladi. Sof ko'makchilarga 
uchun,  kabi, sari,  sayin,  qadar,  uzra,  singari,  tufayli,  haqida
 kabi 
ko'm akchilar  kiradi.  Atash  m a’nosini  tam om an  yo'qotib  faqat 
o ‘zi  birikkan  so'zni  boshqa  so'zga  tobelantirib  bog'lash  uchun 
xizmat  qiladigan  ko ’makchilar sof ko’makchilar deyiladi: 
Temur 
tig ‘i  yetm agan  jo y n i  qalam  bilan  oldi  Alisher.  Qishloq  uzra 
qorong‘ilik  c h o ‘kkan.
Sof ko'm akchilar  urg‘u  olmaydi,  urg‘u  ko'm akchidan  oldin 
kelgan mustaqil so'zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Shuning uchun 
ko'm akchi  ohang  tom onidan  o 'zidan   oldingi  so'z  bilan  bir 
butunlikni tashkil qiladi, lekin yozuvda ko'm akchi doimo ajratib
69

yoziladi: 
Buyuk kishilar doim  insoniyat uchun  qayg ‘uradi.  Bu hoi 
кип  sayin  takrorlanib  turardi.
Ba’zan 
b ib n ,  uchun,
  ko‘makchilari badiiy uslubda —la,  -chun 
shaklida qo‘llanadi, chiziqcha bilan ajratib yoziladi. 
Qalam-la men 
to ‘qiyman q o ‘shiq.  Tinchginayashash-chun tug'ilmaganman.
Vazifadosh koiuakchilar ot,  ravish yoki fe’ldan o ‘sib chiqqan 
so‘zlardir.  Ularga 
ost,  yon,  ust,  old,  orqa,  ro ‘para,  oldin,  avval, 
keyin,  so ‘ng  tomon,  qosh,  bo'ylab,  qaraganda,  yarasha,  k o ‘ra, 
deya,  deb,  atab,  tortib  ka b i
  so‘zlar  kiradi.  Bunday  so ‘zlar 
ko‘makchi vazifasida kelganda atash m a’nosini yo‘qotadi, m a’lum 
so‘roqqa javob boim aydi. 0 ‘zi qo'shilgan so‘z bilan birgalikda bir 
so‘roqqa  javob  b o‘ladi  va  bitta  gap  bo ‘lagi  vazifasida  keladi: 
G o‘r o ‘gaining  G ‘ir k o ‘k   degan  oti  bor.  Bir  haftadan  keyin  ishga 
tushib  ketdi.  Dehqonlar  to ‘dasi  qishloqqa  qarab  yugurdi.  Anbar 
otin  yostiq  ostiga  qo
 7 
yugurtirdi.
Ko‘makchilar yetakchi so‘zga bog‘lanib unga turli qo‘shimcha 
m a’nolar  yuklaydi:
—  sababli,  tufayli,  uchun  ko'm akchilari  maqsad  m a’nosini: 
Qalamni Salim a  uchun  oldim.
—  tom o n ,  qarab,  sari,  b o ‘ylab  ko ‘m akchilari  y o ‘nalish 
m a’nosini;
— haqida,  to ‘g‘risida ko‘makchilari fikr mavzusi m a’nosini;
—  kabi,  singari  ko‘makchilari  o ‘xshatish  m a’nosini
— qadar, dovur ko‘makchilari chegara m a’nosini bildiradi.
K o‘makchilar uch  xil  kelishik  shaklidagi  so‘zlarni  boshqarib
keladi:  1)  bosh  va  qaratqich  kelishigidan  keyin  qo ‘llaniladigan 
ko'm akchilar;  2)  jo ‘nalish  kelishigidan  keyin  qo'llaniladigan 
ko'm akchilar;  3)  chiqish  kelishigidan  keyin  qo'llaniladigan 
ko‘makchilar.
Bosh  va  q a ra tq ic h   k e lish ig id a n   key in  q o ‘lla n a d ig a n  
ko‘makchilar: 
bilan,  uchun,  kabi,  singari,  yanglig‘,  sayin,  sari, 
sababli,  orqali,  tufayli,  chog‘li,  osha,  b o ‘ylab,  b o ‘yicha,  uzra, 
ich ra ,  dega n,  b o 'y i,  ch a m a si,  h a q id a ,  t o ‘g ‘risid a ,  h o ld a  
ko‘makchilari: 
Uyi  doim  do ‘stlar  bilan  gavjum.  Buvasi  eshitsin 
uchun  qattiq yig'ladi.  Bu  hoi  кип  sayin  takrorlanadi.  К о ‘I  osha 
uzoqlarga  tikildi.  Qish  bo ‘y i  qiynalishdi.
J o ‘nalish  kelishigidagi  so ‘zlardan 
keyin  q o ‘llanadigan 
ko'makchilar: 
tomon,  qadar,  k o ‘ra,  qarab,  qaraganda,  qaramay, 
qaramasdan, yarasha, doir, binoan, muvofiq, qarata: Kechga tomon
70

mirzolar tarqalishdi.  Iltimosiga ко ‘ra  bo ‘shatishdi.  Odatiga qarshi 
kech qaytdi.  Ishlaganiga qarab haq oladi.  E ski bo ‘lishiga qaramay 
yaxshi ishlaydi.  Tarbiyaga doirgaplarniyozib qo'ydi.  K o ‘pchilikka 
qarata gapirdi.
Chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan qoilanadigan ko‘makchilar: 
s o ‘ng,  keyin,  boshqa,  tashqari,  b o ‘lak,  o'zga,  beri,  buyon,  burun, 
ilgari,  boshlab,  tortib:  Bir oylab  kechiqqandan so ‘ng  Otabek qaytib 
keldi.  Diniy ilmlardan  tashqari dunyoviy ilmlarni ham  biladi.  Ко ‘p 
yillardan beri shu yerda ishlaydi.  T o ‘ydan ilgari Marg'ilonga borishdi. 
Eng katta shaharlardan tortib kichik qishloqlargacha aylanib chiqdi.
Vazifadosh ko'makchilar bir o ‘rinda mustaqil so‘z, bir o‘rinda 
ko‘makchi bo‘lib kelishi mumkin.  Shunga  ko‘ra ular quyidagicha 
ifodalanadi: 
Kitobga qarab o ‘qidi
 (qay holda?)  ravishdosh. 
Ishiga 
qarab  haq  oladi
  (qanday?)  ko'm akchi.
Eski b o ‘lishiga qaram ay yaxshi ishlaydi.  Menga  qaram ay о ‘tib 
ketdi. Do ‘konda qalamdan tortib hamma narsa bor.  Karim  Rustamni 
qo 'lidan  tortib  turg 'azdi.
BOGLOVCHI
Gapning uyushiq bolaklari va qo‘shma gap tarkibidagi sodda 
gaplami o ‘zaro bogiash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‘zlarga 
bogiovchilar deyiladi: 
Olma,  о ‘rik  va gilos gulladi.  U keldi  lekin 
indamadi.  Havo  bulut,  lekin yom g'ir y o g ‘m adi
M a’no va vazifasiga ko‘ra bogiovchilar 2 xil boiadi:
1.Teng bogiovchilar
2.Ergashtiruvchi bogiovchilar
Teng  bog‘Iovchi!ar 
—  teng  huquqli  qism larni  -  uyushiq 
boiaklam i hamda  bogiangan qo'shm a gap qismlarini  bogiaydi. 
Ular  4  xil:
1.Biriktiruv  bogiovchilari
2.Zidlov  bogiovchilari
3.Ayiruv  bogiovchilari
4.Inkor bogiovchilari
B iriktiruv 
boei lovchilari-
  uyushiq  b o iak larn i  va  uyushiq 
g ap larn i  o ’zaro  b irik tirib   keladi: 
va,  h a m d a ,  h a m   -
  so f 
bogiovchilardir: 
Bahor  keldi  va  kunlar  isiy  boshladi.  -da ,  -u,
  - 
yu,  bilan
 vazifadosh bogiovchilardir: 
-da,  -u,  -yu ham  -
  yuklama
-   bogiovchilar; 
bilan —
 ko’makchi - bogiovchidir. 
Opam bilan 
singlim keldi —
 bogiovchi; 
Opam singlim  bilan keldi —
 ko'makchi.
71

Zidlov  bos'" love hilar i-
 
o ’zaro  zidlik  m unosabatida  bo ’lgan 
uyushiq bo ’laklar yoki q o ’shm a gap qism larini bog’laydi: 
ammo, 
lekin,  biroq,  balki:  Havo  bulut,  lekin y o m g ‘ir y o g ‘madi.  U о ‘qidi, 
lekin  tushunmadi. 
-u ,  -yu
  vazifadosh  zidlov  boglovchisidir: 
Q o ‘n g ‘iroq  c h a lin d i-y u ,  dars  boshlanm adi(b
og’lovchi,),' 
shu  ham 
ish bo ’ldi-yu.  Balki —
 vazifadosh bog’lovchi b o ‘lib, gapda ba‘zan 
modal  so‘z  ba‘zan  zidlov boglovchisi  sifatida qo ‘llanadi.  Qiyos 
qiling: 
Bu xa bar uni hayron  qoldirmadi,  balki shodlantirdi.  Balki, 
bugun y o m g ‘ir y o g ‘ar.
Ayiruv  bos4ovchilari-
 
o ’zaro  bog’lanayotgan  uyushiq bo’lak 
yoki qo’shma gap qismlarini birini boshqasidan ayirib ko’rsatuvchi 
bog’lovchilardir: 
Yo  bir  ishni  qilib  b o ’ladi,  yo  dam  olib  b o ’ladi. 
goh, 
dam , 
ba ’za n ,  bir  —
  doim   ta k ro rla n ib   q o ‘llanuvchi 
bogiovchilar,  у 
о,  y o k i  —
  yakka  va  takror  holda  qollanuvchi 
boglovchidir: 
Dam  musiqa  yangraydi,  dam   kulgi  eshitiladi.  Bir 
menga,  bir do ‘stiga  qaraydi.
  Ayiruv  boglovchilari galma-galdan 
yuzaga keladigan voqea-hodisalami ko‘rsatadi.
Inkor  boglovchilari- 
na  ...na.
  Uyushiq  bo ‘lak  va  gaplarni 
inkor  m a’nosini  yuklagan  holda  boglaydi: 
na  o ‘qidi,  na  yozdi. 
Bunda gapning kesimi tasdiq shaklida boiadi. 
N a
 boglovchisi inkor 
m a’nosini  ifodalaydi: 
N a  eshikni,  na  derazalarni ochdi.
Ersashtiruvchi bogiovchilar-
 
tobe-hokim   qismlarni,  o ‘zaro 
tobe  m unosabatda b o lg a n   gap  b o lak la ri va gaplarni  boglaydi: 
H unar о ‘rzan.  chunki hunarda sir ко ‘p.
  U lar 3  xil:
1. 
Aniqlov boglovchilari  — 
у  a ’ni.
  Gap bo’laklari va gaplarni 
tobelantirib bog’laydi. 
Ya ’ni
 bog’lovchisidan oldin yozuvda vergul 
qo’yiladi: 
Julqunboy, ya ’ni Abdulla  Qodiriy о ’zbek romanchiligining 
asoschisidir.
B oglovch i
Teng
Ergashtiruvchi
boglovchi
boglovchi
biriktiruv ayiruv
zidlov
inkor
bog‘-
bog‘-
bog‘-
bog‘-
lovchi
lovchi
lovchi
lovchi
aniqlov­
sabab
shart
chi bog‘- bog‘-
bog‘-
lovchi
lovchi
lovchi
72

2.Sabab bog‘lovchilari  - 
chunki,  toki,  negaki.
  Gaplarni o’zaro 
tobelantirib bog’laydi: 
Ayollam i asrang,  chunki ular sog’lom avlod 
davomchilaridir.
3.Shart  bog‘lovchilari — 
basharti,  agar, garchi.
  Gap bo’laklari 
va gaplarni  tobelantirib bog’laydi,  ular orasidagi shart m a’nosini 
ifodalaydi: 
Agar ко ’klam   qo ’Idan  berilsa,  oqibati  nima  bo 'ladi?!
Bog’lovchilar sof va vazifadosh bog’lovchilarga bo’linadi.  Faqat 
bog’lovchi vazifasini bajaruvchi yordamchi so’zlar sof bog’lovchilar 
sanaladi: 
va,  ammo,  lekin,  biroq,  hamda.
  Bir o ’rinda bog’lovchi, 
boshqa  o ’rinda  ko’makchi,  yuklama  yoki  modal  so’z vazifasida 
keluvchi  yordamchi  so’zlar  vazifadosh  bog’lovchilar  sanaladi: 
bilan —
 qalam bilan yozdi(ko’makchi), olma bilan o ’rik(bog’lovchi); 
h a m
  - 
k a m b a g ’al  h a m   o d a m (y u k la m a ),  o ’qiy di,  ham  
ishlaydi(bog’lovchi); 
balki
 — balki, uni  ko’rgandirsan(modal so’z), 
ishlar ozaymadi,  balki ko’paydi(bog’lovchi).
Qo’llanishiga ko’ra bog’lovchilar yakka va takror bo’ladi. Yakka 
bog’lovchilar: va,  am m o,  lekin,  biroq,  chunki,  yo,  agar,  garchi, 
ya’ni,  negaki; takror bog’lovchilar: yo,..yo, dam...dam, goh...goh, 
ba’zan... ba’zan.
YUKLAMALAR
Ayrim  so‘zga  yoki  gapga  qo ‘shimcha  m a’no  yuklash  uchun 
qoMIanadi: 
Bugun darsga kelding-mi? Topshiriqni bugunog bajaring!
Yuklamalarning quyidagi turlari mavjud:
Soiroq  va  taajjub  yuklamalari 
-   mi,  -chi,  -a(ya),  nahotki; 
Sen-chi.  Bordingmi? Shunga-ya.
Kuchaytiruv, ta ’kidyuklam alari
 
-■ 
hatto,  -ku,  ham,  -u(yu), 
da,  -oq,  -yoq;  Sen  ham   bor.  Kitob  ham  oldim.  Kelibsan-u. 
K o ‘ribsan-da,  Bugunoq,  ertagayoq.
Ayiruv,  chegaralov  yuklamalari
 
— 
gina  (kina,  qina),  fa q a t, 
faqatgina,  xolos.  Bolalardan  bittasigina  keldi.  Faqat  o'qishdi. 
Shuxolos.
  Ba’zan 
yo lg ‘iz
 so‘zi ham  ayiruv-chegaralov yuklamasi 
vazifasida keladi: 
QizJardan y o lg ‘izfa4a,)Ra ’no keldi.
Olxshatish,  qiyoslash  yuklamalari 
—  g o ‘yo,  g o ‘yoki,  xuddi, 
naq;  Nag,  bo ‘riday,  xuddi  о ‘ziday.
Gumon  yuklamasi 
—  dir:  Borgandir,  bugun  dars  bo ‘Igandir. 
Bu yuklama — af/r kesimlik qo'shimchasi bilan shakldosh  (omonim) 
sanaladi: 
Suv  hayot
  — 
manbayidir. 
Inkor yuklamalari 
—  hech, 
sira.  Hech  о ‘qimaydi,  sira  aytm aydi,  hech  ко
 ‘
rm aym an.
l i

ALOHIDA  GURUH  SO'ZLARI
Bularga undov,  taqlid,  modal  so‘zlar kiradi.
Undov so'zlar
 
—  his  —hayajon,  buyruq  — xitobni  ifodalovchi 
so'zlardir. Yozuvda undov so'z vergul bilan ajratiladi: 
Oh-oh, qanday 
shirin.  Voy,  qo'rqib  ketayapman.
  Undovlar 2  xil  bo‘ladi:
1.His-hayajon undovlari
2.Buyruq-xitob undovlari
His-hayajon  undovlari-kishining  turli  emosional  holatlarini, 
his-hayajonni  (rohatlanish,  hayratlanish,  g'azab,  nafrat,  og‘riq, 
erkalash)  ifodalaydi: 
Oh,  voy,  e,  eh,  u f   dod,  obbo,  o ‘- o ‘,  ie,  o ‘h - 
ho ‘,  voy-voy.
Buyruq-xitob  undovlari  -   hayvon,  jonivorlarni  haydash, 
chaqirish,  to ‘xtatish  yoki  kishilarning  diqqatini  tortish  uchun 
qo ‘llanadigan  so‘zlardir: 
hoy,  ey,  alio,  chuh,  beh,  qurey-qurey, 
tu-tu.
  Bulardan  tashqari, 
rahmat,  qulluq,  barakalla,  hormang, 
yashan gka bi
 so’zlar nutqiy  odat  undovlari  hisoblanadi.
Taalid  so''z.lar-
 
narsalarning  tovushi  yoki  ko'rinish  holatiga 
taqlidni  ifodalovchi so'zlardir: 
taq-taq.  gurs-gurs,  qars-qurs,  dik- 
dik,  d u k - d u k .J a ^ \d
  so‘zlar  2  xil:
- tovushga taqlid so'zlar
- holatga taqlid so‘zlar
Tovushga  taqlid  so‘zlar  — eshitish  orqali  taqlidni  bildiruvchi 
so'zlardir: 
taq,  gurs,  duk,  dik,  pish-pish,  chap-chup,  gars-gurs, 
shivir-shivir,  pichir,  xur-xur.Shu
  bilan  birgalikda  hayvonlarning 
ovoziga taqlid so'zlar ham uchraydi: 
m o ‘,  be,  ba,  vov-vov,  chug‘ur- 
ch u g ‘ur, g ‘a q -g ‘aq.
Holatga  taqlid  so'zlar  narsalarning  harakatiga  ko'rib  taqlid 
qilish  orqali  hosil  bo'ladi:  1 
ip,  milt-m ilt,  yarq,  jim ir-jim ir,  g ‘ij- 
g ‘ij,  yal-yal.
M odal soniar 
-
  ifodalanavotean  fikrga  so'zlovchining  turli 
m unosabatlarini  (ishonch,  gum on,  achinish)ni  bildiruvchi 
so'zlardir.  Modal so'zlar gapda vergul bilan ajratiladi. Gapda asosan 
kirish  so'z vazifasida keladi.  Quyidagi  m a’nolarni ifodalaydi.
1.  Ishonch  - 
albatta,  shaksiz,  shubhasiz,  tabiiy.  Albatta,
  biz 
maqsadimizga erishamiz.
2.  G um on m a’nosi — 
etimol,  chamasi,  aftidan,  balki,  shekilli.
3.  Tasdiq  m a’nosi — 
darhaqiqat,  haqiqatan.
4.
  Fikr  xulosasi  (fikrning  oldingi  fikr  bilan  bog'liqligi)  - 
xullas,  dem ak,  umuman.
74

5.  Fikrning tartibi — 
avvalo,  avvalambor.
6.  Fikrning dalillanishi — 
masalan, jum ladan.
7. Achinish- 
attang,  afsus.
8.  Quvonch  m a’nosini — 
xayriyat,  baxtimga.  Xullas,  mustaqil 
so ‘zlar lug'aviy m a ’no anglatadi.  Xayriyat, sizni ко ‘rdim.  Ehtimol, 
uchrasharm iz.Bugun,balki,  y o m g ‘ir  y o g ‘ar.  A ftidan,  и  yolg'on 
gapirdi.
Modal so‘zlaming sof va vazifadosh turlari farqlanadi. 
Shekilli, 
masalan, 
attang, xayriyat, ehtimol
 — sof modal so‘zlardir. Vazifadosh 
m odal  so‘zlar  mustaqil  so‘zlardan  o ‘sib  chiqgan  b o‘lib,  ularni 
o ‘z m a’nosida qo‘llangan mustaqil so‘zlardan farqlash lozim: 
Tabiiy 
mahsulotlardan  foydalanam iz.  Qariligini  aftidan  bilish  qiyin.  - 
Aftidan,  bugun yom g‘iry o g ‘adi.  Tabiiy,  buvoqeadan shubhalandim. 
Yuqoridagi  ikkita  misolda 
tabiiy,  aftidan
  so'zlari  mustaqil  so‘z 
sanalsa,  qolgan  ikkita misolda ular vazifadosh  m odal  so‘zlardir. 
M avjudlikni  bildiruvchi  m odal  so ‘zlar  gapda  vergul  bilan 
ajratilmaydi.  Ular m a’lum  gap bo‘lagi  vazifasida kela oladi  yoki 
kesim tarkibida qo'llanadi: 
bor, y o ‘q,  kerak,  lozim,  shart.  M enda 
qalam  bor.  Karim  o‘qishi  kerak.  Oramizda  qoloqlar yo ‘q.
SINTAKSIS
Sintaksis so‘zlarning o ‘zaro birikish usullarini,  so‘z birikmasi 
va gaplaming qurilishi va ifodaxususiyatlarini o‘rganuvchi bo‘limdir. 
S o‘zlarning  tildagi  muayyan  qonun-qoidalar  asosida  o ‘zaro 
birikuvidan so‘z birikmalari va gaplar hosil b o ‘ladi.  Sintaksis ikki 
bo‘lim dan  iborat:  so‘z birikmasi  sintaksisi va gap sintaksisi.
H a r  q an d ay   til  o 'z in in g   n u tq   to v u sh la ri,  s o 'z la ri  va 
qo‘shimchalaridagi  imkoniyatlarini  sintaksisda  to ‘liq namoyon 
qiladi.
SO‘Z  BIRIKMASI
Mustaqil  so‘zlar  m a’no va  grammatik jihatdan  bir-biri bilan 
boglanib, so‘z qo‘shilmasini hosil qiladi: 
K engdalada dehqonlar 
va  hasharchilarning sho ‘x-shodon  ovozlari yangraydi
 gapida  7ta 
so‘z qo‘shilmasi bor:
1. ovozlari yangraydi;
2. sho‘x-shodon ovozlari;
3. hasharchilarning ovozlari;
75

4.  dehqonlaming ovozlari;
5.  dehqonlarva hasharchilar;
6. dalada yangraydi;
7.  keng dala.
So‘z qo'shilmasidagi so‘zlar bir-biri bilan  ikki xil bog‘lanadi: 
teng boglanish va tobe bogianish.
Teng bog'lanishda so‘z qo‘shUmasidagi bir so‘z boshqasiga tobe 
b o‘lmaydi,  bir-biri  bilan  sanash  ohangi  yoki  teng  bogiovchilar 
vositasida birikadi.
Tobe bog‘lanishda bir so‘z boshqasiga tobe boiadi. Yuqoridagi 
misolda 
dehqonlar  va  hasharchilar
  birligi  tenglanish,  qolgan 
birliklar  esa  tobelanish  asosida  hosil  boigan.  So‘z  birikmasi  va 
gapning asosini tobe aloqa hosil qiladi.
So‘z birikmasi  ikki yoki  undan ortiq mustaqil so‘zning m a’no 
va  grammatik jihatdan  birikuvidan  hosil  b oiadi.  So‘z  birikmasi 
tobe  va hokim qismlardan tuziladi.
—  Tobe  qism  (ergash  so‘z)  bosh  so‘zdan  oldin  kelib.  hokim 
so'zning m a’nosini izohlavdi,  tobe so’zni  bosh so‘zga bogiovchi 
vositalar tobe(ergash)  so‘zning tarkibida  boiadi:  uyda 
o ’tirmoq, 
hayajon  bilan 
gapirmoq.
—  Hokim qism  (bosh  so‘z)  tobe so'zdan keyin keladi va uning 
m a’nosi tobe so'z tomonidan izohlanadi, turli  turkumdagi so‘zlar 
bosh  (hokim )  so ‘z  b o lib   kelishi  mumkin: 
piyoda 
qaytmoq, 
bolalarn'mg 
shivir-shiviri, 
go ’zal 
manzara.
TOBE  SO  ZNI  HOKIM  SO  ZGA  BIRIKTIRUBCHI 
VOSITALAR
Ergash so‘zni bosh so‘zga biriktiruvchi vositalar ergash so’zning 
tarkibida boiadi va ularga quyidagilar kiradi:
Kelishik ao'shimchalari.
 
Ular yordamida ismlar (ot va otlashgan 
so‘zlar)  turli  mustaqil  so‘zlar  bilan  birikadi:
—  OT  +  FH’L  =  
u yga  borm oq,  yigit
ning
 
guli,  k o ‘ c h a
ning 
yu zi,  u y
dan
 
ch iq m o q , 
k o ‘ cha/7/  k o 'rm o q .
—  ОТ  +  OT  =  kitob/img varag‘i,  olmaw'ng bargi,  onamn/rcg 
ko'ylagi
—  OT  +  SIFAT  =  qizlarning  yaxshisi,  asalning  shirini, 
talabalaming  a ’lochisi
—  OT  +  SO N   =   oyning  beshinchisi,  n o n n ing   yarm i, 
olmaning ikkalasi.
76

—  ОТ  +  TAQLID  SO‘Z  =  qushlam ing  chug'ur-chug'uri, 
traktoming pat-pati
Yordamchi  so'zlar  (k o'm ak ch ila r)-
 
tobe  so ‘z  tarkibida 
qo'llanib, u bilan bitta so'roqqa javob bo'ladi va tobe so‘zni  hokim 
so‘zga  bog‘laydi. 
K o'm akchilar  asosan  quyidagi  turkum lam i 
bogiaydi:
—  OT  +  F E ’L =  qilmishiga 
yarasha
 jazolanm oq,  aybi 
tufayli 
uyalmoq
-  ОТ +  OT =  ishiga 
yarasha
  mukofot,  telefon 
orqali
 suhbat
1. 
So'z. tartibi va ohane
 
Bunda so'zlar hech qanday vositalarsiz 
so'zlarning joylashish tartibi va ohangiga ko'ra birikadi,  tobe so'z 
oldin  hokim  so'z  keyin  joylashadi: 
o q   kabutar,  ishonchli  s o ‘z. 
Bunday birikmalaming tartibi o'zgarsa gap hosil bo'ladi.  Tartib va 
ohang yordamida quyidagi turkum lar birikadi:
—  Sifat  +  ot  = 
rangli  qalam,  m azali  taom,  qizil  olma,  shirin 
choy,  qora  ко ’ylak.
—  Ot  +  ot  = 
[emir eshik,  zum rad  bahor,  tilla  sandiq.

  Ravish  +  f e i  =   ko'p 
o ‘qimoq,  tez yurmoq,  sekin gapirmoq, 
asta  siljimoq.
—  Sifatdosh  +  ot  = 
о ‘qigan  bola,  artilgan  stol,  aytilgan  so ‘z, 
otilgan  o ‘q.
—  Ravishdosh  +  f e i  = 
shoshib gapirmoq,  yugurib  kelmoq  .
—  Taqlid  so'z  +  f e i  = 
ch u g ‘ur-chug‘ur sayramoq,  gurs-gurs 
urmoq,  sh ip -sh ip  yurmoq.
—  Ravish  +  ot  = 
ko'p  odam,  mardona  kurash.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling