Odam fiziologiyasi
filtratsiya (ultratfiltrasiya) va reabsorbsiya
Download 5.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- I-buyrakning p o ‘stloq moddasi, ll-buyrakning mag‘iz moddasi, I- arteriyalar, 2
- Kanalchalardagi reabsorbsiya
- Qon plazmasi va siydikdagi ba’zi moddalaming miqdori.
- Siydikchil, kreatinin
- (majburiy reabsorbsiya)
- Asab tomonidan boshqarilishi
- 1-kalsiy fosfat, 2-ammoniy urat, 3-kalsiy karbonat, 4-siydik kislotasi (urat kislota), 5- kalsiy oksalat. Siydikning solishtirma og‘irligi
- Teri va uning ajratuv vazifasi Ter bezlari. Тег chiqarish
filtratsiya (ultratfiltrasiya) va reabsorbsiya (qayta so‘rilish) aniqlangan. www.ziyouz.com kutubxonasi
69-rasm. B uyrak p o ‘stloq m oddasidagi nefron (A) bilan yukstam edullyar n efron (B) va ularning qon bilan ta 'm inlanishi. I-buyrakning p o ‘stloq moddasi, ll-buyrakning mag‘iz moddasi, I- arteriyalar, 2- koptokcha va kapsulyar, 3-Malpigiy koptokchasiga keluvchi arteriola, 4-Malpigiy koptokchasidan chiqib, p o ‘stloq moddasidagi nefron kanalchalari atrofida kapillarlar to ‘rini hosil qiladigan arteriola, 5-yukstamedullyar nefronning Malpigiy koptokchasidan chiqadigan arteriola, 6-venulalar, 7-yig 'uvchi naychalar. Koptokchalardagi filtratsiya 1844 yildayoq K.Ludvig o ‘z tadqiqotlariga asoslanib, siydik hosil bo‘lish jarayoni koptokchalaming kapillarlari devori orqali ro‘y beradigan
rivojlantirib, siydik hosil bo‘lishining fiitratsiya-reabsorbsiya nazariyasini ta^riflab bergan. Bu nazariya hozirgi tasavvurlarga asos bo‘ldi va ко‘р eksperimentlarda tasdiqlandi. Hozirgi nazariyalarga ko‘ra, odam buyraklari qon tomirlari orqali bir daqiqada 1200 ml qon, ya’ni yurakning aortaga tashlaydigan qonning 20- 25% i o ‘tadi. Odam buyraklarining umumiy massasi 0 43% ni tashkil etib, buyraklar po‘stlog‘i qavati orqali 91-93% qon o ‘tib, qolgan qismi esa uning mag‘iz qavatidan o ‘tadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Qon plazmasidan Shumlanskiy-Boumen kapsulasiga suv va plazmada erigan barcha moddalar (yuqori molckulali birikmalardan tashqari) filtrlanib o ‘tadi. Koptokchalardagi filtratsiya endoteliydagi teshiklar, membrana va kapsulaning ichki devoridagi epiteliy hujayralar orasidagi yoriqlar orqali ryobga chiqadi. Bu filtr diametri taxminan 100 A° (angstrema) gacha bo‘lgan molekulalarni o‘tkazadi. Molekulyar og‘irligi 70 000 dan ortiq bo‘lgan kattagina molekulalar bu filtrdan o‘tmaydi. Shuning uchun globulinlar (molekular og‘irligi 160 000 dan ortiq) kabi oqsillar filtratdan o ‘tmaydi. Molekular og‘irligi uncha kata bo‘lmagan ba’zi yot oqsillar (tuxum oqsili, jelatina va boshqalar) buyrak filtridan o ‘tib, siydik bilan chiqib ketadi. Qon plazmasining albuminlari (molekular og‘irligi 70 000) filtratga juda oz o ‘tadi. Tomirlari ichida gemoliz bo‘lgan eritrotsitlar, gemoglobin plazmaga chiqqanda uning 5% li filtratga o ‘tadi. Anorganik tuzlar va kichik molekulali organik birikmalar (siydikchil, siydik kislotasi, glukoza, aminokislotalar) koptokcha filtridan bemalol o‘tib, Shumlanskiy-Boumen kapsulasiga kiradi. Natijada koptokcha filtrat, ya’ni birlamchi siydikdia hosil bo‘ladi. Bu siydikning miqdori bir kecha-kunduzda 1-1,5 1 gacha yetadi. Filtratsiya hajmining kattaligi buyraklarning qon bilan yaxshi ta’minlanishi, koptokcha kapillarlarining maxsus tuzilganligi, filtratsion yuzasining kata ekanligi va ulardagi qon bosimi yuqori ekanligidan bog‘liq» Kanalchalardagi reabsorbsiya Organizmdan chiqarib tashlanadigan siydik kapsulalarda hosil bo‘ladigan birlamchi siydikka qarama-qarshi oiaroq oxirgi siydik deb ataladi. Bu siydik o ‘z tarkibiga ko‘ra birlamchi siydikdan katta farq qiladi. Oxirgi siydikda qand, aminokislotalar va ba’zi bir tuzlar boim aydi, ammo siydikchil konsentratsiyasi juda ortiq b oiadi (16-jadval). 16-jadval Qon plazmasi va siydikdagi ba’zi moddalaming miqdori. Qon plazmasi va siydikdagi moddalarning nomi Miqdori (% hisobida) Siydikda shu modda qondagiga qaraganda necha marta ortiq Qon
| Siydikda plazmasida ; I ■ 1. Siydikchil 0,03
! 2,0
67 ' 2. Siydik kislotasi 0,002-0,004 0,05
25-12 3. Kaliy 1 0,02
0,15 7 1 4. Natriy 0,32
0,35 1 l ! 5. Fosfatlar 0,009
0,27-0,15 30-16
1 6. Sulfatlar 0,002 0,18
90 j 7 Qand
0,1-0,15 y ° q ; 8. Oqsil 7,8-8,6
H www.ziyouz.com kutubxonasi Siydik birlamchi va ikkilamchi burama kanalchalardan оЧаг ekan, shu kanalchalar devorini qoplovchi hujayralar suv, qand, aminokislotalarni va b a’zi bir tuzlarni qaytadan zo.‘r berib so‘rib oladi. Birlamchi siydikdan so ‘rilgan barcha moddalar kanalchalar alrofidagi kapillarlarning venoz qismiga o ‘tadi. Siydikchil, kreatinin va sulfatlar qaytadan so‘rilmaydi.
emas, Gcnle qovuzlog‘ida ham qaytadan so‘riladi. Suv va unga erigan bir qancha moddalar kanalchalarida qaytadan so^rilish jarayoni reabsorbsiya deyiladi. Oxirgi siydik buyrak jomidan siydik yo‘llari orqali qovuqqa tushadi va so ‘ngra organizmdan chiqarib yuboriladi. Bir kecha-kunduzda hosil bo ‘lgan 170 litr koptokcha filtratidan faqat 1-1,5 litri oxiri (definitiv) siydik shaklida ajralib chiqadi. Suyuqlikning qolgan qismi va unda erimagan moddalarning anchaginasi kanalchalarda so‘rilib> bnyrakning to ‘aima suyuqligiga va qonga o ‘tadi. Bir qancha moddalarning- qaytadan so‘rilishi ularning qondagi konsentratsiyasiga bog‘liq. Masalan, qon plazmasidagj glukoza konsentratsiyasi 150-180 mg%dan
oshmasa, bu
modda to‘la
reabsorbsiyalanadi. Plazmadagi glukoza konsentratsiyasi 150-180 mg% ortib ketsa, to ia reabsorbsiyalanmaydi va bir qismi siydikka o ‘tadi (glikozuriya). Turli moddalarning qayta so‘rilish (reabsorbsiya) mexanizmi turlicha. Masalan, natriy, glukoza, aminokislotalar va boshqa ba’zi moddalar faol hayot jarayonlari natijasida so‘riladi. Suv, xloridlar esa passiv y o i bilan. ya’ni diffuziya va osmos qonunlari asosida so‘riladi. Kanalchalarda suv juda ko‘p so‘riladi. Bu jarayon passiv y o i bilan o ‘tadi. Birlamchi siydikdan buyraklaming to‘qima suyuqligiga va qonga glukoza, natriy, kaliy, kalsiy va boshqa moddalarning so‘rilishi to ‘qima suyuqligining osmotik bosimini kamaytiradi. Kanalchalardagi siydik to‘qima suyuqligiga nisbatan gipotonik boiib qoladi. Osmotik bosimlar farq qilganidan, suv birlamchi siydikdan to‘qima suyuqligiga va qonga o ‘tadi. Bu passiv jarayon organik va anorganik birikmalarning faol o ‘tishiga parallel ravishda boradi. Suv oiishi birinchi tartibdagi burama kanalchalarda mavjud siydikning osmotik bosimini to‘qima suyuqligi bilan qonning osmotik bosimiga baravarlashtiradi. Shunday qilib, tuzlar ko‘p so‘rilishiga qaramay, burama kanalchalardagi siydik qonga izotonik b o iib qolaveradi. Genle qovuzlog‘ida maxsus mexanizm burib teskari oqizadigan tizim ishlab turganidan siydikning izotonikligi buziladi. Genle qovuzlogining ikki qismi-tushuvchi (proksimal) va ko‘tariluvchi (distal) qismlari bir-biroviga jips taqalib, bir butun mexanizm sifatida ishlaydi. Qovuzloqning tushuvchi qismidagi epiteliy faqat suvni o ‘tkazadiyu, natriy ionlarini o ‘tkazmaydi. Ko*tariluvchi qismidagi epiteliy esa faqat natriy ionlarini faol reabsorbsiya qila oladi, lekin ayni vaqtda suvni kanalchalardan to‘qima suyuqligiga o ‘tkazmaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi Birinchi tartibdagi burma kanalchalar va Genle qovuzlog‘idagi jarayonlarga qarama-qarshi o‘laroq ikkinchi tartibdagi burama kanalchalarda natriy va kaliy ionlarining reabsorbsiyalanadigan miqdori (majburiy reabsorbsiya) doimiy bo‘lmay, o ‘zgaruvchandir (fakultativ) rcabsorbsiya. Bu miqdor qondagi natriy va kaliy ionlarining miqdoriga bog‘liq bo‘lib, organizmda shu ionlar konsentratsiyani doim bir darajada saqlab turuvchi muhim mexanizm hisoblanadi. X/Buyraklar faoliyatining boshqarilishi.
Zamonaviy kuzatishlar shuni ko‘rsatib turibdiki, buyraklar faoliyatining boshqarilishida ikkita tizim: asab va gumoral ishtirok etadi. Vegetativ asab tizimi
nafaqat koptokchalar filtratsiyasini balki
kanalchalardagi reabsorbsiyani ham boshqarib turadi. Simpatik asablar buyrakni innervatsiya qilib, asosan tomirtorayuvchi natija beradi. Ularning qitiqlanishi oqibatida siydik bilan chiqadigan suvning miqdori kamayib, natriy miqdori esa oshadi. Simpatik asab qirqilgan (buyrakni inncrvasiya qiladigan asab) siydikning miqdori ortadi. Biroq, simpatik asab tizimi q o ‘zg‘alganda koptokchalar arteriolalari torayib, siydik filtratsiyasi kuchayadi. Og‘riq ta’sirida diurez (siydik hosil bo‘lishi va chiqishi) refleks yo‘li bilan kamayadi, hatto to‘xtatiladi. bunday vaqtda simpatik asab tizimining qo‘zg‘alishi va vazopressin gormoni miqdorining oshishi natijasida buyrak qon tomirlari toraydi. Buyraklar faoliyatida parasimpatik asab tizimining ta’siri haligacha oxirgacha o ‘rganib chiqilgan emas. Faqat ‘shuni aytib o ‘tish zariirki, bu asabning qo ‘zg‘alishi natijasida siydik bilan (qayta so‘rilishining pasayishi sababli) ko‘p miqdorda xloridlar ajralib chiqadi. Yu.V.Natochin laboratoriyalarida (Rossiya) buyraklar faoliyatida oliy asab faoliyatining ishtirokini aniqlab bergan. Masalan, markaziy asab tizimining eng oliy tuzilmasi - miya po‘stlog*i sut emizuvchilarning buyrak faoliyatini vegetativ asablar yoki gipotalamus orqali keskin o ‘zgartiradi. Gipotalamus yadrolarining o ‘zida (neyrosekretor hujayralarda)
(ncyrogipofizda) zahira bo‘lib turadi. Organizmning ichki muhiti holatiga qarab vazopressin gipofizdan qonga o ‘tib diurezni boshqaradi. Buyraklar faoliyatining bunday yo ‘l bilan boshqarilishi asab-gormonal boshqarilish deyiladi.
tufayli amalga oshadi. Vazopressin qonga o ‘tib, siydikning qayta so‘rilishini kuchaytiradi va shu bilan diurezni kamaytiradi. Qonda bu gormon miqdorining oshib ketishi natijasida siydik hosil bo‘lish jarayoni butunlay to‘xtatiladi. Vazopressining yetishmasligi oqibatida o ‘tkir kasallik - qandsiz
www.ziyouz.com kutubxonasi Gumoral boshqarilishida yana bir gormon - aldosteron muhim rol o*ynaydi. U natriy ionlarining qayta so‘rilishi (reabsorbsiya) ga ishtirok etadi. Bu gormon buyrak uSti bezlarning po‘stlog‘ qavatida hosil bo‘lib, nefron kanalchalaming distal (ko‘tarilovchi) bo‘limidan kaliy ionlarining chiqishidsr-’ ishtirok etadi. Aldosteron nefronning proksimal (tushuvchi) bo4limida kalsiy va magriiyning qayta so‘rilishiga salbiy, tormozlovchi omil sifatida ta’sir etadi. Gialuronidaza fermenti ta’sirida yig‘uvchi naylar o ‘tkazuvchanligi ortadi. Yig‘uvchi naylar devoridagi hujayraaro modda tarkibiga kiruvchi gialuron kislotasini gialuronidaza femienti depolimerlaydi. Gialuron kislotasi depolimerlangarida yig‘uvchi naylaming devori g ‘ovak bo‘lib suvni o ‘tkazib yuboradi. Gialuronidaza antidiuretik gormonlar ta’sirida faollashadi yoki yig‘uvchi naylar epiteliyida hosil bo‘ladi, natijada suv so‘rilishi kuchayadi. Ciydikning solishtirma og‘irligi suyuqlikning qancha
iste’mol qilinishiga qarab o ‘zgaradi. Suv ko‘p ichilganda siydikning solishtirma og‘irligi kamayadi; suv kamroq ichilganda esa, siydikning solishtirma og‘irligi aksincha oshadi. Siydikning solishtirma og‘irligi o ‘rta hisob bilan 1010-1015 g/sm3 dir. Siydik tarkibida suv, oqsilning parchalanish mahsulotlari, ya’ni azotli moddalar, tuzlar (70-rasm) va ba’zi kislotalar bor. 0 ’rta hisob bilan olganda bir kecha-kunduzda siydik bilan 60 g tuz chiqadi. 70-rasm. N o rm a l siydik tarkibida b o lladigan tu zla m in g kristallarL 1-kalsiy fosfat, 2-ammoniy urat, 3-kalsiy karbonat, 4-siydik kislotasi (urat kislota), 5- kalsiy oksalat. Siydikning solishtirma og‘irligi Siydikning tarkibi 2 www.ziyouz.com kutubxonasi Siydik tarkibidagi ba’zi moddalarning taxminiy miqdori 17-jadvalda ko ‘rsatilgan. Azot asosan siydikchil tarkibida chiqadi. Oqsilning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan azotning taxminan 90%-i siydikchilga to ‘g ‘ri keladi. Normal siydikda oqsil bo‘lmaydi, chunki oqsil kolloid bo‘lganligidan kapillarlarning devoridan o ‘tmaydi. Siydikda oqsil paydo
boMishi buyraklarning kasallanganligini ko‘rsatadi. Kapillarlar devorining o ‘tkazuvchanligi patologik jarayon tufayli o ‘zgarib, oqsilni siydikka o ‘tkazib yuborganda yoki buyraklar yallig‘langanda siydikda oqsil paydo b o ‘li«hi mumkin. J7-jadval. , Siydik tarkibidagi ba’zi moddalaming miqdori (24 soat ichida chiqqan siydik nazarda tu tila d i) .______ i Organik
| Gramm hisobida Anorganik Gramm hisobida ' moddalar moddalar | Siydikchil 20-30 Osh tuzi 10-15 1 Siydik kislotasi 1 0,5-1,0
Sulfat kislota
2,5 tuzlari
j fosfat kislota 2,5 l
1,5 Kaliy oksid 3,3 li
0,8 Gippur kislota | 0,7
Magniy oksid 0,8
Ammiak 0,3-1,2
L _____ J
i . . _ J Xloridlar 10-16 Sog‘lom odam zo‘r jismoniy ish bilan shug‘ullanganda siydigi bilan bir necha Vaqt oqsil chiqib turishi mumkin. Yugurishda qatnashadigan sportchilarda siydik bilan oqsil chiqishi ayniqsa xarakterlidir. Siydikda oqsil paydo boiishi
buyrak tomirlari o ‘tkazuvchanligining vaqtincha o ‘zgarishidan kelib chiqadi. Buyraklar tez orada yana normal ishlaydigan bo‘lib qoladi va bunday kishilaming siydigi bilan oqsil chiqishi to‘xtaydi. Siydikda oqsil paydo bolishi albuminuriya deb ataladi. Kasallaming siydigida ham, sog‘lom kishilaming siydigida ham qand paydo bo‘lishi mumkin. Diabct bilan og‘irgan kishilaming siydigi bilan qand chiqib turadi. Sog‘lom kishilar esa qandni yoki shiralikni (murabbo, shokolad va boshqalami) ko‘p yegandan keyin siydigida qand paydo bo‘ladi. Siydik bilan qand chiqishi glukozuriya deb ataladi. Siydikda qon paydo bo‘lishi gematuriya buyraklarga yoki siydik chiqaruvchi a’zolarga qon quyilganda ko‘riladi. Siydikka xarakterli tus beradigan urobilin va uroxrom degan pigmentlar normal siydikning tarkibiy qismidir. Siydik
pigmentlari ichak
va buyraklarda o ‘t pigmentlaridan hosil bo‘ladi. 0 ’t
pigmentlari esa,
gemoglobinning parchalanish mahsulotlaridan hosil bo‘ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi
Siydik chiqarish Siydik burama kanalchalardan o ‘tgandan keyin chiqarish yo‘llari orqali buyrak jomlariga tushadi, buyrak jomlaridan esa, siydik yo‘llari orqali qovuqqa keladi. Siydik qovuqda to‘planib turadi va hyech bir o ‘zgarmaydi. Siydik uzluksiz hosil bo ladi, qovuq esa to‘lgan sayin bo‘shab turadi. Qovuqdan siydik chiqarish kanali boshlanadigan joyda ikkita sfinkter bor (halqa shaklidagi mushak tutamlari shunday deb ataladi). Odatda ular qisqarib, qovuqdan1 chiqish teshigini jips yopib turadi. Sfinkterlardan biri qovuqdan chiqish yo‘lini berkitib turadi va qovuq sfinkteri deb ataladi, ikkinchi sfinkter esa, siydik chiqarish kanalini yopib turadi va siydik chiqarish kanalining sfinkteri deb ataladi. Siydik chiqarilmayotgan vaqtda sfinkterlar yopiq turganligidan sivdik qovuqda to‘planaveradi. Siydik qovuqdan siydik yoilariga qaytib chiqa olmaydi, chunki siydik qovuqqa (siydik pufagiga) qiyshiq yo‘nalishda kiradi; qovuq siydik bilan toiganda devoridagi mushak qavati siydik yoilarining teshigini bosadi va yopib qo‘yadi. Qovuqqa simpatik va parasimpatik asablardan tolalar keladi. Simpatik asablar qo‘zg‘alganda siydik yoilarining harakati (perstaltikasi) kuchayadi. qovuq devorlari bo‘shashadi, sfinkteri esa yanada qattiqroq qisadi; shunday qilib, simpatik asabning qo‘zg‘alishi qovuqda siydik to‘planishi uchun qulay sharoit tug‘diradi. Parasimpatik asablarning qo‘zg‘alishi simpatik asablarning qo‘zg‘alishida ko‘riladigan hodisalaming aksini vujudga keltiradi. Qovuq devorlari parasimpatik asablar ta’sirida qisqaradi, sfinkteri bo‘shashadi va siydik qovuqdan haydalib chiqadi. Siydik chiqarish-refleks y o ii bilan boiadigan hodisadir. Qovuqdagi siydik bosimining ortishi tufayli markazga intiluvchi asablarning oxirlari ta’sirlanadi. Qovuqqa siydik kirgan sayin undagi bosim oshadi va devorlari cho‘ziladi. Qovuqdagi bosimning suv ustuni hisobi bilan 12-15 sm gacha ko‘tarilishi va qovuq devorlarining cho‘zilishi qovuq devoridagi asab oxirlariga (markazga intiluvchi asab oxirlariga) ta’sir etadi. Rctseptuilaida qo‘zg‘alish paydo boiadi, bu qo‘zg‘alish markaziy asab tizimiga o ‘tadi, u yerdan esa markazdan qochuvchi harakatlantiruvchi asablar orqali qovuqqa kelib, uning qisqarishiga, shu bilan birga sfinkterlarning bo‘shashiga sabab boiadi. Nallijada siydik chiqariladi. Refleks y o ii bilan siydik chiqarish markazi orqa miyaning dumg‘aza boiimidadir. Markaziy asab tizimining oliy boiimlari; uzunchoq miya, o ‘rta miya va bosh miya po‘stlog‘i o‘sha markazning reflektor faoliyatiga ta’sir etadi. Markaziy asab tizimining shu boiimlaridan keluvchi qo‘zg‘alish orqa miyadagi siydik chiqarish markaziga borib, siydik chiqarishga retleks y o ii bilan ta’sir etadi. Odam siydikni tuta oladi yoki qovug‘i yetarli toiishmaganda va siydik chiqarish refleksi boimaganda ham siydik chiqara oladi. Siydik chiqarishga bosh miya po‘stlog‘i ta’sir etadi. Bosh miya po‘stlog‘idan siydik chiqarish kanalining sfinkteriga impulslar kelib, uni bo‘shashtiradi. Yosh bolalar asta- www.ziyouz.com kutubxonasi
sckin, ulg‘aygan sayin siydik tutadigan b o iib qoladi. Katta yoshli bolalar va o‘rta yashar kishilaming beixtiyor siydik chiqarishi, shuningdek kechasi siydik tuta olmasligi markaziy asab tizimining xastaligidan darak beradi.
Tcr bezlari teri ostidagi kletchatkada joylashgan boiib, tana ustida nobaravar taqsimlangan. Тег bezlari ter chiqaradi. Ular: 1) moddalar almashinuvi natijasida hosil boigan parchalanish mahsulotlarini chiqarib tashlaydi; 2) termoregulatsiyada ahamiyati bor, chunki badandan ter bugianishi issiqlik chiqarish omili hisoblanadi; 3) osmoregulatsiyada, ya’ni suv va tuzlami chiqarib tashlash yoii bilan osmotik bosimni doim bir xil saqlashda ahamiyati katta. Ter bezlari teri ostidagi qo‘shuvchi to‘qima kletchatkasida joylashgan, ular badanga bir tekis tarqalmagan. Ular qoi-oyoq kaftida, qo‘ltiqda ko‘p boiadi, umumiy miqdori 2 mln ga teng. 1 sm2 terida 400-500 ter bezi bor. Terda 98% suv va 2% qattiq modda bor; shundan 0,4-1% anorganik va 0,31% organik birikmalardir, terda siydikchil, siydik kislota, ammiak, gippur kislotasi, indikan boladi. Bulardan tashqari, terda azotsiz organik birikmalar ham bor. Masalan, qandli diabet boigan bemorlarda ter bilan glukoza ham chiqadi.
Terning reaksiyasi salgina ishqoriy; badanda ter parchalanadi va undagi yogiardan uchuvchtm yog‘ kislotalari hosil boiadi, shu bois ter nordon boiib qoladi. Terda qattiq moddalar siydikdagiga nisbatan kam; teming solishtirma og‘irligi 1,005-1,010. Harorat qulay boigan sharoitda bir kecha-kunduzga o ‘rta hisob bilan 0,5-0,6 1 ter chiqib turadi. Shuncha ter bilan 2 g osh tuzi va I g azot chiqib ketadi. Тег to‘xtovsiz chiqib turadi, lekin badandan chiqishi bilan bugianib kctadi.
Tashqi muhit harorati yuqori boigan sharoitida ter ajarilishi kuchayadi. Jadal jismoniy ish vaqtida moddalar almashinuvi kuchayganidan, issiqlik juda ko‘p hosil boiadi. Organizmga ko‘p miqdorda suyuqlik kirganidan keyin ham ter ko‘p ajaraladi. Ruhiy qo‘zg‘alish va emotsional holatlar natijasida (jahl chiqish, qo‘rquv, og‘riqda) tanadan ter chiqadi. «Qo‘rqqanidan sovuq ter bosdi» degan ibora shu bilan izohlanadi («sovuq ter» deyilishiga sabab shuki, ter chiqishi bilan bir vaqtda tomirlar torayadi, natijada teri qonni kam olib, soviydi). Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i ter ajratilishiga ta’sir ko‘rsata olishi shundan ko‘rinib turibdi. Ter bezlarining sekretor asablari simpatik asablardir. Badaning har bir qismidagi ter bezlari orqa miyaning muayyan segmentidan innervatsiya oladi. Тег bezlarining asablari anatomik jihatdan simpatik asab tizimiga mansub b o isa ham, ularning ter bezlaridagi oxirlari parasimpatik asab oxirlari kabi xolinergik boiadi, ya’ni qo‘zg‘alganda asetilxolin chiqaradi. www.ziyouz.com kutubxonasi Тег bezlariga innervatsiya beradigan simpatik tugunlar olib tashlangandan so4ng ham odam emotsional holatlarda terlayveradi. Тег ajralishining spinal (orqa miyadagi) markazlaridan tashqari, uzunchoq miyada asosiy markazi bor. Bu markaz esa o ‘z navbatida moddalar almashinuvining gipotalamusdagi oliy vegetativ markazlari bilan bog‘langan. Yuqorida ko‘rsatilgandek, ter ajralishiga bosh miya po\stlog‘i ham ta’sir ko‘rsatib turadi. Тег refleks y o ii bilan ajraladi. Atrofdagi muhitning yuqori harorati ta’sir etganda teridagi issiq sezuvchi retseptorlarining qo‘zg‘alishi tufayli ter ajralish refleksi paydo boiadi. Download 5.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling