Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
ta’sirida bu harakatni amalga oshirayotganini bilmasangiz, ular bilan birga televizor ko’ring. Shunda uning kimdan ta’sirlanayotganini bilib olasiz. Televizorda baxtning birdaniga boyib ketish, loteriyadan pul yutib olish singari, sabablarga bog’lanishni ko’rgan bola oddiy hayotda mayda narsalardan saodat topish tuyg’usini yuqotadi. Baxtni televizordan qidiradi. Televizorning bolalar va yoshlarga eng katta salbiy ta’siri ,ularni faol ishtirok etishlari lozim bo’lgan va zehniy tajriba talab etadigan xatt- harakatlardan uzoqda tutib, passiv holatga tushurib qo’yishidir. Chunki, televizor ko’rish ortiqcha harakatlanishni talab etmaydi. Shu sababli ertaning egalari bo’lgan bolalar tashabbuskorlik va g’ayrat husisiyatlarini yo’qotadi. Televizor bolalarda zo’ravonlik kayfiyatining ortishiga sabab bo’lmoqda. Hatto multfilmlarda zo’ravonlik sahnalari mavjud. Multfilm qahramonlari yerga uriladi, ammo hech narsa bo’lmaganidek yana o’rnidan turadi. ”O’rgimchak odam” multfilmini ko’rgan bola o’zini 7-qavatdan tashlagan edi. Nima sababdan? Chunki, u ko’rgan film qahromonlari yuqori qavatlardan sakrasalar-da, ularga jin ham urmas edi. Bunday filmlarni ko’rgan bola zo’ravonlik qilinsa hech narsa bo’lmaydi degan qarorga keladi. Masalan, qo’shni bola yoki qarindoshi bilan o’ynayotganda zo’ravonlik qilishga urinib ko’radi. Barcha aybni televizorga ag’darish to’g’ri bo’lmas, balki oila muhitidagi zo’ravonlik bolani o’rab olgan muhit ham bunga sabab bo’lishi mumkin. Televizordan foydalanish yo’li: Televizorni butunlay inkor etmoqchi emasmiz. Ammo, uni foyda-zararini taqqoslash o’zingizga havola. Masalan, dinamit yaxshimi yoki yomonmi? Agar biror uyning tagiga qo’yib, uni yer bilan yakson qilinsa, dinamit yomonlikka hizmat qiladi. Biroq, yo’l sozlikda, qoyalarni yo’ldan olib tashlashga dinamitning foydasi katta. Siz ham televizorga mana shu tarzda yondashing. Bola ma’lum yoshga to’lsa balki, zarar bo’lmas. Ammo, shaxsiyati endigina rivojlanayotgan, tafakkur dunyosi endigina shakllana boshlagan kichik yoshdagi bolalarga salbiy ta’sir ko’rsatishi aniq. Televizor foydalimi yoki zararmi? Bunga o’zingiz qaror qiling. Maslahatimiz, biror kunni belgilang va oilaviy biror ish bilan mashg’ul bo’ling. Agar farzandingizni kamroq televizor ko’rishini istasangiz, o’zingiz ham televizor ko’rishni kamaytiring. Bola uchun tarbiyaviy ta’sir ko’rsatuvchi mashg’ulot bilan band bo’lishga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling