Nukus davlat pedagogika instituti


MAVZU : SUV VA UNGA KUYILADIGAN TALABLAR


Download 0.49 Mb.
bet4/20
Sana27.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1134086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
химтехнология лекция узб

MAVZU : SUV VA UNGA KUYILADIGAN TALABLAR.


REJA:
1. Kimyo sanoatida suvning roli.
2. Tabiiy suvlarning xarakteristikasi va iste`mol suvlar-
ning sifati.
3. Ichimlik suvini tayyorlash.
4. Sanoat suvlarini tayyorlash.
5. Sanoatda suvga bulgan sarfni kamaytirish yullari.

TAYaNCh IBORALAR.


Suv, atmosfera suvi, yuza suvlar, er osti suvlari, aylanma suvlar, ozik buluvchi suvlar, kattiklik, karbonatli, karbonatsiz, vaktinchali, doimiy kattiklik, yumshatish, tindirish, oksidlanish, suv reaktsiyasi, distillyatsiya, deaeratsiya.


Suv xalk xujaligida, turmushda va kimyo sanoatida katta axamiyatga ega. Bu uning ishlatish uchun kulayligi, uziga xos xususiyatlari va boshka xossalari bilan boglikdir. Kimyo sanoatida suv uzining ishlatilishi funktsiyalariga kura turlicha kullaniladi. Kupgina ishlab chikarish soxalarida asosiy kimyoviy reaktsiyalarda katnashib, xom ashyo va reagent bulib xizmat kiladi. Masalan, H, H2 SO4 , HNO3, H3 PO4, ishkorlar va asoslar ishlab chikarishda, gidroliz va gidratatsiya reaktsiyalarida reagent sifatida katnashadi. Ba`zi reaktsiyalarda esa universal erituvchi bulsa, ba`zilarida keng kulamda kullaniluvchi katalizator sifatida ishlatiladi. Bu bilan esa kimyoviy reaktsiyalarning tezligini birmuncha oshiradi. Kupgina kimyoviy, metallurgiya, ozik - ovkat va engil sanoatda suv kattik, suyuk va gazsimon moddalarni erituvchisi sifatida ishlatiladi. Suvning kayta kristallanish xossasidan fodalanib gazsimon, suyuk va kattik maxsulotlarni kushimchalardan tozalanadi. Suvdan xom ashyoni boyitishning turli usullarida, ya`ni flotatsiya, gravitatsion boyitishda foydalaniladi. Ba`zi ishlab chikarishlarda suv asosiy kimyoviy reaktsiya natijasida xosil buladi. Masalan, yogoch, torf, slanets, kumir va boshka ekilgi turlarini kokslash, vodorod tutuvchi yokilgilarni yondirish, vislorod tutuvchi organik moddalarni parchalash, ammiak va boshka organik birikmalarning oksidlanishi atijasida suv xosil buladi. Yukorida keltirilgan barcha texnologik jarayonlarda suv texnologik funktsiyani bajaradi.


Katta mikdordagi suv issiklik tashuvchi sifatida ishlatiladi. Bu esa suvning yukori issiklik sigimiga ega ekanligidan dalolat beradi. Ekzotermik reaktsiyalar natijasida isib ketgan reagentlarni suv yordamida sovitiladi. Endotermik jarayonlarda esa reaktsiyani tezlashtirish uchun suv bugi yoki kaynayotgan suvdan foydalaniladi.
Moddalar orasidagi almashinuv va suv bilan issiklik almashinuvi ularning bevosita tuknashishi natijasida sodir buladi. Kup xollarda issiklik almashinuvchi apparatlar, sovitgichlar, isitgichlarning metall devorlari orkali suv utkaziladi. Katta mikdordagi suvdan esa AES larda issiklik tashuvchi sifatida kullaniladi.
Kimyo sanoati - suvning eng katta iste`molchisi xisoblanadi. Zamonaviy kimyo kombinatlari millionlab kubometr suvni bir sutkada ishlatadi. Shuning uchun kimyo korxonalari va neftekime zavodlari suv manbalari yakiniga kuriladi. Suv chikimining ishlab chikarilgan maxsulot birligiga nisbati suv buyicha chikim koeffitsienti deyiladi.
Masalan: Ni uchun 400 m3 / t
Viskoza uchun 2500 m3 / t
Ammiak uchun 1500 m3 / t
Nitrat kislota uchun 100 m3 / t
Sul`fat kislota uchun 50 m3 / t
Fosfor uchun 15 m3 / t

Kapron tolasi ishlab chikaruvchi zavod 120 ming axolisi bulgan shaxar kancha suv iste`mol kilsa, shuncha suv sarflaydi. Xlor organik moddalar ishlab chikaruvchi elektrovimyoviy kombinat 800 ming axolili shaxar bilan teng mikdorda suv sarflaydi. Katta shaxarlarda urtacha sutkali suv ta`minoti bir kishi uchun 500 - 600 litrga tugri keladi. Er sharining 70 % ni tashkil kiluvchi suv xozirgi kunda defittsit, ya`ni takchil materiallardan biri bulib kolmokda. Chunki barcha iste`molchilar asosan chuchuk suvdan foydalanadilar, u esa umumiy suv xajmining fakatgina 2 % ini tashkil kiladi. Suvga bulgan talab xar 10 - 12 yilda ikki barobarga usmokda, lekin suvlarning ifloslanishi, chikindilarning kupligi uchun sanoati rivojlangan mamlakat va shaxarlarda chuchuk suv etishmovchiligi kelib chikmokda.


Tabiiy suv yaxshi erituvchi bulganligi uchun uzida turli kushimchalarni tutadi. Kelib chikishiga kura tabiiy suvni 3 turga bulish mumkin. Ular tarkibidagi kushimchalar va ularning xarakteriga kura fark kiladilar.
Atmosfera suvi - atmosferaning egin suvlari bulib, tarkibida uncha kup bulmagan kushimchalarni , ya`ni erigan xoldagi kuyidagi gazlarni - kislorod, uglerod oksidi, azot oksidi,vodorod sul`fid, oltingugurtning kislorodli birikmalari, organik moddalar va changni tutadi. Uning tarkibida erigan tuzlar kam mikdorda buladti.
Yuza suvlar - dare, kul va dengiz suvlari bulib, ular tarkibida atmosfera suvlari tutgan kushimchalarni tutadi. Bundan tashkari kal`tsiy gidrokarbonat, magniy, natriy va kaliy sul`fatlari xamda xloridlari xam bulishi mumkin. Dengiz suvlarida esa Mendeleev davriy sistemasidagi elementlarning kupchiligi mavjud buladi. Yuza suvlarining barchasida organik moddalar, ya`ni tirik mikroorganizmlar va kasallik kuzgatuvchi bakteriyalar buladi.
Er osti suvlariga - kuduklar,artezian suvlari, kaynar bulok suvlari kiradi. Ular tarkibida turli mineral tuzlarni tutadi. Bu tuzlarni esa fil`trlash usullari orkali tozalanib, suv tiniklashtiriladi. Er osti suvlaridan mineral suvlar sifatida va kimyo sanoatida xom ashyo sifatida foydalaniladi. Masalan, NaCl tuzi kup bulgan suvlardan soda, NaOH, Cl olishda foydalaniladi.Bundan tashkari I, Brlar xam turli tuzlardan olinadi.
Ishlatiladigan suvlar vazifasiga kura ozik buluvchi va aylanma suvlarga bulinadi.
Ozik buluvchi suvlarga turli texnologik maksadlarda ishlatiluvchi suvlar kiradi. Aylanma suvlarga ishlab chikarishda ishlatilgandan sung yana ishlab chikarish tsikliga kaytarilgan suvlar kiradi.
Suvning sifati uning turli fizik va kimyoviy xususiyatlari orkali belgilanadi. Bu xususiyatlarga suvning tinikligi, rangi, xidi, kattikligi, oksidlanishi, suv reaktsiyasi va umumiy tuz tutishi viradi.
Suvning tinikligi - suvdan ma`lum xarflar tasvirini utkaza olish xususiyatidir. Bu esa suv tarkibidagi dispers va kolloid zarrachalarga boglik.
Suvning kattikligi - uning tarkibidagi turli kushimchalarga boglik. Tabiiy suv doim uzining tarkibida turli kushimchalarni tutadi. Masalan, tuzlar va gazlar, aralashmagan xoldagi mexanik kushimchalar, ba`zi organik moddalar va xokazo. Suvning tarkibidagi tuzlar uning kattikligini keltirib chikaradi. Kal`tsiy va magniy bikarbonatlari, karbonatlari mavjudligi xisobiga kelib chikkan kattiklik karbonatli kattiklik deyiladi. Suv kaynatilganda erigan bikarbonatlar parchalanib ketadi, bunda esa karbonat kattiklik kisman yukolishi mumkin. Kattiklikni butunlay yukotib bulmaydi, chunki magniy karbonatlari suvda uncha erimaydi.
Vaktinchali kattiklik - suvning kaynatilganda yukoladigan kattikligidir.
Doimiy kattiklik - kaynatilganda yukolmaydigan kattiklikdir. Kal`tsiy va magniyning xlorid va sul`fatlari suvda karbonatsiz kattiklikni keltirib chikaradi. Karbonatli va karbonatsiz kattiklikning yigindisi umumiy kattiklik deb ataladi. Suvning umumiy kattikligini 1 l suvdagi Ca va Mg ionlarining mg ekv. lari yigindisi shaklida ifodalanadi. 1 mg/ekv kattiklik deganda 20,04 mg/l Ca+2 va 12,16 mg/l Mg+2 ionlari tushuniladi.
Suvning umumiy tuz tutishi - uning tarkibidagi mineral va organik kushimchalar bilan belgilanadi.
Suvning oksidlanishi - suvning tarkibidagi organik kushimchalarga boglik.
Suv reaktsiyasi - uning muxiti bulib, PH bilan belgilanadi.
RN k 6,5 - 7,5 bulsa, neytral
RN < 6,5 bulsa, kislotali
RN > 7,5 bulsa, ishkoriy buladi.
Tabiiy suvni uz xolicha ishlatib bulmaydi. Uni ishlab chikarish maksadlarida sifatini yaxshilash suvni tayyorlash deb ataladi. Suvni tayyorlash turli bosvichlarni uz ichiga oladi. Bu esa suvning tarkibida kushimchalarning turiga karab belgilanadi, ya`ni tindirish,koagulatsiya, fil`trlash, zararsizlantirish.

Ichimlik suvini tayyorlash sxemasi:

1 - suv manbai


2 - suv devori
3 - kupol tindiruvchi idish
4 - birinchi kutarish nasosi
5 - aralashtirgich
6 - tindiruvchi idish
7 - fil`tr
8 - xlorlovchi asbob - xlorator
9 - ikkinchi kutarish nasosi
10 - suv minorasi

Sanoat suvini tayyorlashning asosiy boskichlari kuyidagilardir: koagulyatsiya, kushimchalarni tindirish orkali ajratish, fil`trlash, yumshatish, tuzsizlantirish, distillyatsiya, deaeratsiya. Koagulyatsiya, tindirish va fil`trlash boskichlari ichimlik suvini tayyorlashdagi kabi utkaziladi. Yumshatish suvning tarkibidagi Ca+2 va Mg+2 kationlarini yukotishdan iborat. Uning fizik, fizik - kimyoviy va kimeviy usullari bor. Fizik usullarga kaynatish, distillyatsiya, muzlatish kiradi. Kaynatilganda vaktinchalik kattiklik yukoladi:


Ca (HCO3 ) k SaCO3 + H2 O + CO2


Distillyatsiya va muzlatish suvni tuzsizlantirish usullaridir.


Suvni yumshatishning sanoatda kuyidagi usullari mavjud:
1) oxakli
2) sodali
3) natronli
4) fosfatli.
Suvni umumiy tuzsizlantirish maxsus fil`trlar orkali utkaziladi.
Deaeratsiya (degazatsiya) - suv tarkibidagi erigan gazlarni fizik va kimyoviy usullar bilan yukotishdir.
Suv sarfini kamaytirish xozirda sanoatning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Bu vazifani bajarish asosan uch yunalishda olib boriladi; aylanma suv ta`minotidan keng foydalanish;
suv bilan sovitishni xavo bilan sovitishga almashtirish;
okava suvlarini tozalash va kayta foydalanish.

SAVOL VA TOPShIRIKLAR


1. Kimyo sanoatida suv kanday axamiyatga ega?


2. Suv kanday turlarga bulinadi ?
3. Ichimlik suvini tayyorlash boskichlarini izoxlang.
4. Sanoat suvining tayyorlanishi ichimlik suvnini tayerlashdan kanday fark kiladi ?
5. Suv takchilligini kamaytirishning asosiy yullarini tushuntiring .



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling