22
II.1.5. TAKRORLANISHLI O’RINLASHTIRISHLAR SONIGA OID
MASALALAR
1. Bilet nomi har biri 0 yoki 1 ga teng bo‟lgan
sakkizta belgilar ketma-
ketligidan iborat bo‟lsa ko‟pi bilan nechta turli bilet mavjud bo‟lishi
mumkin?
Javob: 256
2. Tramvay marshruti odatda ikkita rangli fonarlar yordamida belgilanadi.
Agar belgilashda fonarlar 8 xil rangga ega bo‟lishi mumkin bo‟lsa ko‟pi
bilan nechta tramvay marshrutini belgilashimiz mumkin?
3. Bolada shtampning faqat
raqamlari yozilgan qismi qolgan. U bundan
foydalanib nechta turli 5 xonali son yoza oladi?
4. 7 raqamli telefon nomerlari nechta, agar
a) Barcha raqamlar har xil bo‟lishi talab etilsa;
b) Har bir raqam 0 dan 9 gacha bo‟lgan istalgan raqamga teng bo‟lishi
mumkin bo‟lsa;
c) Oxirgi 4 ta raqam bir xil bo‟lishi talab etilgan bo‟lsa?
5. Seyf uch raqamli son bilan kodlangan. Agar kodlashda 1,2,3,4,5
raqamlaridangina foydalanishga ruxsat etilgan bo‟lsa
kodlashni necha xil
usulda amalga oshirish mumkin?
6. Qurilayotgan binoning 8 ta qavatiga 6 yashik har xil material chiqariladi.
Materiallarni qavatlarga necha xil usul bilan taqsimlash mumkin? 8-qavatga
necha xil variant bilan kamida ikki xil material chiqariladi?
Do'stlaringiz bilan baham: