Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
5. Исломова Г.Т. Оилада болаларни маънавий-ахлоқий тарбиялашда ўзбек 
халқ педагогикаси манбаларидан фойдаланишнинг педагогик асослари. – Пед. 
фан. номз. … дис. – Т.: ЎзПФИТИ, 2007. – 156 б.
6. Худойқулов Х.Ж.Миллий ғурур-маънавий комиллик мезони. –Т.: Навруз, 
2011 й.
7. Худойқулов Х.Ж.Толибнома.-Т.: Инновация-Зиё,2021 й. 
KASB-HUNAR MAKTABI O’QUVCHILARINING TA’LIM 
MOTIVATSIYASINING O’ZIGA XOSLIGI
 
Urazbayeva Yulduz Abdullayevna 
Beruniy tuman 1- son kasb – hunar maktabi psixologi 
 
Annotatsiya. Mazkur maqolada ta’lim jarayonida o’quv motivasiyasini tadqiq 
qilishning o’ziga xosligi bayon qilingan. 
Kalit so’zlar.  Psixologiya, shaxs, motiv, motivasiya, ta’lim 
Bugungi kunda mustaqil fikrlaydigan, ijodiy faoliyat yuritadigan o’quvchilarni 
tarbiyalash asosiy vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol avlodni tarbiyalab 
yetishtirishga intilib yashash bizning milliy xususiyatlarimizdan biridir. Rivojlangan 
mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, qayerda ta’lim va tarbiyaga e’tibor katta 
bo’lsa, o’sha yerda taraqqiyot, yuksalish yuqori bo’ladi.
Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo‘lg‘usi mutaxassislarni 
kasbiy faoliyatga tayyorlash masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. 
Inson hayoti davomida qandaydir faoliyatni amalga oshirar ekan, faoliyatni 
samarali bo’lishi insonning mazkur faoliyatga nisbatan intilish, hohish yoki istaklariga 
bog’liq bo’ladi. Bu o’rinda motivatsiya masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. 


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
Bugungi kunda bo‘lg‘usi mutaxassislarning kasbiy motivatsiyasini o‘rganish va 
ta’lim jarayonida buni inobatga olish zaruriy shart hisoblanadi. 
Motivatsiya shaxsning keng va murakkab sohasi bo‘lib, inson kamolotida muhim 
o‘rin tutadi. Eng keng tarqalgan ta’riflarga ko’ra, motiv - bu kishini faoliyatga 
undovchi kuch, sabab yoki ehtiyojlar yig’indisidan iboratdir [1], [4]. 
Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan quyidagicha ta’rif beriladi : 
A.Maslouning fikricha, motiv bu ehtiyojlar yig’indisidir. S.L.Rubinshteynning 
ta’kidlashicha, motiv bu ehtiyojlarning his qilinishi va qondirilishidir. S.L.Rubinshteyn: 
“Motivatsiya – bu psixika orqali amalga oshuvchi determinatsiyadir” [4 .b.270 ]. 
Motivatsiya keng ma’noda inson hayotining (uning xulq-atvori, faoliyatining) 
murakkab ko’p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi. 
Motivatsiya – insonni faoliyatga undashning murakkab, ko’p darajali tizimi bo’lib, 
u o’zida ehtiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni, 
emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi. [1]. 
Motivatsiya – murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar 
majmuasi bo’lib, u o’zida mayillar, ideallar ko’rinishida namoyon qiladi va inson 
faoliyatini bevosita aniqlab, boshqarib turadi. Motivatsiya – odamni faol faoliyatga 
undovchi sabablar majmuidir [2]. Motivatsiya tushunchasini turlicha ifodalash, 
motivatsiyaning mazmuni va energetik tomoni haqidagi ma’lum savol psixologlar 
tomonidan ifodalab berildi. Xorij psixologlari uchun motivatsiya tushunchasini 
xarakterli aniq bir tomonlama energetik faollik manbai sifatida qaraladi, ular mazmunli 
tomonga e’tibor bermay, aniq mexanizmlar sifatida energiya va xulq-atvorga 
taqsimlaydilar. 
O’qish faoliyatidagi motivlar muammosi chet el psixolog olimlari E.Torndayk, 
Z.Freyd, U.Makdugal, U.Kennedi, G.Vilkott, S.Tompson, G.Xannikatt, R.Vudvords, 
A.X.Maslov, G.Olport, V.Vundt, K.Levin, G.Kelli ishlarida; Hamdo’stlik davlatlari 
olimlaridan P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn,A.N.Leontev, B.G.Ananev, 
V.V.Davidov, L.V.Zankov, D.N.Uznadze, D.B.Elkonin, L.I.Bojovich, V.G.Aseev, 
P.M.Yakobson, 
A.V.Zaporojest, 
P.Ya.Galperin, 
A.K.Morkova, 
N.E.Efimova 
M.V.Matyuxina, N.F.Talizinalar tomonidan o’rganilgan. 



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling