138
SHunday
manba
bilan
ishlovchi
ishchilar
radiaktiv
birikmalarni
inkorporatsiyalanishi hisobiga ichki ham tashqi nurlanishga uchraydilar.
Ionlovchi nurlarni ochiq manbalaridan foydalanganda
nafaqat tashqi
nurlanishdan himoyalanishni balki tashqi muhitni radiaktiv ifloslanishi va radiaktiv
birikmalarni organizmga tushishini oldini olish choralari ham ko‗zda tutilishi
kerak.
Ochiq manbalar bilan ishlash uchun DSENM
dan ruxsatnoma olish kerak,
lekin ―Radiatsion havfsizlik me‘yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar
taminotining asoslari‖ O‗zR SSV tomonidan 05.012006
buyruqida eng kam
ahamiyatga ega faollik o‗rnatilgan - bu degani ish joyida kam ahamiyatga ega
bo‗lgan faollik uchun DSENM ni qarori talab qilinmaydi.
Eng kam ahamiyatli
faollik miqdori radionuklidlarni havflilik darajasiga bog‗liq bo‗ladi. Radiatsion
xavflilik darajasi bo‗yicha barcha radionuklidlar 4 guruhga bo‗linadi: A,B,V,G.
Radionuklidlarni qaysi guruhga mansubligi va
uni eng kam ahamiyatga ega
bo‗lgan faolligi ―Radiatsion havfsizlik me‘yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar
taminotining asoslari‖ O‗zR SSV tomonidan 05.012006 da buyruqibo‗yicha
aniqlanilishi mumkin. Agar ionlovchi nur manbalarining
faolligi eng kam
ahamiyatli faollikdan yuqori bo‗lsa radiaktiv birikmalar bilan ishlash sinfi
aniqlanishi kerak.
6.5. Dozimetrik va radiometrik nazorat olib borishda qo„llaniladigan
tekshirish usullari
Dozimetrik va radiometrik nazoratini olib borish asosida ionlovchi
nurlanishni qayd qilish yotadigan instrumental tekshiruvlardan
foydalanishga
asoslanadi.
Ionlovchi nurlanishni qayd qilish usullarini quyidagi guruhlarga bo‗lish
mumkin:
1. fizikaviy, ionlashtiruvchi, sintilyasion, kalorimetrik, spektrometrik
2. kimyoviy, fotografik, radiokimyoviy
3. biologik, aholini salomatlik holatini baholash, eksperimental
Do'stlaringiz bilan baham: