Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/30
Sana05.02.2018
Hajmi24 Kb.
#26036
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30

Uyushiq  ega. 
Bir sodda gap  tarkibida  birdan  ortiq  ega  qator 
kelishi  m umkin.  U lar  o ‘zaro  tenglanish  munosabatida  bo‘lib, 
gapda  bitta  kesimga  tobelanadi: 
S iz  bilan  biz  ulug ‘  ishga  bel 
bog'ladik.  Tiniq  suvlar,  k o ‘m - k o ‘k   daraxtlar  unga  cheksiz  zavq 
bag‘ishlaydi.
U yu sh iq   egalar  zidlov  b o g io v c h is id a n   tash q a ri  ten g  
bog'lovchilar  bilan  yoki  sanash  ohangi  bilan  bog‘lanadi: 
Goh 
shamol,  goh  bo'ron  turardi.  N a  siz,  na  men  gapirdik.  Gul  va 
maysalar ко ‘kardi.  Qurilishga g ‘isht, sement va bo ‘yoqlar keltirildi. 
Uyda xizmatkorlar,  mardikorlar ishlab  yotishibdi.
Uyushiq  hoi. 
Bir  xil  m azm un  m unosabatini  bildirgan  bir 
necha  hollarning  o'zaro  sanash  ohangi  yoki  teng  bog‘lovchilar 
bilan birikib kelishi uyushiq holni tashkil qiladi: 
Hamm a issiqdan 
b o ‘shashib,  jim ,  yalqovgina  ishlaydi.  Bog'larda  va  dalalarda 
ко ‘klam   nafasi kezadi.
Ba’zan gapda payt yoki vaziyat hollari ketm a—ket  qoilanadi, 
bunda ular uyushgan sanalmaydi: 
Biz bugun tongdayo ‘Iga chiqamiz. 
U vazifani  qunt bilan  berilib  bajaradi.
Uyushiq  aniqlovchi. 
Narsa buyumning bir turdagi  belgilarini 
bildirgan birdan ortiq aniqlovchilar uyushiq aniqlovchilar sanaladi: 
M a ’ruzachiga qiziq,  kishini hayratda qoldiradigan savollar berishdi. 
B og‘da  qizil,  pushti,  sariq gullar qiyg'os  ochilgan.
  Qaratqich va 
sifatlovchi-aniqlovchilar  uyushib  keladi: 
0 ‘rik,  olma,  teraklar 
bargi sarg‘aydi.  M a
 
’ruzachiga qiziq,  kishini hayratda qoldiradigan 
savollar  berishdi.
U yushiq  aniqlovchilar  o 'z a ro   teng  bog‘lanadi  va  b itta  
aniqlanmishga tobelanadi.
G apda  ba’zan  aniqlovchilar ketm a-ket  q o ilan ish i  mumkin. 
Bunda  u  narsa-buyumning  turli  jihatdan  belgisini  bildiradi  va 
uyushiq sanalmaydi: 
Mashina  ken g  ravon yo ‘Idan g ‘izillab ketdi. 
K atta  qora  sum ka  ко ‘targan  ayol kirdi.
U y u sh iq   t o ‘ld ir u v c h i 
g a p d a   ik k i  y o k i  u n d a n   o r tiq  
to ‘ldiruvchining o ‘zaro tenglanish munosabatida, bir xil shaklda
97

kelishidir: 
Sovuq sham ol yuzim ni,  qo ‘llarimni yalaydi.  M en onam, 
otam  va  opam  bilan xayrlashdim.
G ap d a  turli  shakldagi  to ld iru v ch ilarn in g  kelishi  uyushiq 
to id iru v ch i  sanalmaydi: 

oyisi  bilan  telefonda 
gaplashdi.  Bu 
gullarni sizga 
keltirdim.
Uyushiq bo'lakli gaplarda so‘zlami jamlovchi, umumlashtiruvchi 
b o ‘lak b o lish i ham  mumkin.  Bunday hollarda uyushiq bo iak la r 
gapning qaysi b o la g i b o isa ,  um umlashtiruvchi b o ia k  ham  ana 
shu b o ia k  vazifasida keladi.  Masalan: 
Kishilar, xotinlar,  bolalar - 
kulib  oluvchilar 
vagon  bo ‘ylab  chopdilar.
K o 'p in ch a  belgilash  va  bo ‘lishsizlik  olm oshlari,  jam likni, 
um um iylikni  bildiradigan  otlar  um um lashtiruvchi  so‘z  bo lib  
keladi: 
О ‘zini tutishi ham ,  ovoziyam,  muloyim jilm ayib turishiyam
—  
hamma-  hammasi 
odam larni sehrlab  qo ‘ygan  edi.
U m um lashtiruvchi b o ia k la r uyushiq b o lak la rd a n  oldin yoki 
keyin keladi.  U m um lashtiruvchi b o ia k la r uyushiq b o laklardan 
oldin  kelganda,  um um lashtiruvchi  b o la k d a n   keyin  ikki  nuqta 
qo ‘yiladi: 
Q udratning  oldidan  ik k i 
oirtogii: 
Ilhom   va  Rustam 
chiqib  kelishdi.
U m um lashtiruvchi b o ia k  uyushiq b o la k d a n  keyin kelganda 
um um lashtiruvchi b o la k d a n   oldin tire  q o ‘yiladi: 
Sh u  hovli-joy, 
m ana shu daraxtlar,  kursi,  so ‘ri - 
hammasi 
meniki.
AJRATILGAN  BO'LAKLI  GAPLAR
G apda o 'z id a n  oldin kelgan b o la k n i izohlab kelgan birliklar 
ajratilgan  b o ia k la r  deyiladi.  U lar  boshqa  b o lak lard an   maxsus 
to ‘xtam   bilan  ajratiladi  va  gap  urg'usini  oladi: 
0 ‘ng  tomonda, 
jarlikning ustida,  bir qo ‘rg ‘on  ко ‘rindi.
Ajratilgan b o ia k la r bir so‘z yoki so‘z birikmasi holida keladi: 
Bolalarning  eng  kichigini, 
Valini, 
oldin  k o ‘rmabman.  B iz  sizjni, 
mehribon o'qituvchimizni, 
hech qachon  unutm aym iz.
Ajratilgan b o ia k  gapdagi qaysi bolakni izohlashiga ko‘ra 4 turga 
b o lin a d i:  ajratilgan  hollar,  ajratilgan  aniqlovchilar,  ajratilgan 
izohlovchilar, ajratilgan toldiruvchilar.
Ajratilgan hoi o ‘zidan oldin kelgan holning m a’nosini izohlab, 
b o ‘rttirib keladi: 
K uzda, 
xazonrezgi vaqtida, 
daraxtzom i aylanib 
yurardi.
  K o'pincha,  o ‘rin, payt hollari ajratiladi: 
Umarali о ‘ngga, 
kichkina  ko‘chaga, 
tezgina  burilib  ketdi.  Alisher bundan  ik k i y il 
ilgari, 
yigirm a besh yoshida, 
Hirotga yuzlandi.
98

A jratilgan  toMdiruvchi  o ‘zidan  oldingi  t o ‘ldiruvchining 
m a’nosini izohlab keladi: 
Bolalarning eng kichigini, 
Valini, 
oldin 
k o ‘rmabman.  Ularning  bir-birlariga,  ayniqsa, 
kichkintoylarga 
bo ‘Igan  mehrlari menga yoqdi.
Ajratilgan  aniqlovchi  shaxs  yoki  narsaning  belgisini,  kimga 
yoki  nimaga  qarashliligini  ta ’kidlab,  ayirib  ko‘rsatish  uchun 
qo'llanadi: 
G ‘ulomov, 
yalang bosh, 
tollar tagida  aylanib yurardi. 
Tepalikda  bir  necha  kishilarning, 
ayol  va  erkaklarning, 
qorasi 
ко ‘rindi.
Ajratilgan izohlovchilar ko‘pincha egani izohlab keladi. 
Otam
—  Jamshid  G‘ulomov, 
zavodda  ishlaydi.  N avvatchi  hamshira, 
sochi oq semiz xotin, 
Sadbarning kechasi ham kelganligini eslatdi.
GAP BO‘LAKLARI BILAN ALOQAGA 
KIRISHMAYDIGAN BO  LAKLAR
Nutqda gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydigan 
birliklar ham  qoMlanadi.  Ular m a’no jihatidan gapga yoki uning 
biror boiagiga aloqador bo‘ladi, lekin biror bo’lak bilan sintaktik 
aloqada bo’lmaydi.  Ularga undalma va kiritmalar kiradi.
UNDALMA
So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predm et undalma 
deyiladi.  U ndalm a gap bilan gram m atik jihatdan bog'lanmaydi, 
vergul bilan ajratiladi: 
Yurak. sensan mening sozim.  Bolalar.  qoidaga 
rioya  qiling.
U ndalm a  bosh  kelishik  shaklidagi  ot  yoki  otlashgan  so‘zlar 
bilan ifodalanadi.  Bu jihatdan egaga o ‘hshaydi.  Lekin ega gapda 
kesim bilan  bog‘lanadi.  U ndalm a  esa  kesim  yoki gapdagi biror 
bo‘lak bilan bog‘lanmaydi.  Qiyos qiling: 
Daraxtlar meni tingladilar. 
Daraxtlar,  m eni  tinglang.
Undalmali gaplarning kesimi  ko'pincha birinchi va  ikkinchi 
shaxsda bo‘ladi: 
Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi,  Otabek? 
Seni kutam iz, Temur.
Undalm alam ing gapdagi o ‘rni erkin bo‘lib, gap boshida ham, 
o ‘rtasida ham, oxirida ham  qo‘llanishi mumkin.
Tuzilishiga ko‘ra undalm alar yig‘iq va yoyiq bo‘ladi.  Bitta so‘z 
bilan ifodalangan undalm a yig‘iq undalm a bo‘ladi: 
Y o‘q, singlim, 
bilgani yaxshi.
 Aniqlovchi yoki izohlovchilar bilan kengayib kelgan
99

undalma yoyiq undalma sanaladi: 
0 ‘g ‘lim  0 ‘rmonjon, bola bechorani 
c h o ‘chitmagin.  Saxiy  quyosh,  bizdan  nuringni ayam a!
Undash m a’nosini kuchaytirish uchun ba’zan undalma takror 
holda qoilanishi mumkin: 
B olam ,jon bolam,  o'zingniehtiyotqil.
Undash m a’nosini kuchaytirish maqsadida yana ular oldidan 
undovlar ham   qoilanishi  mumkin: 
H oy  bola,  menga  qara!
Undalma, odatda, gapdan vergul bilan ajratiladi. Lekin u alohida 
kuchli  ohang  bilan  ajratilib  aytilsa,  undalm adan  keyin  undov 
belgisi qo'yiladi: 
Zafar! Oyimlar keldilar.
KIRITMALAR
So‘zlovchining  o ‘zi  bayon  etayotgan  fikriga  munosabatini 
bildirgan b o iak  kiritma deyiladi.  Masalan: 
Shubhasiz, ко ‘prik shu 
yaqin joyda.  Demak,  ertalab  uchrashamiz■
  Kiritmalar  quyidagi 
m a’nolam i bildiradi:
• ishonch va tasdiqni: 
albatta, shubhasiz,  ma ’lumki, haqiqatan, 
darhaqiqat
;
• gum onni bildiradi: 
balki,  ehtimol,  shekilli;
• shodlik yoki achinishni:  b
axtimga,  afsuski,  attang,  esizgina
;
•  fikrning  q arash lilig in i: 
m e n im ch a ,  u n in g   a y tish ic h a , 
o ‘ylashimcha,  sizningcha;
• fikrning tartibini: 
birinchidan,  ikkinchidan,  avvalo,  nihoyat, 
oxiri;
• fikrning  oldingi  fikr  bilan  bogiiqligini: 
dem ak,  shunday 
qilib,  aks holda,  xullas,  aksincha;
• tasdiq yoki  inkomi  bildiradi: 
ha,  y o ‘q,  mayli,  to ‘g  ‘ri.
Kiritmalar tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab boiadi.
Sodda kiritmalar modal so‘zlar, tartib sonlar, f e i shakllari bilan
ifodalanib, so‘z va so‘z-gap shaklida boiadi: Tamom boidi, nazarimda. 
Qani,  ichkariga kiring.  Qumning tagi,  aytaymi,  issiq ekan.
Murakkab kiritmalar esa so‘z birikmalari, kengaygan birikmalar 
va gaplar bilan ifodalanadi: 
M ening  bilishim cha, sen hali bundan 
bexabarsan.  G a p n in g p o ^tka lla sin i aytganda,  ertaga jo  ‘naymiz.
K iritm a  g a p la r.  K iritm a   g ap lar  so ‘zlovchi  b ir  fik rn i 
ifodalayotgan paytda shu fikrga oid izoh, qo‘shimcha axborot berish 
ehtiyoji bilan qo‘llanadi.  Kiritma gaplar yozuvda qavs ichida, ba‘zan 
vergul  yoki  tire  bilan  ajratilgan  holda  beriladi.  Talaffuzda  ular 
kichik to‘xtamlar va ovoz balandligi bilan ajratiladi: 
Bugun biznikiga 
kursdoshim N abi (siz uni taniysiz.) kirib keldi.
  Kiritma gaplar juda
100

keng qo‘llaniladigan soha dramatik nutqdir.  Bu nutqda qahramon 
nutqi qay tarzda bayon etilishi remarkalarda (personaj nomi bilan 
uning  nutqi  oralig‘idagi  qavslarda)  ko'rsatib  boriladi: 
Omon 
(o ‘qiydi va  qotib-qotib  kuladi):  Bunisi ham   shunaqa.
Kiritma  gaplar  asosan  gap  ichida  yoki  oxirida  qoilanad i: 
M ahbuba  bilan  Saodat  (o ‘shanda  hali  tong  yorishmagan  edi) 
dalaga yo
 7 
olishdi.
SODDA VA Q O SH M A  GAPLAR.
Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo‘lgan 
gap  sodda  gap,  ikki  yoki  undan  ortiq  sodda  gapning  o ‘zaro 
grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang 
tugalligiga ega bo‘lgan butunlik qo'shma gap sanaladi: 
Odam borki, 
fik r  yuritish  qobiliyatiga  ega.  M u ta fa kkir  so ‘linin g  о ‘zagi  ham  
fikrdir,  lekin har bir fik r  yurita oladigan kishiga nisbatan m utafakkir 
so ‘zini qo ‘llab bo ‘Imaydi.
G ap  uchun  m uhim   belgi  kesimlikdir.  Kesimlik  belgisining 
miqdori gaplami sodda va qo‘shma gaplarga ajratishga asos boiadi. 
Q o‘shma gaplar tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi 
b o ia d i: 
Uning  qovoqlari  y o n a r d i-y u ,  lekin  ко ‘zla rida   nam  
ко ‘rinmasdi.
 Shuningdek, kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllangan 
birdan  ortiq  kesimli  gaplar  ham   qo‘shma  gap  sanaladi: 
Men 
bularning  barchasini  bilaman  va  hurm at  qilaman.  Birdan  iliq 
sham ol esdi  va  m aysalam i silkita  boshladi.
QO  SHMA GAP QISMLARI VA ULARNI 
BOG  LOBCHI BOSITALAR
Q o'shm a gapni tashkil etgan sodda gaplam i biriktirish uchun 
xizmat qiladigan vositalar  bogiovchi vositalar hisoblanadi. Qo‘shma 
gap qismlari quyidagi bogiovchi vositalar yordamida bogianadi.
1.Bogiovchilar:  a)  teng  bogiovchilar 
(va,  ham da,  ammo, 
le k in ,  biroq,  y o ...,  y o ,  d a m ...,  da m ...)',
  b)  ergashtiruvchi 
bogiovchilar: 
toki,  chunki,  negaki,  agar,  garchi)
2.  Bogiovchi vazifasidagi vositalar:  a) 
bo ‘Isa, esa,  deb;
 b)  — 
u, 
-yu,  -da,  -ki,  m i
 yuklamalari;  d)  nisbiy so‘zlar; 
(kim   — u,  nim a
—  o ’sha
);  e) 
shuning  uchun,  shu  tufayli,  shu  sababli
  singari 
ko‘makchili qurilmalar;  s)  shart mayli qo‘shimchasi 
(-sa).
3.  Ohang vositasida: 
Tongyorishdi,  qushlar sayray boshladi.
101

QO'SHMA GAPLAR TASNIFI
Q ism la rin in g   q an d ay   b o g ‘lovchi  v o sita la r  y o rd am id a  
bog‘lanishiga  ko‘ra  q o ‘shma  gaplar  uch  guruhga  b o ‘linadi:
l.Bog‘langan  qo‘shma  gaplar.  2.Ergashgan  qo‘shma  gaplar.  3. 
Bog‘lovchisiz  qo‘shma  gaplar. 
Goh  shamol b o ‘ladi,  goh  yom g'ir 
yo g ‘adi.  Baraka  top,  jiyan.  Sen  borsan,  к о ‘nglim  to ‘q.  M ashina 
haydashni  о ‘rganib  olsang, ju d a   soz  bo ‘lardi.
BOG‘LAN GAN  Q O SH M A  GAP HAQIDA MA’LUMOT
Qismlari  teng bog'lovchilar, 
bo ‘Isa,  esa
 so‘zlari, 
-u,  -yu,  -da 
yuklamalari  yordamida  bogiangan  gaplar  bog‘langan  qo'shm a 
gaplar hisoblanadi.  Bog’langan qo’shma gaplar o ’zaro teng huquqli 
qismlardan tarkib topadi. Ularning qolipi quyidagicha:
orqali  ifodalanadi. 
Sarbon  shundoq 
dedi-da,  quchog‘ini ochib 
Abubakr  tomon  kela  boshladi.
teng bogMovchilar
BIRIKTIRUB BOG  LOBCHISI YORDAMIDA 
BOG  LANGAN QO  SHMA GAPLAR
Biriktiruv  bog‘lovchisi  qo'shm a  gapning  payt,  sabab  natija 
munosabatlarida bo‘lgan qismlarini bog1 lab keladi. 
Va, ham, hamda, 
-da,  -u, yu
 vositalari yordamida birikadi.
Qismlari o ‘rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo‘shma 
gaplarda ikkinchi qism oldidan  natijada so‘zini qo‘shish mumkin 
bo‘ladi: 
Anor s o ‘zlar va  Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar
—  Anor  s o ‘zlar  (va)  natijada  Zaynab  qalbi  tol  bargiday  dir-dir 
qaltirar. Odam  qo ’li  tegdi-yu,  tashlandiq yerlar obod  bo ’Idi.
Qismlari  o ‘rtasida  payt  munosabati  ifodalangan  biriktiruv 
bog‘lovchili qo‘shma gaplarda ketma-ket yoki bir paytda bo'lgan 
voqea-hodisa  ifodalanadi: 
To ‘satdan  eshik  sharaqlab  ochildi  va 
ostonada  Ertoev paydo  bo
 
(ketm a-ket  yuzaga  kelgan  voqeaj. 
Tashqarida  chaqmoq  chaqar  va  yom g'ir y o g ‘ardi.(b\r
  xil  paytda 
yuzaga kelgan voqea).
-u,  -yu,  -da
 yuklamalari ham biriktiruv bog‘lovchilari bajargan 
vazifalarni  bajaradi. 
U  qopni yerga  a g ‘dardi-yu,  muvozanatni 
saqlay  olmay  о ‘tirib  oldi.  Davraga  chiqdi-da,  baland  ovoz  bilan 
kuylay  boshladi.
  Yuklamalar  vositasida  biriktiruv  munosabatli
102

qo ’shma gap  hosil  qilinganda,  voqea  —  hodisaning  tezlik bilan 
yuzaga kelganligi m a’nosi ifodalanadi.
ZIDLOV BOG‘LOVCHILARI YORDAMIDA 
BOGLANGAN QO SHMA GAPLAR
Zidlov  bog‘lovchilari  bo g ian g an   qo'shm a  gap  qism larini 
bogiash bilan birga ular o ‘rtasida zidlik munosabati mavjudligini 
ham  ifodalaydi.  Zidlov bogiovchilari — 
ammo,  lekin,  biroq,  balki

qo‘shma gapning ikkinchi qismi boshida qo‘llanadi va qo‘shma 
gap qismlari vergul bilan ajratiladi: 
Ashula nihoyasiga yetdi,  lekin 
bir  zum dan  keyin  ya n a   yangi  tovush  parvoz  qildi.  Qish  keldi, 
biroq  qordan  darak yo  ’q.
—u,  -,  y u
  yuklamalari  bogiangan  qo ‘shma  gap  qismlarini 
bog‘lash bilan birga ular o ‘rtasida zidlash munosabati mavjudligini 
bildiradi: 
Havo  ochildi-yu,  quyoshning harorati sezilmadi.
B a’zan   z id lik   m a z m u n in i  k u c h a y tirish   u c h u n   zidlov 
bog‘lovchisi va bu vazifada  qo‘llangan 
—u,  -yu
 yuklamasi birga 
ishlatiladi: 
K echasi  qalin  qor  y o g ‘di-yu ,  lekin  havo  unchalik 
sovimadi.
AYIRUV BOGLOVCHILARI YORDAMIDA 
BOG  LANGAN QO  SHMA GAPLAR
Ayiruv bog‘lovchilari  qo‘shma gap  qismlarini  b ogiash bilan 
birga ularda ifodalagan voqea-hodisalaming galma-gal ro‘y berishini 
yoki  ulardan  faqat  bittasining  yuzaga  chiqishini  ta ’kidlaydi. 
Yo 
(y o ki)
  b o g io v c h isi  y olg‘iz  holda  ham ,  tak ro r  holda  ham  
qo‘llanilishi mumkin: 
Bugun  darsdan  keyin y ig ‘ilish  b o ‘la d iy o k i 
shanbalik  uyushtiramiz.  Yo  zardo'zi  to'ning  to ‘zibm i  qoldi,  yo 
so ‘kildimi suvsar telpaging.
 Bu bog‘lovchilar yakka holda qo‘llanganda 
hech qanday  tinish  belgisi  qo‘yilmaydi.
G oh...goh,  d a m ...d a m ,  b a ’z a n .. .b a ’za n ,  b ir ...
b ir  ayiruv 
bo giovchilari 
tak ror  holda  q o ila n ila d i  va  yozuvda  takror 
qo‘llanilayotgan bogiovchidan oldin vergul qo‘yiladi. 
Uzoqlardan 
keng  vodiy  quchog'ida  goh  k o ‘m - k o ‘k   o ‘t  bosib  yotgan  yaylovlar 
k o ‘rinadi, goh qop-qorong‘i daralar ko'zga tashlanadi.  B irsha m o l 
b o ‘ladi,  bir yom g'ir y o g ‘adi.
Ayiruv bogiovchilari  qo'shm a  gap  qismlarini  ham ,  gapning 
uyushiq boiaklarini ham  bogiaydi. Qiyos qiling: 
Botir goh menga,
103

goh  onasiga  hayron  bo ‘lib  qaraydi.  —  Goh  ashula  eshitiladi,  goh 
zalni  to ‘Idirib  qarsak yangraydi.
BO’LSA,  ESA  SO  ZLARI  YORDAMIDA 
BOG'LANGAN QO'SHMA GAPLAR
Bo ‘Isa,  esa
 so‘zlari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash 
bilan  birga,  ular  o ‘rtasida  qiyoslash  va  zidlash  m unosabati 
mavjudligini ifodalaydi. 
Bo ‘Isa,  esa
 so’zlari qiyoslanuvchi bo‘lakdan 
so‘ng keladi: 
Tovus o ‘zining chiroylipatlarini ehtiyot qiladi,  vijdonli 
odam 
esa 
о ‘zining sharaf-u shonini saqlaydi.(qiyoslash)  Yaxshilik 
obro‘  keltiradi,  yom onlik 
bo4sa 
zulmatga  olib  boradi.{zidlash). 
Zidlash munosabati ifodalanganda qismlarda zid m a’noli so’zlar 
qo’llanadi yoki qismlar bo’lishli va bo’lishsiz shakllarda zidlanadi: 
To ’g ’ri  til  tosh  yoradi,  egri  til 
esa 
bosh  yoradi.
Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki shunday bog‘lovchi 
vazifasidagi so‘zlar yordamida bog'langan qo'shma gaplar ergashgan 
qo‘shma gaplar hisoblanadi. 
Agar qiz bo ‘Isang,  otingni  Kimsanoy 
q o ‘yam an.  Sayram ov  t o ‘g ‘on  boshiga 
kelganda, 
bu  yerda  ish 
qaynamoqda edi.
  Ergashgan q o’shma gap qismlari o ’zaro tobe  — 
hokim munosabatli qismlardan tarkib topadi.
Ergashgan  qo‘shma gaplar,  tarkibida  nechta  gap  bo‘lishidan 
q a t’i  nazar,  doim o  ikki  qismdan  tashkil  topadi:  1)  bosh  gap; 
2)  ergash  gap.  M azmuni  izohlanayotgan  gap  bosh  gap,  bosh 
gap  m azm unini  izohlayotgan  gap  ergash  gap  hisoblanadi. 
Ergashgan qo‘shma  gaplar,  asosan,  quyidagi qolipda ifodalanadi:
ERGASHGAN  QO  SHMA GAPLAR
BOSH  VA ERGASH  GAP
bog'lovchi
Ergashgan  qo ‘shma  gaplar 
tuzilishigako‘raso‘z  birikmalariga 
o‘xshaydi.  U lar  ham   tobe  va 
hokim qismdan tarkib topadi:
A g a r   a r q o n d a n   qo ‘lla r i 
c h iq ib  
k e ts a , 
to 
tu m a n  
ta rq a lg u n ch a   y o ‘l  to p o lm a y 
sarson bo ‘lib yuraveradilar.
  So‘z
104

Turli  bog‘lovchi  vositalar  yordami  bilan  o ‘zaro  bog‘langan 
uch va undan  ortiq gaplam ing bir butunligi murakkab qo'shm a 
gap  sanaladi.
Murakkab qo‘shma gaplar to ‘rt guruhga bo‘linadi:  l.B ir 
necha ergash gapli murakkab qo‘shma gaplar.  2.  Bir necha bosh 
gapli murakkab qo'shma gaplar. 3. Aralash murakkab qo‘shma gaplar.
4.Qismlari  uyushgan  murakkab  qo'shm a  gaplar. 
K am pim ing 
kata la kd a y  hovlisi  misoli  ta n d ir.(l)  quyosh  lovullab  qizdiradi- 
y u ,(2 )  a tro f uylar bilan 
o'ralganligi 
u chun,(3) qilt etgan shabada 
yurmaydi.(4)
 Ushbu gap 4ta qismdan iborat bo iib , qismlar orasida 
tenglanish va tobelanish munosabati mavjud. 
Kishiningyolg ‘onchiligi 
m ashhur  b o ‘lib  q o lg a ch ,(l)  и  har  qancha  chin  gapirsa  h a m ,(2) 
kishilar  ishonmaydigan  b o ‘lib  qoladilar.
  (3).  M azkur  gap  3ta 
qismdan iborat bo‘lib,  qismlar faqat ergashish yo‘li bilan birikkan.
BIR NECHA ERGASH GAPLI MURAKKAB 
QO SHMA GAPLAR
Tarkibida  ikki va undan ortiq ergash gaplari  mavjud bo‘lgan 
qo ‘shma  gaplar bir  necha  ergash  gapli  murakkab  qo'shm a  gap 
sanaladi. 
X a lq im iz  sh u n i  is ta y d ik i,  y u r tim iz  tinch  b o ‘lsin, 
turmushimizfarovon bo ‘Isin, mustaqilligimiz barqaror bo
 
Ushbu 
gap  4ta  qismdan  iborat b o ‘lib,  bosh gap oldin qo'llangan,  unga 
3ta to ‘ldiruvchi ergash gap tobelangan. 
Odamlarimizning huquqiy 
ongi  yu k sa k  b o ‘lsa,  har  kim   o ‘z   haqini  tanisa  va  o ‘zin i  o ‘zi 
himoya  qilsa,  dem okratik  jam iyatga  erishgan  bo'lam iz.
  i/shbu 
gapda  3ta  shart  ergash  gap  bosh  gapga  tobelangan,  bosh  gap 
keyin qo ‘llangan.
BIR NECHA BOSH GAPLI MURAKKAB 
QO SHMA GAPLAR
Tarkibida  ikki  va  undan  ortiq  bosh  gaplari  mavjud  bo'lgan 
qo ‘shma  gaplar  bir  necha  bosh  gapli  murakkab  qo'shm a  gap 
sanaladi. 
G ‘anim kelsa, xonu moni k u lb o ‘lur, о ‘zyurtidapachaqlash 
та ’qul bo ‘lur.
  Ushbu gapda bitta shart gapdan keyin ketma-ket 2ta 
bosh  gap  qo'llangan. 
Butun  dunyoga  m a ’lum ki,  siz  ham   shuni 
unutmangki,  Orolni asrash hammamizning burchimiz■ Ushbu gapda
MURAKKAB QO'SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT
113

5-qis;n ergash gap bo ‘lib’,  oldinda qo ‘llangan 2ta bosh gapni izohlab 
kelgan.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling