Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/30
Sana05.02.2018
Hajmi24 Kb.
#26036
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30

SO‘Z  -   GAPLAR
Bir so'zdan iborat b o lib ,  tarkibga ajrala olmaydigan,  boshqa 
so‘zlar  bilan  kengaya  olish  imkoniyatiga  ega  b o lm ag an   gaplar 
so‘z — gaplardir.  So‘z — gaplar sodda gapning alohida bir ko‘rinishi 
sanaladi.  Ular tasdiq,  inkor,  so‘roq, taajjub, his-hayajon kabilami 
ifoda etib,  asosan dialogli matnlarda qollanadi.  Masalan:

S o g ‘ligingiz yaxshim i? 
-Qabulga  birga  kiram izm i?
-  Rahmat,  bolam. 
~Ha.
Kishilar o‘rtasidagi oddiy muomalada tez-tez ishlatilib turadigan 
bir so‘z yoki iboralar so‘z-gaplar vazifasida qollanadi: 
assalomu 
alaykum,  marhamat, hormang, xush kelibsiz,  labbay,  qulluq, yoqimli 
ishtaha
 kabi.
T O L IQ   VA  TO LIQ SIZ   GAPLAR
G aplar o ‘z bolaklarining to la  ifodalangani yoki ifodalanmay 
qolganiga ko‘ra ikki turga bolinadi: to liq  gaplar va toliqsiz gaplar.
Biror bolagining ifodalanmaganligi sezilmaydigan, fikr ifodasi 
uchun  zarur  barcha  bolaklari  saqlangan  gaplar  to liq   gaplar 
deyiladi: 
Oqsoqol  y a lt  etib  menga  qaradi.  Samarqandga  bugun 
jo ‘naymiz.
Nutq vaziyatidan m aiu m  b o igan  ayrim bolaklari tushirilgan 
gap  to liq siz   gap  deyiladi.  Masalan: 
-Y ig ‘in  qachon  bo'ladP. 
- 
Ertalab.
Toliqsiz gapda qaysi bolakning qollanilishi, qaysi bolakning 
tushirilishi faqat nutq sharoitiga  ko'ra yuz beradi. T oliqsiz gaplar 
dialoglarda, so‘ziashuv nutqida va badiiy uslubda keng qollanadi. 
T oliqsiz gaplarda quyidagi gap bolaklari tushib qolishi mumkin:
95

-  kesim: 
-Kim  keldi? 
-Onam.
-  ega:-  Siz  qayerdan,  mehmon? 
-Toshkentdan.
-  ega va kesim: 
-B iz hozir qayerdan  o'tam iz? 
-Ko'prikdan.
-
  to'Idiruvchi: 
-Karimni ко ‘rdingmi?  -K o 'rdim .
-
  hoi: 
-Darsdan  chiqdingmi? 
Chiqdim.
-
 Toliqsiz gaplar  ko'pincha dialoglarda qo'Ilaniladi,  Nutq talabi 
bilan  ularda  biror  bo‘lak  yoki  b o iak lar  ifodalanmaydi:  S izning 
ismingiz  nima?  -   R a’no. 
Demak, toiiqsiz gap nutq jarayonida 
mazmunan tolishi mumkin bolgan va bolaklarga ajrala oladigan 
gapdir.
Toliqsiz gapning yana  bir turi  qo‘shma gap shaklida b o iad i. 
Bunda  qo‘shma  gapning  bir  qismi  toliqsiz  gap  boiadi: 
Na  xa t 
bor,  na xabar.  Na sen zapirdinz.  na  men.  Kattaza  hurmatda  b o ‘1, 
kichikka  izzatda.
GAPNING  UYUSHIQ  BOLAKLARI
Gapda bir xil so‘roqqa javob b o iib ,  bitta bolakka boglangan 
b o iak lar gapning uyushiq bolaklari  deyiladi.  Uyushiq b o iak lar 
o'zaro teng bogiovchilar yoki sanash ohangi bilan boglanadi: 
U 
goh  toyga,  goh  bolaga  qaraydi.
  Uyushgan  b o ia k la r  o ‘zaro 
tenglanish aloqasida boiadi,  har bir uvushuvchi qism o ‘z urg'usiga 
ega bo'ladi.
Bolaga  ________ ^
Toyga  ------------ ►
  qaraydi
Gapda barcha bo iak lar uyushishi mumkin:
Uyushiq  kesimlar.  G ap  tarkibida  ikki  va  undan  ortiq  atov 
birliklari  (so‘z,  ibora,  birikma)  bilan  ifodalangan  kesim  b o iib , 
kesimni  shakllantiruvchi  vositalar faqat  keyingi  kesim  tarkibida 
ifodalanib,  uyushgan  qismlarning  barchasiga  aloqador  bo lsa, 
bunday ko‘p  kesimli gap uyushiq kesimli gap deyiladi.  Masalan: 
Siz  a  lochi  va jamoatchisiz.  Biz  o ‘z  к о ‘zim iz  bilan  ko'rishim iz  va 
ishonch  hosil  qilishimiz  kerak.
Ot  kesim va  fe’l  kesimlar  uyushib kela oladi: 
Qobil bobo  qo
 7 
qovushtirib  uning ketidan yurar va y ig la r  edi.  U juda  kamgap  va 
qaysar  edi.
Uyushiq kesimlar bitta bajaruvchiga -  egaga aloqador boiadi: 
S havkat  о ‘qidi  va  dam  oldi.
Kesimlik shakllariga  (tasdiq,  inkor,  mayl,  zamon,  shaxs-son) 
ega  b o lg an   kesim  alohida  bir  hukmni  ifodalaydi,  alohida  gap
96

birikmasi tarkibidaga so‘zlar nechta b o ‘lishidan  q a t’i nazar ikki 
qismdan  —  hokim  va  tobe  so'zlardan tashkil  topadi: 
toza  havo, 
о ‘qilgan  kitob,  tez yurmoq.
Ergash  gap  bosh  gapdan  oldin,  bosh  gapdan  keyin,  bosh 
gap  ichida kelishi  mumkin: 
S iz shuni  unutmangki, 
kurashchilar 
yolg'iz  emas.  Hali gul ochilmagan  bo‘Isa  ham, 
stol  ustiga  katta 
guldasta q o ‘yilgan edi.  О ‘qiluvchi, 
bolalar kelgach, 
darsga kiradi.
ERGASH GAPNI BOSH GAPGA 
BOG'LOVCHI VOSITALAR
Ergash  gaplar  bosh  gapga  quyidagi  vositalar  yordam ida 
bog‘lanadi: l)ergashtiruvchi bogiovchilar; 2)ko‘makchili qurilmalar 
( s h u n in g   u c h u n ,  sh u   s a b a b li,  sh u   tu fa y li
  va  b o sh q a la r); 
3)yuklamlamalar 
(~ki,  -mi);
  4)  nisbiy  so'zlar  (
kim   -   о ‘sha, 
nim a-shu,  qayer-shu y e r v a
 boshqalar);  5) 
deb
 so’zi va boshqalar. 
Shunday  yaxshi  odatlarimiz  borki,  ularga  hurm at  bilan  qarash 
lozim.  M ahkam   b o g ‘lang  mehnatga  bel, 
chunki 
m ehn at  bilan 
ко ‘karar el.
ERGASHTIRUVCHI  BOG  LOVCHILI 
ERGASHGAN QO SHMA GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan  m azm unning sababi,  maqsadi,  shart 
yoki  qiyosini  bildirgan  ergash  gaplar bosh  gapga  sabab 
(chunki, 
negaki),
  maqsad(toA:/),  shart 
(agar,  agarda,  basharti,  mabodo), 
qiyoslash-chog‘ishtiruv 
(go ‘yo,  g o ‘yo ki,  xudd'i)
  ergashtiruvchi 
bogiovchilari yordamida bogianadi.  Sabab,  maqsad,  qiyoslash- 
choglshtiruv bogiovchilari ergash gap boshida qo‘llanada va ergash 
gap  bosh  gapdan  vergul  bilan  ajratiladi: 
Bu  m asalani  keng 
m uhoqam a  qilamiz, 
toki  boshqa  qaytarilmasin. 
Odobli  odam 
tabibga о ‘xshaydi, 
chunki и bilan suhbatlashish ko'ngildagi g'amni 
quvadi.
Shart bogiovchilari gapning boshida keladi.  Ergash gap kesimi 
shart  maylidagi  fe’llar  bilan  ifodalanadi.  Bunday  ergash  gaplar 
bosh gapdan oldin keladi. Ko‘pincha shart bogiovchilari qo‘llanmasa 
ham 
-sa
 shart mayli shakli qo‘shma gap qismlarini boglayveradi: 
Yerga  m ehringni  bersang,  и  senga  rizq  beradi. 
Agar 
soliqni 
bermasangiz,  bizni jazolashadi.
105

KO‘MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA 
ERGASHGAN QO'SHMA GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildimvchi ergash 
gaplar  bosh  gapga 
shuning  uchun,  shu  sababli,  shu  tufayli
  singari 
ko‘makchili  qurilmalar  vositasida  boglanadi.  Ular 
bosh 
gapning 
taricibida keladi. 
Xalq  Yusufbek hojidan zarra yomonlik ко ‘rmagan, 
shuning uchun и qayoqqa yursa, shu yoqqa borishga hozir turar edi.
Deb
  SO  ZI YORDAMIDA ERGASHGAN 
QO SH M A GAPLAR
Bosh  gapda  ifodalangan  m azmunning  maqsadini,  sababini 
bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko‘pincha 
deb
 so‘zi yordamida 
bog‘lanadi  va  ergash  gaplarning  kesimi  III  shaxs  buyruq  mayli 
shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi.  Bunday gaplar tarkibidagi deb 
so‘zi 
uchun
 ko‘makchisi bilan m a’nodosh sanaladi, shuning uchun 
bir-biri bilan erkin almasha oladi: 
Bola uyg ’onmasin deb, xonaga 
oyoq  uchida  kirdim.
  - 
Bola  u y g ’onmasligi  uchun,  xonaga  oyoq 
uchida  kirdim.
  Ergash  gaplar yozuvda bosh gapdan vergul  bilan 
ajratiladi. 
Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo ‘lingga.
 (maqsad). 
D o ’stlarim  keldi deb  k o ’chaga  chiqdim .
(sabab).
SHART MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN 
QO SHMA GAPLAR
Ergash  gapning  kesimi  shart  mayli  shaklidagi  fe’llar  orqali 
ifodalanganda,  shart  mayli qo‘shimchasi  ergash gapni  bosh gapga 
bogiovchi vosita ham sanaladi.  Bunday ergash gaplar bosh gapda 
ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini, 
paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. 
Yer
ga mehringni bersang, и senga rizq beradi.-
 shart m a’nosi; 
Yolg'iz 
qolsak,  и menga hech  narsa gapirmaydi.  —
 payt ma’nosi.
KO RSATISH OLMOSHILI ERGASHGAN 
QO‘SHMA GAPLAR
Bosh  gap  tarkibidagi  ko‘rsatish  olmoshi  m a’nosini  izohlash 
uchun  q o ila n g a n   ergash  gaplar  bosh  gapga 
—k i
  yuklamasi 
yordamida boglanadi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida boiadi 
va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. 
Shunday odamlar 
borki,  ular  bilan  gaplashib  bahra  olasan.
  Ba’zan  bu  b o la k
106

qo‘llanmasligi  ham   mumkin,  am m o  uning  o ‘m i  bilinib  turadi: 
M en  istaym anki,  ham m a  o ‘z   vazifasini  vijdonan  bajarsin.(M en 
shuni istaym anki...)
K o‘rsatish  olmoshili  ergashgan  qo ‘shma  gaplarda  bosh  gap 
oldin keladi:  Вaxtim shuki, 
seni uchratdim. 
Shunisi quvonarliki, 
sinfim iz  o ‘quvchiIari  bir-biri  bilan  ahil.
  Bunday  hollarda  bosh 
gap doim ergash gapdan oldin q o ’llanadi.
NISBIY SO 'ZLI  ERGASHGAN QO SHMA GAPLAR
Ergash gap tarkibida qo‘llanuvchi 
kim, nima, qancha, qanchalik, 
qanday,  qayer
 kabi so‘roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga 
javob  b o ‘lib  keluvchi 
shu,  о ‘sha,  shuncha,  shunchalik,  shunday 
kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo‘Ilanganligi, biri ikkinchisini 
taqozo etganligi uchun nisbiy so‘zlar hisoblanadi.  Ergash gapning 
kesim i  shart  mayli  shaklidagi  fe’llar  bilan  ifodalanadi. 
S iz  
Hindistonda 
neniki 
ко ‘tgan bo ‘Isangiz,  shulam ing 
hammasini 
jam  
etib,  bir kitob  yozm og ‘ingiz 
darkor.Kim 
harakat  qilsa, 
и 
baraka 
topadi. 
Nimaga 
erisholmasang 
o'sha 
aziz tuyuladi.
  Bunday hollarda 
bosh gap doim ergash gapdan keyin keladi.
ERGASHGAN QO'SHMA GAPLARNING SODDA GAP 
BILAN MA’NODOSHLIGI
Tarkibida ko‘rsatish olmoshi mavjud bo‘lgan eigashgan qo'shma 
gaplar tegishli sodda gaplar bilan m a’nodosh b o ‘la oladi.  Ergash 
gapni  bosh  gap  tarkibida  tegishli  k o ‘rsatish  olm oshi  bilan 
ifodalangan gap bo‘lagi o‘miga qo'yish orqali sodda gapga aylantirish 
mumkin.  Masalan:  1. 
Kim ко ‘p  о
 

qisa, 
и 
ко ‘p  biladi
 — ko'p o'qigan 
ко ‘p   biladi.  2. 
Shuni 
bilingki,  kengga  keng,  torga  tor  dunyo  — 
dunyoning kengga keng,  torga tor ekanligini 
bilib oling.  Siz 
kimga 
ishonch  bildirsangiz,  men  uni  sherik  qilib  olishim  m u m kin .- 
Siz 
ishonch  bildirgan  kishini 
sherik qilib  olishim  mumkin.
KESIM  ERGASH GAPLI QO  SHMA GAPLAR
Bosh  gap  tarkibidagi  kesim  vazifasida  qo'llangan  ko'rsatish 
olmoshining m a’nosini izohlab keluvchi ergash gapga  kesim ergash 
gap  deyiladi.  Kesim  ergash  gap  bosh  gapga  ko'rsatish  olmoshi 
tarkibidagi 
—k i
  yuklamasi  yordam ida  bog'lanadi. 
E ndi  sizlarga 
muborak  topshiriq 
shuki, 
har biringiz alohida-alohida  ketasiz-
107

Kesim ergash gapli qo‘shma gapda bosh gapning kesimi 
shuki, 
shundayki,  shundan  iboratki,  shundaki,  shu  b o ‘ldiki,  shu  ediki 
kabi  so’zlar  bilan  shakllanadi.  Bosh  gap  ergash  gapdan  oldin 
keladi: 
M aslahatim  sh u ki,  bugun  о ‘zga  bir go ‘shaga  chekining. 
Qizig‘i shundaki,  и  hali bundan  bexabar ekan.  Bizda shundayki, 
о ‘zidan kich ikla m i ham  sizlashadi.
EGA ERGASH GAPLI QO SHMA GAPLAR
Bosh  gap  tarkibida  ega  vazifasida  q o ila n g a n   ko ‘rsatish 
olmoshining m a’nosini izohlab keluvchi ergash gapga  ega ergash 
gap deyiladi.  Bunday ergash gap bosh gapga nisbiy so'zlar (
kim - 
o ‘sha,  n im a -o 'sh a
 
kabi)  yoki  bosh  gap  kesim i  tarkib ida 
qo'llaniluvchi - 
k i
 yuklamasi yordamida bogianadi. G ap qismlari 
nisbiy so'zlar yordam ida bog'langanda,  ergash gap kesimi shart 
mayli  shaklidagi  fe’llar  bilan  ifodalanadi  va  ergash  gap  bosh 
gapdan oldin keladi: 
K im ki ilm urug‘ini sepsa,  и ulug'lik mevasini 
teradi.  Qozonga  nima  tushsa,  cho ‘michga  ham   о ‘sha  chiqadi.
Gap qismlari 
—k i
 yordamida bog'langanda esa ega ergash gap 
bosh  gapdan  keyin  keladi: 
Shu  narsa  qiziqki,  uyquda  ham   miya 
о ‘zfaoliya tin i to ‘xtatmaydi.
Ba’zan  bosh  gapning  egasi  vazifasidagi  ko'rsatish  olmoshi 
qo'llanmasligi  m umkin,  am m o  uning  o 'm i  bilinib  turadi: 
Bu 
sa vo lla rd a n   m a ’lum   bo ‘Id iki,  a yb n om a   u ydirm a   e m a s.(B u  
savollardan  shu narsa  m a ’lum  b o ‘Idiki...)
T O LD IR U V C H I ERGASH  GAPLI QO  SHMA GAPLAR
Bosh gap tarkibida toidiruvchi vazifasida  qoilangan ko'rsatish 
olmoshining m a’nosini izohlab keluvchi eigash gaplarga toidiruvchi 
ergash  gaplar  deyiladi.  Toidiruvchi  ergash  gaplar  bosh  gapga 
nisbiy so'zlar yoki bosh gap  kesimi tarkibida qo'llaniluvchi 
—ki 
yuklamasi  yordam ida  bogianadi.  G ap  qismlari  nisbiy  so'zlar 
yordamida bog'langanda, eigash gap kesimi shart mayli shaklidagi 
fe’llar bilan  ifodalanadi va toidiruvchi ergash gap bosh  gapdan 
oldin  keladi: 
K im k i  bo ‘Isa  dilozor,  undan  elu yurt bezor.
G ap qismlari 
—k i
 yordamida bog’langanda toidiruvchi ergash 
gap  bosh  gapdan  keyin  keladi,  bosh  gap  tarkibida  toidiruvchi 
vazifasidagi  ko’rsatish  olmoshlari  qoilanadi: 
S iz shuni  bilingki, 
y o lg ’on gapirish katta gunohdir.
108

Ba’zan  bosh  gapning  to'ldiruvchisi  vazifasidagi  ko‘rsatish 
olmoshi qo‘llanmasligi mumkin, ammo uning o ‘m i bilinib turadi. 
Ahmadjon  biladiki,  dushman  bu  tepalikni haddan  tashqari qattiq 
o ‘qqa  tutdi.(Ahmadjon shuni bilad iki...)
ANIQLOVCHI  ERGASH  GAPLI  QO'SHMA  GAPLAR
Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida  qo‘llangan ko‘rsatish 
olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gaplarga aniqlovchi 
ergash gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gaplar bosh  gapga nisbiy 
so ‘zlar  yoki  bosh  gap  kesim i  tarkibida  q o ila n ilu v c h i 
—k i 
yuklamasi yordamida bog'lanadi.
Aniqlovchi ergash gaplar bosh  gapga nisbiy so‘zlar yordamida 
birikkanda  ergash  gap  bosh  gapdan  oldin  keladi,  ergash  gap 
tarkibida 
qanday,  qaysi, kimning
 kabi olmoshlar, bosh gap tarkibida 
esa 
shunday, shu,  о ‘sha,  uning
 olmoshlari 
qo ‘llanadi:  Qaysi oilada 
totuvlik  b o ‘Isa,  и  oila  doim  varakali  bo'ladi.  Kimning dili  to ‘g ‘ri 
b o ‘Isa,  uning tili  to ‘g ‘ri  bo'ladi.  Katta  arava  qaysi yo'ldan  yursa, 
kichik arava  ham shu yo ‘Idan yuradi.
-ki
 yuklamasi vositasida birikkanda bosh gap doim oldin keladi, 
bosh  gap  tarkibida  shunday,  ayrim ,  b a ’zi  kabi  olm oshlar 
qollanadi: 
Shunday inson haqida xabar keltirdim ki,  har bir so ‘zi 
bevaho  gavhardir.  Ba ’zi  о ‘quvchilar borki,  m as ’uliyat nimaligini 
bilishmaydi.
Ba’zan bosh gapning aniqlovchisi vazifasida kelgan 
shunday, 
shunaqa
 kabi so‘zlar  qo ‘llanmasligi m umkin, amm o uning o ‘mi 
bilinib turadi: 
Odam  borki,  odam lam ing naqshidur.
HOL  ERGASH  GAPLI  QO'SHMA GAPLAR
Bosh  gap  tarkibida  hoi  vazifasida  q o ‘llangan  ko'rsatish 
olmoshining  m a’nosini  izohlab  keluvchi  yoki  bosh  gap  orqali 
ifodalangan m azm unning sababi,  maqsadi,  sharti,  payti,  holati, 
miqdor-darajasi  kabilami  bildirgan  ergash  gaplarga  hoi  ergash 
gap deyiladi.  Hoi ergash gaplar bosh gapga  nisbiy so‘zlar,  shart 
mayli  shakllari;  sabab,  maqsad,  shart  bog‘lovchilari; 
deb
  so‘zi 
yordamida bogianadi.  Hoi eigash gaplar holning m a’no turlariga 
muvoflq  o ‘z  ichida  payt,  o ‘rin,  sabab,  maqsad,  shart,  m iqdor- 
daraja ergash gaplar singari bir necha turlarga boiinadi:
109

RAVISH  ERGASH  GAPLI  QO'SHMA GAP
Bosh gap tarkibida ravish holi vazifasida qo'llangan ko'rsatish 
olmoshining  m a’nosini  izohlab  keluvchi  yoki  bosh  gap  orqali 
ifodalangan mazmunning  holatini bildirgan ergash gaplarga ravish 
ergash  gap  deyiladi: 
Boshqalar  qanday  о ’ylasa  и  ham   shunday 
о ’ylardi.
O ’RIN  ERGASH  GAPLI  QO'SHMA  GAP
Bosh gap tarkibida o ’rin holi vazifasida qo'llangan  ko'rsatish 
olmoshining  m a’nosini  izohlab  keluvchi  ergash  gaplarga  o ’rin 
ergash  gap  deyiladi: 
Qayerda  ahillik  b o ’lsa  shu  yerda  baraka 
bo ’ladi.
PAYT  ERGASH  GAPLI  QO'SHMA  GAP
Bosh  gap  orqali  ifodalangan  mazmunning  paytini  bildirgan 
ergash gaplarga payt ergash gap deyiladi: 
Kechqurun  osh  suzsak, 
bir nasiba  kam .  Dutor chalib  о ’tirsam,  tori  uzilib  ketdi.
SABAB  ERGASH  GAPLI  QO'SHMA  GAP
Sabab ergash gap bosh gapdagi ish-harakatning yuzaga kelish 
sababini bildiradi.  Quyidagicha bog'lanadi:
>  chunki bog'lovchisi bilan: 
О ‘rtoqlarim izzat-hurmat qilishadi, 
chunki  и  ко ‘p   narsa  biladi.
>
 
shuning  uchun  birikmasi  yordamida: 
Н а г  кип  ortar 
ко ‘zlarimdan nur,  shuning uchun yo ‘q aslo g ‘amim.
>
  -ki yuklamasi bilan:  Baxtim borki.  ham m a narsa go'zal.

shekilli
  so'zi  bilan: 
U  qiziq  gap  aytdi  shekilli,  J o ‘raev 
kulib  yubordi.
>
  o'tgan  zamon shakli 
di
  + 
deb
 shaklida: 
О ‘rtoqlarim  kutib 
qolishdi  deb,  tezda  ко ‘chaga  chiqdim.
MAQSAD  ERGASH  GAPLI  QO'SHMA  GAP
Bosh gap orqali ifodalangan mazmunning  maqsadini bildirgan 
ergash gaplarga maqsad ergash gap deyiladi: 
Sizni qo ’rqib ketmasin 
deb,  kechqurun  bezovta  qilmadik.
110

SHART ERGASH  GAPLI  QO'SHMA GAP
Bosh  gapdan  anglashilgan  ish-harakatning  qanday  shart 
bilan yuzaga kelishini bildiradi: 
Agar siz menga о ‘rgatsangiz,  men 
uddalab ketaman.
  Shart ergash gap  “A” bo‘lganda edi “B” bo‘lar 
edi.“A ” bo ‘lmasa“ B” b o‘lmaydi,  qolipida bo‘ladi: 
Qalb salomat 
bo ‘Isa, f i k r  ham  salom at bo ‘ladi.  Agar и yaxshi tarbiya ко ‘rganda 
edi,  bugun  uni  qamoqda  ко ‘rmasdingiz.
Shart m a’nosini ta ’kidlash uchun ergash gap tarkibida 
agar, 
bordi-yu,  basharti,  m abodo
  bog'lovchilari  ham   q o‘llanilishi 
mumkin. 
B ordi-yu,  x a t  t o ‘g ‘risida  bir  o g ‘iz  gapirilsa,  S aidiy 
ham m asini aytib  beradi.
TO‘SIQSIZ  ERGASH  GAPLI  QO'SHMA  GAP
Bosh gapdagi mazmunga zid bo‘lsa ham, unda ifodalangan 
voqea-hodisaning yuzaga kelishiga to ‘siq b o ‘la olmagan holatni 
ifodalaydi: 
Quyosh porlab  tursa  ham,  кип  ancha  sovuq  edi.
T o‘siqsiz ergash gap quyidagicha bog'lanadi.
• 
-sa  +  ham ,  -sa
  + 
da
  yuklamasi  shaklida: 
Q o‘rg ‘onimiz 
k ich ik  b o ‘Isa  ham ,  ichida  bir  tup  o ‘rik  bor.  Kechalari  salqin 
bo ‘lsa-da,  kunduzi quyosh porlaydi.
• -ga
  +  
qaramay
 ko'makchisi shaklida: 
Farrux ко ‘p  qistashiga 
qaramay,  Jam ol hech  narsa  demadi.
NATIJA  ERGASH  GAPLI  QO'SHMA  GAP
Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini bildiradi: 
Do
 7 
shunday y o g ‘diki, yer oppoq bo ‘lib ketdi.
  Natija ergash gaplar 
bosh gapga 
—k i
 yuklamasi yordamida bog‘lanadi. Bosh gap tarkibida 
shunday,  shu  qadar,  shu  darajada,  chunon
  so‘zlari qo‘llanadi: 
U 
shunday  kuldiki,  hech  kim   chidab  turolmadi.  Opa  haqida  shu 
qadar zavqlanib gapirdiki,  ham m a  mahliyo  bo ‘Idi
0 ‘XSHATISH  ERGASH  GAPLI  QO'SHMA  GAP
Bosh  gap dan   anglashilgan  ish-harakatning  bajarilishini 
o ‘xshatish  yo‘li  bilan  izohlaydi.  Ergash  gap  bosh gapga 
-day,  - 
dek, xuddi, misli
 kabi vositalar bilan bog‘lanadi. 
Bu xonaga shunday 
jim lik cho ‘mganki,  go ‘yo  unda  hayot yo ‘q  deysiz.
I l l

BOGLOVCHISIZ QO  SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT
Tarkibidagi sodda gaplar mazmuni bir-biri bilan bog‘iiq bo‘lib, 
maxsus bogiovchi vositalarstz,  faqat ohang yordamida bogiangan 
qo'shma gaplar bogiovchisiz qo'shma gaplar sanaladi.
Tahlilda bogiovchisiz qo‘shma gaplar 
bir-  biri  bilan  to ‘g ‘ri  chiziq  bilan 
b o g ian g an   ikki  to ‘rtburchak  orqali
ifodalanadi.  Bu  bogiovchisiz  qo‘sh m ag ap   qolipi  sanaladi. 
Bogiovchisiz  qo‘shma  gap  qismlarini  yozuvda  ajratish  uchun 
vergul,  tire,  ikki  nuqta,  nuqtali  vergul  kabi  tinish  belgilari 
ishlatiladi.
l.Q o ‘shma  gap  qismlari  bir  paytda  yoki  ketm a-ket  sodir 
boiadigan voqea hodisalami ifodalasa,  ular orasiga vergul qo‘yiladi. 
Yigitlar daraxtlam ing ostini yumshatdilar,  qizlar m aktab hovlisini 
supurdilar.
2.Q o‘shma  gap  qismlari  orasida  o ‘xshatish,  zidlash,  shart 
kabi munosabatlar ifodalanganda ular orasiga tire qo‘yiladi. 
Hamal 
ke ld i  -  a m a l  keldi.(o ‘xshatish  m a ’nosi)  K o ‘z  q o ‘rqoq  —  q o ‘l 
botir.(zidlik  m a ’nosi)  Yurt  tinch  —  sen  tinch.  (shart m a ’nosi)
3.  Q o ‘shm a  gap  qism lari  orasida  izohlash  m unosabati 
ifodalanganda, ular orasiga ikki nuqta qo‘yiladi. 
Bizning qarorimiz 
shu:  hasharda  barchamiz fa o l  ishtirok  etamiz.
4.Qo‘shma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin boim agan 
yoki ketma-ket sodir boiadigan voqealami bildirgan va bir necha 
tinish belgilari qo‘llangan hollarda nuqtali vergul ishlatiladi: 
Xadicha 
xola  bolalik  ch o g ‘idagi  singari  uning  beliga  non  tugib  berdi, 
peshonasidan  о ‘pdi,  duo  qildi;  irim  qilib  kuzatgani  chiqmadi.
QO'SHMA GAP TURLARINING MA’NODOSHLIGI
Z idlik,  sabab,  shart,  payt  m unosabatlari  bo g io v ch isiz, 
bogiangan va ergash gapli qo‘shma gaplar bilan ham  ifodalanishi 
mumkin  shunga ko'ra ular bir-biriga ma’nodosh bola oladi. Masalan:
Bir kishi  ariq  ochadi,  ming  kishi  suv  ichadi.  —
  bogiovchisiz 
qo‘shma gap
Bir kishi  ariq  ochadi  va  ming kishi suv  ichadi.  —
  bogiangan 
qo‘shma gap
Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi.
  — ergashgan qo‘shma
gap.
112

markazini tashkil etadi.  Kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllangan 
ikki va undan ortiq kesimli gaplar qo ‘shma gaplar sanaladi: 
Men 
bu  masalani  tushunganman  va  uni yechganman.  H am m a  chuqur 
xo ‘rsindi,  bir-biriga qarab qo ‘ydi.
  Qiyos qiling: 
B ulam i mirzolarga 
havola  qilar va javobini kutar edi.  — uyushiq kesim li gap;  B u la m i 
mirzolarga havola qilardi va javobini kutar edi.  —
 qo‘shma gap.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling